February 28
Yashil makon
Yangiyo‘l tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 34-umumta'lim maktabida maktab hududi va atrofdagi boʻsh yerlarga terak koʻchatlari ekildi.
Yangiyo‘l tumani Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabida, maktab hududida bo‘sh maydon haydalib, shudgor qilinib, tekislanib, 2000 dona terak ko‘chati hashar yordamida ekildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad ona-tabiat sofligiga hissa qoʻshish, oʻsib kelayotgan yosh avlodga yashil makonni meros qoldirishdir.
Bundan tashqari Toshkent viloyati hamda tuman hokimining topshirig‘iga asosan hududdagi bo‘sh turgan joylarga gultoji xo‘roz, rayxon va qo‘qongul kabi gul urug‘larini issiq xonalarni tashkil etgan holda gul urug‘lari ekildi.
✍🏻 Yangiyo‘l tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi axborot xizmati