Alvon ko'z yoshlar
- Maktab oshxona stoliga boshini qo'ygan ko'yi derzadan tashqariga qarab yotgan qiz og'ir ho'rsindi. Bu olimpiada degan dahmaza u uchun emas edi go'yo. Sabr va fe'l-atvorining leveliga to'g'ri kelmaydi. Yo'q
Yoongi: Kuttirmadimmi? - yigitning yo'g'on va jarangdor ovozidam cho'chigan qiz yuzini bujmaytirgancha boshini ko'tardi, - bugun asabiy ko'rinasan?
Akira: Jin ursin qandaydir olimpiada degan dahmazani bo'ynimga ilib qo'yishdi. Yana qandaydir yangi, hali kimligi noma'lum bo'lgan yigit bilan raqs tusharmishman, - qiz sochlaridagi taqinchog'ini yechib asabiy aylantirdi
Yoongi: Bizni sinfga ham shuni aytishdi. Men ham qandaydir sinfni oldi qizi bilan raqsga tushyapman, - yigit qo'lidagi sandvichni yeya boshladi
Akira: Ustingdan kulsam hafa bo'lmaysanmi? - qiz o'zini kulgudan zo'rg'a tiygancha gapirdi, - Rosa talash bo'lgandirsan.
Yoongi: Ha, - sandvichdan labiga yuqqan ushoqni artdiyu yana gapini davom ettirdi, - lekin rosa janon qiz
Akira: O'g'li bunchalik betayin ekanligini oyijoning bilsa or-nomusdan o'zini osib qo'yaqoladi, - Qizning keskin gapiga Suga yelkasini qimirlatib kulib yubordi, - olimliadada seni guruxing yutsa ham hayron qolmayman. Oying direktorda axir!
Yoongi: Lekin hayron qoldim. Nega aynan ohirgi yilga buni rejalashtirishdikan?
Akira: Oyingdan so'rab ko'r. Balki bitiruvchi bo'lganimiz uchun sinovdir
Yoongi: Senga bir sirni ochaman. O'zi buni aytishim kerak emas lekin ichim qizib ketyapdi. Buyoqqa kel - atrofga ko'zlarini olazarak qilgan yigit qizga imladi - kecha otamni oldiga kasbdoshlari keldi. Aytishlaricha armiyadagi askarlarni ko'paytirish uchun mutantsalashtirish ishlarini olib borishayotgan ekan
Akira: Yo hudo axir bu jinoyatku - hayron bo'lgan qiz og'zini qo'llarini bilan yopdi
Yoongi: Ular uchun jinoyat deb o'ylaysanmi?
Akira: Qaysi hayvon bilan odamni chatishtirishadi endi?
Yoongi: Bilmayman ohirigacha eshitaolmadim
Akira: Landovur shuni ham eplayolmagansan
- Har doimgidan barvaqt turgan qiz xonasidan chiqib to'g'ri yuvinish xonasi tomon yo'l olgan. Yoqtirmaygina qadam bosayotgan qiz ko'zlarini ishqalab esnadi
Minghao: Hayrli tong. Bugun barvaqt turibsan, - qizning boshini silab o'tib ketgan yigit yuvinish xonasi tomon ketdi
Akira: Voy seni. Shoshma to'xta men birinchi keldimku, - yigitni niyatini tushungan qiz qadamlarini tezlashtirdi.Minghao ortidan tezlik bilan kelayotgan qizga bir qarab qo'ydiyu yuvinish xonasi tomon yugura boshladi, - hoy adolatsizlik men kelayotgan edim
- Qiz akasiga yetib oldi va fudbolkasining ortki qismidan tortib yerga yiqitgach hammom eshigini ochdi.
