Bugun uyim derasiga har tunda kim noyob qora moychechaklarni qo'yishini aniqlamoqlikni istadim. Soat millari tungi 00:00 ni quvib o'tgach, yuragim ham hayajon, ham vahimadan titrab ketdi. Bir xonali kvartiramning barcha chiroqlarini o'chirib, derazam yonidagi parda ortiga o'tdim. Lanati, chuqur nafas olganimdagi ko'krak qafasim kichrayib-kattarishi va beixtiyor titrayotgan tanam sabab parda hiyol qimirlardi. Yo'q, lanati kim bo'lsa ham aniq sezib qoladi! Endigina hovliqib parda ortidan chiqmoqchi bo'lganimda, derazamga metal urilib tiqirlay boshladi. To'xtadim, nafas olishdan ham, harakatlanishdan ham. Lablarimni tishlab ko'zlarimni mahkam yumdim. Terlay boshladim. Shu on derazam ochilib xona ichiga menikidan 2 ta keladigan bosh suqulib...