December 10

Alvon Ko'z Yoshlar

Hayotning ajib sovg'asi sendek go'zal bo'ladi deb o'ylamagan edim...

8-epizod

1 haftadan so'ng

Katta uyning ort qismida joylashgan omborxona tomondan fortepianoning dramma janrini eslatuvchi musiqa tovushlari uy oldidan o'tgan har qanday kishining e'tiborini tortadi. Milodiy 18-asrda Kristofori tomonidan yaratilgan san'at asari klavishlarida qon izlari yaqqol ko'rinib turibdi. Qon izlariga e'tiborsizlik bilan qaragan yigit dog' bo'lgan barmoqlarini subkotroktavadan to beshinchi oktavagacha yurgizdi. Sal kam 5soatdan beri to'xtovsiz yangrayotgan fortepiano tovushi yigitning qo'liga kelib tushgan zarbdan so'ng taqqa to'xtadi.

Fortepiano

- To'rtinchida to'xtashing kerak edi. Beshinchi oktavaga o'tma degan edim, - qo'lidagi tayoqni asabiy o'ynatgan qariya Jungkookga o'shqirdi.

- Axir beshinchida bittagina klavish borku. Yetmaganiga bu yaroqsiz qo'l bilan xato qilishim aniq. Bobo men charchadim, - jahlini yashirishga uringan Jungkook qo'llarini klavishlardan uzoqlatti.

- Charchash bu zaiflik demakdir. Agar charchasang yana ham qiyinlashtiramiz.

Cholning deyarli bo'm-bo'sh xonada jaranglagan ovozidan so'ng uning o'rnini temir kishanlarning shiqirlashi va tana kuyganda eshitiladigan ovoz egalladi. Jungkookning qo'llariga kelib o'rnashgan temir kishanlar ketidan havoga yengil bug' ko'tarildi.Yigitning jon achchig'ida chiqqan ovozi xonaning har bir burchagini zir titratdi. Qizarishga ulgurgan bilaklar va achishish hissi sabab burishgan yuz Jungkookning bobosini yanada g'azab otiga minishiga sabab bo'ldi.

- Otangdan so'ng seni ham yo'qotishga chiday olmayman, - kuyungancha o'shqirishda davom etti chol, - bu so'zlarni shu oyni ichida necha marta takror aytishimga sababchi bo'lyapsan. Oddiy insonlar orasida o'z o'rningni topishing uchun, seni o'ylagan holda, turli xavfdan uzoq kasb ekanligini bilganim uchun fortepiano kursiga berdim. Lekin sen menga charchadim deyapsan shundaymi?

- Chalmayman, - Jungkook biri moviy biri qahvarang bo'lgan ko'zlarini bobosiga qadadi.

- Chalasan!

- Hohlamayman dedim.

- Yaxshi unda shu yerda o'lib ket.

Ortidan ikki sharpasini yetaklagancha xonani tark etishga taraddud ko'rgan erkak nabirasining iltimosiga bepisandlik bilan javob qaytardi. Soniya o'tmay eshik qulflangandan darak bergancha lo'kidonning tovushi eshitildi.


Zerikarli atmosfera va o'quvchilarning shovqiniga to'lgan sinfxona. Deraza oldida musaffo osmonga termulib yotgan qiz bo'yoqqa bo'yalgan hayoti haqida o'y surib yotarkan og'ir ho'rsindi. Kutilmaganda bo'lgan qo'ng'iroqdan ranjibgina go'shakni qulog'iga qo'ydi.

- Maktabdamisan? - telefon ortidan yigit kishining jiddiy tovushi eshitilidi.

- Bugun dushanbaligini hisobga olganda, ha, maktabdaman.

- Yana bir soat darsingdan so'ng maktabinga borib seni olib kelaman. Tayyor tur! Ustozingdan ruxsat olganman.

- Yaxshi. Hatto juda zo'r. O'zi shundog'am zerikib o'tirgandim, - quyosh nuri tushgan sochlarini qulog'i ortiga olarkan, parta ustida qulochini yoygancha kerishdi.Qo'ng'iroq yakunlanganidan habar bergancha qisqa signal eshitildi.

- Jungkookmi? - uyqisragan qizga savol nazari bilan qaragan Minji qo'lidagi ruchkasi bilan uni turtdi.

- Tinch qo'yma endi.

- Kim dedim?

- Akam, maktabdan olib ketaman dedi.

