October 17

Alvon Ko'z Yoshlar

Hayotning ajib sovg'asi sendek go'zal bo'ladi seb o'ylamagan edim...

3-epizod

- Atrof zimiston....hatto kunduzgi manzarani go'zallashtirgan kuz barglarining shitirlashi ham yurakka g'ulg'ula soladi. Shamolning uvullashiniku aytmasa ham bo'ladi. Bu payt ko'cha o'rtasida bamaylixotir pechenye yeb ketayotgan qizdan tashqari hatto daydi it ham yolg'iz yurishga qo'rqqan bo'lardi. Qadam ketidan qadam tashlayotgan qiz birdan cho'chib tushdi

Akira: Jin ursin soyam ekan, - chuqur nafas olgan qiz yerga tushgan pechenyasini egilib oldiyu bir ikki puflab yana og'zi tomon yo'naltirdi, - yo'q, bu soyam emas, - yurishdan to'xtagan qiz atrofga olazarak ko'z yugurtirdi, - Kim bu? - ovoz bo'm-bo'sh tor ko'cha bo'ylab jarangladi.

- Jim-jitlikdan shubxalangan Akira yeyayotgan narsasini butinligicha og'ziga tiqdi va qo'lini cho'ntagi tomon yo'naltirdi.

Jungkook: Ha, ha, men yutqizdim, sezib qoldinga? - qorong'u burchakdan chiqib kelgam sharpa qo'llarini ko'targancha mazxaromus tarzda kuldi.

Akira: Kimsan dedim? - cho'ntagidan chiqargan kichik pichoqni siqqan qiz ovozi titragancha gapirdi.

Jungkook: Barmog'imdek keladigan pichoq bilan meni qo'rqitmoqchimisan?

Akira: Bu isqirt mendan nima hohlaydi yana?

- Ko'cha chirog'i yog'dusida yaqqol ko'ringan yuzni tanigan qiz qo'rquvdan ortga tisarildi va qocha boshladi.

Jungkook: Qoch, qoch! Mushuk sichqon o'ynaymiz.

- Qiz bor nafasini bo'g'zida saqlab faqat qochish haqida o'ylardi. Birdan qarshisida paydo bo'lgan qanotli maxluqdan cho'chigan qiz yerga o'tirib qoldi. Qo'rquv sabab oyoqg'ini tepsigancha ortga harakatlandi.

Jungkook: Qochish oson bo'lmaydi qizaloq

- O'rnidan tezlik bilan turgan qiz ortga, yo'lni boshiga o'zini urdi. Qator uylar oldidan yugurib ketargan ortiga bir qaragach yo'lak bo'ylab tezlik bilan o'nga qayrildi.

Akira: Kelmayapdimi? Ha kelmayapdi, - qattiq ho'rsingan qiz o'g'ri mushukdek atrofga alangladi

Jungkook: Ha kelmayapman, kelmayapman, - ovozini yo'g'onlashtirgan Jungkook qizni bir urinishda devorga tiradi. Qo'llarini, birlashtirgancha boshi uzra ko'tardi. Bir ko'zi ko'k tusga kirishga ulgurgan Jungkook qizga yaqinlashdi

Akira: Hech kimga aytmayman dedimku axir

Jungkook: Ishonish qiyin

- Birdan uyg'ongan qiz og'ir-og'ir xo'rsinar nafas yetishmovchiligidan qiynalardi. Tungi soat 3:00. Akira yuzi va bo'ynini artgandan so'ng asabiy sochlarini tartibga soldi.

Akira: Tush bu, tush, - devordagi soatga qararkan o'ziga-o'zi pichirladi.

***

-Maktab hovlisi. Odam gavjum joydan qochgan 5 o'quvchi maktab ortidagi fotosessiya uchun tayyorlanarkan ikki yigit o'rindiqda hohlamasada biroz suhbatlashishga qaror qilishdi.

