April 28, 2025

7 Notes with 3 Melodies

You love me for the music and i'll write it for you

Reaksiya

Odatdagi o'qish kunlari. Maktab hovlisi bahor tufayli har-xil gullar hidiga boyigan. Quyosh yerning har bir burchagini go'zal ko'rsatar edi. Huddi qorong'ulik sabab razilga aylangan mavjudotning ham bu quyosh sabab qalbida iliqlik uyg'onadigandek. Atrofda yoshlik muhabbati shunday sezilib turibdi. U burchakda bu juftlik, yana nariroqda ikkinchi juftlik sevgi sabab ko'zidan olov chaqnayotgandek bir-birining pinjiga yashiringan. Faslga moslab yengil, ammo o'ziga yarasha nafislikni his ettiruvchi atir hidini butun maktab hovlisiga taratgancha mallasoch qiz yo'lakdan borar, o'ziga qadrli bo'lgan hudisining kapishonini boshiga bostirgan edi. Qulog'idagi simli quloqchinlardan taralayotgan sokin musiqa esa faqat unga eshitilar, shu bilan birga uning o'z olamini yanada go'zallashtirardi. Kim biladi musiqa degan narsa bo'lmaganida Rose ayni damda qanday yashayotgan bo'lardi. Qalbidagi hatto o'ziga ham ayon bo'lmagan his-tuyg'ulari ich-ichidan yeb bitirar, musiqa esa unga bu olamdan qochishga yordam bergandek his qilardi o'zini.

Sevgi ajib tuyg'u deydi javobsiz sevgining bosh qahramoni bo'lmaganlar. Kamiga 3yilgi javobsiz muhabbatni ko'nglida ochilmagan g'uncha kabi saqlab yursayu, faqat egasini ko'rganida, ochilishga taraddud ko'rganda ammo yana umidsizlik uni quyoshini yopib qo'rqoq qilib qo'ysa. Alamli? Nafaqat alamli balki inson zotiga hos bo'lgan barcha his-tuyg'ular to'fonini bir vaqtning o'zida ham yurakda ham miyyada saqlaydi.

Qizning faqat o'ziga eshitalayotgan, faqat uning olamini go'zallashtirayotgan musiqaning eng yoqimli joyida eshik ochildi. Yana o'sha his-tuyg'usiz Eun-woo kirib keldi. Odat tusiga aylangani kabi qizning eng yoqimli onida unga nuqta qo'ygancha uni yana his-tuyg'ular girdobiga tashladi. Yoki taqdir Rosening umrining so'ngigacha shu inson bilan sinamoqchimi? Javobsiz sevgini his qilayotgani yetmagandek uni har kuni ko'rishga majbur!

Ostona hatlab bo'yi tahminan 1.83 metrlar orasidagi, keng gavdali yigit kirib kelarkan Rosening bor e'tibori unga qaratildi. Xonaga o'zining aurasini olib kiraolgan Cha Eun-woo qizlarning doimgi mavzusiga aylandi. Sinfxonadagi pichir-pichirlar qizning asabiga tegsa ham tan olgisi kelmasdi. O'z sevgisidan uyalish hissimi yoki umuman begona his, qizning yuragini chulg'agan edi.

Ortiqcha asabgarchilik va sinfdagi shovqin-surondan qochgan qiz hovlining bir burchagida qulupnaylik yogurtni simirgancha atrofga nazar tashladi. Oyoqlarini chalishtirgan ko'yi ustunga suyanib turarkan atrofga, so'ng esa osmonga tikildi. Shamol tillarang sochlari bilan o'ynasharkan bu o'ziga ham yoqib tushdi. Atrofni egallagan shamol birdan qizning dimog'iga yalpizli muzqaymoqning hidini urdi. Bu Rosega tish pastasini eslatdi. Qiz yalpiz isi qayerdan kelayotganligiga qiziqsinib ortiga o'girilarkan, qarshisida oyoq kiyimining bog'ichini boylayotgan Eun-wooni ko'rgach qotib qoldi. Bo'lgan hodisadan esankiragan qizning qo'lidan yogurti sirpanib tushdi. Rose hijolat bo'lib bir qadam ortga tashlarkan, sochlari och pushtirang yogurtga burkangan yigit qaddini tikladi. Qizga biroz qarab turgach u tomon yana egilganda Rose yana bir qadam ortga chekindi.

- Men seni yiqilmasliging uchun yaxshilik qilmoqchi edim. Lekin sen menga yogurt ta'mini sochlarim bilan tatib ko'rish imkonini berding.

Sal qolsa bu vaqtidan oldin qabrga jo'nashi mumkin bo'lgan qizning yuragi ayni damda tashqariga otilib chiqishga tayyor edi.