- Hech qiziqmayapsanmi? Axir anchadan beri kelmayapdi. Yana maktabdan tashqarida ham ko'rishmayapmiz, - Jin ikki qizning orasiga qo'shilgan bo'ldi.

- Bobosi uyga qamab qo'ygandir. Bir ikki kundan so'ng keladi, - boqibeg'amlik bilan gapirdi qiz.

Akasi vada qilgandek 1soat darsdan so'ng kelganini va maktab darvozasi oldida turganini bildirib qo'ng'iroq qildi. Narsalarini oldindan sumkasiga solib tayyorlab qo'ygan Akira. Jin va dugonasi Minji bilan qisqagina hayrlashdi, so'ng shoshilgancha maktab hovlisi bo'ylab darvoza tomon oshiqdi. Hayotidagi eng katta zerikish manbaidan chiqqach yo'lning narigi tomoni turgan "AUDI" rusumiga mansub mashinani ko'rib, ko'zlari chaqnab ketdi. Bir qo'li balandlatgancha havoda silkitarkan extiyotkorlik bilan akasi tomonga o'tdi.

-Aka meni o'limdan qutqarding, - qiz akasining bag'iriga otilarkan yuzida keng tabassum paydo bo'ldi.

- Maktabdan hali hech kim o'lmagan, - sovuqqonlik bilan gapida davom etdi, - mashinaga chiq uyga ketamiz.

Yuzidagi keng tabassum o'rnini jirkanish hissi egalladi. Lablarini burishtirgan qiz akasining barmoqlari orasidagi sigarani endi ko'rdi.

- Chekyapsanmi? - qoshlarini chimirgan ko'yi Minghaoga savol bilan yuzlandi.

- Yo'q, chekmayapman, - so'ngi bor o'pkasini quyuq tutun bilan to'ldirgach sigarani yo'l chetiga tashladi va ichiga to'plangan tutunni havoga chiqardi.

- Nimadir bo'ldimi? - qizning savoliga sokinlik javob bo'ldi holos.

Aka-singil hech qanday gap so'zlarsiz mashinaga o'rnashishdi. Yuzidagi hayratni yashirishga urinsada uni yuzaga chiqarib qo'ygan qiz ahyon-ahyonda yigitga ko'z qirini tashlab qo'yardi. O'ziga sukutni afzal ko'rgan Minghao g'azab aralash tushunib bo'lmas g'amginlik bilan rulni boshqarar ekan, tinchlikni buzgan holda musiqa yangray boshladi.

- Zerikib ketdim. Axir o'zing savollarimga javob bermayapsan-ku, - rul oldidagi ekrandan sevimli musiqasini yoqqan qiz akasiga mo'ltilladi.

Zerikarli va yurakni ezuvchi sokinlikdan so'ng 3 qavatdan iborat uy ko'rindi. Uy atrofida to'plangan odamlar Akiraning e'tiborini tortdi. Mashina oynasi ortidan boshini cho'zarkan gavjum insonlar orasidan qarindoshlarini ilg'ab olishi qiyin bo'lmadi.

- Uyda to'y bo'lyapdimi? Nima uylanyapsanmi? - xavfsizlik kamarini yechgancha akasiga qosh chimirdi.

- Nega unday deyapsan?

- Nega shuncha odam yig'ilgan?

- Singiljon o'zingni qo'lga ol, - mashinadan tushgan Minghao singlisining yelkasiga qo'llarini qo'ydi. Ko'zlaridagi yoshini erkaklarga xos matonati ortiga yashirdi, - terapiya paytida do'zasi ko'payib organizm ko'taraolmabdi. Talabani qo'yishgan ekan.

- Yig'ishtir bema'ni hazilingni. Anavi o'ynashinga uylanyapsan. Yosh bola qilyapsanmi meni?

- Hazillashmayapman.

Qiz nigohlarini uyga qaratarkan boshini qimirlatishni boshladi. Lablari bilinar-bilinmas "Yo'q" so'zini qaytarardi.

- Sen meni aldayapsan. Ishonmayman senga, - namlanishga ulgurgan ko'zlarini yengiga artgan qiz uy tomon shoshildi.