Yoongi: Uni sevasanmi deysanmi? - Yoongi asabiy kuldi, - qara, unga qara, - yigit qo'lidagi qahvani icharkan ko'rsatkich barmog'i bilan daraxt ostida kitob o'qib o'tirgan qizni ko'rsatdi, - hozir u kitob o'qiyabdi. Ana qiziq joyiga keldi

Jungkook: Qayerdan bilding? - dedi Jungkook hayron ohangda

Yoongi: Lablariga qara. Sekin qimirlayapdi. U qiziq joylarini pichirlab o'qiydi. Ko'z harakatlari ham tezlashdi. Bu degani u keyingi satrni o'qishga shoshilyapdi. Ko'rsatgich barmog'i ham labi ustida. Hozir yo og'zini kafti bilan yopadi yo yuzini kitobga qo'yib oyoqlarini qimirlatadi

Jungkook: Bu nima degani? - hayron bo'lgan yigit yelka qisdi

Yoongi: Agar og'zini kafti bilan yopsa kulminatsion qismi bo'ladi yo yomon ko'rgan qahramoni qandaydir qilig' ko'rsatadi. Kitobni yuziga yopishi bu romantik daqiqadan darak beradi - Yoongi qahvasini hotirjam ho'pladi

Jungkook: Yuzini kitobga qo'ydi. Oyog'i ham qimirlayapdi

Yoongi: Aytgandimku senga - yigit qo'lidagi qahva ichiga termulgancha og'ir ho'rsindi, - har kitobni tigatganda birgalikda muhokama qilamiz. Yoki shunchaki u o'ziga yoqqan sahnalarini soatlab aytib beradi. Bu deyarli bolaligimizdan beri qaytariladi. Aynan kitob nomlari esimda yo'q lekin, tugatgach bor vujudi bilan so'zlab bergan har bir so'zi esimda. Shunday ekan raqsni teginishlarsiz qilishni Jinga men aytdim, - Yoongi qahvani yana og'zi tomon yo'naltirarkan hotirjam ho'pladi, - yana o'ziga aytib qo'yma. Bo'lmasa men bilan gaplashmay qo'yadi

Jungkook: Aytmayman.Havotir olma birovni mulkiga ko'z olaytirmayman, - Minjining chaqiruvidan o'rnidan turgan Jungkook Yoongining yelkasiga sekin urib qo'ydiyu fotosessiya uchun tayyorgarlik ko'rayotganlar yoniga ketdi.

Yoongi: Havotir olma emish huh, - qog'oz idishni asabiy siqqan yigit uni ahlat qutisiga tashladiyu o'rnidan turib o'z sinifi tomon ketdi.

2 haftadan so'ng

- Hamma oyog'i kuygan tovuqday uyoqdan buyoqqa yugurar, kimdir savol-javob uchun tayyorlansa kimdir boshlovchi so'zlarini yodlardi. Faqat katta sahnaga qarama-qarshi tomonda o'tirgan Akira va Jungkook jimgina o'tirardi. Ora-orada bir-biriga to'qnash kelayotgan nigohlar miyyada har xil hayollar tug'yon urishiga sabab bo'ladi. Akiraning yuragidagi qo'rquv va Jungkookning hotirjamligi bir-biriga mujassamdek go'yo

Jungkook: Agar qo'rqsang ayt. Senga gap tegmaydigan qilib Jinga tushuntiraman. Raqsni bekor qiladi - qizga qarab ham qo'ymagan Jungkook barmoq uchlarini sekin ermak qilib tishladi

Akira: Yo'q men akam bilan garov o'ynaganman

Jungkook: Men bilan raqs tushish uchunmi?

Akira: Yo'q yutish uchun

Jungkook: Oshib borsa bitta ichimlik yoki shirinlikdir

Akira: Yo'q. Teleskopga garov bog'laganmiz,Celestron CGX-L, - seziltirmas darajada qaltirayotgan qiz o'zida dadillikni soxtalashtirdi

- Jungkook teleskop turlariga tushunmasada yuz ifodasi qizning javobiga qoyil qolganini sotib qo'ydi.

Akira: Men tashqariga chiqib kelaman. Negadir g'alati bo'lyapman

- Akira ko'ylasigini qisgancha asabiy holda eshik tomon tez-tez qadam tashlay boshladi. Jungkook uning ortidan to eshikdan chiqib ketgunga qadar tikilib qoldi.


- Maktabning orqa tomoni, qiz toza havoda biroz o'ziga keldi shekilli yengil yengil nafas ola boshladi. Usha kundagi qanotlar ayniqsa ko'k billiurdek ko'z hayollarni har tomonga tarqatadi. Yurakda qo'rquv uyg'otadi.

