𝘼 𝘽𝙐𝙇𝙇𝙀𝙏 𝙁𝙊𝙍 𝙃𝙀𝙍
Sihyeon baxtning bir turidan baxramand bo’lgancha tunning og’ushida uyquga ketgan. Mana tong yorisha boshlagan lekin qiz hech uyg’ongisi kelmaydi. Baquvvat qo’llarini beli atrofida o’rab yotgan yigitning pinjiga kichik jussasini burkagan ko’yi pishillab uxlab yotibdi. Bangchanning devordan ko’chgan nigohlari go’zal manzarasiga qadaldi. Endilikdagi shaxsiy go’zal manzarasi! Sihyeon uning bag’riga battar talpinganda boshi ostidan qo’lini o’tqizib, uning sochlarini siladi.
- Soat nechi bo’ldi? - turishni xohlamaygina yigitning bo’yin qismiga yuzini burkagancha uyqusiradi qiz.
- Tongi 5:00 malikam, - Sihyeonning bir tutam sochini quloqlari ortiga olgach peshonasidan mayin o’pich qoldirdi, - turasanmi?
- Yo’q, - uyqu aralash g’o’drandi qiz.
- Uxlayver, hali quyosh ham chiqmadi.
Ikkisining na quyosh bilan ishi bor na tong bilan. Butun dunyo to’xtagan ular uchun ayni damda. Huddi sovuqda bir-birini isitgan mushukchalardek ikkisi ham bir-birining pinjiga suqilgan. Vanihoyat biri yashirib yurgan yana biri ikkinchisining yashirib yurganidan aziyat chekkani: sevgisidan sarmast. Bangchan qizning sochlaridan bir-ikki mayin silagach uni o’ziga mahkamroq tortdi. Qizning mayin hidini tuyarkan ko’zlari beixtiyor baxtdan yumildi. Qalbidagi muhabbatiga erk beraolmay uning bo’yin va yalang yelkalari ustiga o’z lablarini bosganda esa qiz uyqusirab bir to’lg’ondi. Yigitga ort o’girilib yotoqda nari surilganda Chan ham tezlikda belidan qo’lini chirmovuq misol o’radida qizni ko’ksi tomon tortdi.
- Mendan qochma jajji quyoncha, - ovozida sezilarli darajada extiros jarangladi.
Shivirlangan ushbu so’zlar qizning butun tanasida sovuqlik yugurtirdi. Ko’zlari bu safar to’liq ochilib pinjida yotgan sevgilisining baquvvat tomir yugurgan qo’llari kiyimi ichiga qarab yo’l olganini sezdi. Ammo bu u uchun qandaydir yoqimli tuyildi. Faqatgina ikkisining o’rtasidagi extirosni uyg’otishini hisobga olmaganda o’zgacha, romantik lahza.
- Qachon turding? - Sihyeonning ham ovozi yigitnikidek past ovozda shivirlandi.
Vaziyatdan qizning yuzlari qizarar ekan Bangchanning qo’llari uning ko’ksi uzra sirg’alib o’tdi. Sihyeon bir yutunib qo’ygancha undan uzoqlashishga urindi. Lekin yigitning ikkinchi qo’li ham uni o’zi tomon mahkam tortdi. Endi ikkisining ham tanasi jipslashgan. Oralarida hatto havo uchun ham yetarli joy yo’q.
- Chan, - qizning asta shivirlagan ovozi ketidan bo’yniga avvaliga lablar keyin esa tishlar botirildi.
Doimgidek yigitning tongi extirosi sabab qo’llari endilikda qizning belidan pastlab son qismiga ko’chdi. Ortiqcha harakatlarsiz, hech qanday og’riqsiz. Faqatgina mayin siypalashlar. Lekin shu ham Sihyeonning nafasini yetarlicha siqmoqda. Hatto butun boshli uy ham ikkisiga vaziyat yaratib bergandek jim-jit. Shu payt yigit uni o’zi tomon shiddat bilan tortib qizni vahima ichida qoldirdi.