Uy ichiga kirarkan ayollarning yengil uvvosi qulog'iga chalindi. Tanish va notanish odamlar uy ichiga to'plangan, zinapoya oldiga darvoza oldidagi kabi gulchambarlar qo'yilgan edi. Bir daiqa o'zini yo'qotgan qiz miyyasidagi betartib savollarga javob topishga harakat qilardi. Uy o'rtasida aylangan qizning har tomonga alanglagan ko'zlari otasini qidira ketdi. Mehmonlar orasidan yuziga oqqan yoshlarni artgancha eshik tomon yurib kelayotgan otasini ko'rgach u tomonga otildi.

- Dada bu yerda nima bo'lyapdi? Axir sizga to'yni bahorda qilinglar degandimku. Nega meni fikrimni bir pulga olmaysizlar, dada? - Akira xo'ngragancha bor ovozda baqirarkan ikki oyoqlarini pol ustida depsintirdi.

- Qizim o'zingni bos, - dastro'molini pidjakining cho'ntagiga solgan kishi qizini bag'riga olishga urindi.

- Nega akam ham siz ham menga o'zimni bosishimni aytyapsizlar, - otasidan uzoqlashgan qiz ko'zlaridagi qaynoq yoshni to'xtatishga harakat ham qilmadi, - ishonmayman, yo'q. Oyim menga o'lmayman degan.

- Uni xonasiga olib chiq. Senga aytgandim uni holasinikiga olib bor deb, - Akiraning ortidan yetib kelgan o'g'liga tanbeh bergan kishi odamlar orasiga sho'ng'idi.

- Aki tur, xonanga chiqamiz, - singlisini yupatgan ko'yi yelkalaridan ushladi.

- Oyimga boraman.

- Hop. Faqat tur! Seni oyimni oldiga olib boraman.

Singlisining yelkasidan tutgan Minghao uni jasad yotgan xona tomon olib bordi. Akira pillapoyadan ko'tarilar ekan ahyon-ahyonda ortiga qarar, otasi kelmayotganini tekshirib qo'yishga ham ulgurar edi. Uyning ikkinchi qavati, onasining xonasi tomon yurarkan mehmonlar sanjabligidan ko'ngli huzur topganday bo'ldi. Otasi shaharda anchagina mashxur bo'lgani sabab nafaqat tanishlar, hatto kamera ko'tarib uy atrofida nimadir sur'atga olish ilinjida yurganlarni muhbirlarni ham topish qiyin ish emasdi. Zinaning so'ngi qismidan ko'tarilgach singlisiga bir ko'z tashladiyu qo'l uzatib xona eshigini ochdi. Qiz lang ochilgan eshik o'rtasida qotib qoldi. Na yurishni, na ortga qaytishni bilmagan qizning hayollari tarqoq, yuragi tiklapora edi. Qarshisida turgan, oq matoga o'ralgan tana onasiga tegishli ekanligiga ishonmas, go'yo bu onasining emas, balki hazil tariqasida yasalgan qo'g'irchoq tanasi ekanligi haqida o'yladi.

Bo'ynida o'ralgan oq sharfi va ustidagi paltosini eshik oldiga yechib tashlagan qiz ohista qadam bilan jasad tomonga yaqinlasharkan bo'g'zidagi nimadir nafas olishiga halaqit qila boshladi. Yana o'sha ohistalik bilan jasad oldida tiz cho'kkan qiz ko'z yoshlarini tiyishga harakat qildi, ammo barcha urunishlar samarasiz...

Titroq tutgan qo'llarini jasad ustida yurg'izarkan ich-ichidan kelayotgan yig'i sabab ovozini chiqarmaslikka tirishdi.

- Oyi, mendan hafa bo'ldingizmi? Ho'p, siz aytgandek bo'laqolsin. Boramiz usha siz aytgan plyajga. Faqat siz turing oyi. Ko'zlaringizni oching, - qaltirayotgan qo'llarini jasad yuziga yo'naltirdi.

- Akira tur! Otam kelmasdan xonanga bor, - qizning ortidan gapirgan yigit uning qo'llaridan tutdi.

- Yo'q. Oyim mendan arazlagan. Shunga o'ranib yotib olibdi. Hozir turadi. Odatda arazlasa shunday ko'rpaga o'ranib oladi. Hozir turadi, turadi... - yovvoyilarga hos hislat bilan akasidan uzoqlashgan qiz asabiy iljaydi.

