Alvon Ko'z Yoshlar
Kasalxona derazasi ortidagi quyosh tubsiz tunda osmonda binafsha pushti chiziqlar qoldirgancha eriyapdi. Huddi likop ustidagi saryog' kabi erib shaharning binolari ortiga suzib tushmoqda.
Onani yo'qotish hissi... Huddiki yoningdan oqayotgan irmoq oqishdan to'xtaganda, uni sog'inish hissi qalbingda tug'yon urganda tushunasan u senga qanchalik kerak ekanligini. Akiraning qalbidagi aynan yo'qotishdan qo'rqish hissi uni iztirob ichida yondirmoqda. Kasalxona yotog'ida uhlab yotgan onasining qo'llaridan ushlar ekan bu teginish huddi ohirgisidek tuyilardi. Qo'llariga ilingan qandaydir dori simlariga termulgach eshikka, akasi tomonga o'girildi.
- Nima dedi, yana nimalar deb qo'rqitdi o'sha doktor, - kinoya bilan akasidan so'radi.
- Akira bu kasallik ularning aybi emas. Jig'ibiyronlikni yig'ishtir, - ikkinchi stulni oyoqlari orasiga tortarkan singlisini yupatishga harakat qildi, - o'zing boya eshittingku axir. Bir necha vaqt kimyo terapiya qilisharkan. So'ng esa jarrohlik amaliyoti, - chuqur ho'rsingan Minghao gapida davom etdi, - agar shu jarrohlikdan eson-omon o'tib olsak marra bizniki.
Ko'zlarida qator yig'ilgan yoshlarni to'xtataolmagan qiz akasidan yuz burdi. Derazadan tushayotgan shafaqdan ko'zlari qamashdi chog'i ularni qattiq yumdi. Bu safar ko'zlaridagi yoshlar yuzini butkul egalladi.
- Bo'ldi yig'lama. Hammasi yaxshi bo'ladi, - Minghao singlisining yelakasidan qo'lini o'tqizgancha uni mahkam quchoqlarkan bu harakati uni yupatishiga ishinar edi.
- Oyim kasalligidan zarracha ham hafa bo'lmayapsanmi? - qo'lini siltab akasining bag'ridan chiqishga harakat qildi.
- Hafa bo'lmayapdi deysanmi? - mungli ko'zlarini singlisiga qadagan Minghao ayni damda barchaga birdek qiyin ekanini sezib turardi. Balki shu sababdir singlisining ayni damdagi injiqligiga ko'z yumgani.
2 oy... 2oy kasalxonadan deyarli uyga kelmagan onasini deb tamom bo'lgan Akira haligacha ich-etini yeb bitirardi. Huddiki onasining tanasidagi og'riq va qiynoqlarni, a'zobni ikkiga bo'lib chidayotgandek edi go'yo. Mana shu 2oy onasini ko'proq qadrlashga o'rgatdi. Maktabdan chiqib to'g'ri kasalaxonaga oshiqardi. Akasi pishirgan taomlarni onasiga eltardi. Akasi oshpaz, Akira esa eltuvchi. O'zi pishirishni bilmagandan keyin nima qilsin? Akasi ishga ketib qolgani sabab oshxonada masalliqlarni stol ustiga qo'ygan qiz nima qilishni bilmay boshi qotgan. Masalliqlarga termulib o'z hayolida turli xil taomlar sur'atini chizardi. Lekin, hatto gugurt chaqishga ham qo'li bormayapdi.
- Minjiga qo'ng'iroq qilsammikin? - ko'rsatgich barmog'ini telefon ekranida yurgizgancha Minjining raqamini qidirdi, - jin ursin, shuncha paytdan beri raqamini so'ramagan ekanman. Buyurtma qilsammikin? - biroz labini tishlagancha o'ylanib turgan qiz shoshilinch kontaktlar orasidan Jungkookning raqami ustiga bosdi. U bilan gaplashishga yana bir bahona. Ikkigacha sanagach yashil tugma ustida barmog'ini yurgizdi. Aloqa...
- Alo, kim bu? - bir necha soniya o'tgach telefon ortidan yigitning ovozi eshitildi.
