November 8

𝘾𝙃𝙄𝘼𝙍𝘼

Uni topmay turib yo’qotishdan qo’rqib yashadim…

11-𝙚𝙥𝙞𝙯𝙤𝙙

Janjal tanadan ko’ra ko’proq ruxiyatga og’irlik qiluvchi muammolardan yana biri demakdir. Ayniqsa ikki sevishgan o’rtasidagi janjal va araz sabab kunlab davom etuvchi jimjitlik. Hozirgi zamonda tinchlik barchaga yoqsa kerak. Ayniqsa yoshlar o’rtasida trendga aylangan MBTI degan narsa. Bu haqida hamma ham yetarli ma’lumotga ega emas. Lekin shuni aniq bilishadiki ular introvert bo’lishlari kerak!
Lekin Jungkook introvert emas, sokinlik ham uning qoniga begona. Unga g’azabdan gapiring, rashkdan gapiring, bir deganda barchani oyoqqa turg’uzuvchi vajohatdan gapiring. Ana shunda u bilan til topishish osonroq kechadi. Yigitning o’zi shunday bo’lganiga qaramay boshqalardek unga sokin qizlar yoqmaydi. Uni tipi emas bunday qizlar. Lekin Saewonchi? U Jungkookning tipiga qanday tushadi? Aytishadiku ko’r ko’rni qorong’uda topadi deb. Bu ikkisi aynan shular turidan. Bir-birida yorug’da chiroq yoqib topishgan. It fe’l va qaysarlik. Ikkisidan bo’lgan bolani ham bo’yin egdirish ancha qiyin bo’ladi. Undan ko’ra simyog’ochdan gul o’stirgan ming marotaba osonroq, ham afzalroq. Ayniqsa u qiz farzand bo’lsa, urdi hudo. Turmush o’rtog’i hozirdan tavbasiga tayansin, bechora.

Jungkook va Saewon deyarli har kuni desa ham bo’ladi, birga. Ish sabab ikkisi daqiqaga ham ayro emas. Albatta bunda yigitning ham hissasi katta. Lekin buni Saewon qayerdan bilib o’tiribdi? Uni hayolida u shunchaki ish bilan band. Qizni yonida ko’rish uchun uni ishga ko’mib tashlayotgan Jungkook esa uning arazini qanday yo’qotishni topaolmay joni halak.

Yigit birdan uni yo’lini to’sgani sabab qiz biroz dovdirab qoldi. Lekin shunda ham qonidagi injiqlikni saqlab qolgan tarzda tezlik bilan yo’nalishni o’zgartirdi. Qizni kuzatib turgan yigit katta qadamlar bilan unga yetib olarkan, Saewonnikiga nisbatan ancha kuchli bo’lgan qo’llari uni bir urinishda devorga qadadi.

- Arazingni yig’ishtirmas ekansan, - o’zi tomonidan devorga tiralib turgan qizga tik qarab dedi, - hech bo’lmasa kotiba sifatida bo’yinbog’imni bog’lab qo’yishingni hohlayman.

- Yosh bolalik qilma u juda yaxshi turibdi.

Saewon zarda bilan uni itarib yubordi. Yigit esa huddi bu ish bo’lmagandek lab uchida kularkan bo’yinbog’ini bo’shatib qizga ko’rsatgandek u tomonga uzatdi.

- Oh, meni kechir qanday besunaqayman!

- 20dan oshgan yigit uni o’zi bog’lay oladi deb o’ylayman.

- Ancha xato o’ylabsan azizam, endi bogmlab qo’y. Olaqol, - qizdan javob olmagach bo’yinbog’ni uni qo’liga tutqazdi, - agar sen, aynan sen bog’lamasang konfirensiyaga kirmayman.

Saewon yigitga bir muddat g’azab nigohi bilan tikilib turar ekan ilojsizlikdan uning yoqasidan ushladi va o’zi tomon zarda bilan tortdi. Qonida qaynayotgan jahlni aynan shu yo’l bilan ifoda etdi.

- Juda yovvoyisanku a…

- O’chir ovozingni, - yigit so’zlarini tugatmasdan uni shart bo’larkan bo’yinbog’ni uning bo’yni atrofida o’radi, - yosh bola fe’lingdan shunday to’ydinki tasavvur ham qilaolmaysan!

