August 17, 2024

Direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 16-avgust kun 15-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusidagi oʻquv-seminari tashkil etildi.

Utegenova Feruza Tashimbetovna, Yangiyo‘l tumani 9-sonli maktab Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Ushbu seminarda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi Mudiri Akrom Alisherovich, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman bo‘limi rahbari Saida Tashmatova, Yangiyo‘l shaharlararo qo‘riqlash bo‘limi moddiy-texnik ta’minoti guruhi starshinasi Djamoliddin Surmatov, Milliy gvardiya inspektor psixologi leytenant Isroil Eshonqulov, 9-sonli maktab Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Feruza Utegenova, 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabining amaliyotchi psixologi Kamola Mirxodjiyeva, 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabining CHQBT fani o‘qituvchisi Rahimjon Zaripjonov, 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabining Tarbiya fani o‘qituvchisi Nilufar Abdujabborova hamda umumtaʼlim maktablari direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etdilar.

Tashmatova Saida Alimirzayevna, Respublika Ma’naviyat va marifat markazi Yangiyo ‘l tumani bo‘linmasi rahbari

O‘tkazilgan ushbu seminarda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va tegishli idoralarning rahbarlari tomonidan berilgan topshiriq va vazifalar ishlab chiqilib, mavjud muammolar, kelgusida ushbu muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar to'g'risida fikrlar yuritildi.

Xalikov Akrom Alisherovich, Yangiyo ‘l tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i.
O‘quv - seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad maktablarda ma’naviy -marifiy ishlar samaradorligini oshirishdan iborat. Mustaqilliimizning 33-yilligi va yangi 2024/2025-o‘quv yili bilan seminar ishtirokchilarini qutladi.
Surmatov Djamoliddin Xayitbayevich, Yangiyo‘l shaharlararo qo‘riqlash bo‘limi moddiy-texnik ta’minoti guruhi starshinasi

Maktablardagi maʼnaviyatchilarga talablarni qayta koʻrib chiqish, maʼnaviy muhitni tubdan yaxshilash boʻyicha mutlaqo yangi konsepsiya ishlab chiqish, maktablarda ilm va sanʼat vakillari, ziyoli va nuroniylar, ilgʻor tadbirkorlar, klaster va sanoat korxonalari rahbarlari bilan doimiy uchrashuvlarni tashkil qilish muhimligi taʼkidlandi. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlariga amaldagi vazifalar belgilab berildi. Milliy gvardiya bilan oʻzaro hamkorlik doirasida amaldagi vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Abdujabborova Nilufar Abbosovna, Yangiyo‘l tumani 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabining Tarbiya fani o‘qituvchisi

Shuningdek, seminarda o‘quvchilar tarbiyasida uchrayotgan muammolar, ularni bartaraf etish va sohaga oid boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Xidirov Shamshod Raxmanovich, Ta'lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis
Seminarda taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni joriy etishning kreativ texnologiyalari, oʻquvchi-yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga doir maʼruzalar tinglandi.
To‘laganova Hilola Isroilovna, Yangiyo‘l tumani 9-sonli maktab Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

O'quv-seminarda mas'ullar va mutaxassislari tomonidan "Ma'naviy tarbiyaning metodologik asoslari", "Milliy g'oya va yangi ma'naviy makonning barkamol avlod tarbiyasidagi o'rni", "Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni joriy etishning kreativ texnologiyalari", "O'zbek jadid ziyolilari" mavzularida o'quv-darslari o'tkazildi.

Mirxodjiyeva Kamola Nasriddinovna, Yangiyo‘l tumani 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabining amaliyotchi psixologi.

Oʻquv-seminarda MMIBDOʻ, psixolog va sinf rahbarlari tarbiyaviy ishlarni tizimli olib borishlari uchun uslubiy qoʻllanmalar tavsiya qilindi.