BIZ KIM TEMUR AVLODLARI!
“Tajriba bilan teran zako insonni eng og’ir damlarda halokatdan qutqarishi mumkin. Bu befavo dunyoda juda ko’p narsalar, oniylik haqiqatlarining ustiga qurilgan.Bo’lar bo’lmas voqealardan ilohiylik axtarmoq har zamon ham, aqlga to’g’ri kelavermaydi. Har neki bor, so’ngi no’qlik.Ega bo’lajagimiz esa Bir cho’ntaksiz KAFANDIR!”
Nurali Qobulning, “Sultonning so’ngi kuni yoxud Amir Sohibqiron va To’xtamishxon” romanidan
Amir Temur har bir o’zbek o’g’loni va shu jumladan mening shaxsiyatim shakllanishida ulkan hissa qo’shgan tarixiy shaxs hisoblanadi. Mana bugun bu inson haqida qisqacha maqola yozib, manbalar asosida sizlarga kerakli ma’lumotlarni beraman degan umiddaman.
Temurbekning tug’ilishi va yoshlik davrlari haqida
1336 yil 9 aprel Kesh* shahri yaqinidagi Xo’ja Ilg’or* qishlog’ida o’rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Amir Temur, Temurbek (to’liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag’ay ibn Amir Barqul) tug’ilgan kun.
Tarixiy manbalarga ko’ra, uning onasi Takina Xotun Buxorolik, otasi esa Barlos urug’ining oqsoqollaridan hamda Chig’atoy ulusining e’tiborli beklaridan bo’lgan Amir Tarag’ay hisoblanadi.
Amir Temur yoshligi haqida ma’lumotlar kam uchrasada. Ayrim manbalarga qaraganda, yoshligidan xat-savod chiqarib, o’z davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, me’morchilik va tarix ilmlarini chuqur o’rgangan. Buyuk arab faylasufi Ibn Xaldunning yozma manbalariga ko’ra, jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixini, dinini murakkab jihatlarigacha yaxshi o’zlashtirganini yozib qoldirgan. Shuningdek Temurbek chavandozlik, ovchilik, kamondan o’q uzish singari murabbiylik mashg’ulotlari bilan ham shug’ullangan.
Buyuk Temurning, buyuk yurishlari
Amir Temur ilk harbiy faoliyatini ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan va ularning o’zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko’rsatgan va buning natijasida otasi amir Tarag’ay Amir Temurni 1355 yil amir Joku barlosning qizi Nurmushk og’oga, so’ngra o’sha yili, Qazag’onning nabirasi va amir Husaynning singlisi O’ljon Turkon og’oga uylantiradi.Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn o’rtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mo’g’ullarga qarshi kurashadilar.
Biroq 1365 yilda Toshkent bilan Chinoz oralig’ida, Ilyosxo’ja bilan bo’lgan tarixda mashhur “Loy jangi”da, Amir Temur, amir Husaynning xiyonati oqibatida mag’lubiyatga uchraydi. Bu xiyonatdan so’ng Amir Temur 1370 yilda amir Husaynga qarshi yurish boshlaydi va ikki kunlik qamaldan so’ng, 1370 yil 10 aprelda amir Husayn qo’shini taslim bo’ladi.
Amir Temur 1371-1388 yillarda Xorazmga jami 5 marotaba yurish qilib, uning hududlarini ham bo’ysundirdi.
Eron, Ozarbayjon. Iroq va Shom ustiga qilgan yurishlari tarixda, “uch yillik”, “besh yillik” va “yetti yillik” urushlar nomi bilan mashhur.
“Uch yillik” urush, Oltin O’rda tomonidan bo’layotgan tazyiqqa barham berish maqsadida To’xtamishga qarshi, uch marta qo’shin tortishiga majbur qilgan. Va 1395 yil 28-fevralda Shimoliy Kavkazning Terek daryosi bo’yida To’xtamish qo’shinini tor-mol keltiradi.
“Besh yillik” urush, Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindistonga qilgan yurishlaridir.
“Yetti yillik” urush, buyuk Usmonli turklar imperiyasining hukumdori Boyazid Yildirim ustidan qozonilgan g’alaba, “Anqara jangi” nomi bilan tarixda qolgan. Va Amir Temur butun Yevropaning xaloskoriga aylangan.
Manbalarga asoslangan xolatda Amir Temurning o’limi sabablari:
1. Usmoniy turklar davlatiga zarba berib, Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404 yil 27 noyabrda 200 ming qo’shin bilan Xitoy ustiga yurishi Amir Temurning O’trorda vafoti (1405 yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoladi.
2.“Temurlanning o’limini tezlashtirgan uch noxushlik uning dardini og’irlashtirgan edi.
Birinchidan, u noibi o’lponni o’g’irlaganidan g’azablangan edi,.
Ikkinchidan, uch xotinidan kichkinasi (uni juda yaxshi ko’rgan) u yo’qligida mulozimlaridan biri bilan aloqaga kirgan edi.