Jimin: Hamma ichkarida tayyorgarlik ko'ryapdi. Sen qatnashmaysanmi

Jimin

Akira: Qatnashaman nimadir qiziqmi?

- Ortidan kelgan ovoz tufayli o'girilgan qiz asabiy gapirdi. Qo'lida sigareta tutatib turgan yigitni ko'rgach adabiyit ustozning sinifi ekanligini faxmladi.

Akira: Minji bu sinfdan uzoq yurishni tayinlagan, - o'ziga-o'zi pichirlarkan yigutdan uzoqlashishga harakat qildi. Lekin soniyada bilagidan tutgan qo'llar sabab joyida qotdi. Yigitni niyatini tushungan qiz tipirchilay boshladi. Jiminning birgina chaqiruvi yana 2ta odamni yugurib kelishiga yetarli bo'ldi.

Akira: Jinnimisan qo'yvor, - Akira bor ovozi bilan baqirishga harakat qilarkan Jimin va uning ikki sherigi uni og'zini yopishga urindi.

- Uchta sherik qizni ko'tarib maktabning orqa tarafida joylashgan ombor tomon yo'l olishdi. Akira qancha harakat qilmasin uch yigitga kuchi yetmasligi tabiiy hol edi. Ikki yigit qizni qo'l oyog'ini bog'layotgan bir paytda Jimin omborning eshigini ochdi va qizni ichkariga joylash uchun ishora qildi.

Jimin: Tezroq qimirla kimdir kelib qoladi, - hech kim kelmayotganini tekshirgan yigit sheriklariga past ovozda gapirdi.

- Qizni omborga joylagan uch yigit ishni bitirgandan bir-biriga hursand iljaydi. Eshikga osilgan og'ir qulfdan shiqirlagan ovoz taraldi. Qizni iltijolariga qaramay ust boshini qoqqancha ombordan uzoqlashishdi. Ichkari qorong'u zimiston. Qo'rquvdan bo'g'ziga tiqilgan nimadir qizni og'ir nafas olishiga olib keldi. Ombor ichi shunchalik zimiston ediki hatto qiz yarim metr naryoqdagi narsani ham ko'rmayotgandi.

- Akira bog'langan qo'llari bilan to'zigan sochlarini tartiblashga harakat qildi ammo qo'llari qattiq bog'langan edi. Bo'g'ziga tiqilgan tuyg'u tashqariga otilib chiqdi, xo'rligidan yig'lab yubordi

Akira: Yoongi, Yoongi qayerdasan Yoongi, - yig'i aralash ovozi xirillab chiqar? tinmasdan uning ismini chaqirayotgan Akira qo'l-oyoqlari bo'shaladi degan umidda tinmay tipirchilar, ombor eshigini ichki tarafdan urardi

Akira: Yoongi iltimos qayerdasan, - Akira yig'i aralash yig'larkan ichi-ichidan ho'rligi kelardi. Bir tomondan qaraganda qorong'uga bo'lgan fobiyasi yuragini zirillatar edi. Huddiki har tomondan notanish odamlar unga qo'l cho'zayotgandek


Jin: Jungkook tayyorlaning bizni navbat kelyapdi, - olimpiadaning savol-javob qismini tamomlagan Jin sahna ortidan Jungkookga bo'y cho'zgancha gapirdi

Minji: Havo almashtirishga ketti deganding, shu paytgacha kislarodni barchasini yutib yuborardi, - qiz yelpingancha asabiy gapirdi, - Jin sen bor, bu ham hali kostyumini kiymagan. Sal mas'ulyatni sezsangchi

Jin: Ketyapman bo'ldi siqilma azizam, senga mumkin emas, - Jin Minjining peshonasidan o'pib qo'ydi

Minji: Men senga ikkiqat hotinmidim siqilish mumkin emas deysan, - Minjining hunobini falak qilgan Jin o'yinqaroq hiqirlagancha eshik tomon yugurib ketdi.