- Sezyapsanmi? - Sihyeonning tanasini yanada o’ziga jipslashtirar ekan qulog’iga asta shivirladi. Ammo shu shivirlash ham yetarli darajada ham vahimali ham extirosli eshitildi, - menga nima qilayotganing haqida o’yalayapsanmi?
- Chan, - nima deyishni bilmagan Sihyeon shunchaki uning ismini aytdi.
- Chan, Chan, Chan, - yigit qizning yelkasiga yuzini ko’mgan ko’yi biroz asabiylik vishshilladi, - ismimmi bunday aytako’rma deb ogohlantirgandim seni. Ayniqsa mana bunday, o’zimni bazo’r bosib turganimda.
- Men hali hech nima qilmadim, - Bangchanning qo’llari bel qismini siqimlayotganini sezib uni to’xtatishga urindi.
- Meni to’xtatma. Hech qachon!
O’z xirslarini ushlab tura olmagan yigit qizni bir urinishda o’ziga qaratdi. Yotoq ustida ikkisining ham nafas olishlari og’irlasharkan yuzlari nafasi uriladigan darajada yaqin keldi.
- Meni o’p, - peshonasini Sihyeonning peshonasiga bosgan ko’yi uning qo’lini olib o’z yuzi ustiga bosdi, - meni kuttirma. Sevishingni ham ayt!
- Seni sevaman, - asta pichirladi qiz.
Sihyeonning so’zlari tomog’iga tiqildi. Birdan bosilgan lablar uning gapini bo’ldi.
Ikki tana iloji boricha bir-biriga jipslashgan bir vaqtda lablar ham o’z vazifasi bilan ovvora. Bangchanning qo’li esa qizning yalang tanasi ustida xarita chizishdan hech to’xtamayapdi. Mayin teridan bahramand bo’lgan qo’llar ora-sirada siqimlashni ham unutmaydi.
- Oh mening tikanli atirgulim, - labdan ko’chib uning bo’yni bo’ylab pastlay boshladi, - barcha tikaningni menga sanch. Zaxringni ham, qaxringni ham menga hadya et.
Sihyeonning ham qalbida sevgisi jo’shib yigitning koftasini g’ijimladi. Buni sezgan Bangchan bir soniyaga masofa yaratib koftasini yechdida polga uloqtirdi. Harakatlaridan shoshilishdan darak yo’q. Bari hotirjamlik bilan amalga oshirilmoqda. Aynan shunisi ham Sihyeonning unga bo’lgan xohishi oshirish bilan bir vaqtda sinamoqda ham. Yigit qizning ustida qaddini rostlab, uning qomatiga razm solarkan qiz sabrsizlik bilan uni o’ziga tortdi.
- Hislaringni qo’zg’atib yubordimmi malikam? - lab uchidagi masxaromuz kulgu esa asabni o’ynaydi.
- Yana ustimdan kulishinga shundoq qarab turmayman, - yigitning yelkasiga qo’ngan qo’li musht bo’lgan qiz unga mungli termulgach mayin pichirladi, - seni sevaman.
- Bugun bu so’zni juda ko’p takrorlading. Oxirigacha shunday bo’lsin.
- Faqat bu safar ustimdan kulma. Hislarim bilan o’ynashma.
- Bundan buyog’iga sen bilan faqat tunda o’ynaymiz malikam.
Yigit so’zlarini tugatar tugatmas qizni qayta yotoqqa mixladi. Sihyeonning ham hislari ustun kelib oyoqlarini uning beli atrofida o’ragan mahal Bangchan sekinlik bilan oldinga siljidi. O’lik sukunatdagi xona bu safar mayin nolalar bilan mujassamlashdi. Qizning jonini og’ritmaslik uchun uni erkalashda davom etayotgan yigit esa avvaliga sekinlikni afzal ko’rdi. Keyinchalik esa qiz ham unga talpinayotganini ko’rgach bosimni ham tezlikni ham oshirish yo’li bilan Sihyeonning nolalariga sabab bo’la boshladi.
- Yovvoyisanku, - lab uchida kulgan Chan raqibining qo’llarini boshi uzra yotoqqa mixladi, - lekin bu ikkimizga ham yoqyapdi.