Minghao: Men sendan kattaman. Ishga ham kech qolyapman. Bir safar hurmat qilib yo'l bersangchi, - yigit o'rnidan shartda turib eshikni qo'llari bilan to'sdi. Qiz ham bo'sh kelmagan holda eshikka suquldi. Ikkisi ham eshikning o'rta qismiga tiqilib qoldi
Akira: Hoy tentak ikkimiz sig'maymiz. Chiq men birinchi kelayotgan edim
Minghao: Bir qoringa sig'gan bir eshikka sig'maymizmi. Jin ursin, ko'na qolsangchi Akira
Akira: Salom oyi hayrli tong, - qiz ortiga o'girilib biroz ta'zim qilgande k bo'ldi. Buni ko'rgan yigit ham ortiga o'girildiyu hech kim yo'qligini ko'rdi, - Haha endi biroz kut landovur, - Akira akasini yelkasidan itardiyu eshikni shiriqlatib qulfladi
Minghao: Yolg'onchi chiq. Chiqsang kuningni ko'rsataman, - eshikni bir-ikki marta mushlab urgach nailoj hammom yonidan uzoqlashdi
- Pillapoyalardan sochlarini saranjonlab yig'ib tushayotgan qizga ko'zi tushgan yigit tizzalarida turgan sochig'ni asabiy g'ijimladi. Buni ko'rgan qiz masxaromuz tarzda kuldiyu kulgusini ushlab turish uchun og'zini qo'llari bilan yopdi
Akira: Salom oyi salom dada, - hurmat yuzasidan egilib salom berdi va akasining yoniga o'tirdi
Minghao: O'ldim deyaver mishqi tirrancha, - yigit otasi eshitib qolmasligi uchun pas ovozda Akiraning quloqlariga biroz egilib gapirdi. Bunga javoban qiz uning tizzasidan chimchiladi, - Jin ursin seni yovvoyi, - qattiq chimchilashdan og'rigan tizzasini ishqalagan yigit ikkinchi qo'li bilan og'zini yopdi. Qiz pas ovozda xingirlad
Otasi: Olimpiadada qatnashyapsan deb eshitdim, - otasining gapidan aka singil sergak tordi va ikkisi ham otasiga qaradi
Akira: Ha, rasm va raqs uchun tanlashdi, - qiz vilkasini asabiy o'ynadi
Otasi: Tabiiy fanlarga hushing yo'q bilaman lekin bu ham yomon emas. Muhimi bunda g'olib chiqishing kerak, - Akira nima deyishni bilmay shunchaki bosh qimirlatib qo'ydi, - bugun seni akang olib boradi
Akira: Jin ursin, - Qiz otasining bu gaplaridan huddi o'lim habarini eshitgandek akasiga iltijo bilan qaradi
Qora tanirovkali mashina maktabga yaqinlashib qolgani uchun biroz tezlikni pasaytira boshladi. Mashina ichida o'tirgan qiz shunchaki derazadan tashqariga qarab kuz manzarasidan bahra olardi. Atrofdagi daraxt va maydalab yog'ayotgan tomg'ir tomchilari manzaraga ko'rk bag'ishlardi. Kuz sevilish uchun noto'g'ri fasl. Unda baxtli bo'lish gunoh drgandi qaysidir yozuvchi. Hatto barglar ham shamolning mayin esganiga sarxush bo'lib daraxtlarga hiyonat qilib yerga to'kilardi. Qop-qora mers rusumli mashina maktab darvozasi yonida to'xtadi. Ruldan qo'lini uzmagan yigit nigohini sekin qizga qaratdi
Minghao: Olimpiadada yutishinga ishonaman. Chunki mening singlimsan
Akira: Sening singling ekanligimni bunga dahli yo'q. Shundoq ham bunda birinchilik bizniki bo'ladi
Minghao: G'alabani menga qizig'i yo'q nima bo'lganda ham sog' va omon bo'l, - Minghao singlisini sochlarini qulog'i ortiga olarkan unga mayin tabassum qildi, - yigitlar bilan gaplashma, kimdir hafa qilsa o'zimga ayt hopmi
Akira: O'zimni o'zim himoya qila olaman, - qiz ohirgi gaplarini tugallamasdan shoshilib mashinadan tushdi va yana o'sha maktab chetidagi hech kim bormaydigan musiqa xonasiga yo'l oldi
- Eshik tutqichini ocharkan bu yerda undan tashqari yana kimdir borligini sezdi.
Xona ichidan kelayotgan pianino tovushi qizni ichkariga tezroq kirishga undadi. Qiz xona ichiga kirarkan oyna qarshisidagi pianino chalayotgan yigitga ko'zi tushdi. U pianinoni shunday mahorat bilan chqlar ediki har kim bu kuyga sarxush bo'lardi. Barmoqlarini klavishlar ustida o'ynatayotgan yigitning yuziga oynadan kirayotgan nur va nur ustida betartib uchib yurgan chang zarralari bunga go'zallik bag'ishlardi.
