Bo'shliq...
Qorong'u zimiston... Nafasim qisyapdi. Havo shunchalik dimki bo'g'zimdan selafan bilan bo'g'ilgandek his qilyapman o'zimni. Negadir qancha chiransam ham qo'llarimni qimirlatolmayapman. Nimadir bilan bog'langan ular. Kipriklarimga tonna tosh ilingandek ochishga to'sqinlik qilyapdi. Nam tuproqda yotibman shekilli... Hullas zaxni sezyapman. Sovuq, juda sovuq. Etni junjiktiradi. Zax yer, ko'zlarimni ochishga to'sqinlik qilayotgan og'irlik va qo'llarimni jips qilib bog'lagan arqonmi yoki qandaydir latta meni iskanjada qoldirdi. Ichimdagi vahima allaqachon miyyamda o't yoqishga ulgurgandi. Onam...onamni chaqirish haqidagi istak tobora kuchaymoqda. Onam meni bu iskanjadan qutqaraolishiga ishonayotgandim ayni vaqtda. Axir bolaligimda men uchun daxshat bo'lgan barcha narsadan qutqarganku. Hozir ham kelib meni qutqarishini hohlayapman. Lekin gapirishdan ham mahrum bo'ldim. Tilim aylanmayapdi. Qancha ko'p harakat qilsam ko'ksimdagi og'irlik battar kuchaymoqda. Taslim bo'ldim va kuttim. Nimani bilmayman baribir kutaverdim. Daqiqalar o'tmay ko'zlarimni ochaoldim. Hudoga shukur... Lekin bu ham befoyda. Ko'zlarimni ochganim bilan baribir hech nima ko'rinmayapdi. Boyagi holatdan zarracha ham o'zgarish sezilmadi. Qayerdaman o'zi? Qanday kelib qoldim bu zimiston ichiga? O'lim hidini sezyapman. Qulog'imga eshitilgan qadam ovozi sabab sergak tortdim. Kimdir kelyapdi. Quloqlarim aldamayotgan bo'lsa bu ikki kishining qadam tovushi edi. Hech nima ko'rinmasada ular oldimga kelib to'xtaganini ruxan va jismonam his qildim. Chunki har qadamida yerni zirillatadigan kuch tarqatayotgani ular. Yonimda to'xtagan qandaydir ikki sharpa o'zaro suhbatlashishni boshlashdi. Tanamga tushgan gurzi zarbidan ular o'zaro emas balki menga gapirayotganini angladim. Rosti esankirab qoldim. Lekin ular nima deyapdi? Qandaydir yo'g'on ovoz eshitilyapdi holos. Ammo nima deyotganiga tushunib bo'lmayapdi. Qiynalib kettim, hudo haqqi. Bu zimiston, zax yer jonimga tegishni boshladi. Bu yerdan chiqgim kelyapdi. Anavi ikkalasi yana nimadir dediyu birdan yana tanamga gurzi zarbi urildi. Zarb jon-tanimdan o'tib ketti. Bunday og'riqni oldin his etmagandim to'g'risi. Ich-ichimdan baqirgim keldi lekin baqira olmadim. Bu harakatim o'zimga jabr bo'ldi. Qattiq harakatim sabab ko'ksimdagi bosim yana oshdi. Ho'rligim keldi. Nega meni kaltaklashyapdi? Nega bu yerdaman? Men hozir uyimda, issiq o'rnimda onam tayyorlagan taomdan yeb sevimli filmimni ko'rayotgan bo'lishim kerak edi. Ko'zlarimdan oqqan issiq yosh yuzimdan sidirilib tushdi. Ich-ichimdan o'kirib yig'layapman. Lekin tashqariga chiqaraolmayapman. Tanamda nimadir g'imirlayapdi. Uzun nimadir. Unga ergashgandek yana mayda narsalar tanamda tez-tez qadam tashlay boshladi. Qo'rqib ketyapman. Bu qanday daxshat? Daxshatning bunday turi bilan oldin to'qnash kelmaganman. Balandlikdan ham bunchalik qo'rqmaganman. Hatto eng katta fobiyam bo'lsa ham. Birdan miyyam shuvillab ketti. Tanamga urilgan shamol yuragimni tovonimga tushirdi. Yana zimiston faqat boyagi zax va tor joydan farqli o'laroq ancha kenglikda his qildim o'zimni. Qo'llarimni havoda yurgizdim. Ular hech nimaga tegmayapdi. Yuzimga urilayotgan mayin shamoldan boshqa hech nimani sezmayapman. Ho'sh mima qilaman endi? Shu yerda tosh qotgancha qaqqayib turaveramanmi? Oyoqlarim sababsiz qaltirayapdi. O'zimni ojiz his qilyapman va bu o'zimdan nafratlanishimga sababchi bo'lyapdi. Jarlikda turganimni his qilyapman. Usha jarlikning misilsiz bo'shlig'idagi shamolning aks-sado bilan uvullashi qulog'imga chalinyapdi. Birdan yuzimga urilayotgan mayin shamol qo'pollashdi. Beixtiyor yuzimni tirsaklarim bilan berkitdim. Quturgan shamol soniyalar ichida meni havoda muallaq tutdi. Oyog'im osmondan bo'ldi. Havoda charxpalak bo'lgancha aylanib borarkanman boyagina bo'g'zimda yig'ilgan chinqiriq bo'shliqda aks-sado qaytardi. Ovozim o'zimga qaytdi. Ichimdagi qo'rquvdan qutilish uchun bor ovozim bilan baqirdim. Shamol yanada qutursa quturdiki lekin hech tinchimadi. Havodagi muallaq harakatim battar qo'pollashdi. Yana bir soniya va oyoqlarim yerni yuzasini sezdi.