Bir shaklga keltirgach so’ng qadam, bog’lashga kelganda tasmani shunday qisdiki natijada yigitning qo’llarini uni to’xtatish maqsadida qizning qo’lini ushlab qoldi.

Jungkook

Konfirensiya. Barcha o’zining biznes takliflari, ba’zilar shikoyatlarini tayyorlab turgan payt bu ikkisining oshiq-mashuq o’yini ortiqcha. Shuning uchun ham juftlik bo’laolmas ekanlar jimgina kotiba va boshliq rejimini yoqishdi.

- Yonimda o’tir, - biznesmenlar uchun mo’ljallangan uzun stol atrofidan joy olgan Jungkook qizga keskin buyruq berish barobarida u uchun stul tortdi.

Saewon ham indamay, hatto unga qaramay o’z o’rnidan joy oldi. Avvaliga konfirensiya yaxshi boshlandi. Takliflar, bir-biridan ajoyib g’oyalar. Lekin shikoyatlarga navbat kelgan bunday deyish xato. Shikoyat kimga ham yoqardi axir?

- Zerikdim, - Jungkook yonida o’tirgan qizga biroz egilib pichirladi.

- Bu seni ishing zerikishing kerak emas.

- Bundan keyin kunlik rejalar qanday? - qayta pichirladi yigit.

- Aynan hozir shuni so’rashing shartmi? - qiz vanihoyat yigitga qarar ekan yuzi norozilikdan biroz burishdi, - Incheonda uchrashuv.

- Tushunarli.

Saewon

Jungkookning ichki tarangligi konfirensiya tugaguncha portlashdan zo’rg’a tiyilib turdi.

Vanihoyat o’z chiqishidan so’ng majlisga nuqta qo’ygach nafas yo’lini siqib yuborgan bo’yinbog’ni yechib tashladi.

- Essiz, - yigit bilan tengma-teng ketayotgan qiz unga bir qarab qo’ydi, - qancha asabim ketgandi.

- Keyingi safar bog’laganingni bir umr yechmayman, vada beraman. Lekin hozir emas.

- Incheonga mashina kutib turibdi.

Saewon so’zlarini tugatmasda o’z kafti orasida Jungkookning kaftlarini his qildi. Shu on jahl bilan uni siltab tashlagach joyida taqqa to’xtadi.

- Sen bilan gaplashayotgan bo’lsam faqat ish yuzasidan gaplashyapman.

- Demak hali arazing ketmadi? - Jungkook ham ikki qo’lini beliga qo’ygancha qiz tomonga jiddiylik bilan yaqinlashdi, - kel shuni hozir hal qilib olamiz.

- Agar menga yana yaqinlashsang senga umuman gapirmayman!

Qizning gaplari yigitning agressivlik bilan kulishiga sabab bo’ldi. Vanihoyat qayta qizga tikilar ekan astalik bilan ammo yetarlicha vahima uyg’otib unga yaqinlasha boshladi, har qadamda ovozi ko’tarildi.

- Gapirmasang gapirtiraman. Endi esa yosh boladek qaysarlik qilmay qo’limdan tut. Hozir!

Saewon huddi o’zini mag’rur tutgandek unga tikilib turaverdi. Ammo yigit yana ham yaqinroq egilganda ortga tisarilgan ham ediki yelkalari devorga tegdi. Munosabatlariga ko’p bo’lmagan bo’lsada yigitning jaxl tezligi haqida yaxshigina bilib olgan va bunday paytlarda u bilan o’ynashish eng xatarli variantlardan biri ekanligini juda yaxshi bilardi. Lekin huddi o’yinni uzoqqa cho’zmoqchi bo’lgandek kaftini musht qilib ortiga oldi.

- Saewon, - yigitning yuzi endilikda g’azabdan qizarishni boshlagan edi, - qonimni qaynatmaganing yaxshi.

Qizdan javob bo’lmagach yigit uning tirsagidan tortib o’ziga yaqinlashtirdi. Mushtini har qancha ochishga urinmasin qiz uni qattiqlashtiraverdi. Jungkook qizning bilagidan ushlab sekin-sekin silay boshladi.

- Och, - qaynab chiqayotgan jaxlini bosish ilinjida qizga mayin tabassum qildi, - ochsangchi axir, Saewon!

- Shu shartmi?

- Bu ham yarashish uchun bir qadam.

