Sharqiy harbiy okrug Andijon garnizonidagi harbiy qismda okrug qo‘shinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, faxriylar hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilari uchun okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, Farg‘ona harbiy prokurori, davlat va jamoat tashkilotlari ishtirokida sayyor va ommaviy qabullar o‘tkazildi.
Andijon viloyati Bo'ston tumanidagi maktabda Sharqiy harbiy okrug qo'shinlari qo'mondonining o'rinbosari polkovnik Mehriddin Qo'chqorov ishtirokida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o'tkazildi. Maktabdagi 1-sektorga biriktirilgan o'quvchi-yoshlar hamda vatan tayanchi otryadi a'zolari bilan samimiy ruhda o'tkazilgan tadbir, savol-javoblar bilan yanada qizg'in o'tdi.