Timeskip 1 haftadan so'ng

Ma'nosiz va sog'inchga boy uzundan uzun kunlar qizni ezib borardi. Qalbidagi onasiga bo'lgan sog'inch kun o'tgan sayin ortsa ortdiki lekin hech so'nmadi. Aynan yo'qotish hissi uni tamoman yeb bitirayozdi. Soatlab hatto kunlab xonasiga qamalib oladigan, o'ziga-o'zi ochlik e'lon qiladigan odat chiqarib oldi. Katta derazalardan xonaning har bir burchagini egallab turadigan doimiy quyosh nurlari parda bilan to'silgan edi. Pardaning ba'zi bir joylaridan tushib turgan nurlarni hisobga olmaganda xona batamom zulmatga cho'kkan. Akira qoq markazda joylashgan yotoq ustida yotarkan yuzlaridan qaynoq ko'z yoshlari sizib yostiqni namlantirar, hissiz ko'zlari bir nuqtadan boshqasini payqamasdi. Huvullagan atmasefarni buzgancha eshik taqqilladi. Minji eshikni qiya ocharkan xona ichiga boshini suqdi.

- Akira yaxshimisan? - haligacha beparvolik bilan yotgan qizga sinchkovlik bilan boshdan-oyoq nazar tashlagan Minji ohista qadam tashlagancha qizning oldiga cho'kkaladi, - o'hho, maktabning bezori qizini bu ahvolda ko'raman deb o'ylamagan edim.

- Nima hohlaysan mendan, - hissiz ko'zlarini Minjiga qaratdi.

- Biroz aylanib kelishga nima deysan? Xohlasang senga yoqadigan atraktsionlarda uchamiz. Ho'p degin faqat, iltimos, - Akiraning sochlarini qulog'i ortiga olgan qiz unga yalinchog'lik bilan qaradi.

- Yo'q.

- Demak boramiz. Men ataylab bir xil bo'lamiz deb o'zimnikidek sviter olib keldim. Dugona bo'lib hech ham bir xil kiyinmagan ekanmiz, - yotoq ustidan sakrab yerga tushgan qiz Akiraning qo'llaridan tortgancha uni o'tirgan holatga keltirdi.

Har qancha noroziliklarga o'zining injiqligi bilan qarshi chiqqan Minji oxir-oqibat Akirani birga borishga ko'ndirdi. Bir xil nusxadagi sviterlarni kiyishgani ayni damda faqat Minjiga qiziq edi holos. Jin va Yoongini ham o'zi bilan yetaklagancha uydan chiqib ketishdi. Qiziqroq va hotiralarga boy bo'lishi uchun avtobusda borishga qaror qilishgach bekat tomon ketishdi.

- Jungkook anchadan beri ko'rinmaydi, - tinchlikni buzgancha gap boshladi Jin.

- Ustozdan so'raganimda kasal bo'libdi degandi, - bir zum Jin bilan ko'z urishtirgan Yoongi Akiraning qo'lidan tutdi.

- Anavi kuni Jin bilan uyiga borgandik. Qandaydir chol oldiga solib quvdi. Jungkookning sinfdoshlarimiz deganimizga qaramay baqir-chaqir qilib eshigini yuzimizga yopdi, - gapga aralashdi Minji.

- Mavzuni yopamiz. Avtobus kelyapdi, - Akiraning qo'lidan tutgan Yoongi bekat tomon yugurdi. Ortidan Jin va Minji ham shoshilgancha ularga ergashishdi.

Sal kam 20daqiqalik yo'ldan so'ng transportning eshiklari ochilgach maktab o'quvchilari manzillariga yetganidan hursand bo'lgancha katta yopiq bino tomon yo'nalishdi. Avtomatik tarzda ochilgan eshiklardan o'tgach ko'zlari yig'layverganidan shishib ketgan Akirani sudragancha atraktisonlar bo'limiga o'tishdi. Har tomon odamlarning chinqiriqlari, ko'ngilochar maydonlardan eshitilib turgan gurung qiziqishni yanada orttirar, atrofdagi turli xil atraktsionlar odamni shoshiltirib qo'yardi. O'smirlarga hos shoshiluvchanlik bilan ahiyri bitta tanlovga kelishdi. Amerika uslubidagi bir-biriga ulangan poyezd.

Manaman degan odamni ham qo'rquvdan chinqirishiga sababchi bo'ladigan atraktsion tomon qadam tashlasharkan Akiradan tashqari hammaning yuragi titrardi. To'lov qilgach Minji va Jin bir reysga, Yoongi bilan Akira esa boshqa reysga o'rnashishdi.

