February 28

"Turon maktab teatri" 

"Turon" maktab teatri respublika tanlovining Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchi yoshlarning san'at, madaniyat va teatr sohasidagi iqtidorlarni kashf etish hamda rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan "Turon" maktab teatri respublika ko‘rik-tanlovining Yangiyo‘l tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Hakamlar hay'ati sifatida M.Saidova - Yangiyoʻl tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori, M.Mamatova - 5-sonli Musiqa maktabi konsert masteri, M.Usmonov - Yangiyoʻl tumani Madaniyat bo‘limi xodimi xonanda va sozanda, M.Yunusova-5-maktabning ona-tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, N.Abduxalilova- 16-maktabning ona-tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, U.Mavlyanov - Madaniyat bo‘limi xodimi xonanda va sozanda, Y.Ismoilova-teatr o‘qituvchisi, kinoaktrisa , Sh.Xidirov - Yangiyoʻl tumani MMTB mutaxassisi, jamoatchi valantyor B.Sultanovlar faoliyat olib borib jamoalarni mezon asosida baholab bordilar.

Har bir shart bo‘yicha jamoalar chiqishlariga baholar e'lon qilinib borildi. Chiqishlarda ko‘rgazmali vositalardan foydalanishga, ishtirokchi jamoalarning nomi, shiori, atributlariga alohida e’tibor qaratildi.

ishtirokchi jamoalar asarlardan qisqa parchani spektakl ko‘rmishida namoyish etadilar.

Hakamlar jamoa ishtirokchilarning aktyorlik mahorati, sahna madaniyati, asardan parchani to‘g‘ri tanlay olgani, nutqi, asar qahramonlarining kiyimi va dekoratsiyasi, tarbiyaviy ahamiyatga egaligiga alohida e’tibor qaratishdi.

Jamoalarning mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligi, teatr va turli san’at turlari, tarixi, kelib chiqishi yuzasidan bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

🔹Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra:

🥇1-o'rin - 28-maktab

🥈2-o'rin - 52-maktab

🥉3-o'rin - 48-maktab jamoalariga nasib etdi.

G’olib jamoa viloyat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

✍🏻 Yangiyo‘l tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi axborot xizmati