My Muse
Dengiz bo'yida esuvchi mayin shamol tanamga urilarkan har bir havoni his qilyapman. Sovuqlik, mayinlik, jahl, baxt, rashk, tinchlik. O'sha manzarani ko'z oldimdan quvishga harakat qilyapman. Ammo, dengizga tikilgan sarim suv yuzasida kechagi manzara gavdalanyapdi. Bo'ynidan o'ralgan o'sha qizning qo'llari, qorin bo'shlig'iga yugurgan barmoqlari. Jirkanch, g'azabli!
Toxic hayollardan voz kechib bor e'tiborimni qarshimdagi go'zallikka, dengizga qaratishga urindim. Ammo yana o'sha lahza!
- Ma ol, - Akira o'rindiqqa cho'karkan hayollarim bo'lindi, - Tarhyung to'ladi.
Endi qo'limga olmoqchi edim. Ammo uni ismini eshitishim bilan qo'llarim havoda to'xtadi.
- Unga ta'lluqli bo'lgan hech nima kerak emas, - arazlagan ifoda yasagan ko'yi yana dengizga tikildim.
- Qaysarlik qilma. O'sha qiz buni ataylab qilganini o'zing ham bilasan. Faqat tan olging kelmayapdi.
Qo'lidagi kokteylini ichish uchun plastik trubani lablari orasiga olarkan Akiraga tikildim. Balki u haqdir. Balki men shunchaki ortiqcha reaksiya bildirayotgandirman. Lekin nima bo'lganda ham boshqa bir ayol unga teginishiga yo'l qo'ydi!
Ortga, Taehyunga o'girilarkanman shamol sochlarimni oldimga tashladi. Bizdan tahminan 30 qadam narida shunchaki qo'llarini cho'ntagiga tiqib, jimgina turibdi. Avvaliga 2kun ketma-ket qarshimdan kutilmaganda chiqib kelaverdi, huddi men tushunadigandek barini tushintirishga urindi, yolvordi, yalindi. Ammo men unga fe'limni og'ir tomonini ko'rsataverdim. So'ng esa shunchaki qayerga borsam ham ortimdan jimgina yurishni boshladi. Boshida bu asabimga tegdi. Lekin menikidan ham battar qaysarligini tan olganimdan so'ng, shunchaki ortimdan yurishiga qo'yib berdim. Kechirishimga ishonardi. Lekin men emas. Ba'zan o'ylab qolaman u menga qanday chidaydi?
- Luna, - yana o'sha Akira meni hayollarimni buzdi, - sovuq tushyapdi yur ketaylik.
Javoban shunchaki boshimni qimirlatib qo'ydim. O'rnimizdan turganimizni ko'rgan uzoqdagi "mahbubam" esa qo'llarini cho'ntagidan chiqarib biz tomonga yura boshladi.
- 3 kun jim ta'qib qilishdan so'ng vanihoyat gapirishga qaror qildingmi? - sochlari shamol bilan kurashayotgan dugonam unga gapirdi.
- Akira iltimos bir daqiqaga bizni yolg'iz qoldira olasanmi?
- Bir umrga yolg'iz qollaring menga nima, - har doimgi beparvolik. Ammo bu menga yoqyapdi, - bo'pti yoshlar meni ham ishlarim kutyapdi. Onalaringa o'xshab nuqul senlarni yarashtiraverish jonimga ham tegdi, - Akira bizdan uzoqlasharkan o'ziga-o'zi ming'irlardi.
Taehyung u uzoqlashishini kutib turdi. So'ng menga bir qadam yaqinlashib qo'llarimdan ushlashga urindi.
- Sen bilan gaplashishni hohlamayman, - shiddat bilan qo'lini siltab tashladim.
- Yetar, bas! , - undan qochishga uringanimni bilaman qo'llarim zarb bilan u tomonga tortildi. Tanalarimiz bir-biriga presslangan, lablar esa deyarli tegay deb turibdi, - meni aqldan ozdiryapsan Luna! - qo'llarimni qattiq siqqan ko'yi meni o'ziga tortarkan huddi g'azabini bosishga uringandek bir muddatga ko'zlarini yumdi, - kel tinchlikda hal qilamiz. Yana aytaman men buni ataylab qilmadim va buni hammasi o'zim bilmagan holda sodir bo'ldi. Menga sendan boshqa hech kim kerak emas Luna!