Atraktsion uchish vaqti kilganligidan darak bergancha signal chalingach poyezdlar o'rnidan asta-sekin siljiy boshladi.

- Qo'limdan tut, - yuzida keng tabassum bilan qizga yuzlandi Yoongi.

- Qo'rqadi deb o'ylayapsanmi?

- Nima bo'lsa ham baribir. Qo'limdan tut, - qizning ko'zlariga tikilgan yigit kaftlarini qizniki bilan birlashtirdi.

Atraktsion o'rnidan qo'zg'algach temirning ishqalangan yoqimsiz ovoz chiqargancha tezlik asta-sekin oshirildi. Minjining bilaklariga salkam yopishgudek bo'lgan Jinning allaqachon rangi oqarishga ulgurgan, eng birinchi reysga joylashgan Yoongi va Akira esa yuraklardagi bor g'uborni tarqatgancha bor ovozlari bilan baqirishar edi. Atraktsion so'ngi aylanadan o'tib asta-sekin to'xtay boshladi.

- Mazza qilgan ko'rinasan, - qiz tomonga egilib xavfsizlik kamarlarini yecharkan nim tabassum qildi.

- Juda ham, - quvonchi ichiga sig'magan qizning ko'zlari baxtdan porladi.

Yoongi qizning qolidan ohista tutib atraktsiondan tushirdi. Nariroqda boshi aylanib turgan Jinga ko'zi tushgan Akira baland ovozda kulib yubordi.

- Bunchalik qo'rqsang aynan men uchun chiqishing shart emas edi, - yigitning yelkasidan tutgancha hazilomus so'z qotdi.

- Do'stlar uchun tayyormiz, behijolat, - oyoqda arang turgan Jin tutqichga o'zini suyarkan Yoongi Akiraning qo'llarini uning yelkasidan olib o'ziniko bilan birlashtirdi.

- Jin o'ziga kelguncha biz rasmga tushib kelamiz. Nima deysan Akira? - gapga aralashgan Minji burchakdagi fotobutkani ko'rsatdi.

- Men rozi, - Akira yuzida tabassum bilan osongina rozi bo'ldi.

Ikki qiz qo'l ushlashgancha fotobutka tomon chopib ketishdi. Yaqin atrofda kichik do'konchalar talaygina bo'lgani sabab Jin uchun suv topish qiyin kechmadi.

- Rasmlar yaxshi joydami? - Yoongi suvni uzatarkan atrofga ko'z tashladi.

- Havotir olma zax tegmaydigan joyga olib qo'yganman, - Yoongining qo'lidan suvni olib bir ko'tarishda idishning yarmini bo'shatdi.

- Nima deb o'ylaysan Jungkook qayerda, - tutqichga suyangancha gapida davom etdi.

- Akira aytganiga ishonsak, bobosi qamab qo'ygan.

- Anavi maxluqchi. Qizga yaqinlashmayapdimi?

- Anchadan buyon ko'rmadim.

- Akirani atrofida yana bir bor ko'rsang menga ayt! Sur'atlarni anonim tarzda pochtadan otamga jo'natamiz. Bu unga hozir ayni kerak narsa.

- Tushundim.

Hufiya suhbatni tamomlagan ikki yigit qizlar ketgan tomonga odimlashdi. Ular ham sur'at tushish uchun aparatning ichiga bosh suqib kirishdi. 1hafta stress ichida qolgan qizni undan olib chiqish uchun atigi bir soat yetarli bo'ldi. Yuzida keng tabassum yoyilgan qiz dunyoning tashvishlaridan holi bo'lgandek do'stlari bilan o'yin-kulguga shunchalik kirishib ketti. Aslida ham akasi va do'stlari tomonidan rejalashtirilgan bitim keragidan ortiq tarzda amalga oshdi. Kechki soat 22:00ga bong urganda maktab o'quvchilari kechki sayrni tugatib uylariga yo'l olishdi. Jin Minjini Yoongi esa Akirani kuzatib qo'yishga qaror qilishdi. Har holda kech tushgan. Bu vaqtda qizlarni uyiga kuzatib qo'yish jentlmentlik hisoblanardi.