Qalbimni shukronalik hissi egalladi. Hech bo'lmaganda yerdaman, havfsizman. O'la-kula bo'lgan ko'zlarimni atrofga alanglattim. Boyagidan ko'ra havo biroz hiralashgan edi. Uzoqdan nur ko'rindi. Bu tushunarsiz bo'shliq va daxshatdan chiqish ilinjida o'rnimdan shartda turdimda nur tomon oshiqdim. Bor kuchimni yig'ib yugurdim. Nur tobora yaqinlasharkan qadamlarimni tezlatdim. Lekin unga yetgach bor ilinjim puchga chiqdi. Qandaydir ko'zguni ko'rgach yuzimni nolish hissi bilan burishtirgancha quyi soldim. Avvaliga zax tuproq va ikki sharpa, endi esa manabu jin urgur ko'zgu. Axir ertalab o'ng tomonim bilan turgandimku nega bunday bo'lyapdi.
- Shunaqa irim-sirimlarga ishonasanmi nima? - ko'zgu tomondan kelgan tanish ovoz e'tiborimni tortdi. Qayerdadir eshitganman bu ovozni.
Mendan deyarli to'rt qadam narida turgan ko'zguga qo'rqa-pisa yaqinlashdim. Insom gavdasi ko'zimga tashlandi. Ko'rish bilan bo'lgan muammoyim sabab u ham xira bo'lib ko'rinyapdi. Ko'zoynagimni ham yo'qotganga o'xshayman cho'ntagimni qancha kavlamay topaolmayapman. Ko'zlarimni biroz qisib nur taratayotgan ko'zguga qaradim. Qaradimu ko'rgan manzaramdan ko'zlarim yana katta-katta ochildi, tosh qottim. Ko'zgu ortida "O'zimni"ni ko'rdim. Bu qanday mo'jiza. Ko'zguga qamalgan aksim menga tik boqib turibdi. Tushimmi yo o'ngim. O'zi bu bo'layotgan ishlardan tushda ekanligimga amin edim.
- Kimsan sen? - kimligini bilsamda hayolimga kelgan eng birinchi o'yni tilimga chiqardim.
- O'zingni tanimayapsanmi shumshuk qiz? - ertaklarda tasvirlanadigan yovuzlarga hos kulgu bilan ko'zlarimga yanada tik qaradi. Qo'rqdim va nigohimni olib qochdim, - Nega titrayapsan? Bechorahol bo'lib qolibdanku, - yana davom etti gapida. Huddi shu so'zlaridan so'ng ust-boshimga ahamiyat beribman. Kiyimlarim chang, kir. Shimimning uyer-buyeridagi yirtiqlardan tizzamning shilingan qismi ko'rindi. Qo'llarimni sochlarim ustida yurg'izgach ular ham allaqachon to'zg'iganini sezdim.
- Nima hohlaysan mendan? - bor jasurligimni shu soniyada ishlatib yubordim.
- Mendanmi yoki sendan? Shoshma shoshma axir biz bir odammizku.
- Biz shunchaki o'xshashmiz. Men bunchalik emasman.
- Bunchalik, nima bunchalik? Razilmi? Insofsizmi? Hudbinmi? Yoki shunchaki boqibeg'ammi? - quloqqa yoqmaydigan so'zlarini qaytararkan ko'zgu ichidan chiqib menga yaqinlashishda davom etti. Ovozi esa tobora balandlashardi. Beixtiyor ortga tisarildim.
- Yaqinlashma menga, - qo'rqsamda bildirmaslikka harakat qildim. Lekin titroq ovozim meni sotib qo'ydi.
- O'zingdan qo'rqyapsanmi? - savoliga javob beraolmadim, - Savolga javob berishni o'rgan, - bor ovozi bilan baqirardi. Hatto shamol ham atrofimda uvillab ustimdan kulayotgan tuyilardi ayni dam. Yana ortga tisarildim. Oyoq ostidagi mayda toshlar pastga qulab jar yoqasiga krlib qolganimni eslatdi. Joyimda tosh qottim. Lekin anavi "Men" to'xtamadi, menga yana yaqinlashdi.
- Yaqinlashma, ket. Bo'lmasa o'zimni tashlayman! - so'zlarimga qaramay men tomon yurishdan to'xtamadi. Faqat tezlikni oshirdi. 5gacha sanagunimcha oldimda hozir bo'ldi. Lab uchida jilmaydiyu meni itarib yubordi. Jarlikdan quladim. Qo'rqqan narsam bilan qarama-qarshi keldim. Boshim uzra tog' qulagandek bo'ldi. Jarlikdan qularkanman ko'zlarimni asta yumdim. Botqoqlikga bilchillab tushdim. Avval oyoq va qo'llarimni so'ng yuz-ko'zlarimni egallagan bu botqoqlik meni domiga tortib ketyapdi. Botqoqlikda cho'kib boryapman...