- Shunchalik ham qo'pol bo'lasanmi?
- Ha men qayerdan taniyqolding?
- Menikidan ham battar bo'lgan qo'polligingdan, - Jungkookning telefon ortidan pas ovozda kulgani eshitildi.
- Menga yordaming kerak, - maydalansada ahiyri gapirdi.
- Oyimga taom olib bormoqchi edim. Akam ishda, men esa hatto gaz yoqishni ham bilmayman.
- Yaxshi, hozir yetib boraman.
Hech qanday ortiqcha so'zlarsiz "Yaxshi, hozir yetib boraman" dedi va qo'ng'iroqni birinchi bo'lib tamomladi. Akira sababini so'rab gapni cho'zishini, qandaydir bahona qilishini yoki umuman norozi bo'lishini kutgandi. To'g'rirog'i shunday deb o'ylagandi. Jungkook esa hech qanday ortiqcha gaplarsiz rozi bo'ldi va sevganining istagini bajarish uchun go'shakni qo'yib qo'yaqoldi. ( Aytgancha endi Akira va Jungkook uchrashishyapdi.
Albatta oldin yigitlar bilan aloqada bo'lmagani uchun bunga o'rganish qiz uchun sal qiyinchilik tug'diryapdi.Lekin nima qilsa ham endi uning hayotida "Yigit" degan ba'zan yoqimli, ba'zan jahlni chiqaruvchi, rashkni uyg'otuvchi, va ba'zan yoqimsiz bo'lgan g'alati mavjudot bor.Endi uni yoshidagi qizlar bog'da yigiti bilan sayr qilganda ularga qandaydir boshqacha ko'z bilan qarashni o'rniga o'zi ham Jungkookning qo'lidan tutadi va bog'da sayr qiladi.)
Eshik qo'ng'irog'i tomondan kelgan ovoz sabab qiz kirish oldidagi oynaga qaradi va sochlarini to'g'irlab, ust-boshining uyog'-buyog'ini tartibga soldi. Eshik tutqichini ushlarkan ikkigacha sanagandan so'ng tutqichni pastga bosgancha eshikni ochdi.
- Ho'sh oshxona qayerda, - qiya ochilgan eshikni lang ochiq holatiga keltirgan yigit nim tabassum bilan qizning peshonasidan o'pdi.
- O'ng qo'lga burilasan, - uyning kirish qismida qotib qolgan Akira hayratomuz tarzda oshxona tomonni ko'rsatti.
Jungkook oshxonaga kirib borarkan stol ustida sochilib yotgan masalliqlarga ko'z yugurtirib, cho'ziq hushtak chalib yubordi.
- Bu haqida o'ylaganim ham yo'qkuya... Lekin pishirishni bilmayman deganingda bunchalik tasavvur qilmagandim, - gaz ustidagi qorayib ketgan tovani bir qo'llab ko'tarib oshxona chanog'i ichiga soldi, - oyinga qanday taomlar yoqadi?
- To'g'risini aytsam bilmayman. Bilaman bu juda uyatli, - yuzi qizargan qiz yerga qarab hayolida oyog'i bilan polda nimalarnidir rasmini chizdi.
- Odatda kasalxonadigalarga suyuq taomlar qilinadi. Shuning uchun jjigae qilamiz, - Jungkook shkafdan o'ziga kerakli idishlarni qidirar ekan yelkasi osha qizga qarab undan yordam so'radi.
Akira yigitning taom pishirishini kuzatib turarkan uni bu mahoratiga qoyil qolmasdan iloji yo'q edi. Balki bu shunchaki o'zi qilaolmasligi uchundir. Lekin Akira o'zi qilaolmagan ishni boshqalar qilolsa ularga har doim hayron qolgan. Masalliqlarni tovada sakratishiyu, uni olovga to'ldirishini maroq bilan, hatto eng sevimli filmidan ham qiziqibroq tomosha qildi. Jungkookning mukammal tanasi, yengi bilaklarigacha shimarlgani uchun ochiq-oydin ko'rinib turgan tomirlarini kuzatish undan ham qiziqroq edi.
