October 19

Alvon Ko'z Yoshlar

Hayotning ajib sovg'asi sendek go'zal bo'ladi seb o'ylamagan edim...

4-epizod

Atrof to'la harbiy kiyimdagi askarlar. Kimdir marsh mashq qilsa, kimdir avtomatdan o'q uzishni mashq qilardi, yana qaysilaridir shunchaki atrofni ko'zdan kechirayotgandek zimdan nigoh tashlar. Tunni yoritayotgan projektor o'ngdan chapga, chapdan o'nga harakatlanardi.

- Chanhi hisobotlar tayyormi, - qator harbiylar orasidan o'tgan katta yoshlardagi erkak ortida shaxdam qadam ila kelayotgan yigitga savol nazari bilan qaradi.

- Hisobotlar barchasi stolingiz ustida janob general.

- Yaxshi, - javobdan qoniqqan general sekin bosh chayqadi.

- Generalning ortidan ergashgan bir necha zobitlar yana uning orqasidan ergashdi, tashqi hovlini tark etgancha ichki eshikdan kirib ketishdi. General o'z stoliga o'tirarkan barcha zobitlar oldida saf tortdi.

- Erkin o'tirishingiz mumkin, - erkakning ruxsatidan so'ng barcha divanlardan joy oldi.

- Qo'lini musht holatda iyagiga tiragan erkak stoli ustidagi qog'ozlarni birin-ketin ko'zdan kechirarkan atrofdagi 4 zobitning ko'zlari "Nimadir dermikan" degan nigoh ila generalga tikilgandi.

- Chanhi qurol ishi nima bo'ldi? - og'ir ho'rsingan erkak qog'ozdan ko'zini uzmagan holda qarshisida o'tirgan yigitga yuzlandi.

- Qurollar hozircha yetarli deya olmayman.

- Yangi loyihachi?

- Laborotoriyadagilar ham sizni kutishayotgandi. Yangi askarlar ya'ni mutantlar tayyor, - biroz tutilgan yigit gapida davom etdi - faqat sizni javobingizni kutyapmiz.

- Ko'z yugurtirayotgan qog'ozlarni tahlab ish stoliga qo'ygan erkak eshik tomon yana qadam tashladi. Yorug' va uzun yo'lak bo'ylab laboratoriyaga yo'l oldi. Laboratoriyaga kirishdan oldin ustiga oq selafon halat, tibbiy niqob va qo'lqob kiydi. Zobitlardan faqat bittasi, Chanhi Generalga ergashdi. Qolganlari tashqarida qoldi. Ichkariga kirgan erkak vakumda saqlanayotgan odamlarga birin-ketin nazar solarkan o'zicha hayol surdi. Qanday daxshatli. Suyuqlik ichida butun umrga uhlagandek go'yo. Erkak laboratoriya hodimining yo'nalishidan so'ng xona burchagidagi shisha devor tomon yura boshladi. Shisha devor ichida tinmay go'sh g'ajiyotgan maxluq yaqin kelayotgan odam isini sezgach oyna devorga o'zini urdi.

- Ehtiyot bo'ling janob, hali doza to'liqligicha yuborilmagan, - Chanhi generalni himoya qilgandek qo'llari bilan yo'lini to'sdi.

- Yana qancha vaqt kerak? - General yuz ifodasi jiddiy tus oldi.

- Janob hozirda organizmga yuborilishi kerak bo'lgan dorilarning formulasi ustida ishlayapmiz. Doza yetarli emas - ikki qo'lini qorni ustida birlashtirgan doktor generalga ochiq oydin so'zladi.

- 2oy vaqtimiz qoldi. Tezroq formulani toping. Kerak bo'lsa dozani ko'paytiring. Agar ja bo'ysunmasa Kaliy Siyanid bilan o'ldirib yuboring.

- Hop bo'ladi janob.

- General xonani tark etishdan oldin shisha devor ortidagi maxluqning ko'zlariga so'ngi bor tikildi va undan uzoqlashdi.

Chanhi
General Kim

Jungkook Akirani qo'lida ko'tarib kelarkan tinmay qaltirayotgan qizni ovutishga harakat qilardi. Qizni pardozxonaga olib kirdi va stulga joylashtirdi.

- Unga nima bo'ldi? - Akirani ahvolini ko'rgan Minji ko'zlarini kattalashtirgancha havotir aralash ovozda so'radi

- Bilmayman orqadan, ombordan topdim, - Jungkook tez va tashvishli tarzda stakanga suv quydi va bir qo'li bilan Akirani yelkasini quchgancha unga suv ichirdi.