Uchinchidan, O’sha voqeadan keyin mulozimning qochib ketishi” .
Amir Temur vafotidan so’ng, davlatda taxt uchun kurash boshlanadi va Temuriylar saltanati o’z qudratini yo’qotadi.
Amir Temur davlatni aql-zakovat va huquqiy asos bilan idora etgan.Uning “..davlat ishlarining to’qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim”, “Qay bir joydan bir g’isht olsam, o’rniga o’n g’isht qo’ydim, bir daraxt kestirsam, o’rniga o’nta ko’chat ektirdim”, degan so’zlari buning yorqin isbotidir.
Amir Temurmi yoki Sulton Sulaymon?
Shu o’rinda bugun tengdoshlarimga bitta savol bilan murojaat qilmoqchiman. Biz bu inson haqida ko’p narsalarni bilamizmi? To’g’ri balki ba’zida kitob titkilashga vaqt ajratmasmiz. Vaqtimizni Usmoniy turklarning avlodi Sulton Sulaymonnig hayoti haqida kino ko’rishga sarflarmiz. Lekin bizning bobomiz tarixda Sulton Sulaymondanda kuchliroq, qudratliroq Boyazid Yildirimni jangda ma’g’lub etgani yodimizdami?
Mana shu birgina ma’lumotning o’zi bizga kim haqida ko’proq ma’lumot bilishimiz kerakligini ko’rsatadi.
1. Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko‘nglidan joy oldim.
2.Men hayotim mobaynida besh narsaga qat'iy e'tiqod qo‘ydim va hamishalig‘ ularga amal qildim. Ular ushbulardir:
OLLOH — ul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig‘insang istagan murodu maqsudingga yetkazadi.
TAFAKKUR — fikrlash va mushohada qobiliyati, quvvai hofizasi kuchli inson har qanday mushkulu mushkulodni oson qilish yo‘lini topa oladi.
QILICH — ul yigitning yo‘ldoshi, el-yurt osoyishtaligining posboni, har qanday dushmanni mahv etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga solmoq mumkin.
IYMON — ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turguvchi xususiyatdir. Imonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug‘lari, elu xalqning or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat biladi.
KITOB (bitik) — barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir.
3. So‘zlaguvchi gar nodon erur, tinglaguvchi dono o‘lsin.
4. Qilmoqchi bo‘lgan ishlarini qilmasdan qoldirmasinlar. Agar biror ishni qilmaslikka so‘z berar ekanlar, yaqiniga ham yo‘lamasinlar. Xotirdan chiqmasinkim, Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.
Amir Temur haqida qiziqarli faktlar
1. Amir Temur shatranj (shaxmat) o‘yinining ashaddiy ishqibozi bo‘lgan.(Manbalarda keltirilishicha, o’sha davrning chempioni)
2. 1398-1399 yillar davomida Amir temur Hindistonga yurish qilgan va uni zabt eta olgan. O‘sha paytlarda Temur qo‘shini tarkibi 120 ta harbiy fillar bilan to‘ldirgan.
3. 20 yil davomida Usmonli sultonlari qo‘lga kirita olmagan Smirna qal’asini Amir Temur 2 hafta ichida ishg‘ol etgan.
4.Hozirgi paytda Temurga tegishli mashhur rubin toshi Londonda, uning qilichi esa Tehron muzeyida saqlanadi.
5.Qazish ishlari davomida uning uzun bo'yli 1,73 m ekani aniqlangan
6.1405 yil 18 fevralda sohibqiron Amir Temur O‘trorda vafot qilgach, Samarqand taxtiga uning nabirasi Xalil Sulton Mirzo (1384-1411) o‘tirdi. Ibn Arabshohning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Xalil Sulton Mirzoning xotini Shod Mulk begim 1408 yilda Saroy Mulk xonimni zaharlab o‘ldirgan.
- Turg‘un Fayziyevning “Temuriy malikalar” asarida yozilishicha, Amir Temur suyukli rafiqasi Saroy Mulk xonimdan farzand ko‘rmagan. Ammo sohibqiron o‘z o‘g‘li Shohruh Mirzoni, suyukli nabiralari Muhammad Sulton Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug‘bek Mirzo va boshqa mirzolarni bevosita zukko Saroy Mulk xonim tarbiyasiga topshirgan edi.Atamalar
- tamalar
1. Kesh - hozirgi Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani
2. Xo’ja Ilg’or - hozirgi Yakkabog’ tumani
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ioann Shiltbergerning “Yevropa, Osiyo va Afrika bo’ylab 1394-1427 yillardagi sayohati”
2. "O'zbekiston Respublikasi Milliy Ensklopediyasi" 276-bet, Toshkent-2000
TATU talabasi 218-16-guruh talabasi, Sherali Toshniyozov tomonidan "BIZ KIM TEMUR AVLODLARI" tanloviga