Qiz qancha norozilik qilishiga qaramay Jungkook Akira bilan kasalxonaga birga bordi. Faqat tashqarida kutib turish sharti bilan. Aynan shu kutish sharti Jungkookni sovuqda qaltirashiga sabab bo'lyapdi.
- Jin ursin qor yog'yapdi, - havoga qo'lini ko'targan yigit kaftiga qo'nayatgan qor parchalarini tomosha qildi, - bu qiz qachon chiqadiya?
- Yur kettik og'ayni, - Jungkookning yelkasiga sekin urgan qiz oldinga chiqib oldi.
- Buncha ko'p qolib ketting, - bir ikki qadamda unga yetib oldi va norozi yuz ifoda bilan qizga yuzlandi.
- Biroz gaplashdik. Plyajga boraylik deydi.
- Axir hozir qishku. Kim plyajga boradi shu sovuqda? Uydan bazo'r chiqyapman o'zi.
- Oyoqlaringda krasovka ekan suv o'tishi mumkin, - qizning qo'lidan ushlab to'xtatgan yigit ko'rsatkich barmog'ini qizning oyoqlariga yo'naltirdi.
- Hech qisi yo'q. Uygacha yetib olaman.
- Yo'q bunaqasi ketmaydi. Qani min, - Jungkook Akiraning oldida orqasini o'girib cho'kkaladi.
- Jinni bo'ldingmi? Bu yerda odamlar ko'p, - qiz biroz uyalish hissi bilan atrofga qararkan hammaning ko'zi ularda ekanligini payqadi.
- Agar hozir minmasang malika obrazida ko'tarib olaman, - yelkasi uzra qizga qaragan Jungkookning gaplari jiddiy tus oldi.
- Malika bo'lish yoqmaydi, - Akira yuzini burishtirgancha atrofga qaradiyu Jungkookning yelkalariga osildi, - Ogohlantiraman ancha og'irman.
- Ogohlantiraman men ham ancha kuchliman.
Mayin qor parchalari yer yuzini allaqachon oppoq gilam bilan yopishga ulgurgan. Juda chiroyli manzara hosil qilardi. Tor ko'cha bo'ylab ketayotgan yigit va qiz o'zaro kichik suhbat qurishardi. Albatta bu romantik manzara. Qor va ikki sevishgan orasidagi kichik suhbat. Faqat bu suhbat o'ldim-kuydim mavzusidan ancha yiroq edi. Romantik suhbatdan birgina farqi shu.
- Jungkook, - Akira yigitning bo'yniga yanada yaxshiroq tirmasharkan daqiqalardan beri miyyasida aylanayotgan savolni bermoqchi bo'lib gap boshladi.
- Qanday qilib bunaqa holatga kelib qolgansan. Nima avvaliga seni tajriba quyonchasi qilib keyin kimyoviy suyuqlikni dozasi kuchayib ketganmi?
- Bu nima deganing yo hudo, - Biroz tin olgan yigit gapida davom etdi, - Mayli shuni hohlasang aytaqolay. Nasldan naslga o'tuvchi kasalliklar haqida bilasanmi?
- Nima ota-onang kasal bo'lganmi? - Akira yigitning bo'ynida o'ralib turgan qo'llariga qaradi.
- Gapni ohirigacha eshit. Qisqa qilib aytganda otam menga o'xshagan, onam esa senga o'xshagan bo'lgan. Huddi parallel chiziqlardek ikki olamdan bo'lishgan. Ularning genlari bir-biriga o'xshamagan.
- Matematikani ham biologiyani ham tushunmayman, - yuzini Jungkookning bo'yniga ko'mgan qiz biroz nolish bilan gapirdi.
- Hop, - qizning gapidan kulgusi qistagan Jungkook uni yanada mahkamroq ko'tardi va qizga qiyin bo'lmasligi uchun osonroq uslubda tushuntirishga harakat qildi, - otam menga o'xshagan maxluq, onam esa senga o'xshagan oddiy inson bo'lgan va bir-birlarini sevishgan...
- Ha, ha bizga o'xshab, - chuqur ho'rsingan yigit gapida yana davom etdi, - Umid qilamanki yakunimiz o'xshamaydi. Bizning yakunimiz go'zal va charog'on bo'ladi.
- Maktab bolasi kelajakdagi oilasi haqida o'ylashi nimagadir kulguli tuyilyapdi.
- Aslini aytganda men sendan sal kam bir asr kattaman.
- Bobojon deb chaqirishimga ham arzimas ekansan. O'zinga go'r qazib ichini o'rganib turadigan yoshga kelib qolibsan qariya, - Akira osmonga qaradiyu baland ovozda kulib yubordi.
- Boldi jim! Bo'lmasa yana osmonda sayr qilasan, - Jungkook oradagi ikki soniyalik sukutdan so'ng yana tushuntirishda davom etdi, - Hullas otamning otasi ularning sevgisiga qarshi bo'lgan. Lekin otam va onam bunga qaramay turmush qurishdi va men dunyoga keldim. Aynan maxluq va inson chatishmasi bo'lganim uchun shundayman...yarimta
- Shuning uchun ham faqat bitta ko'zing havo rangga kiradimi?
- Shu ko'zingni o'yib toshlarim orasiga,kolleksiyalarimga qo'shgim keladi. Chunki ular juda ham chiroyli, - ovozini yo'g'onlashtirgan qiz qo'lini Jungkookning ko'zi tomonga yo'naltirdi.
- Bilasanmi nima? - Jungkook qizni yelkalaridan tushirib o'ziga qaratgancha unga yaqinlashdi,- Seni shu lablaring...
- Bilasanmi shu kunlarda vaxshiylashib ketyapsan. Atrofda odamlar ko'p, - Akira yigitning lablariga kaftini bosgancha gapini bo'ldi. Ola-kula bo'lgan ko'zlarini atrofga tashlagancha yigitning qo'lidan sudrab ketdi.
- Uyalib ketting, - qo'lidan sudrab ketayotgan qizga ergashgancha ortidan mayin kulib qo'ydi.
- Uyalding. Qara yanoqlaring qizarib ketdi.
- Bo'ldi tez yur, - qiz yigitning qo'lidan battar tortqilarkan yuzini undan yashirishga urinardi.
O'smirlik darvridagi sevgidek emotsiya beradigan davr bo'lmasligi aniq. Bu davrda aldanadigan aldaydigan ham uchramaydi deya olmaydi kishi. Koreyaning uzundan-uzun ko'chalariga qish o'zining oppoq gilamini yozgan. Osmondan o'ynoqlagancha yerga intilgan qor parchalari havoda suzadi. Izg'irinli havo etni junjiktirgancha uvullagan shamol bilan mujassamlashgan. Svetafor yorug'ida uch xil ranga kirgan parchalar o'zida g'ayrioddiy go'zallik aks ettiradi. Qizning injiqliklarini keskin rad qilgan Jungkook qizni uyigacha kuzatib qo'yishga qaror qildi. Yo'l bo'ylab qor parchalari bilan o'ynab kelayotgan qizga o'z tarixi va kelib chiqishi haqida so'zlagan yigit uchun qizning hayratini oshirish unchalik ham qiyin bo'lmadi. Gap orasida Akira yigitning aldayotgani haqida nolib unga ishonmasligini ham qistirib ketdi. Qizni uyiga shoshiltirgan yigit Akirani uzoqdan kuzatib turar ekan uyiga kirganiga to'laqonli amin bo'lgach atrofga tashvishli nazar soldi. Ikki tomonida, qor bilan burkangan daraxtlar orqasidan anglab bo'lmas tezlikda o'tgan ikki sarob e'tiborini tortdi. Ammo ularga ortiqcha vaqt sarflamay o'z uyi tomon katta qadamlar bilan odimladi. Oyog'i ostidagi qor g'irchillashi yigitning har odimini yaqqol eshitilishiga sabab bo'lardi. Jungkook sovuqdan qo'llarini bir-biriga ishqalarkan uyi tomon shoshilgancha qadamlarini yanada tezlashtirdi. Chimirilgan qoshlari qandaydir havfdan ishora edi go'yo.
Qor qoplagan pillapoyalardan ko'tarilgan yigit eshik tutqichlarini ushlab pastga tormoqchi bo'ldi ammo qo'llari havoda qotdi. Birdan ochilgan eshikdan hayron bo'lgancha ichkari tomon intildi. Eshikdan bir qadam bosar bosmas atrofidan yorug' tezligida aylanib o'tgan sharpa eshikni qarsillatib yopdi.
- Bobomni laychalari tabarruk uyingizga kelibsizda yana, - Jungkook ustki kurtkasini yechib kirish qismdagi shkafga ilarkan shkaf ichidan chiqib kelgan shaffof soyadan cho'chigandek ortga tisarildi. Alanglagan ko'zlarini shiftdan ko'ndalangiga tushib kelayotgan ikkinchi sharpaga qadadi. Sharpa o'zini epaqaylab tik oyoqda turgancha o'z tilida birnimalarni ming'illarkan sherigining yoniga joylashdi. Jungkook uning ustiga ilingan yoping'ichdan siyohrang aralash qoramtir nur taralayotganiga ahamiyat berdi, - egizim ham shu yerda degin.
Yigitning qarshisida saf tortgan sarob havoda uchgancha mehmonxona tomon yo'naldi. Ularning bu harakatidan mehmonxonaga kirishi kerakligini fahmlagan Jungkook huddi usha tomon asta qadam tashladi. Xona ichkarisiga kirarkan to'rda bobosining teskari qaragancha trubka tutatib o'tirganini ko'rdi.
- Salom bobojon, - sovuqqina qilib bergan salomiga bobosi shunchaki trubkani chuqur tortib havoni tutunga to'ldirdi, - manavi qullaringizni ortimdan qo'yibsiz.
- Qizdan uzoq yur deganimda birinchi martadayoq gapimga quloq solganingda bunga majbur bo'lmas edim.
- Demak bu shunchaki uni mendan uzoqlashtirish uchun shundaymi? Bobojon lekin Akira hammasini biladi.
- Kaltafahim, axmoq. Avvaliga otang endi sen. Oddiy insonga sirimizni sotdingmi? - cholning birgina qo'l harakatidan so'ng Jungkookning ortiga stul tarsillab qo'yildi. Yelkasidan ushlagan sharpa uni bosim bilan unga o'tirg'izdi.
- Bobo nega har bir qadamimni tekshirasiz. Men endi kichkina bola emasman axir.
- Oldiniga otang oddiy bir zaif insonga ko'ngil qo'ydi. Qarshiliklarimga qaramay u bilan turmush qurdi. So'zimga quloq solmadi. Iblis qoniga zaif insonni qonini aralashtirdi. Bu harakati bilan butun bir yurtdoshlarim oldida yuzimga yerga qaratdi, sulolaga nuqta qo'ydi. Endi sen ham meni isnodga qo'ymoqchimisan.
- Bobojon axir men ham yashashga haqliman. Bir kunmas bir kun shunday bo'lishi aniq edi axir. Qachongacha yo'rgakdan chiqmagan bola kabi pinjingizda yashirinib yuraman. Siz aytayotgan o'sha zaif insonlar hayotiga ko'nikishdan boshqa ilojimiz yo'q.
- Otangni to'xtataolmadim. Lekin seni to'xtatishga vaqtim hali yetarli. Uni omborga qamang, - chol afsus bilan labini tishladiyu xonani tark etdi.
- Bobo shoshmang meni ham eshiting. Otam bilan onam shunchaki bir-birlarini sevishdi. Ular gunoh qilmaganku. Nega otamning aybi uchun men badal to'lashim kerak. Bobo meni ham eshiting, - Ikki sharpa Jungkookning qo'llaridan ushlarkan yigitning oyoqlarini yerga tekkizmagan holda eshikdan olib chiqib ketdi. Yigitni olib borib uyning ort qismidagi bog'da joylashgan omborga qamashdi. Jungkook eshikni bor kuchi bilan teparkan qulf shiriqlab yopildi. Birdan qo'llariga ilingan temir zanjir sabab ko'zlari yana vaxshiy tus oldi. Bilaklaridan chiqqan tutun havoga ko'tarildi.
