October 20

KLAUS🚭

Ko'rinishidan ancha uzun bo'lgan zinalar yoniga kelib to'xtar ekan masofani ko'rib Yaerinning boshi biroz aylandi. Zinaning yon tarafdagi suyanchig'i yordami ila pastga arang tushib oldi. Jungkookning buyrugʻi bilan tanasiga yopishib turuvchi sviter,keng turdagi shim va havo biroz sovuq bo'lganligi uchun ustidan kardigan ilib olgan. Qaysi xonaga borishi kerakligini bilmay joyida qotib turgan paytida bir xizmatkor ayoldan Jungkook uni qayerda kutayotganini bilib oldi
- Ahvolingiz ancha tuzukmi - sekin Yaerindan hol so'radi yoshi 30 dan oshgan xizmatkor ayol - Kecha kiyimingizni alishtirayotganimda biroz isitmangiz ham bor edi

Ayolning gapidan qotib qolgan qiz ozroq muddatga Jungkookga nisbatan nimalar deb qo'yganini yodga oldi. Uning sharmandalik haqidagi barcha shubhalari o'rinsiz bo'lib chiqdi. Asabiylashishdan tutilib bo'lsa ham hozir hammasi joyida ekanini xizmatkorga bayon etdi qiz. Keng, derazalari janubga qaragan xonaga kirar ekan, Jungkook allaqachon nonushta qilib bo'lib qayta telefon titkilagancha o'tirar edi. Yaerin kelganidan nigohini ekrandan uzgan yigit qizga ma'noli tikilib qoldi. Yigitga bir qarab keyin esa bor e'tiborini dasturxonga qaratgan qiz tezlikda stollarning biridan joy egalladi

- Nega bunday qarayapsiz - ustiga shokolad yugurtirilgan pankeykdan ta'tib ko'rib, undan koʻzini uzmayotgan Jungkookga eʼtiborsiz murojaat qildi Yaerin - Shunchaki, oʻlimim oldidan toʻyib ovqatlanmoqchiman

- Kimni senda qasdi bor ekan? - gapi hazilomus boʻlsa-da, yuzida jiddiylikni saqladi Jungkook

- Deylik,...sovuq, shafqatsiz, odamlarni hech bir ikkilanishsiz oʻldiruvchi bir telba mafia - qizning gapirish mobaynida yana bir pankeykni tishlash uning bir ikki soniyaga gapirish imkoniyatidan mahrum qildi - Xoʻsh, shuningdek mening bemorim!

- Oh, ajoyib! - kulib yubordi Jungkook - Qiziqtirib qoʻyding, tashqi koʻrinishi-chi?

Qizning javobini eshitish uchun qulayroq joylashib olgan yigit Yaerinning shiftga qaragancha nimadirlarni xayolidan oʻtkazayotganini tabassum bilan kuzatdi

- Bir nima deyish qiyin...- qiynalib gap boshladi Yaerin - Bir qarasang yirtqichning oʻzi, yana bir qarasang madaniyatli kishiga aylanib qoladi. Yuzi oppoq, koʻzlari...koʻzlariga hali qarashga ulgurmadim. Labi haqida gapirish menimcha odobdan emas. Bosh chanogʻi kichik va dumaloq shaklda, sochlari doim peshanasida boʻlganligi sababli qoshi haqida biron nima ayta olmayman. Bir gap bilan izohlaganda...tashqi taraflama kelishgan bir yigit - yelka qisgancha gapini tamomladi Yaerin

- Kutganimdek! - mamnun jilmaydi Jungkook - Ammo baʼzi joylarda xatoliklar bor...Sen oʻylaganchalik shafqatsiz emasman. Buni haligacha qarshimda erkin nafas olayotganingdan anglash qiyin emas

- Bu rahmdiligingiz vaqtinchalik emas deb umid qilaman

- Xon Yaerin, oʻylaymanki ikkimiz ham ortiqcha muammolarga aralashishni istamaymiz - jiddiy tortib, muskullari taranglashib yoʼgʻon ovozda rasmiy gapira boshladi - Shunday ekan, koʻrgan barcha hodisalarni unutgan holda yashashda davom etishing mumkin...albatta guvohi boʻlib qolgan voqeani politsiyachilarga daxshatli ertak kabi soʻzlab bermasdan! - oxirgi gaplari buyruq maʼnosidagi ohang boʻlib chiqqani toʻrt devordan aks sado berar edi

- Rozi boʻlmasligim qanday oqibatga olib keladi - tanlash imkoniyatini qizning oʻziga berganini tushungan Yaerin jasurlik bilan yigitga yuzlandi

Oʻrnidan keskin turgan Jungkook sekin harakatlanish bilan qiz oʻtirgan stolning ortiga oʻtdi. Yaerinning bir yelkasiga qoʻlini qoʻyib, uning teskari yuzi tomon egildi. Begona qoʻllarni yelkasida va qulogʻi ostida issiqlikni sezayotgan qiz keyingi galda tomogʻida oʻtkir temir taʼmini his qildi

- Aytaylik, bir oliy toifali doktor qizning oʻlimi - Yaerinning savoliga endi shivirlagancha javob qaytargan Jungkook qizning boʼyniga kichik pichoqchaning teskari tomonini qattiqroq botirdi

- Achinarli - teskari tomoni tegib turgan boʻlsa-da bu qizga yetarlicha ogʻriq bera olayotgan ediki ovozi arang eshitildi

- Xoʻsh, qanday qarorga kelding - hanuz pichoqni qizning boʻynida tutgancha soʻradi Jungkook

- Boshqa ilojni koʻrmayapman - yoʻtalgancha javob berishga urinardi qiz - Bir safar yovuzlarga yon bosib tura qolaman.