Ikki tomondan qator uylar qad rostlagan ko'cha va simyog'ochlarning nuri kechki manzarani go'zallashtiradi. Oyoq ostidagi qor har qadamda g'irchillab huzur bag'ishlaydi. O'rta kenglikda bo'lgan ko'cha bo'ylab ketayotgan yigit va qiz orasida butun ko'chani oyoqqa turg'izadigan gurung ko'tarilgan. Eshitilishidan qiziq tuyiluvchi suhbat ortidan ko'tariladigan kulgu sadosi suhbatning rostakasimiga qiziq ekanligidan darakdir.

- Oying uchun endi siqilma. U o'ldi, hozir u yaxshi joyda. Men bilmasam ham buni his qilaman. Oying yaxshi ayol edi, - oradagi kulgu bir zum to'xtadi. Suhbat o'rnini sukunat egalladi.

- Bilaman lekin sen otangni qanchalik yaxshi ko'rasan? - jimib qolgan qizdan sado chiqdi, - Agar u o'lib qolsa nima qilgan bo'lar eding? Endi uni ko'rolmasligingni anglagan kuning eng og'iri emasmi?

- Bilaman senga qiyin. Lekin bunaqa stressga tushma, - Yoongi duduqlangancha yelka qisdi, - o'zing bir o'yla maktabning uchiga chiqqan bezori qizini shunaqa stressda, ko'rpaga o'ranib yotganini ko'rishsa...ustidan kulishadiku.

Oraga yana yoqimsiz sukunat cho'kdi. "Balki onasining o'limini eslatganim yoqmagandir" degan fikr uyg'ondi yigitda. Muzga aylangan yerda sirpanib tushmasligini uchun, havfsizlikni ta'minlagan ko'yi Akiraning qo'llaridan mahkam ushladi. Tanish ko'cha bo'ylab qad rostlagan uylar manzilga yetishganidan darak bergancha serrayib turibdi.

- Akira...- vaqtdan foydakangandek qizning bilaklarida yanada mahkam ushladi.

- Eshitaman, - qadamlari ketma-ketligini to'xtatgan qiz yigitga tikildi.

- Sen menga yoqasan.

- Yoongi...

Qizning so'zlari lablarida qotdi. Yigitning harakati uni esankiratib qo'ydi. Bir-biriga bog'langan lablar sabab qizning ko'zlari katta-katta bo'lib ochildi.

- Bo'ldi gapirma, kerakmas! - qizdan uzoqlashgan Yoongi umidsiz nigohlarini yerga qadadi, - bilaman meni sevmaysan. Men shunchaki jim sevaman. Menga shu yoqadi. Meni sev deb majburlamayman. Lekin ko'nglinga yo'l topishimga to'sqinlik qilma, - so'zlarini tugatgan yigit shiddat bilan ortga burldiyu, o'z manzili tomon yo'l oldi. Tobora uzoqlashib borayotgan yigitga termulgancha ko'cha o'rtasida qolib ketgan qiz nima qilarini bilmay, alanglab qoldi.


Eshik oshiq-mashuqlarining g'ichirlashidan so'ng xonaga o'rta yoshlardagi yigit kirib keldi. Hurmat yuzasidan biroz egilgach xona to'rida o'tirgan kishiga yaqinlashdi. Qora paltoning ichki cho'ntaklaridan chiqargan konvertni stol ustiga qo'yarkan gap boshladi.

- Aytganingizdek ortidan borib kuzatdim. Avvaliga 2ta yigit va 1 qiz bilan aylandi. Keyin yigit va qiz o'z yo'lida ketgach kuzatishimni buyurgan qiz boshqa yigit bilan uyiga jo'nadi.

- Ishingni yaxshi bajaribsan, - erkak sur'atlarni birma-bir ko'zdan kechirarkan lab uchida kuldi, - ular ham ajoyib sharoit yaratib beribdi. Bo'shsan!

Erkakning buyrug'idan so'ng yigit xonani yana usha tazim bilan tark etdi. Sur'atlarni tahlagandek stolga urgan erkak o'rnidan shart turdiyu o'zi ham xonadan chiqdi. Butun vujudini hush kayfiyat eggallancha nabirasining xonasi tomon yo'naldi. Eshikni bir-ikki taqqilattiyu ichkaridan ovoz kelishini kutmay xonaga bostirib kirib bordi.

- Tinchlikmi? - keskin vaziyatdan alanglagan Jungkook bobosiga jiddiy razm soldi.

- Odam bolasini deb menga qarshi chiqdinga? - yigitning yotog'iga sur'atlarni qo'ygan erkak g'olibona tirjaydi, - sen ham otang kabi noshudsan. Mana bunga qara va o'yla. Usha mavjudot uchun nechi chaqalik qadring bor?