Jungkookning yuzi g’azabdan borgan sari qizarayotganini ko’rgan qiz mushtini asta ochdi. Bir deganda o’z barmoqlarini qizning barmoqlari orasidan o’tqizib uning kichik qo’lidan ushlagan yigit esa uning peshonasidan asta o’pib qo’ydi.

- Shu qaysarliging bo’lmasa o’zing juda yaxshi qizsan.

*
*
*

2kun oldin…

Yosh o’smirlarning orasida o’rtancha farzand ko’proq aziyat chekadi deb aytishadi. Ya’ni shunday gap bor. Katta farzandning bo’ynida oilaning bari mas’ulyati, o’zidan kichik ukalarining yoki singillarining tarbiyasi. Hullasi kalom oilaning ko’rinmas uchinchi otasi yoki onasi. Kichik farzand esa-unga hamma narsa mumkin. Oilada eng kichigi bo’lgani uchun ham barcha e’tiborni magnit kabi o’ziga tortadi. Lekin o’rtancha farzandchi? O’rtancha farzandni ko’proq e’tibordan chekkada qolgan deyishadi. Kattasini mas’ulyatli qilib o’stirishga, kichigini esa erkalashga ishlatadigan bor e’tiborini o’rtancha, bechoraga kelganda esidan chiqarishadi. Akirada ham huddi shunday sindrom. E’tibordan chetta qolinganlik sindromi. Haqiqiy oilasida katta farzand bo’lgani sabab oddiy ishga ham jiddiylik bilan yondashadi. Tattalyalarda o’rtancha bo’lgani uchun ham aynan shu jiddiy qarashi ham hisobga olinmaydi. Tattalyani ko’zi Jungkookdan boshqasini ko’rmaydi!

Agar bola o’smir paytida tushinilmasa va yetarli mehr berilmasa u huddi ana shu o’smirligida qotib qoladi. Fikrlashi, dunyo qarashi va hatto fe’l-atvori ham o’smir davridan siljimaydi. Davrdagi kurashib kelgan sindromi va kechinmalari katta bo’lgan sari uni ta’qib qilishdan charchamaydi. To’g’ri u ortiqcha narsa so’rashi mumkin. Ko’p e’tibor hohlar balki. Lekin so’ralgan narsani berish kerak. Ayniqsa u emotsional bo’lsa. Qizda ham shunday. Aslida u bu jihatini yashirishga urinadi. Lekin 20dan oshgan bo’lishiga qaramay gap-so’zlari, mehnatiga yetarli javob ololmasa ko’taradigan isyonlari buni sotib qo’yadi. Hozir ham odam o’ldirgani uchun eshitayotgan dakkisiga qarshi turib o’zini oqlashga urinmoqchi.

- Bizning ishimizda odam o’ldirish tabiiy holat axir.

Akira

- Sen oddiy odam o’ldirmading, - qizning jig’ibiyronligiga qarshi holda ancha hotirjanmlik bilan gapirdi Tattalya.

- Jungkook ham oddiy odam o’ldirmagan. U ham qanchadan-qancha dushmanni yostig’ini quritgan, - Akira g’azabiga erk bergan ko’yi o’rnidan turgan ham ediki ortida turgan qo’riqchi uning yelkalaridan ushlab joyiga o’tqizib qo’ydi.

- Har bir xatoying uchun javob berayotganingda Jungkookni qalqon qilishni bas qil, - bu safar otaning ovozi baland ko’tarildi, - sen Barzining consiglierisini o’ldirgansan. Barzini esa “Beshlik” ning boshi.

- Siz ham “Beshlik” ning boshi edingiz. Agar suyukli o’g’ilchangiz o’shani omborini yoqmaganda hali ham shunday bo’lar edi.

Qiz otasiga tikkasiga baqirishi, to’xtamasdan gap qaytarishi atrofdagi qo’riqchilarni ham, bir burchakda turgan Yoongi va Jungkookni ham hayratda qoldirar edi. Chunki nafaqat Tattalyalarda balki Italiya oilasida otaga bu alfozda gapirish og’ir gunoh hisoblanar edi. Lekin bu Akira. U doim qoidalarga qarshi holda o’z qoidalarini yaratgan.

Oraga biroz jimlik cho’kdi. Lekin qizning g’azab to’la ko’zlari hali ham Tattalyaga qaratilgan.

- Hammang chiq, - otaning bir ishorasi bilan xonada kichik shovqin ko’tarilgach stol atrofida Akira, Tattalya va ikki o’g’il qoldi.

Yoongi va Jungkook havotir bilan otalariga qarar ekan singillariga nimadir bo’lishdan qo’rqar edi. Chunki qoida bo’yicha Akira sal oldingi qilig’i uchun jazosiz qolmaydi.

- Sen, - Tattalya birdan o’rnidan turib qizning iyagidan ushlab siqdi, - o’z otangni hammani oldida obrosini to’kding. “Jungkook u, Jungkook bu, Jungkook ham bunday qilgan”, - ota qizning iyagidan battar siqarkan har gapirganda ovozi balandroq ko’tarildi,- Jungkook, Jungkook, Jungkook. U seni akang!

- Siz doim u bizni akamiz ekanligini uqtirib kelgansiz, - iyagi qattiq siqilganiga qaramay qaysarligi ustun kelib qayta tilga kirdi.

Lekin har gapirganda iyagi otasi tomonidan battar qisildi.

- Akira aqli-hushingni yig’! O’zinga jabr bo’ladi.

Qiz u haqida nolishiga qaramay Jungkook unga joni achiganidan gapirdi. Ammo singlisi unga dushman ko’zi bilan tikilgach qayta otasiga yuzlandi. Endi gapirishga og’iz juftlaganda esa qisilgan iyagi qo’yib yuborilib, otasi tomonidan siltab tashlandi. Natijada qiz stol atrofidagi o’rindiqlar ustida o’zini yiqilishdan arang ushlab qoldi.

- Ko’chaga chiqmaysan, - ota tomonidan qaysar qiz uchun hukm qilingan ilk jazo, - aslida o’zim aybdorman, ayol kishini oila ishiga aralashtirmasligim kerak edi, - Tattalya sochlarini to’g’irlab bo’lgach yana vazmin so’z boshladi, - to’g’ri sen ishni mingta erkakdan ham yaxshiroq qilding. Ammo sendan buni kutmagandim Akira.

Tattalyaning qizni ismi bilan chaqirishi xonadagi Yoongini ham Jungkookni ham va hatto Akirani ham muzlatib qo’ydi. Chunki ota farzandlarini hech qachon ismi bilan chaqirmagan. Ismi bilan murojaat qilgan kun esa katta balo ekanligidan darak.

- Shukur qil, - davom etdi Tattalya, - farzandim bo’lganing uchun seni o’ldirmayman, aynan boyagi qilig’ing o’limga loyiq bo’lsa ham. Unga qo’riqchi yollang.

- Menga qo’riqchi kerak emas.

- Sen yana gapiryapsanmi? - otaning g’azabi qayta qo’zg’alar ekan ovozi yanada tahlikali chiqdi.

- Nega axir? Jungkook xato ish qilib qilig’i amcha yillardan so’ng ochilib turmaga tushayotgan payt toshturmaning kattasiga borib oldiga shartnoma qo’ydingiz, - qiz gapida davom etar ekan erkak unga katta qadamlar bilan yaqinlasha boshladi. Lekin bu qizni zarracha ham qo’rqitgani yo’q, - va boshiga to’pponcha tirab ombor ichida 10dan ortiq ishchi vafoti uchun “Bir umrlik qamoq jazosini hech bo’lmaganda 6yillik qilib qisqartirmasang shartnomaga yoki imzoying tushadi yoki miyyangni qatig’i” dedingiz.

Qizning baland ko’tarilgan ovozi yuziga kelib tushgan tarsaki sabab shart bo’lindi. Yanoq bilan ko’rishgan kaft xonani boshiga ko’targancha baland ovoz yangratdi.

- Bu so’ngi imkoning. Agar o’zingni yosh boladek tutishni bas qilmasang bundan ham yomonroq jazo qo’llayman senga. Xonangda chiq! Keyin, sochingni o’smir qizlardek turli xil ranga bo’yashni ham bas qil!

Erkakning so’ngi so’zlari hech qanday javob uchun imkoniyat qoldirmadi.

Tattalya

Qiz ko’zida yoshlarini g’azab ortiga yashirgancha xonani tark etar ekan o’zidan keyin eshikni taraqlatib yopishni ham esidan chiqarmadi.

*
*
*

Bugun havo ancha sovuq. Lekin zarari yo’q. Inson zotidan sovuqrog’i bo’lmasa kerak dunyoda. Shunday ekan bugungi muammo havo emas.

- Xonim qurollarni joylashtirib bo’ldik, - qizning oldiga yurib kelarkan qo’shimcha qildi, - deyarli.

- Hozircha faqat eski va yaqin mijozlarga habar ber. Unda ham yetqizib berish hizmatidan foydalan. Yangi ochilganimizni ko’p odam bilishi shart emas. Bizni hali ham qashshoqlikdan chiqaolmaydi deb o’ylayqolsin o’sha itvachcha.

- Tushundim xonim.

Yukining yordamchisi sovuq sabab qo’llarini bir-biriga ishqalagan ko’yi undan uzoqlashar ekan qizning lablaridan joy olgan sigaretaning tutuni o’pkasini joyladi. O’zi homiladorligini bilgandan buyon chekmayotgan edi. Lekin tarki odat amri mahol.

*
*
*

Incheon. Koreyaning mashxur shaharlaridan birida bugun yomg’ir. Shahar aholisi yomg’irning ayovsiz yog’ishidan biroz cho’chib o’z uylariga berkingan. Jungkook va Saewon yo’lga biroz kechroq chiqqanlari sabab qorong’uga qolib ketishdi. Mashinani boshqarib ketayotgan yigit ora-orada qizga ko’z tashlab qo’yar ekan oradagi jimlikni buzishga negadir ko’ngli tortmadi. Incheongacha bo’lgan masofani faqatgina yomg’irning mashina tomiga yoqimli urilishi va dvigatelning past ovozi egallagan edi holos. Yigit mashinani baland oynali binoning avtoturargohida to’xtatdi-yu qizga yuzlandi.

- Saewon, - o’z xavfsizlik kamarini yechib qiz tomon egilarkan uning allaqachon uxlab qolganini sezdi.

Oynadan tashqariga qaraganda allaqachon kech tushganiga guvoh bo’lgach qizning o’rindig’ini tugma orqali biroz yotqizdi. Saewonning boshini o’zi tomon biroz surib kaftiga tayanib unga tikila boshladi.

- Yo hudoyim, qanchalar go’zal, - o’ziga pichirlar ekan qizning yuziga tushgan sochlarini sekinlik bilan quloqlari ortiga oldi.

Jungkook o’z o’rindig’iga suyangancha unga tikilishda davom etdi. Nihohlari sovuq, ammo unda qandaydir iliqlik bor. Yuzida jiddiylik niqob kiygan bo’lsada yuragi ming xil tuyg’ular bilan guppillaydi. Ovchi kiyikning qochib ketishidan qo’rqib kuzatib turgandek u ham qizni zimdan kuzatdi. Oppoq yuz, qora soch va qoshlar, to’g’ri burun, uning ketidan esa pushti lablar. Lablari yarim ochiqligini ko’rgan yigit og’ir yutunib qo’ydi. Yana bir zum o’tirsa o’ziga javob beraolmasligiga amin bo’lgach tezda mashinadan tushdi. Avtoturargoh mehmonxonaning pastki qismida bo’lgani sabab tashqarida yog’ayotgan ayovsiz yomg’irdan havotir olmasa ham bo’ladi.
Jungkook mashinadan tushib qiz uxlab yotgan tomonga yurdi. Eshikni lang ochib qiz tomon egilar ekan ochiq bo’ynidan mayin o’pib qo’yishdan o’zini tiya olmadi. Avvaliga bir qo’lini uning tizzasi ostidan o’tqizib ikkinchisini esa beli atrofi o’ragach uni qiynalmasdan dast ko’tardi.

- Jungkook, - uyqusida arazini unitgan qizning qo’llari yigitning bo’yni atrofida o’raldi.

- Mmph, - beixtiyor chiqqan ovoz avtoturargoh ichida sokin aks-sado qaytardi, - uxlayver.

Liftdan so’ng maxsus xona tomon odimlagan Jungkook qizni ko’targancha eshikni ochgach ichkari kirdi va eshikni qayta oyog’i bilan yopdi. U uchun qizning shaxsiy chegarasi umuman mavjud emas. Shuning uchun ham qizni yotoq ustiga yotqizgach kostyumini astalik bilan yechdi. O’zining ham ustki kiyimini yechib beldan tepa qismi batamom kiyimsiz holda uning yoniga o’zining og’ir tanasini otdi.