- Akira hozir bizni gal keladi. Raqsga tushaolasanmi? - cho'kkalab o'tirgan Minji Akiraning tizzalariga qo'lini qo'ydi.

-Jin ursin olimpiadangni ham boshqasini ham. Ahvolini ko'rmayapsanmi qaltirab yotibdi, - Jungkook asabiy baqirdi.

- Men chiqaolaman, - badanida qaltirash davom etayotgan Akira entikib gapirdi.

- Eplab nafas olomayapsan o'tir joyingda, - endi o'rnidan turayotgan qizni yelkalaridan ushlagan Jungkook yana qaytib uni stulga o'tirg'izdi, - men chiqmayman.

- Shuncha tayyorgarlikni puch qilmoqchimisan? - Minji.

- Nega faqat o'z manfaating haqida o'ylaysan. Ahvolini ko'rmayapsanmi dedim?

- Pidjaking qani? - Minji usti boshi chang bo'lgan yigitga jig'ibiyron qaradi.

- Ombor yonida qoldi shekilli, - Jungkook.

- Raqsning asosiy detali pidjak edi. - Minji yigitni e'tiborini ko'proq tortish uchun ovozini balandlatti.

- Raqsning asosiy detali bu faqat men va Akira, boshqa hech narsa emas, - Jungkookning ko'zlari asabdan yumildi

Katta sahna. Parda ortidan odamlarning pichirlashi yaqqol eshitilib turibdi. Yopilgan parda sabab hosil qilingan qorong'ulikda turgan yigit va qiz o'z chiqishi uchun tayyorgarlik ko'rardi.‌‌

- Agar mendan qo'rqsang shunchaki ko'zlaringni yum hopmi? - Qizga yaqinlashgan Jungkook past ovozda pichirladi. Akira ham hop degandek bosh qimirlatti.

Akira

- Musiqa boshlandi. Pardalar ochilishi bilan o'chirilgan chiroqlar asta-sekin yoqila boshladi. Ikki yondan yoritilgan projektor nurlari Jungkook va Akiraga qaratildi. Musiqa kuyiga hamohang tarzda raqsga tushayotgan yigit va qiz bir-biridan ko'z uzmayotgan edi. Bu raqsning asosiy qoidasi bo'lgani uchun emas... Tana tanaga, qo'l qo'lga tegmas, shunchaki bir-biriga yetaolmagandek havoda muallaq qolardi. Pastki qatorda, tomashabinlar orasida o'tirgan 3 yigit Akiraga hayron qarar, "Qanday qilib u yerdan chiqdi" degan savol miyyalarida aylanar edi. Musiqa tobora kulminatsion daqiqaga yetib kelayotganligi haqida ishora berar, kalonkalardan chiqayotgan ovoz tonlari balandlashar edi. Huddi mashqdagidek Jungkook Akiraning bellaridan qo'lini aylantirdi. Atrofidan aylanib qo'llarini ushlashga harakat qildi. Ammoq tegmadi. Qo'llar havoda muallaq turdiyu yana uzoqlashdi. Vanihoyat raqsning so'ngi qismi. Bir-ikki keskin harakatlardan so'ng Akira egildi. Jungkook unga teginmaslikka harakat qilgan holda bellaridan qo'lini aylantirib oldi. U ham qizning ortidan qaytargancha egildi. Ammo nimadir bo'ldiyu Akiraning oyog'i toydi. Ko'zlari shokosasidan chiqayozgan qiz orqaga bir siljidiyu bellarida baquvvat qo'lni his qildi. Jungkook buni sezishi bilan tezlik bilan uni ushlab qolgandi. Qattiq tortishuv sabab ular bir-biriga yanada yaqin kelib qoldi

Musiqa o'rnini qarsak egalladi. Bir muddat o'zlarini yo'qotib qo'ygan Jungkook va Akira hushyor tortib qaddini ko'tarishdi va ta'zim qilgancha sahnani tark etdi.


- Ikkinchi o'rin hohlamagan edimn jin ursin, - bo'ynidagi 2 raqami tushirilgan medalni Jinga qarata otgan Minji asabiy baqirdi.

- Aslida ikkinchi o'rin ham yomon emas. Asosiysi o'rin oldikku, - qo'lida kostyum solingan qiz horg'in ahvolda gapirdi.

- Fikriga qo'shilaman. Eng muhimi direktor yillik baholarimizga ta'sir qiladi dedi. Endi imtixonlar haqida qayg'urmasam ham bo'ladi, - Jungkook Akiraga bir qarab qo'ydiyu, uning qo'lidagi sumkani oldi.