- Ishonmayman, - uni quchoqlashni, allaqachon unga ishonganimni aytishni hohladim va buni o'rniga shunchaki uni yana siltab tashladim, - ikkinchi qarshimdan chiqma! Yashashimga halaqit berma!
- Ouuhh, - bilagimni qayta ushlarkan asabiy kuldi. Bu safar qattiqroq va g'azab bilan! - men hohlayotgan narsani sen hohlamayapsan qara go'zalim.
- Senga men hiyonat qilmadim dedim, - gaplarimni tugatmasimdan menga baqira ketdi, - ishon deyapman senga. Yana nima qilay a, ishonishing uchun?
- Ko'zimga ko'rinma bo'ldi tamom! - hisob teng bo'lishi uchun men ham qayta baqirdim, - u senga teginishiga qo'yib berding! Seni yomon ko'raman!
- Bilaman aldayapsan, - har doimgidek sevgi to'la nigoh bilan tikildi. Har doimgidek aynan shu nigohga eriyotganimni bilib, taslim bo'lgim kelmagandek orqa o'girib keta boshladim. Sochlarim ham huddi menga ergashgandek shamolda g'azab bilan keskin silkinyapdi.
- Ketma Luna! - Taehyung ortimdan baqirarkan tobora yaqinlashayotgan ovozi sabab qadamlarimni tezlattim, - Mendan qochaolmaysan! Seni sevaman! SENI sevaman! SENI SEVAMAN!
Ortimdan qayta-qayta g'azab bilan baqirayotgan so'zlari yuragimga iliq botdi. Qalbimda unga bo'lgan egalik hissi uyg'ondi. Ammo bu o'yin, uni yalinishlari uzoqqa cho'zlishini hohladim. Qarshimdan chiqqan birinchi taksiga o'tirdimu, uni ortimda qoldirib ketdim. Hatto oynadan ortga, unga qarab ham qo'yganim yo'q.
1 hafta oldin.
Bardagi g'ala-g'ovur va musiqaning baland tovushi sabab boshimda og'riq turdi. Universitetdagi tengdoshlarim orasidan chiqib bir chetdan joy oldim. Ammo boshim, shu boshim og'rishdan to'xtamadi. Taehyunga qaradim. Do'stlari bilan barmen uzatgan ichimlikdan ho'plagan ko'yi mayin suhbatlashayapdi. Bir zumga ko'z oldim qorong'ulasharkan qarshimda paydo bo'lgan, suv tutgan qo'llar sabab hayotga qaytgandek his ettim o'zimni. Ammo nigohimni u tomon yuqorilatganimda yana ko'nglim behuzur bo'la boshladi.
- Mazang yo'q ko'rinadi. Mana buni ichib ol!
Eng yomon ko'radigan insonim menga suv uzatsayu men hech nima deyaolmay uni ichsam? O'zimdan jirkanyapman. Lekin har doimgidek yigitimga suykalmaganiga ham shukur. Ayniqsa bu oqshom!
- Hohlasang menda bosh og'rig'i uchun dorilar bor. Sen uchun keltira...
- Yo'q kerak emas, - muloyim chiqishi uchun anchagina harakat qilayotgan so'zlarini darrov cho'rt kesgan ko'yi kaftimni u tomon ko'tardim.
O'zini noqulay his qildi shekilli darrov ketdi.
- O'zidan farishtani yasashiga o'laymi? - ortidan qarab qolarkanman ensamni qotirgancha pichirladim.
- Ho'sh meni malikamni kim asabini buzdi? - birdan bellarim atrofida o'ralgan qo'llar sabab biroz etim jimirladi va hatto cho'chidim desam ham bo'ladi. Ammo bu Taehyung ekanligini bilgach unga qayta jilmaydim.
- Shunchaki shovqin sabab biroz boshim og'ridi.
- Hohlasang uyga ketamiz azizam?