- Ko’p ish bilan seni charchatib qo’ydimmi? - ikkisining ustiga ko’rpa tortgach Saewonning belida mahkam quchoqladi.

Huddi qiz qayergadir qochib ketadigandek uni o’ziga mahkam tortdi. O’zini tiyib turaolmay Saewonning bo’ynida mayin o’pichlar qoldirar ekan qizning ko’zlari og’ir ochildi.

- Nima qilyapsan, - uyqu aralash gapirdi qiz.

- Kel arazni hozirni o’zida yo’qotamiz.

Saewonning uyqisi qochib bo’layotgan hodisani miyyasi to’laqonli qabul qilishni boshlaganda yuzini yigitdan burdi. Lekin Jungkook tezlikda uning iyagidan ushlab o’ziga qaratgach o’pichlar ketma-ketligini yog’dirgancha qizni erkalay boshladi.

- Tegma menga, - yigitning yuzini qo’llari bilan itarishga uringanda ikki qo’li ham boshi uzra ko’tarilib yotoq ustida qadaldi, - nima qilyapsan.

Saewon g’azab bilan gapirdi. Lekin yigit huddi qizning g’azabi ta’sir qilmayotgandek qiqirlar ekan yuzini qizning bo’yniga ishqaladi. Keyingi daqiqada uning lablariga bosilgan taft tipirchilashlarini to’xtatdi. Bundan lab uchida kulgan yigitning keng qo’li uning belini silay boshladi. Qizni o’z ostiga olgach yana bo’sani chuqurlashtira boshladi.

- Seni yomon ko’raman.

- Nega? - o’yinqaroqlik bilan qizning labidan tishlagan yigit qizni o’ziga yanada yaqinroq tortdi, - birgina harakatim bilan qarshiliklaringa chek qo’yaolishim uchunmi?

- Yo’q, - asta shivirladi qiz, - senga bo’lgan sevgimni o’zimga qarshi ishlatganing uchun.

- Ikkisi bir narsa, - Jungkook qizning nozik qo’lini kaftlari orasiga olib o’z yuzi ustiga joylashtirdi, - endi esa meni o’p.

Yigitning so’zlariga bo’ysingan holda qiz uning yuzini o’ziga yaqinroq tortdi. Ikki lab tutashgan hamon Jungkook dominantlikni qayta qoliga olgan holda Saewonning tanasini erkalagandek qo’llari uni keza boshladi. Keyingi qadamga o’tgan yigit qizning tugmalariga astalik bilan qo’l yugurtirdi. Chaqqon qo’llari uning ochiq ko’ksini namoyon qilgach qizning endilikda uyqudan batamom halos bo’lgan ko’zlari kattalashdi.

- Balki hozir emas…

- O’zing rozi bo’lding, - qizning so’zlarini to’sish uchun lablarini unga qayta bosdi.

Avvaliga lablar bilan ko’rishgan Jungkooning tafti astalik bilan pastlay boshladi. Birin-ketin yanoqlar ustida, keyin jag’ chizig’ida, bo’ynida, yelkasida sayr qila boshladi. Bu vaqtda qo’llari ham qizni rohat bilan erkalashda davom etayotgan edi. Uning bunday aqldan ozdiruvchi harakatlari sabab Saewonning boshi tepaga ko’tarildi. Tobora ko’ksi tomon pastlab borayotgan lablar uning tanasini battar qizita boshladi. O’zi ham uning bo’ynidan qo’lini o’rab tanasini o’zinikiga mahkamroq tortdi. Jungkookning yuzi qizning issiq tanasiga botirilgach bu uning ruxsati va hohishidan darak berishini anglab pastki kiyimlardan halos qilishga tushdi. Yigitning hizmati bilan tana ortiqcha matolardan halos bo’lgach o’pichlar yo’nalishi pastlashda davom etdi. Uning lablarini o’z qorni ustida his qilgan Saewon beixtiyor nafasini ichiga tortdi. Buni sezgan yigit esa miyig’ida kulgancha tishlarini uning qorni ustiga botirdi.

- Tishlama, - yigitning tutam sochidan qisarkan yovvoyilik bilan gapirdi.

Jungkook ham ataydan qilgandek qayta tishladi.

- Tarbiyaliroq bo’l, - qizning beliga lablarini bosgan yigit unga pastdan tikildi.