Holatni qizdirish maqsadida yigitning beli atrofida o’ralgan qizning oyoqlari baquvvat qo’llar yordamida Channing yelkalariga ko’chirildi. Yoqimli og’riq va extirosdan to’lg’anayotgan qizning tanasi esa ayni damda tushunib bo’lmas sabrsizlik va rohat bilan yonmoqda.
Inson ongi va tanasida qo’rquv hissi uyg’otadigan o’sha uy. Derazalari tashqi olamdan qizni uzishga harakat qilgandek mahkamlab berkitilgan. Kamiga temir panjaralar yurakni siqadi. Kun bo’ldimi yoki oy aniq emas. Lekin qizning qo’llariga ulangan temir daxmazalar uni ozodlikdan cheklagan. Vanessaning yuzlari ancha so’ligan. Nigohlari oyna ortidan tashqariga boqarkan mahrum bo’lgan ozodlik haqida hayol surdi. Osmon, musaffo osmon. Balki hozir u ham boshqachadir? Shaharda yangi binolar qurilgandir, o’zgargandir balki u. Tutqinlikka unchalik ham ko’p vaqt bo’lmadi. Lekin bu Koreya. U har daqiqada yangiliklar yaratadi.
- Vanessa, - eshik tomondan jaranglab eshitilgan ovoz sabab qizning hayollari chuv qochdi.
- Shu yerdaman, - qo’rqibgina past ovozda unga javob qaytargach huddi uni kutib olmoqchidek o’rnidan turdi. Qimirlaganda esa oyoq-qo’llariga ulangan temir kishanlar bir-biriga urilib yoqimsiz shovqin ko’tardi.
Jungkook xonaga kirib kelar ekan ustidagi qora charm kurtkasini yechib kursi ustiga ildi. Nigohlari oxirgi payt ko’p takrorlanayotganidek sovuq va hissiz. Qizga bir marotaba ham qarab qo’ymagan yigit to’g’ri borib yotoqxonaga odimladi. Ko’tarilayotgan shovqindan aytish mumkinki u jamadonga kiyim tahlayapdi.
- Tinchlikmi? - qiziquvchanlik bilan uni ortidan ergashgan Vanessa yotoqxona eshigi oldida to’xtadi, - qayergadir ketyapmizmi?
Yigit jim. Hech qanday javobsiz va hatto nigohsiz jamadonga qizning kiyimlarini solyapdi. Bu esa Vanessada yetarli darajada vahima uyg’otdi. Shu on Jungkook uni boshqa yurtga olib ketayotgani haqida o’yladi-yu eshikdan ichkari hatladi. Qizni payqagan yigit ishida davom etgan ko’yi unga bir qarab qo’ydi va o’sha sovuq nigohlari qayta undan yuz o’girdi.
- Shahardan tashqariga, dam olishga.
Birdan o’rnidan turgan yigit sabab qiz qo’rqa-pisa ortga qadam tashladi. Qo’li va oyog’idagi kishanlar ham tasodofiy hodisa sabab boshqacha ovoz chiqardi. Jungkook qizning nozik bilagidan tortar ekan uni o’zi tomon yaqinlashtirdi. Cho’ntagidan doim saqlab yuradigan kalitni olib qizning qo’lini asirga olgan kishanlarni bo’shatdi.
- Uyda o’tirib zerikib ketgandirsan deb seni biroz aylantirib kelishga qaror qildim, - oyoqdagi kishanlar uchun egilayotib gapirar ekan barmoqlari qizning to’piq qismini asta silab o’tdi, - do’stim Christopherni bilasan shundaymi?
- O’shani qizi bilan tanishib olasan.
- Bangchan kimnidir sevadi deb o’ylamagan edim, - yigit kishanlardan bo’shab o’rnidan turganda qizning vahimali nigohi unga ergashdi.
