October 17

Andijonda ham "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi

Andijon viloyati Bo'ston tumanidagi maktabda Sharqiy harbiy okrug qo'shinlari qo'mondonining o'rinbosari polkovnik Mehriddin Qo'chqorov ishtirokida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o'tkazildi. Maktabdagi 1-sektorga biriktirilgan o'quvchi-yoshlar hamda vatan tayanchi otryadi a'zolari bilan samimiy ruhda o'tkazilgan tadbir, savol-javoblar bilan yanada qizg'in o'tdi.

Uchrashuv so'nggida maktab hududida harbiy orkestr jamoasi tomonidan vatanparvarlik ruhidagi musiqalarni mujassam etgan konsert dasturi namoyish etildi.


Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati