«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi
@sharqshunos_tahlilchilar
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining «Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi
2 posts

Afg‘oniston bo‘yicha Istanbul tinchlik konferensiyasi 24 apreldan 4 maygacha bo‘lib o‘tadi

Tramp ma’muriyati bir yil oldin Tolibon bilan tuzgan kelishuvga muvofiq, AQSh va NATO qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish uchun 1-maygacha bo‘lgan vaqt tugayapti. AQSH Prezidenti Jo Bayden Amerikaning eng uzoq davom etgan urushini tugatishga sodiqligini aytdi, ammo xabarlarga ko‘ra Qo‘shma Shtatlar qo‘shinlarni olib chiqib ketish muddatini uch oydan olti oygacha uzaytirmoqchi.

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikistonga boradi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-12 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonda bo‘ladi.