Jungkook tik turgan holda qizga bir muddat tikilib qoldi. Uning ko’zlaridagi qo’rquv, gumon va huddi har qanday holatga tayyorlik hissini ko’rib o’zida biroz ayb his qildi. Lekin bu uzoqqa cho’zilmadi. U shunday odamlar toifasidan. Bunaqa razillarda ayb hissi qayerdan bo’lsin. Ular faqat qarshi tomonga aybni to’nkab qilar ishlariga ularni loyiq ko’radi va so’ngida baribir ulardan sevgi talab qiladi. Huddi Vanessaga qilgani kabi.
Jungkook bir muddatlik tikilishdan so’ng u tomon bir qadam tashladi. Lekin undan ko’z uzmagan holda shu zahoti ortga chekingan qizning vahimasi va unga nisbatan bo’lgan qo’rquvi qonini qaynatdi shekilli tezlikda qizning sochidan changallab o’ziga yaqin tortdi. Jussasi unikiga nisbatan ancha kichik va ozg’in bo’lgan qiz esa uning shiddati sabab bir silkinib yigit tomon yaqinlashdi.
- Ogohlantirib aytaman, - qizning yuziga egilgan ko’yi sochlarni qisib turgan qo’l bosimini oshirdi, - agar qochishga urinsang seni o’zim o’ldiraman lanati.
Uning vajohatidan hapsiragan Vanessa esa hop degandek boshini qimirlatish orqali taqdirga ko’nikmasidan dalolat berdi. Ich-ichidan undan ketishni, butun umrga qochib ketishni xohlasada natijasidan qo’rqqani bois bu ishga qo’l urishga cho’chiyotgandi.
Vaqt juda tez o’tmoqda. Ayniqsa so’ngi 6 yil ko’z yumib ochgudek tezlikda o’tdi ketdi. Sezilmadi, faqat qayg’u va insoniylikning qalbiga illat kabi o’rnashgan havotir meros bo’ldi holos. Sababi noma’lum, natija esa ich-etingni yeb bitiruvchi tashvish.
Yoz o’z o’rnini kuzga bo’shatib berganini sezmay ham qoldi odam. Aynan shu sabab o’zgargan atmasfera ko’ngilga boshqacha o’tiradi. Yengil kiyimlar kurtka va plashlarga o’zgargan. Daraxt barglari ham qishki yalang’ochlikka tayyorlanib o’z barglarini sarg’ish tusga kirgach asta to’kmoqda. Huddikim, ayriliq azobidan fig’oni falak. Lekin taqdirga tan bergan holda ikkisi bir-birini qo’yib yuboradi.
Sihyeonda bugun ishlar unchalik ham zich bo’lmadi. Har doimgidan barvaqt ishdan ketmoqchi. Yuzida keng tabassum hosil qilgan qiz shaxsiy kabinetidagi ko’zgu oldida sochlarini to’g’irlar ekan telefonining jarangi e’tiborini tortdi. Ekranda esa “Hyunjin” ismi.
- Alo, - telefonni baland rejimga qo’ygan qiz nigohlarini ko’zgudagi aksida qadab sochlarini to’g’irlashda davom etdi.
- Ketmoqchiman nima edi? - sochlaridan bo’shagan Sihyeon telefonini qulog’i ustiga bosdi.
- Shu atrofdaman oldinga kiraman.
- Faqat tezroq harakat qil uchrashuvga kechikish niyatim yo’q.
Qo’ng’iroq tugar tugamas eshik ochilib yigit kirib keldi. Qo’lida bejirim qilib tahlangan dasta gul. Hayratdan qoshlari chimirilgan qiz unga tikilar ekan qo’lidagi gullar nega o’zi tomon yo’nalganiga tushunaolmayapdi.
- Mengami? - so’radi qiz ko’rsatgich barmog’ini ko’ksi ustiga qadab.
- Senga, - Hyunjinning ovozi anchagina jiddiy chiqdi. Nigohlaridagi o’zgacha tushunib bo’lmaydigan his ham qizga begona.
- Rahmat, - qiz gullarni olib ish stoli ustiga qo’ydi. Kichik sumkasidan pardoz jihozlarini olib oyna oldiga qaytdi.