- Nima haqida gapiryapsiz? - hech nimaga tushunmagan Jungkook yotoq ustidagi rasmlarni tekshira boshladi.Yigit qarshisiga tashlangan suratlar sabab sergaklandi, suratlarga sekin qo'l uzatar ekan, turli hil hayollardan ko'zlari qisilib savol berdi- bu nima?

Erkak keng jilmayib, suratlarga ishora qilgancha dedi

- o'zing ko'r, qara o'sha hech nima qo'lidan kelmaydigan odamchang, sensiz ham yolg'iz qolmaydiganga o'xshaydi.

Jungkook bobosining so'zlaridan ajablandi, ohistalik bilan suratlarni ko'rib unda tasvirlangan manzarani taxlil qilar ekan, qoshlari chimirildi.

- Osha qizning asl yuziga guvoh bo'ldingmi? Tag'in u uchun o'zingni qurbon qilayozding. Ammo u sening sof sevginga nima bilan javob berdi? Xiyonat bilan...

Erkak qolgan so'zlarini davom ettira olmadi, gazabi yuqori darajaga chiqqan yigit shiddat bilan xonadan otilib chiqib ketdi.

- Uni o'z qoling bilan bu dunyodan yo'q qil va meni ishimni osonlashtir! - erkak nabirasi ortidan ayyorona jilmayib, sekin shivirladi va yaxshi kayfiyatda xonadan chiqib ketdi.

- Janob Jungkook ortga chekining siz bu binoni tark eta olmaysiz - chiqish eshigida turgan qo'riqchilar yigitni toxtatishga urindi.

- Yo'limdan qoch!

- Ammo janob siz bu yerni tark eta olmaysiz - qo'riqchi yonidagi boshqa safdoshlariga ishora qilishi bilan ular Jungkookni atrofini o'rab olishdi.

Jungkook aylanasimon atrofida o'ralgan qoriqchilarga sovuq nigoh tashlar ekan, muqarrar kurashga tayyorlandi.U bu yerdan chiqib ketishi shart! U sof sevgisiga javoban taqdim etilgan xiyonatning hisobini so'rashi kerak edi.

- Uni ushlang! - qo'riqchilar boshlig'i buyruq berar ekan, erkaklar birin-ketin Jungkookga tashlanishdi.

Ammo bu Jungkook ta'sir qilish kuchiga egami? U erkaklarni hamirdan qil sug'urgan misol osonlik bilan yerga qulatdi, qo'riqchilarning yuzi og'riqdan burishar ekan, u vaqtini ortiqcha sarflamay chiqish eshigi tomon oshiqib u yerdan chiqib ketdi.

Bobosining uyidan tezlik bilan chiqqan Jungkookning yuziga qishning sovuq havosi urildi. Yengil nafas olib, o'zini boshishga bor kuchi bilan harakat qilayotgan Jungkook, buni uddasidan chiqa olmas edi.Bobosining uyida turgan har bir laxzasi suratlarga muxrlangan suyuklisining xiyonati eslatar edi. Yelkasini bir silkigan Jungkookning ortida zulmatni eslatuvchi quyuq qora rang qanotlar paydo bo'lar ekan, bir urunish bilan havoga ko'tarildi.

- Hammasiga javob berasan, Sevgilim.

Shamol bilan hamohang tarzda uchib borayotgan Jungkookning qanotlari har silkinishda tezlikni oshirdi. Muvozanatni o'zgartirgam holda ikki qavatli uyning ort tomoniga burildi. Daraxtlar orasidan uchib o'tgan yigit balkonga qo'ndi. Shaffof parda bilan to'silgan oynali eshik ortidan qizning tanasi ko'rindi. Ohista qimirlayotgan lablar va satrdan satrga ko'chayotgan ko'zlarga termuldi. Qaxrli nigohini qizdan uzmagan ko'yi eshikdan uzoqlashdi.

Kitobdan uzilgan nigoh shamol kirishini taminlab turgan eshik tomonga yo'naldi. Havoda uchayotgan pardalar ortidan ko'zga tashlangan sharpa qizning e'tiborini tortdi. Qiziqqonligi tutgan qiz o'rnidan turib ayvon tomon odimladi. Shamolda o'ynoqlayotgan parda ortidagi soya hali-hamon joyidan jilmas edi.