~ Milliy mutatsalashtirish markazi (Amaliy labaratoriya markazi)
Yarmi bulutlar orasida qolgan tog'larni qor qoplagan. Atrof tuman bo'lgani sabab 3metrdan naryog'ini ko'rish amrimahol. Tog'li hududlarda shahar markaziga nisbatan sovuqroq bo'lgani sabab qurollangan va boshqa askarlar qalin kiyimlar kiyishgan. Atrof baland devor bilan o'ralgan markazdan chiqqan uzun trubalardan qora tutun osmonga yoyiladi. Markaz tashqi tomondan oddiy ko'ringani bilan haqiqiy vaxshat ichida joylashgan. Darvozadan markaz hovlisiga ya'ni askarlar mashq qiladigan zonaga kiriladi. Undan bino ichiga so'ng turli xil xonalarga bo'lingan zonalarga o'tiladi.
- Janob manabunisi oldin sizga oyna ortidan tashlangani. Hozircha eng mukammali shunisi. Qolganlarini ustida hali ishlayapmiz, - qo'li kishanlangan va atrofini askarlar o'ragan maymunsifat jonzotga imo qilgan Chanhi generaliga tushuntirgan bo'ldi.
- Qay jihatdan mukammal, - general savol nazari bilan o'z zobitiga yuzlandi.
- Bunisi shuncha mutantlar orasida eng mukammali. Ya'ni muvaffaqqiyat bilan yakunlangani. Unga turli xil hujayralarni o'tqazdik. Ba'zilarini qo'shdik, ba'zilarini esa olib tashladik. Hammasini amalladik. Lekin ong borasida biroz qiynaldik. Shuning uchun ong ostini boshqaraolish va rivojlantirish uchun unga insonlarga xos odatlarni o'qitdik, - generalning yonidan biroz uzoqlashgan yigit jonzot tomon bir-ikki qadam tashladi, - hozircha taomlanish va shunga o'xshash mayda- chuyda narsalar. Keyinroq esa qurol ushlash va boshqa harbiy bilimlarni o'rgatamiz.
- Yakunlanganmi? - general qarshisida turgan hayvonsifatning ko'zlariga tik qaradi.
- Hozircha yo'q janob General. Biz uning tanasiga kimyoviy moddalar va boshqa hayvonlarning organlari orqali biologik quvvatini oshirdik. Agar unga qanot yoki shunga o'xshash kichik detallar qo'shsak yana ham mukammal bo'lar edi, - bu safar Chanhining bor vujudi tushuntirish uchun hizmat qilardi, - aytmoqchi bo'lganim nafaqat quruqlikda balki havoda ham o'z kuchlarimizga ega bo'lar edik.
- Buni qanday yaratdingiz, - jiddiy yuz ifodasini biroz bo'lsa ham o'zgartirmagan general Chanhini yana savolga ko'mdi.
- Buni maymun va sirtlon chatishmasidan qildik. Miyyaning hujayralarini ko'chirish qiyin kechgani sabab aynan maymunni tanladik. Kuch borasida esa sirtlon. Naq 2 oy deganda tayyor bo'ldi bu tajribam. Viviseksiya ( hayvonlarni hech qanday narkoz va og'riq qoldiruvchilarsiz tiriklayin yorib tekshirish) yordamida ko'pgina hayvonlar ustida ishladik lekin hech qaysi biri bunchalik mukammal chiqmadi.
- Qolganlarichi? - general nigohini maymun odamning oldida tizilib turgan tom ma'nodagi boshqa tajriba quyonchalariga qaratdi.
- Bular hali tayyor emas lekin ustida ishlayapmiz.
- Tushunarli Chanhi. Yaxshi ishlabsan. Hozircha boshqa jonzot yaratmanglar. Faqat yaratilganlarini tarbiya qilish bilan shug'ullaning. O'xshamaganlarini pechkaga oting. Kuyib kul bo'lsin.
- Tushunarli janob General, - general xonani tark etarkan ortidan Chanhi va boshqa askarlar qo'llarini soldatchasiga chakkalariga qo'yishdi. Hayvonlar esa aqlini yo'qotgan bedavolar kabi generalning ortidan bosh egishdi.