- Uni oldiga ketyapsanmi? - Hyunjin qizning ish stoliga suyangan holda ikki qo’lini ko’ksi ustida chalishtirdi.
- Ha, - yigitga o’girilgan qiz uning oldida o’zini namoyon etgandek bir marta sekin aylandi, - ho’sh ko’rinishim qalay?
Yigit qizga bir muddat pastdam tikilib turdi. Ovchi ko’zlari uni boshdan oyoq tekshirib chiqgachgina bo’g’iq ovozda dedi:
Qizning e’tibori qayta ko’zguga qaratildi. Vaziyatdan foydalangan yigit esa qiz tomon bir ikki qadam tashlash barobarida gapira boshladi.
- Rejalaring tubdan o’zgardi. Shunday emasmi? - endilikda Sihyeonning ortida turgan yigit ikki qo’lini ko’ksi ustida qayta chalishtirgach ko’zgu orqali pardoz qilayotgan qizga qaradi, - o’liming uchun yollagan qotilingni sevib qolding. Bu ishlar, barchasi sendek g’ururli va tanti qiz uchun sharmandalik deb o’ylagandim. Lekin adashgan ko’rinaman.
- Men shunchaki o’lishni xohlagandim. Sevib qolishni emas. Lekin birdan men sevildim. Ho’sh buni nimasi yomon?
- U sen uchun emas sen u uchun harakat qilding axir.
- Nima demoqchisan? - pardoz asnosida gapirdi, - gaping bo’lsa aniq aytaver. Qo’rqma, tishlamayman.
- Men tomondan sevilganing yetmadimi? - Hyunjin qiz tomon yana bir qadam yaqinlashgach ikkisining tanasi bir-biriga tegar holga keldi, - meni sevgimni va sevgim haqida bo’lgan so’zlarimni jiddiy qabul qilmagansan.
Yigitning bu so’zlari qizni biroz o’ylantirib qo’ydi. Toshoyna orqali Hyunjinning ko’zlariga tikilganda yigitning ham allaqachon unga tikilib turganini sezdi.
- Jiddiy qabul qilishni xohlamaganman chunki. Balki seni sevmagandirman nima deb o’ylaysan a? - yigitga oyna orqali iyagini ko’tarar ekan lab bo’yog’ini idishiga soldi.
- Ustimdan kulyapsan. Yana o’sha masxaromuz iyak ko’tarishing.
- Men ketishim kerak rostan. U meni kutyapdi.
Sihyeon kichik sumkasini yelkasiga osib eshik tomon harakatlangan ham ediki yigitning qo’llari uni to’xtatib qoldi. Qizning ikki yelkasini qisga bu qo’llar endilikda unga ozor berayotgan edi.
- Jinnimisan og’riyapdi, - yigitning qo’llari orasida tipirchilagan qiz undan qutilishga urindi. Ammo Hyunjin bir siltash bilan uni o’ziga yaqin tortganda bu harakatlariga biroz chek qo’yildi.
- Sen meniki bo’lishing kerak edi, - yigit egalik huquqi bilan gapirar ekan qo’llari qizning yelkasini qattiq qisib o’rtadagi masofani kamaytirdi, - shuncha paytdan beri soyang kabi oldingda bo’ldim. Havf hatardan himoya qildim seni. Yordamga muhtoj paytlaring doim yashirincha oldimga kelding.
- Meni qo’yib yubor, - qizdan yana bir bora natijasiz urinish bo’ldi.
- Mana shu ko’zlar, - Sihyeonning tomog’i atrofida o’ralgan uzun barmoqlar uning yuzini o’zi tomon tortdi, - faqat menga qarashi kerak edi. Yanoqlaringni taftini faqat men his etishim kerak edi.
