Alvon Ko'z Yoshlar
Bo'm-bo'sh xona bo'ylab pianinoning ovozi tartibsiz jaranglardi. Go'yo kuy sadosi aniqku, lekin qattiq zarb sabab betartib. Klavishlarga urilgan barmoqlar tovushi ham ora-orada seziladi. Deyarli 4 soatdan beri davom etayotgan bu manzara Jungkookning barmoqlarini qonashigacha olib keldi. Klavishlardan oqayotgan qonning chakkillagan ovozini yopayotgan kuy tobora balandlashsa balandlashar, lekin pasaymasdi.
- Bobojon balki yetar? - barmoq harakatlarini to'xtatgan yigit yerga qaragancha gapirdi.
- To'xtama, - Jungkookning qo'liga tushgan zarbdan rohat olgan erkak gapida davom etdi, - 1 oy vaqting bo'lmag'ur olimpiada va qandaydir qizga ketdi. Yana do'stlar? - qo'llarini cho'ntagiga solgan qari ammo navqiron erkak yigitning quloqlari tomon egildi, - Senga mendan boshqa hech kim do'st bo'lmaydi. Siringni bilishi bilan tanagni go'sht maydalagichga tashlaydi, - biroz o'ylandiyu burchakdagi shkafdan dori qutini olib pianino ustiga qo'ydi, - Bugunga yetar. Malham qo'y.
Deyarli 1oydan beri tarqalgan yangiliklar odamlarni uylaridan tashqariga chiqishga qo'rqitib qo'ydi. Keskin yo'qolib borayotgan uy hayvonlari qayerga g'oyib bo'layotgani sirligicha qolmoqda. To'g'rirog'i sababini topaolishmayapdi. Balki bu qandaydir maxluq ekanligi haqida taxminlar qilindi. Maktab yaqinidagi o'rmondan kelayotgan turli quloqqa yoqmaydigan ovozlar odamni battar cho'chitardi. Huddi shu o'y-hayollar bilan ketayotgan qiz yo'lni kichik fonar bilan yoritdi.
-Hech bo'lmasa kunduzi kelsak bo'lardi, - Jinning qo'liga deyarli tirmashib olgan Minji qo'rqqan yuz ifoda yaratdi.
- Kunduz kuni kelsak qochib ketmasligiga kafolat beraolasanmi? Ming'irlamay jim ket, - Akira yo'ldan ko'zini uzmagan holda Minjiga yuzlandi.
Jin, Akira va Minji ikki tomoni daraxt bilan qoplangan yo'lakchadan o'rmon ichiga kirib bordi. Akira qo'lidagi fonarcha bilan yo'lni yoritib ularga yo'l boshlar, Minji qo'rquvdan titrab nega uni gaplariga quloq solib buyerga kelganligi haqida o'ylab o'zini-o''zi koyirdi. Jin esa o'zini huddi yeyilishi kerak bo'magan ovqatni yeb qo'ygandek his qilib jimgina ularga ergashgan edi.
- Balki ortga qaytarmiz, - so'ppaygancha kelayotgan Jindan vanihoyat sado chiqdi, - Usha davlatni askar o'yinchoqlariga ishondim dema faqat.
- Bu shunchaki adrelanin uchun, - Akira atrofga sinchkovlik bilan nazara tashlarkan, pichirlagancha javob qaytardi.
- Nimadir bo'lsa kislota oldimda, - Jin havfsizlikdan darak bergandek cho'ntagiga sekin urib qo'ydi.
Ular deyarli o'rmonni o'rtasiga kelgandi. Lekin hech qanday ovoz va hech qanday SMB hodimlari yangiliklarda vaz o'qib tanishtirgan maxluqdan darak yo'q. Endigina ketish istagi uyg'ongan Akira qulog'iga chalingan ovozdan joyida to'xtadi.