Jungkook: 5daqiqadan oshdi kelmayapdi borib habar olaman, - Jungkook soatiga qaradiyu u ham eshik tomon katta qadamlar bilan yura boshladi

- Faollar zali atrofidan qizni topaolmagan Jungkook maktab hovlisiga chiqishga qaror qildi. Maktabning ichki eshigidan chiqishi bilan qo'llarini cho'ntaklariga siqqancha musiqa xonasidan tortib maktabning katta darvozasi tomongacha zimdan nazar tashladi. Yo'q ko'rinmayapdi. Telefon ekranida ko'ringan "Yovvoyi" so'ziga tikilgan Jungkook biroz ikkilanishdan so'ng yashil tugmani bosdi

Jungkook: Telefoni ham o'chirilgan, jin ursin.

" Minji bizning navbatimizni ohiriga ko'chirib tur Akirani topaolmayapman" - Xabar jo'natilganligini bildirgan signaldan so'ng telefonini cho'ntagiga qaytib soldi va maktabning chap tarafi bo'ylab yo'l oldi.

- Maktab bog'idan o'tayotgani uchun atrof to'la daraxt. Unchalik ham ko'pmasku lekin yashil manzara hosil qiladigan darajada yetarli. Har bir daraxt atrofidan o'tarkan egilib Akirani qidirardi.

Jungkook: Lanati, - e'tiborsizligi tufayli yo'lda qoqilib yiqilgan Jungkook vishillagancha so'kindi.

-O'rnidan turib ust boshini qoqarkan ko'zi yerda yotgan to'g'nog'ichga tushdi. Egilib uni zimdan ko'zdan kechirgach bu Akiraniki ekanligi esiga tushdi. Buni deyarli har kuni taqardi. To'g'nog'ichni qo'lida mahkab qisgan Jungkook atrofga bir-ikki nazar tashlagach maktabning orqa tomoniga shoshilinch qadam tashlay boshladi. Tobora tezlashayotgan qadamlar negadir yuragini hapqirishiga sabab bo'ldi. Ovoz...qizning ovozi.

Jungkook: Akira? Akira qayerdasan.

-Qulog'iga chalingan g'ira-shira ovoz Akiraning ovozi ekanligini aniq sezdi. Ovozni eshitgach axlat qutisi tomon yugura boshladi. Yo'l-yo'lakay qizning ismini chaqirib baqirayotgandi. Jungkook ovozini Yoongining ismini aytib baqirayotgan qizning ovozini tiniq eshitgach yanada balandlatdi.

Akira: Jungkook? Jungkook men bu yerdaman omborda, Jungkook, - Jungkookning baland va yo'g'on ovozini eshitgach qiz ham baqira boshladi. Uning ovozi qiz uchun huddi najot farishtasidek tuyildi shekilli yana harakatlana boshladi, ombor eshigini yana tepdi.

-Jungkook yugurib kelar ekan qizning ovozi tobora tiniqlashdi. Axlat qutisi oldiga kelgach pastki qismda kichik eshikga ko'zi tushdi, ovoz aniq usha yerdan kelayotgandi.

Jungkook: Akira senmisan? Men Jungkookman, - ombor eshigi oldiga cho'kkalagan yigit qizni qo'rqitib yubormaslik uchun o'rtacha tonda gapirdi

Akira: Jungkook meni olib chiq iltimos, - qizning ovozi battar xirilladi

Jungkook: Qo'rqma hozir olib chiqaman, qo'rqma

- Shoshilib qolgan yigit qaltiragancha ustidagi pidjakini yechdi. Eshikdagi qulfni ko'rgach tishlarini g'ichirllatib vishshilladi. O'rnidan turib nimadir topish ilinjida axlat qutisi atrofiga ko'z tashladi. Quti qopqog'idan chiqib turgan bir parcha temir e'tiborini tortdi. Uni qo'liga olishi bilan qulfni ura boshladi. Naq oltita zarbadan so'ng ikkiga ayrilgan qulf shiriqlagancha yerga tushdi. Jungkook ko'zlari chaqnagancha ombor eshigini ochdi. Ko'zlari yorug'lik ko'rgan Akira eshik ochilishi bilan Jungkookning bag'riga otildi. Yigit ham uni tinchlantirish uchun mahkam quchoqladi

Jungkook: Bo'ldi qo'rqma keldim, men keldim, - Jungkook og'ir nafas olarkan bag'ridagi qizni tinchlantirishga urinar, uning sochlarini silardi.

3-epizod tugadi.
#Minatozaki_Akira