Sherali Toshniyozov
@sherali_toshniyozov
19 posts

Kamilo Xose Sela. Echkilardan kechaylik (hikoya)

Muzofotning ko‘hna markazidagi ko‘p yillik ilmiy-adabiy kengash soat beshlarda jamuljam bo‘ldi. Adabiyot nazariyasi professori, o‘zining ta’biricha, Nunes de Arse va don Ramon Kampoamorning yaqin do‘sti Don Servando jussasining to‘rtdan uch qismini astagina kresloning suyanchig‘iga qo‘ydi, Tronkoso notarial idorasining shirinsuhan kotibi don Manuel esa zim-ziyo tunning qora po‘stini haqidagi har kech takrorlaydigan jimjimador gapini tamomladi. Jamoat – mana qancha yildirki – majlisni ochiq, eshiklarni yopiq deb e’lon qilish uchun ana shu so‘nggi ishoralarni kutardi. Kengash a’zolari, ehtiyotkor va eskilik tarafdori bo‘lishsa-da, yaxshi anglab yetilgan taraqqiyotni xush ko‘ruvchi, xulq-atvor va odatlariga kun sayin sayqal beruvchi...

Asqad Muxtor. Ko‘k tosh (hikoya)

Men toshman, ko‘k tosh. Otim — Yashm. O‘n ming yillardan beri ko‘rmagan tomosham qolmadi. Birov boshiga ko‘taradi, birov sirtimga minib o‘tiradi, birov to‘riga qo‘yadi, birov — go‘riga. Yurmagan yo‘lim, ko‘rmagan elim yo‘q. Bir Yer yuzining qaysi bir nuqtasida yotsam, menga-ku baribir, lekin odamlarga hayronman, tog‘u tosh demay, daryomi-dengiz demay, dam dunyoning u chekkasiga, dam bu chekkasiga sudraganlari-sudragan meni. Chiroyli ekanman, asil ekanman, shaffof ekanman, xo‘sh, kelib tomosha qilaver. Yo‘q-da, meniki bo‘lsin. Shu «Seniki-meniki» degan faqat odamda bo‘ladi, nazarimda — urush-janjali ham, qirg‘ini ham shundan, o‘limi ham, kulfati ham. Tag‘in, buning gunohini o‘zlaridan soqit qilish uchun, mening to‘g‘rimda mudhish...

BIZ KIM TEMUR AVLODLARI!

“Tajriba bilan teran zako insonni eng og’ir damlarda halokatdan qutqarishi mumkin. Bu befavo dunyoda juda ko’p narsalar, oniylik haqiqatlarining ustiga qurilgan.Bo’lar bo’lmas voqealardan ilohiylik axtarmoq har zamon ham, aqlga to’g’ri kelavermaydi. Har neki bor, so’ngi no’qlik.Ega bo’lajagimiz esa Bir cho’ntaksiz KAFANDIR!”

Alfons Dode. Arlyalik qiz (hikoya)

Tegirmonimdan qishloqqa tushish uchun yo‘l bo‘yi­da joylashgan katta xo‘jalik etagidagi serdaraxt hovli yonidan o‘tish lozim. Bu oddiy qishloq uyi: old tomondan qaraganda qizil cherepitsiya, tom ustiga qadalgan flyuger, pichan ortadigan chig‘ir shundoqqi­na ko‘zga tashlanadi. Tom orasidan ildizi qoray­gan pichan bog‘lamlarining xiyla qismi tashqariga chiqib qolgan. Negadir bu uyning ko‘rinishi meni ajablantirdi, yopiq darvozasi yuragimni siqdi. Bil­mayman. O‘sha tomondan esadigan yel ham menga sovuq tuyuldi. Atrofda tiq etgan tovush eshitilmaydi. O‘tgan-ketganga hurishni kanda qilmaydigan itlar ham jimib qolgan. Tovuqlar ivirsib yurishadi. Hatto xachir ham bo‘ynidagi qo‘ng‘iroqni jiringlatishni istamayotgandek. Derazalardagi pardalar...

Abdulhamid Cho‘lpon. Qor qo‘ynida lola (hikoya)

I

Alfons Dode. So‘nggi saboq (hikoya)

Elzaslik bolakay hikoyasi

Ma'rufjon Yo‘ldoshev. Mamduh (hikoya)

Kasalxonaga kelganimga bir hafta bo‘lganiga qaramay, palatada yolg‘iz yotardim. Bu yerda vaqt juda sekin o‘tardi. Gazeta varaqlashdan ham, shiftga termilib yotishdan ham zerikdim. Xonaga bironta bemor keltirishlarini kutardim. Va nihoyat o‘sha kutilgan bemor ham keldi. Biroq keksa odam ekan. Hafsalam pir bo‘lganidan yana shiftdagi naqshlarga termulib yotishda davom etdim… Aytishlaricha, bu kasalxona oldin fransuz san'at maktabining binosi bo‘lgan ekan. Urushdan keyin bu maktab yopilib, viloyat harbiy kasalxonasiga aylantirilibdi. Xona uncha keng bo‘lmasa-da shifti baland edi. Deraza va eshiklarining yuksakligi ham menga g‘ayritabiiydek tuyuldi. Ganchkori koshinlaridagi yaproqsimon qabariq naqshlar ustidan bo‘yoq tortilgan bo‘lsa ham...

Anton Chexov. G‘alva (hikoya)

Yaqinda institutni tamomlagan yoshgina qiz — Mashenka Pavletskaya o‘zi tarbiyachi bo‘lgan Kushkinlar uyiga sayrdan qaytib kelib, ta'rifdan tashqari g‘alati g‘alva ustidan chiqdi. Unga eshik ochgan shveytsar Mixaylo hayajonlangan va qisqichbaqadek qizarib ketgan edi. Yuqoridan shovqin-suron eshitilardi. «Bekaning tutqanog‘i tutib qolganga o‘xshaydi… — deb o‘yladi Mashenka, — yoki eri bilan janjallashib qolgan…» U oldingi xonada va dahlizda oqsochlarni ko‘rdi. Bir oqsoch yig‘lab yubordi. Keyin Mashenkaning ko‘zi o‘zi turgan xonadan chopib chiqqan xo‘jayini Nikolay Sergeyichga tushdi. U jimitgina, salqigan yuzli, hali uncha qarimagan, kattakon tepakali bor odam edi. U ham qizarib ketgan, qaltirardi… Nikolay Sergeyich yo‘l ustida turgan...

Bibi Robiya. Kakku ovozi (hikoya)

– Qizlar, bo‘ldi, tura qolaylik. To‘qqizdan keyin yotoqxonaga kiritishmaydi. – Rostdan ham, ketdik. Umidaniyam ko‘rdik. To‘yiga kelganimizdan xursand bo‘ldi. Qani, omin qilaylik. – Hanifa, siz duo qila qoling. Hammamizdan kattaroqsiz… hajm jihatdan, – qizlar davrasida ko‘tarilgan gurros kulgu boshqa stoldagilarning e’tiborini tortdi. – Hazilni ko‘targaningiz uchun hazillashamiz-da. Yana xafa bo‘lmang. Dugonalariga nisbatan to‘laroq Hanifa bunday gaplarga ko‘nikib qolgan edi. U mayingina tabassum qildi-da, qo‘lini duoga ochdi: – Omin, dugonamiz o‘zi istagan go‘zal baxtga erishsin… – hayajonli bir xo‘rsinish olib, asta pichirladi: – Xudo bizni ham shunaqa kunlarga tezroq yetkazsin. Qizlarning “O‘-o‘-o‘” deb qiyqirishganidan sergaklangan...

Наргиза Асад. Меҳмон (ҳикоя)

Неъмат ака гардишли дарвоза ёнига келиб, нафасини ростлади. Охирги пайтларда мана шундай кўп юрса чарчаб қоляпти. Қариликнинг аломатидир-да бу ҳам. Бирпас эшик олдидаги ўриндиқда дам олгач, қия очиқ дарвозадан аста бўйлади: – Ким бор? Давлатбой! – дея ичкарига бир-бир одимлади. Қудаси кўринмади, доим ҳовлини бошига кўтарувчи бола-бақрадан ҳам дарак йўқ. Бир зум ҳовлининг ўртасида ҳайрон бўлиб турди-да, сўнг қўлидаги халталарни деворга суяб, томорқага ўтди. Икки туп ёнғоқ соясида болакайлар ёнғоқ чақиб, еб ўтиришар, Ҳилолахон эса тандирга нон ёпарди. – Ассалому алайкум! Ҳорманг, қизим. Яхшимисизлар? – деди Неъмат ака. Келин унга бир қараб қўйди-да, қизариб кетган юзини енгига артиб, турган жойида: – Ҳа, яхшимисиз, кираверинг...