-Jungkook bu senmisan? - pardalarni bir tomonga surgan qiz balkonga chiqdi. Soniyalar ichida bo'ynida o'ralgan qo'llar sabab yelkalari bilan devorga urildi.

- Hiyonatni kechirmasligimni aytmaganman shekilli. Yoki nima yaxshi muomilam sabab o'zingdan kettingmi? - qizga yaqinlashgan yigit bosimni oshirgancha qizni devorga battar mixladi.

- Esingni yedingmi Jungkook? Qo'yib yubor! O'lib qolaman.

- O'lasan. Uqdingmi o'lasan. Yoki men bilan yoki mensiz. Bu ahamiyatli emas... menga tegishli bo'lmas ekansan, boshqaga ham nasib etmaysan.

Jahl otiga mingan yigit bosimni yanada oshirdi. Og'riq va havo yeyishmovchiligidan qiynalayotgan qiz yigitning qo'llari ostida tinmay tipirchilar, nozik tanasining kuchi unga qarshilik qilishga yetmasdi go'yo. O'zini yo'qotgan qiz jon achchig'ida yigitning oyog'iga tepdi. Zarbdan qaddini bukkan yigit og'riqdan asabiy iljaydi. Akira vaziyatdan foydalanishga harakat qilgandek uning qo'llaridan qutilish ilinjida to'g'ri kelgan tarafga o'zini urdi. Bilaklaridan mahkam tutgan panja etini junjiktirdi. Soniya ichida qizni devorga qayta mixlagan yigit qizning qulog'i ostiga egildi.

- Qochaman deb o'yladingmi? - boshini ko'tarib qizning yanoqlarini silay boshladi, - usha manzara meni qanchalik jahl otiga minishimga sabab bo'lganini bilganingda edi.

- Meni qo'yib yubor. U shunchaki do'stdim. Oramizda hech gap yo'q, - tanasidagi titroqni nazoratsiz qoldirgan qiz yigitga umid ko'zlari bilan mo'ltilladi.

- Shunchaki do'sting? Ha, ha do'sting, - Jungkook vishshillagancha qizga yanada yaqin keldi, - men kutgan holat. Qo'rqyapsan, sezyapman. Oyoqlaringni qaltirashi dunyoni tebrataman deyapdiya, - so'ngi bor Akiraning ko'zlariga qaragan Jungkook qizni bir urinishda polga qulatdi.

- Nima qilmoqchisan, - qo'rquv aralash gapirarkan uzoqlashishga harakat qilgancha sekin qadamlar bilan yaqinlashayotgan yigitdan tisarildi.

- Bilib olasan farishtam, - vaxshiylik uyg'unlashgan billur ko'zlarini qizga qadagancha uni dast ko'tardi.

Akiraning yelkalaridan qisgan qo'l egasi yorug' tezligida samoga ko'tarildi. Tasodifiy hodisa sabab yuragida qo'rquv hissi uyg'ongan qiz tinmay tipirchilashni boshladi. Zum o'tmay o'zini bulutlar orasida ko'rgach qo'rquvdan chinqira boshladi.

- Jungkook nima qilyapsan? Yerga tushur meni, qo'yib yubor!

- Ko'ngling yerni tusayapdimi? Qo'yib yuboraymi? Mayli sen aytganchalik bo'laqolsin.

Qizning yelkalaridan uzilgan qo'l havoda keng yoyildi. Muvozanatni yo'qotgan qiz havoda charxpalak kabi aylangancha pastga qulay boshladi. Shiddatli shamol uvullashi va bulutlar oralab yerga qulab borishini ongiga sig'diraolmayaotgan qiz so'ngida chil-parchin bo'lishidan hapsirar edi. Hatto joyidan ham jilmagan Jungkook qanotlarini yanada keng yozdiyu qiz qulab borayotgan manzil tomon sho'ng'idi. Eng yuqori tezlikda pastga qulab borar ekan takroran qizning yelkalaridan qisgancha havoda muallaq ushlab qoldi. Shiddatli burilishdan yuragining taka-pukasi chiqqan qiz hayotidagi eng katta travma bilan qayta yuzlashdi.

- Yana ham qo'yib yuborishimni aytib chinqirasanmi? - qizni havoda ushlab turgan yigit uni silkitarkan qaxrga to'lgan nigohini unga qadadi.

8-epizod tugadi.