- Foydali qaror! - jilmaydi yigit keyin esa qoʻlidagini Yaerinning boʻynidan istamaygina oldi

Kuchli bosim ostida qizarishga ulgurgan boʻynini qoʻli bilan silagancha holatini bir maromga keltirib oldi.

- Fikringdan qaytmoqchi boʻlganingda boʻyningga qarab xulosa chiqarishing uchun mendan esdalik - yana bir bor eslatib qoʻydi Jungkook

- Juda marhamatlisiz! - kinoya qoʻshib qoʻydi qiz

Keyingi soniyalarda xonada faqat Jungkookning qadam tovushi va ovozi yangradi
- Mashinang tashqarida, nonushta qilgach ketishing mumkin - Jungkook koʻzguda oʻz aksiga qaragancha uyogʼ-buyog'iga qarar ammo keyingi talabi uchun Yaerin tomonga oʻgirildi - Yana bir bor ogohlantiraman, agar politsiyachilarni atrofimda koʻrsam...xayolimda seni qay usulda afsuslantirish yoʻllarini koʻrib chiqaman! Bu albatta faqat oʻlim bilan bogʻliq narsa emas. Meni tushunding-a?

Yaerin istehzoli bosh chayqadi. Hozirgi holatda qarshi fikr bildirish ham qoʻrqinchli. Biroz oldin nima boʻlgani hali ham boʻynida oʻz asoratlari bilan tasvirlangan. Shu sababli, Jungkookning xonadan chiqib ketishini jimlikda kuzatdi.

*

Yalanglikdagi qabriston! Har qadamda qum uyumlari bilan toʻla. Koʻrinishidan bir xildek tuyulgan qabrlarning orasidagi yoʻlakdan ogʻir qadamlar bilan odimlayotgan Jungkook bir qabr oldida toʻxtadi. Atrofida oʻt-oʻlanlar oʻsmaganligi yangi qazilganligi ifodasidir. Chetlari hech qanday devor bilan oʻralmagan qabr ustiga bir ayolning kulib turgan rasmi va uning pastidagi "Jeon Hyejin" ismi. Barchasiga koʻz yugurtirib chiqqan yigit, choʻkkalab oʻtirib oldi. Nigohi oʻsha ayolning suratidan uzilmas, shuningdek bu nigohlar mehr bilan emas, gʻazab bilan toʻlgan edi

- Sizni bu holda koʻrish yoqimli - jilmaydi yigit - Har holda bu holatingizda meni hayday olmaysiz...Sizga qanday nom bilan murojaat etishni ham bilmayman...Oyi deymi? - yanada qattiqroq kulib yubordi - Qoʻysangizchi, bu nom farzandi boʻlgan ayollar uchun ishlatiladi. Siz boʻlsa..mendan voz kechgansiz

Toʻsatdan yuziga jiddiylik tarqalib, qoʻllarini musht qilgan holda qabr bilan suhbatlashishni davom etdi

- Odatda marhumlar uchun ularning qabriga gul qoʻyiladi. Men esa sotib olmadim. Chunki gul qaysidir maʼnoda yaxshi koʻrish ramzi. Menda esa faqat siz yaratgan nafrat bor xolos...

Qalbida qolib ketgan onasiga boʻlgan achchiq alamlarini chiqarar ekan bir tomondan huzurlanar edi. Oʻz otasidek boʻlib qolgan Montero oʻlimidan keyin haqiqiy onasining vafotini eshitish ikki taraflama siquvga olib Jungkookni ich-ichida yoʻqolib borayotgan oyisiga boʻlgan mehrni uygʻotib yubordi. Koreyaga qaytishi ham onasining oʻlimini oʻz koʻzlari bilan koʻrib rohatlanishi uchun rejalashtirilgan edi.

Keyingi damda Jungkook oʻrnidan xoʻrsingancha turib, kelgan yoʻlagidan ortga qaytib ketdi.

*

Oʻz uyining tartibsiz xonasiga kirar ekan, chuqur ux tortgancha oʻzini yotoqqa otdi. Bir oz muddatga hayollarini yigʻib olgan Yaerin teskari yotishini toʻgʻri yotishga almashtirdi

- Bu uyni qayta koʻraman deb oʻylamagan edim - kichik kulgu bilan xonaga ohang olib kirdi qiz - Jin ursin seni fransuz!...Yirtqichning oʻzi!

Lugʻatidagi barcha yomon soʻzlar bilan Jungkookni qargʻayotgan Yaerin uning jinoyatining yashirayotganligi uchun oʻzidan ham xafa boʻlardi. Jahl bilan boshidagi bint matolarni olib tashlar ekan, telefonidan kelayotgan ovoz gʻazabini tarqatib yubordi.

- Eshitaman, Dohyun - yaxshi boshlanmagan kun charchogʻi bilan narigi tarafga past ovozda javob berdi Yaerin

- Xayrli kun Doktor Xon, bugun ishga kela olmaysizmi?

- Dam olish kunim-ku axir! - telefon ortidan Yaerinning yuzi burishdi - Yana qanday muammo chiqarding?

- Muammo emas, rais Yang soat 11:00 da shoshilinch majlis qilayaptilar! Doktor va professorlar kelishi shart ekan - holatni tavsifladi Dohyun

Qiz koʻzlarini asabiy yumib, telefonni oʻzidan biroz uzoqlashtirib " Oʻzi shu yetmay turgandi" deyishi ketidan Dohyunning tushunarsiz ovozlari kela boshladi

- Goʻshakni qoʻy, biroz kechikib boraman...

AVTOR_LOUISA
CRAZY FANFICS KANALI UCHUN!
YOQIMLO MUTOLAA