Keyingi soniyalarda o’zining qaynoqligini qizning lablariga bosgan yigit boshqaruvni yo’qotgandek undan bo’sa ola boshladi. Yigitning qimmat atir hidi uning burniga urilarkan biroz ko’ngli ozdi. Sihyeon qancha chiranmasin jins qarama-qarshiligi ustun kelib unga kuchi yetmadi. Ikki qo’li yigitning ko’ksiga tiralgan holda uni o’zidan itarishga harakat qilmasin bari bekor. Kuchi yetmasligini tushungan ikki lab jipslashgan bir paytda tishlarini Hyunjinning labiga bosarkan yigitning yuzi og’riqdan burishdi. Bu safar uning o’zi qizni o’zidan uzoqlashtirdi.
- Yovvoyi, - telba kabi tabassumi qon bilan bezalgan bir paytda uni bosh barmog’i bilan artib tashladi.
- Menga yana bir qadam yaqinlashsang umringni qamoqda chiritaman! - sumkasini qayta yelkasiga ilib undan uzoqlasha boshladi.
- Buni bilishsa seni qamasharkanmi yoki meni? - Hyunjin ko’zi ustidagi himoyani ochib qizga ko’rsatarkan qizga qarab tirjaydi, - eng kamida shuncha yillik karyerang oyoqosti bo’ladi, shunday emasmi?
- Ablax, - tishlari orasidan vishshillagan qiz unga tarsaki tushirishga shaylandi. Ammo yigit uning qo’lini ushlab qolib lablariga bosib yoqimsiz tirjaydi, - aqldan ozgan.
Sihyeon yigitni kuch bilan itarib o’tsada Hyunjin uchun bu unchalik ham e’tiborga olishga arzimadi. Qiz binodan otilib tashqari chiqgachgina o’zini havfsiz his etdi. Yigit kelyapdimi yoki yo’q ortiga qarab qo’ygach shahdam qadamlar bilan oldinga yurib ketdi. Kuz sabab yengil shamol uning plashini har yurganda uchirmoqda.
Mashina naq 2soatdan buyon to’xtamaydi. Oyna ortidagi manzara shaharnikiga qaraganda go’zalroq va tozaroq ko’rinadi.
- Qayerga olib ketyapsan meni, - hali ham qayerga ketayotganliklari haqida bilmaydigan Sihyeon yigitga savol nazari bilan boqdi.
- Bugun men bilan dam olasan, - rulni boshqarish barobarida qizni qo’lidan ushlagan Bangchan unga qaramay gapirdi, - ishdan havotir olmasang ham bo’ladi. Seni 2kunga sotib olganman.
So’zlari ketidan o’yinqaroq tirjayarkan qizning qoshlari chimirildi. Unga yalt etib qararkan so’zlari unga yoqmaganlagining ifodasi sifatida yuzi bujmaydi.
- Kompaniyangizda jurnalistlarni shaxsiylashtirish degan narsa bor ekan. Bir nechta tillarni bilishing juda menga yon bosdi.
Bir qo’lini rulda saqlarkan ikkinchi qo’li qizni qo’yib yubormagan holda asta lablariga bosdi.
- Ho’sh qancha to’lading men uchun?
- Sen uchun ancha, - dedi yigit lab uchidagi tabassumi bilan, - bugun nafaqat tarjimon bo’lasan.
Sihyeonning yuz ifodasi havotir bilan o’zgarganini sezgan yigit baland ovozda kulib yubordi. Bu kulgudan uning so’zlari hazil ekanini tushunib qiz ham jahl qilgandek uning yelkasiga urdi.
Mashina qandaydir ikki chodir oldida to’xtagach Sihyeon atrofga diqqat bilan nazar tashlab chiqarkan chodir oldida bir yigit va qiz o’tirganini ko’rib Changa qaradi.
- Do’stim va uning qizi. Tanishib olsang yaxshi dugona bo’ladi, senga qaraganda ancha bosiqroq, - mashinadan sumkalarni olgach qizni oldiga kelib yuzidan mayin qisdi, - qiyin fe’lingni va zaxar so’zlaringni unga ko’rsatma hopmi?
- Nima senga bu tomonim yoqmaydimi?
- Menga yoqadi. Lekin unga yoqmasligi mumkin.
Yuzlari tomir tortgan qo’llar bilan yoqimli qisilib turgan qiz ikki chodirga qaragach qayta yigitga yuzlandi.