- Unda, - atrofga o'g'ri nigoh tashlagan ko'yi men tomon egilarkan asta pichirladi, - bu bazimni asosiy dekoratsiyasi bo'lamiz, - quloqlarim aralash bo'ynimga urilgan issiq nafas sabab qitig'im keldi. Ammo uning rashk bilan qoplangan qo'llari meni o'ziga yanada mahkamladi, - hammani oldida seni raqsga taklif qilsam qarshi emassanku to'g'rimi?
- Qarshiman desam ham meni majbur qil.
So'zlarim uni biroz uyaltirdi chog'i quloqlari birdan qizarib ketdi. O'yinqaroqlik bilan meni raqs markaziga tortarkan men ham unga ergashdim. Bugun hamma biz haqimizda gapirishi kerak!
Yana o'sha baland musiqaga sho'ng'idik. Raqslar va yoshlarning baqir-chaqiri birlashib battar ko'ynimni aynitdi. Boshim aylana boshladi.
- Yaxshimisan, - ko'z o'ngim hiralashar ekan qarshimda qahvarang ko'zlar hozir bo'ldi. Qulab tushmasligimni ta'minlagan ko'yi belimdan ushlarkan havotirga to'la ko'zlari menga tikilgan.
- Yaxshiman, - uni tinchlantirishga urindim, - biroz boshim aylanyapdi. Men...men ayollar xonasiga o'tib kelaman.
- Sen bilan boraman, - ortimdan ergashganini ko'rib ko'ksidan asta itardim.
- Uyerdagi qizlarga bu yoqmaydi. Qolaver!
Taehyung bir talay odamlar orasidan menga tikilib qolganini ko'z qirida ko'rib menga qanchalik mehribonligidan labimga tabassum yugurdi. Ammo buni yashirishga harakat qilgan ko'yi lablarimni tishladim. Hojatxonaga yaqinlasharkanman oshqozonimdan qandaydir oqim bosim bilan otilib chiqayotgandek bo'ldi. Qadamlarimni tezlatdim. Bazo'r hojatxonaga kirdimda ichimdan qulflab oqimga erk bergan ko'yi egildim. Tomog'im achishganidan butun badanim muzlab ketdi. Peshonamdan oqayotgan muzdek terlarni artganimda ikkinchi oqim otilib chiqdi. Devorga biroz suyanib turgach chuqur-chuqur nafas oldimda, yuzimni yuvib bazimga qaytdim.
Hojatxonadan chiqarkanman nigohim birinchi bo'lib barmen oldidagi stullarga yastanib o'tirgan qiz va Taehyunga qaratildi. Taehyung uni qoshida tik turar, unga suv uzatarkan ko'zlarim olovda yongandek bo'ldi. Qiz esa vaziyatdan foydalanib unga shunchaki suykalar, uzun barmoqlari Taehyungning fudbolkasi ichidan o'tib qorin bo'shlig'idagi mushaklarini silardi. Qanday ularni oldiga borib qolganimni o'zim ham sezmadim.
- Sen isqirt, - birdan qo'llarim uni sochiga yopishdi. Birdan bo'lgan hodisa sabab alanglab qolgan Taehyung qizni qo'llarimdan qutqarishga urindi, - bu nima qilganing.
Ovozimni boricha baqirgach yuziga yaxshigina tarsaki tushirdim. Bechora...yo'q bechora emas!
Qiz tarsaki sabab polga yiqilarkan Taehyung uni turgizishga harakat qilganda battar jahlim chiqib ketdi. Atrofdagi hammaning e'tibori bizga qaratildi.
- Bu nima qilganing? - baqirdi Taehyung.
- Bu savolni sizlarga berishim kerak?
- Mazasi qochgani uchun suv berayotgandim.
- Bu yerda sendan boshqa yigitlar yo'q ekanmi?
- Bas qil Luna! - asabdan ortga ketgan ko'zlarini asta yumarkan tishlari orasidan vishshilladi.