- Nimadir eshitdingmi? - qo'rqa-pisa gapirdi Minji
- Eshittingmi? Anavi yerdan kelyapdi, - Akira ding quloqlarini ovoz kelayotgan tomonga tashladi. Ovozni eshitishi bilan barglarni shitrlatib bosgancha usha tomon yugurib ketdi.
Ortidan nima bo'lganiga tushunmagan Minji va Jin ham undan qolib ketmaslik uchun noiloj ergashdi. Zimiston o'rmon bo'ylab tobora ichkariga kirib borishar ekan Akiraga yetib olish ancha qiyin bo'ldi. Minji va Jin unga yetib olganini payqagan Akira sekinlashdi. Ehtiyotkorlik bilan qadam tashlarkan atrofga alanglagancha zimdan nazar tashladi. Faqatgina qo'rqituvchi manzara yaratadigan katta kichik daraxtlar ko'zga tashlanadi holos. Qiz kichik fonarchasini uncha ham uzoqda bo'lmagan nuqtaga qaratdi. Qandaydir uy.... Balki qishloq aholisi uchun turar joydan nariroqdagi yagona hojatxonadir. Ko'rinishidan shunga o'xshaydi. Akira boshini yelkasi ichiga bilinar bilinmas kirgizib uycha tomon yura boshladi.
- Akira yur ketaylik, kerak emas, - Akirani qo'lidan mahkam ushlab olgan Minji iltijo bilan unga mo'ltilladi.
- Yo'q qo'yvor, oyog'inga yotganim yo'q kel deb. Endi ohirigacha aniqlash kerak, - Akira Minjining qo'lini siltab yana yo'lida davom etdi.
Qiz ko'zlagan manziliga tobora yaqinlasharkan qadamlarini ehtiyotkorlik bilan tashlardi. Birdan atrofdan yorug' tezligida o'tgan sharpa etini jungjitti. Jin bergan qo'lidagi kislotani qattiq siqib sepishga tayyorladi. Sharpa ketidan taraqlagan tomlik past bino Akirani yanada sezgirlashtirdi. Ortda turgan Jin va Minji ham Akiraga nimadir bo'lishidan qo'rqib uni oldiga yugurib kelishdi. Binodan kelayotgan taqqillagan ovoz yanada tezlashdi. Yon atrofda inson qadami sezildi. Akira o'zida bor kuch jasoratini yig'di va bino eshigini ochdi. Ichkaridagi manzarani ko'rgan Minji bor ovozi bilan chinqirib yubordi. Akira va Jin ham hayrat va qo'rquv aralash joylarida qotib qoldi. Qo'llari kishanga bog'langan jonzot odam isini sezgach ularga tashlanishga harakat qildi ammao kishan sabab yetaolmadi. Akira tomon yana bir harakat qilgan maxluq qizga deyarli millimetr masofaga yetdi. Akiraning qo'lidan kislatani olgan Jin maxluq tomon sepishga harakat qildi.
- Sepma, bu Jungkook, - qiz Jinni qo'llariga yopisharkan soniya oldin deyarli yaqin turgan maxluqni tanigani uchun uni Jindan himoya qilishga urindi, - Sepma dedim nari tur, - Akira Jinni ko'ksidan itarib yubordi. Zarbdan yerga yiqilgan yigit o'rnidan turdi va soniya oldingi harakatlarini qaytardi. Kislota maxluqning yuz qismiga sochildi. Og'riq va kuyishdan battar quturgan maxluq tinmay tipirchilardi, - Jungkook, Jungkook.
Akira uning oldiga yaqinlashishga harakat qilarkan ortidan yeldek uchgan sharoa uni qo'llaridan tutdi. Bir zumda barchasi sarobga aylandi. Tanasi havoni va o'tkir shamolni sezgach qandaydir bo'shliqga sho'ng'iyotganini sezdi. Barchasi bir zumda ro'y berdi. Qizning miyyasi hatto buni qabul qilishga ham ulgurmagan edi.