- Meni kechir, kechir, - tutilgancha gapirarkan kiyinish xonasi tomon otilib ketdi.

Qizni ustoz musiqa yozish uchun chaqirayotganini aytmoqchi bo'lgan Eun-wooning gaplari esa og'zida qolib ketdi.

Kiyinish xonasida bir o'zi huddi hozir o'lib qoladigandek yerda cho'kkalab o'tirgan qizning malla sochlari yelkasida yoyildi. Cha-Eunwoo? Uni oldiga nega keldi? Nega uni bog'ichlarini bog'ladi? Yiqilsa ham unga g'amxo'rlik qiladigan hech kim emas u axir? Miyyasi hatto o'zi bilan chiqisha olmayotgan Rose tizzalarini qorniga bukkan ko'yi noshukurlik bilan ho'rsindi. Bir tarafdan ahmoq yuragi tez-tez urishdan to'xtamagan. Kamiga qo'lidagi soati...bu soatni o'zi nega taqdi bugun?

Kiyinish xonasida bir o'zi huddi hozir o'lib qoladigandek yerda cho'kkalab o'tirgan qizning malla sochlari yelkasida yoyildi. Cha-Eunwoo? Uni oldiga nega keldi? Nega uni bog'ichlarini bog'ladi? Yiqilsa ham unga g'amxo'rlik qiladigan hech kim emas u axir? Miyyasi hatto o'zi bilan chiqisha olmayotgan Rose tizzalarini qorniga bukkan ko'yi noshukurlik bilan ho'rsindi. Bir tarafdan ahmoq yuragi tez-tez urishdan to'xtamagan. Kamiga qo'lidagi soati...bu soatni o'zi nega taqdi bugun?

- Seni deb men qip-qizil, odam ko'rmagan ahmoqqa chiqdim! Lanati soat, nega Eun-woo yaqin kelgan payt chiyillab ovoz chiqarasan? - qiz o'ziga-o'zi gapirarkan ko'zidan yoshlari chiqar darajaga keldi, - senga nima farqi bor yuragim tez uradimi yo'qmi.

Jig'ibiyroni chiqqan qiz qo'lidan soatni bo'shatgach polga qarata otdi. Rose o'z-o'zini koyib o'tirgan ko'yi boshini yana tizzalari tomon yo'naltirdi. Yerdan olingan soatni ko'z qiri bilan ko'rgach boshi yarim yo'lda, tizzalariga yetmay to'xtadi va yana qayta sekin ko'tarildi. Rosening qarshisida turgan yigit bu safar uning oldiga cho'kkalab o'tirdi. Qizning qo'llaridan ushlab soatni taqar ekan Rose hali ham unga tikilib turishda davom etdi.

- Birdan kelganimga hayratlanishing tabiiy hol edi, - deya qizning ko'zlariga tikildi.

Yuragidagi isyonni bostira olmagan qiz esa o'rnidan shart turdi.

- Sen nega....birdan meni oldimga kelding? - biroz tutilarkan bir qadam ortga tashladi Rose, - senga nima kerak?

- Nega hayron bo'lasan, axir bir sinfda o'qiymiz. Musiqa ustozi seni chaqirishimni aytdi. Musiqa yozar ekansan, - Rose birdan eshitgan gaplaridan esankirab qoldi.

Musiqa yozayotganda kimdir uni ko'rgan! Eun-woo oddiy ohangda aytgan har bir gapi qizga huddi oliy sudda aytilgan qarordek aniq va tiniq eshitilardi. Go'yoki bu suhbat ularning orasidagi birinchi va so'ngi suhbatdek.

- Yaxshi men hozir boraman, ketyapman, - qiz biroz to'xtalgach yana shoshilib xonadan chiqib ketarkan tezlashgan qadamlari musiqa xonasi tomon yo'naldi.

Yana unda qochishga urinib xonadan otilib chiqdi. 3yillik javobsiz sevgi yana uchqunlayotgandek bo'ldi qizga. Bu juda qiziq, lekin oxiri aniq bo'lmagani uchun odamni biroz qo'rqitardi.

Oradan 2hafta o'tdi. 2hafta qiz uchun og'ir va chalkash o'tdi. Eun-woo uning ortidan tinmay yurishi va hatto barchani oldida uni ta'qib qilishi qizni biroz havotirga soldi. O'z dunyosi bilan ovvora bo'lgan, tashvishlarini musiqa bilan yengib o'tadigan oddiy qizga Cha-Eunwoo ko'ngil qo'ydimi? Lekin Rose shunchalik "tormoz"ki hatto yigitning tuyg'ulari haqida gumoni ham yo'q. Qizning o'ylovlari yigit bularning barini faqatgina uning ustidan kulish uchun qilayotganiga ishontirardi. Rose bunga ishonishdan ko'ra fevral oyida 30kun bo'lishiga ishonib qo'ya qolardi.