Jk: Usha yerda turaverasanmi? - birdan taraqlagan ovozdan cho'chigan qiz tarqoq hayollarini yig'di va shunchaki xonaga kirib sumkasini parta ustiga qo'ydi, - Jin va Minji kimyo ustozni oldida tayyorlanishyapdi, - qo'llarini shimining cho'ntagiga kirgizgan yigit stulni qiz tomonga burib o'tirdi
Akira: Ertalabdan kimyo ustoz maktabdami?
Jk: Maktabda bo'lmay parkda bo'lsinmi?
Akira: O'rningdan tur - qiz ustidagi yengil charm kurkasidan yengach Jkga qat'iy tarzda gapirdi
Jk: Raqsmi? - yelka osha qizga qaragan yigit beparvo gapirdi
Akira: Albatta, avvaliga o'rganib olguncha teginishlar bo'ladi. Raqsni to'liq yodlab olgach teginmasdan harakat qilishga kirishamiz. Kecha Minji..
Jk: Hammasi esimda, - qizni gapini shartda bo'lib unga yaqin keldi
Akira: Hammasi esingda bo'lsa unda boshlaymizn - uyatdan yerga qaragan qiz sochlarini qulog'i ortiga oldi
- Jk qizning beliga sovuq qo'llarini o'radi. Bundan seskangan Akira bildirmaslik uchun musiqa sadosi ostida mayin harakatlar qilishda davom etdi. Yigitning qo'llari uning belidan uzildi. Uzildiyu, qo'l va oyog'ini keng yoygancha ammo Akiraning bir qo'lini hamon tutgancha undan uzoqlashdi. So'ng yana uning atrofida aylandi.Ikkisi ham behavotir mashq qilarkan musiqa tovushlari raqsning kulminatsion qismidan darak berdi. Qiz va yigit bir-biridan deyarli uzoqlashdi va yana tezlik bilan yaqinlashdi. Jkning qo'llarini yana Akiraning bellarini o'radi va qiz egildi. Jk ham uning bellaridan tutgan holda biroz egilgandek bo'ldi. Endigina ko'tarilayotgan quyosh nurlari derazadan to'g'ri qizning yuziga tushdi. Akiraning quyoshda porlayotgan och qahvarang ko'zlari yigitni e'tiborini tortdi. Huddi unga cho'kib ketgandek jim qoldi.
Akira: Yo hudoyim bu nima? - qiz jimlikni buzgancha ortga tisarildi, - ko'zing nega havorang tusga kiryapdi?
Yigit qizning hatti-harakatidan hayron bo'ldi va devorga osilgan oynaga qaradi. Uni chap ko'zi och havorang tusga deyarli kirgandi. Bo'ynidan asta-sekin bo'rtib chiqayotgan yashil tomirlar esa odamni biroz vahimaga soladigan darajada edi. Yigit oynadan uzgan nigohini qizga qaratdiyu ortga tisarilgancha sumkasini tita boshladi. Sumkasi ichidan olgan kichik shisha idishdagi suyuqlikni ichdi.
Jk: Bu shunchaki allergiya qo'rqinchli hech nima yo'q. Hozir yaxshilanadi. Boshqattan mashq qilamiz - Jk hali ham qimirlamay turgan qizga gapirdi va o'rnidam turib yana raqs mashqini davom ettirish sifatida qizning qo'llarini ushladi.
Jk: Ha, men... - yigit gapirmoqchi bo'ldi lekin birdaniga tutqanog'i tutgan kasallardek yerga yiqildi. Qaltiray boshladi. Qo'l va oyoqlari huddi tomir tortishgandek g'ujanak shaklga kela boshladi. Bundan qo'rqgan qiz devorga yopishdi. Yigitning qizarayotgan yuzi, barmoqlari ustidagi qorayotgan tirnog'lari uni ortga tisarilishga majbur qildi.
