October 2, 2020

You are right

Bu video haqida nima bilasizlar

Tekshirildi

📋 “Taʼlim kelajak uchun yoʻllanma demakdir, chunki ertangi kun bugun unga tayyorlanuvchilarga tegishli”.
○ Malkolm X — afroamerikalik lider va vazir

📋 "Maktab ta'limining asosiy maqsadi - mutaxassis tayyorlash emas, balki, ma'nan barkamol shaxs tarbiyalash bo‘lmog‘i lozim".
○ Albert Eynshteyn

📋 "Eng foydali sarmoya - bu bilimga qilingan sarmoyadir".
○ Benjamin Franklin

📋 "Bilish yetarli emas, bilimlarni amalda qo‘llash kerak. Xohish yetarli emas, xohishni bajarish zarur".
○ Gyote

📋 "Olamni o‘zgartirishda ishlatishing mumkin bo‘lgan eng kuchli qurol taʼlimdir".
○ Nelson Mandela

📋 “Bilimning ildizi taxir, mevasi esa shirindir”.
○ Aristotel (Arastu)

📋 "Hayot bir lahzadir. Uni oldin qoralamada yashab, soʻng oppoq sahifaga koʻchirib boʻlmaydi".
○ Chexov

📋 “Qalbni tarbiyalamay turib, ongga bilim oʻrgatish – ta’lim berish emas”.
○ Aristotel

📋 “Haqiqiy taʼlim – maktabda oʻrgangan barcha narsalaringiz unutilgandan keyin qoladigan koʻnikmalardir”.
○ Albert Eynshteyn

📋 "Ramazon kunlarida bilim olishga qiziqishim yilning boshqa oylariga nisbatan kuchliroq boʻladi".
○ Najib Mahzuf

📋 "Yomon harakatlar yomon ishga yoʻl ochadi, yomon fikrlar esa insonni shu yoʻlga yetaklaydi".
○ Lev Tolstoy

📋 "Kitoblar ayni bir mavzuni toʻliq oʻrganishga va unga chuqurroq kirishga bugungi aksar axborot vositalariga qaraganda koʻproq imkon beradi"
○ Mark Sukerberg - facebook asoschisi

📋 "Taʼlim berish – umid urugʻini ekish demakdir".
○ Lui Aragon

📋 "Biz kimligimizni bilamiz, ammo kim bo‘lishimiz mumkinligini bilmaymiz".
○ Uilyam Shekspir

📋 "Hayotda shunday maqsadni tanlash kerakki, u sendagi mavjud hamma imkoniyatni ishga solishni talab qilsin".
○ Albert Eynshteyn

📋 "Haqiqiy oʻqituvchi sizni doim tarbiyalab turadigan inson emas, balki, oʻzingizni anglashga yordam beradigan insondir".
○ M. Svetlov

📋 "Bugun boshlanmagan ish ertaga hech qachon tugamaydi".
○ Gyote

📋 "Eng qiyini - birinchi qadamni tashlash. Shunchaki birinchi qadamni tashla".
○ Stiv Jobs - Apple kompaniyasi asoschisi

📋 "Birinchi qadamni qoʻying va hamma narsa ham siz oʻylaganchalik qoʻrqinchli emasligini tushunib yetasiz".
○ Seneka

📋 "Bilim olish baxtli kunlarda insonni bezaydi, baxtsiz kunlarda esa unga ko‘makchi bo‘ladi".
○ A. Suvorov

📋 ''Beshikdan qabrgacha ilm izla"
○ Hadisdan

📋 "Qancha umr ko‘rsangiz ham, ilm olishdan to‘xtamang".
○ Seneka

📋 "Maktab bizni mavjud bo‘lmagan olam hayotiga tayyorlaydi".
○ Alber Kamyu

📋 "Yaxshi ta'limning asosiy belgisi - bu murakkab fanlarni oddiy so‘zlar bilan tushuntira olish".
○ R. Emerson

📋 "Pedagog - asrlar davomida yig‘ilgan bilimlarni yosh avlodga yetkazuvchi inson".
○ A. Lunacharskiy

@Xumosha_blogi