Mayin yomg'irning shitirlashi tunuka tomga urilib chiqarayotgan ovozi pianinoning ovoziga uyg'unlashgan. Qiz esa yolg'izlikdan ko'ngli tinchigan ko'yi musiqa kuylashni boshladi.

- "Seul shahri,
Men bu shaharda seni qalbingni ko'ryapman.
Seul shahri, u seni yuragingdek go'zal.
Seul city i see you soul seul city..."

Qiz sevgilisi haqida o'ylarkan musiqa yanada go'zal tuyila boshladi. Rose faqatgina "u" haqida o'ylaganidagina go'zal musiqa yarataolardi.

To'satdan ochilgan eshik sabab qizning mayin ovozi ham shartta to'xtadi. Pianino ustida raqsga tushayotgan barmoqlar joyida qotdi. Qiz eshik tomon o'girilarkan eshik kesag'asiga suyanib turgan yigit unga termulib qarayotganidan biroz hayron qoldi. Yigit oraga cho'kkan o'lik jimlikni buzgancha ichkari tomon qadam tashladi.

- Bu qo'shiq, - biroz to'xtaldi yigit, - bu qo'shiq kim haqida?

- Ehtimol, kimdir haqidadir. Lekin men bilmayman, - qiz o'rnidan turarkan pianino qopqog'ini yopdi, - u odam oldimda bo'lganda ham hech qachon sevgim haqida bilaolmaydi.

Yigit keskinlik bilan qizga bir qadam yaqinlashdi. Bu holatdan esankiragan Rose bir qadam ortga tisarilishga urindi, ammo bilagidan tortgan qo'llar keyingi daqiqada uning belidan o'raldi. Qiz uyalganidan hatto uning ko'zlariga ham qarayolmadi.

- Men uni kimligini bilishga tayyorman, - qizning nigohlarini tutishga urinarkan uning iyagidan mayin ushlab o'ziga qaratdi, - agar men bo'lsam, Rose ishon men ham huddi sendek his qilyapman...

O'zini huddi tushda yashayotgandek his qilgan Rose yana ortga tisarildi. Qizil tusga kirgan yanoqlari olov kabi yonmoqda. Eun-woo uning tanasini yana qayta o'ziniki bilan jipslashtirdi. Qizning qo'llari hayajondan terladi.

- Nega jimsan? Yoki no'to'g'ri gapirdimmi? - yigit Roseni o'zidan uzoqlashtirdi, - kechir o'zimni boshqaraolmadim.

Eun-woo ort o'girib eshik tomon odimlarkan bilagida his qilgan nozik barmoqlar uni hayratlantirdi.

- Sen bu inson kimligini bilishga tayyorman deganda nimani nazarda tutding? - shivirlab so'radi qiz.

- Rose, - yigitning siniq ovozi bo'sh xonada sado qaytardi, - seni kuzatyapman...har doim qo'shiqlaring huddi menga qarab gapirgandek, - Rose yigitning ko'zlariga tikildi. Nigohlar ilk bor to'qnash kelganda, ikkisi ham g'alati, oldin his qilinmagan tuyg'uni his qildi.

- Chunki sen haqingda yozyapman, - bir muddatga kelgan jasoratining barini ishlatgan ko'yi qiz unga yana bir bor tikildi.

Eun-wooning yuziga mayin tabassum yugurarkan qizning yanoqlaridan mahkam ushladi.

- Men ham doim qo'rqganman. Shu so'zlarning o'zi yetarli...endi sen menikisan, menga tegishlisan.

Yigit qiz tomon egilarkan qo'llari uning yanoqlaridagi issiqlikni his qildi. Keyingi soniyalarda qizning lablariga o'ziniki bosarkan ko'ksida yoqimli og'irlik paydo bo'ldi. Yumshoq lablar bir-biriga birikarkan Rose yigitning oyoqlari ustida chiqdi, uning qo'llari Eun-wooning bo'yni atrofida o'raldi. Ilk bo'sa insonda o'zgacha tuyg'u bahshida etadi va ayni damda bu so'zlar o'z isbotini topmoqda.

- Musiqani davomini yozaman, - bo'sani uzarkan asta shivirladi qiz, - bu safar birga, - Rose Eun-wooning yoqasidan torgan ko'yi lablarni yana birlashtirdi.

Ular shu qadar yaqin edi. Nafaqat masofa balki tuyg'ular ham masofa zanjirini yechgan. Go'yo butun maktab ular haqida unutgan...

Reaksiya tugadi.