March 7

"Huquqiy axborot kuni" o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoniga 1-ilova bilan tasdiqlangan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish KONSEPSIYASIga asoosan va Adliya vazirligiga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha kompleks tashkiliy CHORA-TADBIRLAR rejasining 1-bandiga muvofiq, 2024-yilning 15-fevral kunidan boshlab haftaning har chorshanba kuni yoshlarni huquqiy biliini oshirishga, ayniqsa mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan "Huquqiy axborot kuni" loyihasini tashkil qilish belgilangan.

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘lim tomonidan Navro’z MFY raisi, yoshlar yetakchisi va mahalla hududida joylashgan 6-umumta’lim maktabining direktori bilan 11-sinf o’quvchilariga “Huquqiy axborot kuni” doirasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga yo'naltirilgan amaliy o’quv mashg’ulotlari o’tkazildi.

O'quv mashg'uloti davomida, dastlab, o'quvchilarga huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalarining mazmun-mohiyati, qonun va huquqining farqli tomonlari, voyaga yetmagan shaxslarning, jumladan, yoshlarning huquqlari bo'yicha ma'lumotlar berildi.

Amaliy o'quv mashg'uloti davomida "Men huquq bilimdoniman" viktorinasi o'tkazildi. Viktorina shartiga ko'ra, har bir o'quvchi mustaqil ravishda qonun normasi haqida videolavhalar tayyorladi. Viktorina natijalariga ko'ra o'quvchilar "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi" bilan taqdirlandi.