Akira: Hozir shifokorni chaqirib kelaman, - Akira eshik tomon yurdi. Lekin qo'lidan ushlagan dag'al qo'llar uni ortga qarashga majbur qildi - Yo hudo bu nimasi? - qo'rquvdan battar kattalashgan ko'zlar qarshisida salkam maxluqni ko'rdi. Uni qo'llaridan tutgan odam qo'li emas edi. Barmoqlardan bo'rtib chiqqan qora uzun tirnoqlar Akiraning bilagi shilinishiga olib keldi. U qo'rqqanidan tipirchilar tezroq xonadan chiqib ketishdi hohlardi. Uning miyyasi nima bo'layotganini qabul qilaolmayotgan edi
Jk: Yo'q hech kimni chaqirma, - odamlarnikiga o'xshamagan hirildoq ovozda gapirdi, - mendan qo'rqma senga tegmayman. Hozir o'tib ketadi, - yigitning bo'ynidagi yaqqol ko'rinib turadigan darjaga kelgan tomirlari bo'ynida huddi daraxt izlaridek manzara hosil qildi
Akira: Yo'q bu nimasi. Qo'yib yubor meni.
Tipirchilagancha yigitning qo'lidan chiqgan qiz yerga yiqildi. U tomon kelayotgan Jungkookdandan qochish uchun oyoqlarini tez-tez qimirlatgancha orqaga tisarilishni boshladi. Buni sezgan yigit behol ahvolda u tomon boshini quyi solgancha emaklashni boshladi. Bir ko'zi allaqachon huddi olmosdek ko'm-ko'k tusga kirgan lekin bo'ynidagi tomir, qora va uzun tirnoqlar va og'zi qismidagi huddi qutirgan hayvonlarnikidek vaxshiy ko'rinishga kelgan tishlar odamni cho'chitishni boshladi.
Akira: Jin ursin nima bo'lyapdi? - qiz ohiri eshikka borib taqaldi. Hatto o'zini eplab boshqara olmayotgan yigit hanus unga yaqinlashardi, - menga yaqinlashma joyingda to'xta! - qiz qo'rquvdan uning yuziga tepa boshladi. Bundan battar qutirgan yigit unga tashlandi va qo'llarini shilib tashladi. Baquvvat qo'llari esa baqirib maktabdagilarni yordamga chaqirishga urinayotgan qizni og'zini yopdi. Boshiga tekkan qattiq jism tufayli qiz hushini yo'qotdi. Endi tipirchilamay qo'ydi. Bo'shashgn oyoq va qo'llar polga cho'zildi.
- Havo dim...yoki qizga shunday tuyulyapdi. Derazadan tushgan quyosh nurlari uni g'ashini keltirdi. Ko'zini asta-sekinlik bilan ochgan qiz qo'li va oyog'i bog'langanligini sezdi. Ohirgi marta boshiga urilgan qattiq jism sabab orqa miyyasida biroz ammo quloq ostida yoqimsiz ovoz hosil qiladigan og'riq turdi. Akira ko'zini ocharkan avval atrofiga qaradi va stulga bog'langanligini sezdi. So'ng esa nigohini qarshisida qo'llarini ko'ksi ustida chalishtirgancha polda o'tirgan yigitga qaratdiyu ohirgi bo'lgan hodisani eslab masxaromuz tirjaydi.
Jungkook: Tirjayma, - o'zida sovuq nigohni saqlagan Jungkook qizga yuzlandi. Akira ham nimadir demoqchi bo'ldi lekin og'ziga sochiq tiqilgandi. Albatta bu shovqin solmasligi uchun - ha aytgancha gapiraolmaysana, esimda chiqibdi, - yigit o'rnidan turib qizning og'ziga tiqilgan sochiqni oldi
Akira: Hozir Jin va Minji keladi. Agar bu manzaraga ko'zi tushsa direktorga sotishi aniq. Shunday ekan qo'limni yech, oyog'imni ham, - boshidagi og'riq yo'qolmagan qiz tez-rez gapirdi
Jungkook: Qochishga urinasan. Qo'l-oyog'ingni yechishim bilan birinchi bo'lib o'zing direktorni oldiga yugurasan.
Akira: Vada beraman bunday qilmayman. Yech jin ursin.
Jungkook: Agar yugursang ichimdagi maxluqni yana uyg'otaman. Bu safar boshinga urish bilan kifoyalanmayman, - yigit qizni qo'lini yecharkan unga qaramasdan gapirdi.
- Bilagidagi arqon izini barmoqlari bilan silagan qiz ularni sekin ishqalagan bo'ldi. Jungkookga bir qarab qo'ydiyu yelka qismiga tepdi. Yigitning yerga yiqilganidan foydalangan holda eshik tomon otlandi. Bu musiqa xonasi maktab burchagida, ya'ni bog'ning etak qismida joylashgani uchun deyarli hech kim kelmaydi. Tinch va sokin...eng muhimi bu yerdagi ovoz maktabgacha yetib bormaydi. Bu yerga hali hech kim o'z hohishi bilan kelmagan. Bunga maktab o'quvchilari ichida yurgan mish-mish ham yaxshigina sabab bo'la oladi.
Qizning harakatidan esankiragan yigit o'zini o'nglashga harakat qildi. O'rnidan turdiyu bor tezligi bilan eshikka deyarli yetgan qizning qo'llariga yopishdi.
Jungkook: Aldoqchi - yigit qizning qo'llarini birlashtigan holda boshi uzra tepaga ko'tardi.
- Devorga tiralgan qo'llar tinmay tipirchilar. Qo'rquv va vahima aralashgani sabab tomog'da allaqanday narsa tiqilgandi. Bir qo'li bilan qizni qo'llarini mahkam siqib turgan yigit ikkinchi qo'li bilan eshikni yopdi va qulfladi.
Jungkook: Jin ursin, - eshik oldidagi kichik derazadan Jin va Minji kelayotganini ko'rgan yigit asta amma asabiy so'kindi, - jim bo'lasan agar sotsang hammangni bo'g'izlab tashlayman
- Qo'rquv ichida qolgan qiz bosh irg'adi. Qo'llari bo'shatilishi bilan vaziyatni yashirishga kirishdi va xona pianino qismiga odimladi. Jungkook atrofni ko'zdan kechirgndek bo'ldiyu arqon va kichik hajmli sochiqni pianino ortiga yashirdi. Jin va Seon yaqinlashgan degan tahmin bilan eshikni ochdi.
- Xonada sukut hukmron. Ikki sevishgan huddi boshqa g'amlari yo'qdek tizzalariga qo'yib olgan idishdagi pechenyalarni birin ketin yeb bitiryapdi. Xona burchagida turgan Akira va Jungkook esa har har zamon ko'z to'qnashuvlari qilar. Bir-biriga to'qnashgan nigohlarni olib qochishar edi. Qizning miyyasida charx urayotgan betartib hayollar va savollar ich etini yeb bitiryapdi. Jungkook esa shunchaki endi nima bo'lishi bilan qiziqyapdi holos
Minji: O'rningdan tur raqsni ko'rishim kerak. - birdaniga yerda o'tirgan Jungkookga yuzlangan qiz ushoq bo'lgan qo'llarini qoqdi
- Akira va Jungkook erinibgina sahna deb tasavvur qilgan joyga turishdi va raqs uchun hozirlik ko'rishdi. Jin va Minji esa ularning qarshisiga yerga chordana qurib o'tirishdi. Akira va Jungkook raqsni boshlar ekan qiz bilinmas darajada qaltirardi. Ola kula bo'lgan ko'zlarini Jungkookning ko'zlaridan olib qochardi. Har bir harakatlar miyyaga o'rnashishga ulgurgani sabab bu safar tana tanaga tegmas, hatto qo'llar ham masofa saqlar edi. Jungkook va Akiraning qo'llari havoda bir-biri tomon tallingan holda yengil silkindi. Qizning atrofidan aylanib o'tgan yigit ohirgi qismiga tayyorgarlik ko'rdi. Akiraning egilganini ko'rgach u ham qizga ergashgan holda egildi. Qo'llarini uning beli atrofiga qo'ydi amma tegmadi. Boyadan beri bir-biridan qochayotgan ko'zlar vanihoyat to'qnashdi. Qarsak ovozidan tarqoq hayollar tartibga solindi va qiz va yigit raqsni tugallaganligidan darak bergan holda bir-biridan uzoqlashdi.