- Senlarga gapirishni foydasi yo'q, - Yig'lamsiragancha gapirdi Minji

- Bo'ldi azizam siqilma biz uyga ketaqolaylik, - Minjini tinchlantirishga uringan Jin uni yelkalaridan ushlab qarama-qarshi tomonga sudray ketdi.

Akira boshiga shapkasini bostirgancha tez-tez yura boshladi. Ora-orada u kelyapdimi degan nazarda ko'zini qiri bilan ortga qarab qo'yardi. Yigit ham miyig'ida kulgancha katta qadamlar bilan unga shunchaki ergashdi.

- Qachongacha shunday ketamiz? - katta tabassum bilan gapirgan Jungkook boshini ko'tarib qo'ydi

- Sen uyinga kirib ketasan. Keyin esa men

Yigit yana shunchaki qizga ergashdi. Bu hol ko'chaning boshigacha dabom etti. Ohiri chidayolmagan Jungkook qadamlarini biroz tezlatdi, so'ng sekin yugurdi va Akiraning qo'lidan tortdi.

- Nima gaping bor, - yigitdan qo'lini tortgan qiz biroz hijolat bilan gapirdi.

- Sahnadagi ishdan hijolat tortayotgan bo'lsang esingdan chiqar, - yigit qizni o'ziga tortdi va sochlarini silab tartibga keltirgach cho'ntagidan chiqargan to'g'nog'ichni qizning sochiga taqdi, - kim edi u?

- Kim? - hayron so'radi Akira

- Seni qamab qo'ygan

- Aytganim bilan nimadir o'zgarmaydi, - Akira undan uzoqlashdi

- Demak aytmasan? Unda o'zim topaman

Qiz yigitdan uzoqlashgancha uyi tomonga qarab ketdi. Uni ortidan biroz kuzatib turgan Jungkook ham ortga burildiyu o'z yo'lidan ketdi


Qorong'u ammo derazadan tushayotgan quyosh nuri sabab changlar yaqqol ko'rinib turibdi. Bur chakda, stolga oyoqlarini qo'ygancha o'tirgan yigit ruchkani barmoqlari orasida aylantirdi va stolga qattiq urdi

- Nimadir g'alati narsa sezmadingmi? - Ruchkadan nigohlarini uzgan Yoongi qarshisida o'tirgan yigitga qaradi.

- Hozircha shular, Akirada g'alati narsa yo'q.

- Akirada? - Yoongi yigitga savol nazari bilan qaradi.

- Ha, Akirada. Jungkook haqida bunday deyaolmayman.

- Unda deyaolish uchun sabab top, - Yoongi stol ustida turgan sur'atlarni birin ketin tomosha qildi va sur'atdagi Jungkookning yuziga iks belgisini chizdi.


Erta tong. Onasi va Otasi ish bilan ketgani uchun aka singliz uyda yolg'iz qolishdi. Yana bugun dam olish kuni. Na Minghao ishga bordi va na Akira maktabga.

- Aka, - boyadan beri televizor ko'rib o'tirgan qiz qo'lida popkorn kavshanayotgan akasiga muloyim yuzlandim.

- Aka? Odatda tilanchini bolasi der eding.

- Aka menga endi teleskop olib bermaysanmi? - yig'lamsiragan qiz akasining tizzasiga boshini qo'ydi.

- O'ylab ko'rish kerak, - kavshanishdan to'xtagan Minghao qizga miyig'ida kulib gapirdi

- Agar olib bermasang usha sevganing boshqasiga erga tegib ketsin, - Akira soxta ko'z yosh yasagancha gapirdi.

- Sen ham erga tekkaningda kechasi ishtoningni ho'llab qo'y, - zo'rg'a kulgusini ushlab turgan Minghao ohiri haholab kulib yubordi, - tasavvur qildim aniq seni haydab yuboradi.

- Hazillashma aka, - Akasini yostiq bilan urgan Akira past ovozda baqirdi.

Aka va singil tortishuvi buzib eshik qo'ng'irog'i chalindi. Ikkisi ham sergak torgancha eshik tomon qaradi.

- O'zim qarayman, - o'rnidan shartda turgan Akira eshik tomon yugurdi. Oyog'ini uchida turgancha eshik teshigidan qaradi va ensasini qotirdi, - chiq o'ynashing keldi, - ortga qaytgan qiz akasiga gapirdi. Minghao ham xabarni eshitgach o'rnidan turib o'qday uchib eshik tomon otlandi.

4-epizod tugadi.
#Minatozaki_Akira