Keyingi soniyalarda bilagimdan ushlagan qo'llar yo'l-yo'lakay ustki kiyimini stuldan olgach, meni tashqari tomon sudray ketdi. Uni birinchi bor bunday jahlda ko'rishim. Tashqariga chiqqanimizdan so'ng meni qo'yib yuborarkan huddi sal oldin qilayotgan qilig'i uchun javob so'ramoqchi bo'lgandek keskinlikda unga o'girildim.
- Nega hammani oldida meni sharmanda qilib baqirib uni uryapsan?
- Uni mazasi qochib qoldi. U meni kursdoshim Luna!
- Kursdoshing seni presslaringni silaydiya, shunaqami? - battar jahlim chiqdi. Qo'llarimni havoda silkitarkanman g'azab aralash uni mazxara qilishga urindim.
- Meni butun universitet oldida sharmanda qilding Luna!
- Nima? - birdan ovozim pasaydi. Asabdan jinnilardek kula boshladim, - demak hammasiga men aybdorman shundaymi? Unda yo'qol o'sha yengiltakni oldiga.
- Luna, - undan uzoqlashishga harakat qilganimda qo'limdan ushlab qoldi. Uning erkaklik kuchi sabab ortga bir tisarildim ammo siltagach undan uzoqlashdim.
Hozirgi vaqt
U bilan 1 hafta arazlashib yurganimizga ishonaolmayapman. Odatda bu yarim kundan ham uzoqqa cho'zilmasdi. Agar og'ir harakterim tutib qolsa yo'q deganda 3 kun. Keyin esa u menga sovg'alar berib o'ziga yana og'dirib olardi. Balki men rostdan ham oshirib yuborgandirman?
Oynadan tashqariga qarab o'tirarkanman, qornim oldida o'ralgan tizzalarimni yana ham mahkamroq qisdim. Har xil hayollar va hatto undan borib uzur so'rashni ham o'yladim. Ammo bu menga to'g'ri kelmaydi. Yo'q.
O'z uyimda hotirjamlikda o'tiribman. O'zimga yoqmaydigan hotirjamlikda. Menga esa u yuzaga keltiradigan shovqin, qiqirlashlar yoqardi. Uyim huvillab qolgandek tuyilyapdi va shunday bo'ldi ham. U tez-tez kelib turardi.
- Jin ursin kim? - ketma-ket tinmay chalinayotgan eshik qo'ng'irog'i sabab agressiv o'shqirdim. O'rnimdan nailoj turib borib eshikni ochdim.
Eshikni ochishga ulgurmasimdan uyim ichiga 1hafta oldin bardagi qiz huddi kimdir itargandek otilib kirdi. Qoqilib ketgani sabab ustidan tushib ketay degan kiyimini to'g'irlar ekan ketidan Taehyung ham kirib keldi. Yuzida men oldin hech ham ko'rmagan jahl, vaxshiylik.
- Gapir haqiqatni, - Taehyung boyagi qizga o'shqirdi. Hatto men ham cho'chib tushdim.
Qiz indayvermagach Taehyung uni yelkasidan siltab tashladi. So'ng qiz ham chala yarim ko'z yoshlari bilan gapira boshladi.
- O'sha kuni men o'zimni kasalga solib, - yerdan ko'zini uzmagan ko'yi yelkasini qisgancha gapirarkan qo'llarimni ko'ksim ustida chalishtirdim, - men orangizda urush yuzaga keltirib sizlarni ajrashtirmoqchi bo'ldim. Shunda u menga e'tibor beradi degandim. Lekin meni kechiring boshqa bu qaytarilmaydi.
Qiz Taehyungning vajohatidan qo'rqib yig'lay boshladi. Boshi esa hali hamon pastga qaratilgan. Endi gapirish uchun og'iz juftlaganimda Taehyung qizni shunday jahl bilan qo'lidan sudradiki unga nimadir qilib qo'yadi deb qo'rqib ketdim. Hatto qizga yordam berishga ham tayyor bo'ldim. Taehyung uni qo'lidan tortib eshikdan tashqariga shunday itarib yubordiki qiz zina tomon otilib ketdi. Keyingi soniyada eshikni qayta yopib qulfladi.
- Ha, - dudug'langan ko'yi gapirdim.
