June 28, 2019

Mirzo Ulug‘bekning nefritdan qilingan qadahi haqida...

Jahon tarixining turli davrlari haqida ma‘lumot beruvchi 100 anjomdan biri sifatida Britaniya muzeyida saqlanayotgan, ulug‘ olim va munajjim Mirzo Ulug‘bekka tegishli bo‘lgan nefritdan yasalgan qadah ham tanlab olingan.

🔭Kattaligi 15 sm ga yaqin bo‘lgan qadah ko‘proq jomga o‘xshab ketadi va och yashil rangdagi nefrit toshidan mohirona o‘yib ishlangan. Markaziy Osiyoda ishonishlaricha, nefrit turli balolardan, yashin va zilzila kabi tabiiy ofatlardan, shuningdek zahardan himoya qilar ekan. Aytilishicha, nefritdan ishlangan idishga zahar solinishi bilan unga darz ketar ekan. Bu kabi qadahning egasi undagi suyuqlik xavfsiz ekanligiga ishonchi komil bo‘lishi mumkin ekan. Qadahning dastagi ajdarho shaklida ishlangan. Qadahning yoniga arab harflari bilan "Ulug‘bek Ko‘ragoniy" deya bitilgan.
Tarixchi Beatris Mants Mirzo Ulug‘bek haqida shunday hikoya qiladi: "Ulug‘bek mohir qo‘mondon emas edi. Balkida ulug‘ hokim ham bo‘lmagandir. Ammo u fan va madaniyatning ashaddiy targ‘ibotchisi edi."
Atiqashunoslarga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek o‘limidan so‘ng qadah qaysidir vaqtda yerga tushib ketgan bo‘lishi mumkin, chunki dastagining qarama - qarshi tomonida kattagina yoriq paydo bo‘lgan. Yoriqni kumush yordamida tuzatishgan.
Keyinchalik, taxmin qilinishicha, XVII yo XVIII asarlarda, ya‘ni Mirzo Ulug‘bek qatlidan 300 yilcha o‘tib, qadahning kumush qismiga Usmoniy turklar tilida "Parvardigorning marhamati cheksizdir" degan so‘zlar bitilgan. O‘sha yillari qadahning Istanbulga qanday kelib qolganligi noma‘lum.