- Meni aqldan ozdiryapsan, - Saewonning og’ir nafas olishi sabab ko’ksi ko’tarila boshladi.

- Tan ol bu ikkimizga ham yoqyapdi.

Jungkook vaqtni cho’zmay qaddini tikladi va shimi atrofida o’ralgan kamarini yecha boshladi. Charm kamarni o’z bilaklari atrofida o’ragach qiz tomon egildi.

- Yumshoq bo’lishdan zerikdim. Kel biroz qiziquvchanlik qo’shamiz.

So’zlar ketidan Saewonning ikki qo’li birlashtirilib yigitning qo’li atrofida o’ralgan kamar bilan siqildi va boshi uzra qayta yotoqqa qadaldi. Qiz uning harakatlarini havotir bilan kuzatib turar ekan oyoqlarini iloji boricha o’zi tomon tortishga urindi. Lekin soniya ichida bu harakatiga yigit tomonidan chek qo’yildi va qizning ikki oyog’i uning beli atrofida o’raldi.

- Jungkook, - yigitga iltijoli boqdi qiz.

- Qo’rqma. Yoki qachondir seni qiynaganimni eslay olasanmi?

Yigitning so’zlariga qarshi holda lablarida ayyorona tabassum. Saewonning yuragi tobora balandroq urayotgandek tuyildi o’ziga. Haqiqatdan ham yigitning tashqi ko’rinishi yetmagandek uning harakatlari odamni shoshiltirib qo’yadi. Qiz unga hech qachon qarshi chiqaolmagan. Ayniqsa bunday vaziyatlarda. Kamiga Jungkookning erkalashlariyu, chalg’ituvchi harakatlari uni hayajonga solishdan ham ko’prog’iga yarab kelgan.
O’z hayollari bilan band bo’lgan qiz tanasida bosim his qilgach beixtiyor ingrab yubordi. Oyoqlari yigitning beli atrofida mahkamroq o’ralib uni o’ziga yanada jipslashtirdi.

- Jim bo’l, - qizning og’zini o’z qo’llari bilan yopgan yigit ataylab qilgandek harakatlana boshladi, - mehmonxonadamiz axir o’zingni bos.

- Isqirt, - ovoz yo’li to’silgani sabab tushunarsiz gapirdi qiz.

Saewon bilan o’ynashish yigitga doim yoqqan. Hozir ham undan jim bo’lishini so’rab o’zi unga iliqlik bermoqda. Harakatini tezlashtirib qizning ingrog’iga sabab bo’lmoqda. Lekin qiz bunga erk beraolmaydi. Jungkookning baquvvat qo’li bunga yetarlicha qo’rg’on bo’lish vazifasida shay. O’z tanasini qizniki bilan jipslashtirgan Jungkook uning ustidan kulgandek bosimni keskin oshirdi. Qizning ortga tashlangan boshi bo’yin qismini yaqqol ochib berarkan bundan foydalangan yigit o’z hujumini o’sha tomonga qaratdi.

- Qo’yvor, - ingroq orasida yigitning qo’lini tishlar ekan tanasi sherigiga hamohang tarzda yotoq ustida qimirlashda davom etdi.

- Tarbiyali bo’l, - lab uchida kularkan harakatlaridagi tezlikni yanada oshirdi.

Saewon uning oldida rasman ilojsiz. Qo’llari boylangan, ingroqlari to’silgan, oyoqlari esa Jungkookning beli atrofida o’ralgan. O’z hohishi bilan bo’lsa ham bir paytning o’zida ham yoqimlilik ham noqulaylik tug’dirayotgan harakatlarga qarshi yagona ovunchoq shu edi. Yigit barmoqlarini qizniki bilan o’rab uni yoqtis ustida mahkam bosdi. Saewon qancha urinmasin yigitning izmidan chiqaolmas, bu unga yetarli darajada noqulaylik tug’dirish bilan aqldan ozdirishda davom etardi. Qimrilay olmayotgani ham unga alam hissini beryapdi. Buni kuzatib turgan Jungkook esa bundan faqat zavq olyapdi holos.

- Bu ertakabki qaysarligining uchun jazo, mi amor.

• 11-𝙚𝙥𝙞𝙯𝙤𝙙 𝙩𝙪𝙜𝙖𝙙𝙞 •
• #𝙄𝙨𝙝𝙞𝙠𝙖𝙬𝙖_𝘼𝙠𝙞𝙧𝙖 •