April 13, 2021

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikistonga boradi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-12 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonda bo‘ladi.

Imomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyev

Ikki mamlakat rahbarlari Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollarini hamda ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdagi yutuqlarni muhokama qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga tashrifi chog‘ida transport, energetika, moliya, qishloq xo‘jaligi, savdo, madaniyat va fan sohalarida bir qator hamkorlik hujjatlari imzolanishi rejalashtirilgan.

Sovet Ittifoqi qulaganidan keyin Tojikiston va O‘zbekistonda ko‘plab muammolar to‘planib qoldi. Ushbu muammolar mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarning yigirma yil muddatga chuqur muzlashiga olib keldi, ayniqsa suv va chegara bo‘yicha nizolar shular jumlasidandir. Ikki mamlakat Markaziy Osiyoda eng yomon ikki tomonlama munosabatlarga ega edi.

2016 yilda O‘zbekistonda Shavkat Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar iliqlashdi. Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni yaxshilash O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligini aytdi.


Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon 2016 yil syentyabr oyidan beri bir necha bor uchrashgan va 2018 yil mart oyida Mirziyoyev Dushanbeda tarixiy tashrif bilan bo‘lib, savdo, iqtisodiyot, investisiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo‘jaligi, suv sohalarida 27 ta ikki tomonlama shartnomalar imzolagan. Binobarin , xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida, energetika, soliqlar, bojxona, turizm, ta’lim va fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat, mintaqalararo hamkorlik kabi tarmoqlarda ikki tomonlama munosabatlar yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Muzokaralardan so‘ng o‘tgan yilning 9 martida Dushanbeda imzolangan bitimlardan biri bu O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga 30 kunga qadar viza olmasdan bir-birlarining mamlakatlariga tashrif buyurish imkoniyatini beradigan bitim edi.


2018 yil aprel oyi boshida O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi taxminan 25 yillik tanaffusdan so‘ng Toshkentdan Dushanbega parvozlarni davom ettirdi.
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi sanoat, ta’lim, chegara xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi va boshqa ko‘plab sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan 27 ta hukumat shartnomalari Prezident Rahmonning 2018 yil avgust oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolandi. Shuningdek, yaqinda bo‘lishi kutilayotgan tashrif doirasida ikki davlat san’at ustalarining qo‘shma konserti - " Shome do‘sti" (Do‘stlik oqshomi) ham bo‘lib o‘tadi.

Manba: https://asiaplustj.info/en/news/tajikistan/politics/20210413/uzbek-president-expected-to-pay-official-visit-to-tajikistan-in-june

TDShU, 2-bosqich talabasi Abdullayeva Ozoda