Uni menga va meni oldimda bunday muomilada bo'lganini hech ko'rmaganman. Uni har doimgi muloyim versiyasiga o'rganib qolganim sabab biroz qo'rqdim. Keyin yana o'yladim. Demak u faqat menga shunday muloyim ekanda? Yuragim bo'shashib ketdi. Ko'zimdan yosh sizib chiqqanini uning qo'llari tezlikda yuzimdan joy olgandagina sezdim.
- Qo'rqdingmi, - havotirli ko'zlari bilan menga tikilganida ichimdagi bor g'azabim erib ketdi, - meni kechir malikam. Seni qo'rqitganim uchun meni kechir hopmi?
Uning barmoqlari yuzimni silay boshladi. Yoshlarimni artishga uringan sari havotiri osha boshladi. Ammo men nafratdan emas sevgi va qandaydir tushunarsiz tuyg'u sabab yig'layotgandim. Yelkalarim qimirlay boshladi. U esa tinmay kechirim so'ray boshladi yana. Keyin esa ko'zlarimga tikildi. Ularda hech qanday nafratni ko'rmagach meni shunchaki quchoqladi.
Aslini olganda qachonki u menga sovg'a berganda, meni hursand qilganda yoki unga bo'lgan sevgim oshib ketganda shunday yig'layman. U esa huni biladi va har doim bunday vaziyatda meni shunchaki quchoqlab o'zgacha kamfort yaratadi. Hozir ham aynan shunday qilyapdi.
Meni qattiq qucholagan ko'yi ko'zlari asta yumilganini sezdim. Yuzini bo'ynimga bosganda issiq nafasini terimda his etdim. Sochlarimga yuzini ko'mib chuqur nafas oldi, iforimni tuydi, huddi men qochib ketadigandek qattiq quchoqladi.
Eshik oldida qanchadir vaqt shu tazrda turgach chetdagi o'rindiqdan asta joy oldi. Qo'llarimni qo'yib yubormagan holda joylashdi. So'ng esa menga mayin tabassum bilan qaraganda yuragim jiz etdi. Uni yomon ko'raman! Meni shunday eritishini yomon ko'raman!
Taehyung qo'limdan asta tortib meni tizzalariga o'tqizdi-yu baquvvat qo'llari belim atrofida egalik huquqi bilan o'raldi.
- Yig'lab bo'ldingmi? - yo'q men uni yaxshi ko'raman! Menga mayin kuldi, chuqur tikildi va asta pichirladi.
Bu moment....ohh butun umrimni aynan shu bir daqiqaga almashgan bo'lar edim.
- Ha, - asta boshimni qimirlatdim.
- Yo'q...lekin baribir senga yaqinlashishiga qo'yib bergansan, - Taehyung boshini sarak-sarak qimirlatgancha asta qiqirladi.
- Azizam, - so'ng esa menga yana tikildi. Uni tizzasida o'tirib shunchaki uning mehr to'la ko'zlariga qarashdan boshqa nima qilishni bilmay qoladigan darajada menga tikildi.
- Shunchaki seni sevaman, - Taehyung yelka qisdi. Men esa shunchaki qizarib ketdim.
Keyingi kutilmagan lahzada uning lablari menikini bilan birlashdi. Boshlanishiga mayin va sof, keyin esa ochlik hissi bilan o'ralgan qo'llar meni o'ziga battar yaqinroq tortdi, lablari huddi mening lablarim bilan musobaqa olib borayotgandek og'ir nafas ostida keskin qimirlardi. Bu yoqimli lahzaga erkinlik bergan ko'yi yuzidan ushlarkanman asta ko'zlarimni yumdim. Tarhyung sonlarimdan ushlagach oyog'imni beli atrofida o'ran, tanamni o'ziniki tomon tortganda boshqacha bo'lib ketdim. U esa shunchaki meni o'pishda davom etdi. Barmoqlari esa belimning ort qismini kiyimim ichidan asta silardi. Uning yumshoq lablari meniki yutib yuborayotgandi. Beixtiyor qo'l va oyoqlarim uning tanasi bo'ylab battar jisplashdi.
Ayni damda baxt nima ekanligini yana qayta, faqat u sabab his qilyapman!