- Jungkook, Jungkook, - birgina ismni qaytargan qiz alahsiragancha uyg'onib ketdi.
Yana usha mash'um tush. Havo yetishmovchiligidan zo'rg'a nafas olarkan devordagi soatga tikildi. Tun yarimgi 3:00.
- Jin ursin yana usha tush, - uh tortgan qiz tanasini qayta yotoqqa tashlagancha yuzini ko'rpa bilan yopdi, - ming lanat boshqa maktab yo'qmidi? Nega aynan bizni maktab?
Tungi soat 9. Oq jimjimador ko'ylak va Saint Laurent tufli kiygan Akira qimmatbaho bar tomon yaqinlashib borar ekan uni ko'rgan barcha qo'ldan kelgancha mulozamat ko'rsatishga harakat qildi. Qimmatbaho mashinalar oldidan o'tib ikkita barzangi qo'riqchining oldida to'xtadi. Sal kam yarim soatdan buyon ichkariga kiritilmayotgan yigit jig'ibiyron holda qo'riqchilar bilan gap tortishardi.
- U men bilan, - Jungkookning qo'liga ilashgan Akira qo'riqchilarga yuzlandi.
Yigitning yuzidan bo'lgan hodisa uni hayratlantirgani aniq ko'rinib turibdi. Akirani ko'rgan qo'riqchilar tezlik bilan yo'lno ochdi va bamisoli ikki juftlikni ichkari tomon taklif qilgan bo'ldi. Shaharning deyarli to'rtdan uch qismi Akirani tanirdi. Bu esa otasining shahardagi mansabi sabab holos.
- Rahmat aytishga arzigulik ish qildim, - bar tomon ichkari kirayotgan Akira Jungkookdan qo'lini olarkan kinoya bilan unga yuzlandi
- Rahmat, - Jungkook ensasini qotirgancha katta qadamlar bilan qizdan uzoqlashishga harakat qildi.
-Hey to'xta shunchaki ketolmaysan, - sekin tempda yugurgan qiz Jungkookni ortidan ergashdi.
- Raxmatimni aytdim. Nima oyog'inga yotishimni kutyapsanmi?
- Menga shunchaki tushuntir. Kimsan? Nimasan?
- Nimasan? - Jungkook boshini quyi solgan ko'yi yurishda davom etdi.
- Ha, quturgan payting qandaydir qanoting, qop-qora tirnoqlaring, ayniqsa billurdek ko'k ko'zlaring odamni cho'chitadi. Kechalari tushlarimga kirib qo'rqitasan. Kechagisi bilan hisoblasak 1haftadan beri bunisi uchinchisi, - yigitga ergashgan qiz to'xtovsiz gapirdi.
- Hali tushinga ham kiramanmi, - boyadan beri to'xtamay yurib krtqyotgan yigit qizning gapidan joyida qotdi va yelka osha unga qaradi.
- Kechagi tushimda kimdir seni zanjirband qilibdi. Har tushimda maxluq ko'rinishida bo'lsan. Kimsan o'zi? Qayerdan kelding?
- Qiziqyapsanmi? Yaqindan bilishni hohlaysanmi? Nega mendan qo'rqmayapsan? - qizning savollariga qator savol bilan javob qilgan yigit Akirani devorga qadadi.
Yigitning ko'zlaridan nigohini uzaolmagan Akira hali hanus unga termulib turargan bir paytda Jungkookning cho'ntagidan chiqgan matoh e'tiborini tortdi.
- Kundaliging, anchagina yopiq odamligingni tahmin qilgandim, - qizdan uzoqlashgan Jungkook kundalikni Akiraga uzatdi.
- Aytaylik usha kuni, qochayotganingda tushib qoldi deylik, - kinoya bilan gapirgan Jungkook qizni o'z hayollari bilan yolg'iz qoldirgancha ichkari tomon kirib ketdi.