- Qizlar alohida chodirda yotadimi?
- Yo’q, - qizning yuzlari uyat bilan qizarishini maroq bilan kuzatgan yigit yana qayta so’zga kirdi, - havotir olma bugunga ertalabkisi yetadi.
- Go’sht pishib qoladi hozir. Kelsangizchi endi.
Chodir tarafdan Jungkookning ovozini eshitishi bilan o’sha tomon yurib borishdi. Sihyeon Vanessa bilan ko’rishish uchun qo’l cho’zarkan qizning qaltiroq tortgan tanasi, qisilgan yelkalari va yuzidagi horg’inlikdan biroz gumonsiradi. Qizning o’zini tutishini e’tiborini tortarkan Jungkookga bir qarab qo’ydi. Vanessaning yuz-ko’zi u unchalik ham hursand emasligini aytib turar, tanasi qandaydir, qo’rquvmi yoki boshqa narsa sabab titrab turar edi. Go’sht yeyishni boshlashganda ham Vanessa unchalik ko’p gapirmadi. Faqatgina savollarga javob berishi, iloji boricha aloqadan qochishi Sihyeonni o’ylantirib qo’ydi.
Quyosh o’z iniga kirayotgan bir paytda osmon juda chiroyli tus oldi. Tog’lar ortidan qizil va binafsharang chiziqlar tortilishi tabiatga o’zgacha chiroy bag’ishlagan. Kechki sayr uchun chodirdan tashqari chiqqan juftlik ikki yoni gul va turli yovvoyi o’tlar bilan qoplangan yo’lakdan yurib borishar ekan Sihyeon yigitning qo’lidan quchoqlab osilgandek bo’ldi.
- Kun senga yoqdi deb umid qilaman, - bosh barmog’i qizning mushtini silagan ko’yi tilga kirdi yigit.
- Albatta yoqdi. Sen bilan vaqt o’tkazish, kamiga tabiat qo’ynida, - yigitga erkalangancha gapirarkan yuziga mayin tabassum yugurdi, - ishlab ham charachagandim. Hordiq bo’ldi.
Kun qorong’ulashib qolgani bois atrofda odamlar ham sayrga chiqqan. Kuz bois ustilarida qalin va kamping uchun mo’ljallangan kurtkalar. Ikkisi yo’lak bo’ylab ancha yurishdi. O’rtada bo’lib o’tgan suhbat esa dilni yorishtiradi. Ko’l bo’yida daraxtlar orasida gulxan soyasini ko’rgan Sihyeon yigitni tortqilab o’sha tomonga sudray boshladi. Tabiatan jamoatga kirishimli qiz va inson isini hush ko’rmaydigan, asosan vaqtini yolg’izlikda o’tkizadigan yigit gulxanga yaqinlashar ekan qizning qulog’iga gitara ovozi eshitilishi sabab ko’zlari chaqnab ketdi.
- Axir bu Gotyeku! - sevimli musiqachisini ko’rgan qiz yigitni ham yodidan chiqarib gulxan tomon yugurib ketdi.
Ko’zlari chaqnagan, yuzidan quvonch kulgusi tushmayotgan qizni yosh bolalarcha qiyqirib yugurib ketishini boshqacha maroq bilan kuzatib turgan Bangchan ham ikki qo’lini cho’ntagida saqlagan ko’yi gulxan tomonga yurdi. Manzilga yetib kelgan yigit daraxtga suyangan holda Sihyeonni odamlar orasidan darrov joy olib musiqani tinglashini bir zum kuzatib turdi. Uning bolalarcha beg’uborligini e’tibor markaziga olmasdan iloji yo’q. Huddi ular kabi dam olishga kelgan insonlar gulxan atrofida o’ralishgan. Hammaning e’tibori gitarada musiqa chalayotgan odamga qadalgan.
- Qanchalar go’zal, - mayin tabassum ila o’z-o’ziga pichirladi yigit.
Keyingi soniyada qiz odamlar orasidan yigitni qidirgandek bo’ldi. Topganda esa qo’lini silkib yoniga kelishini ishora qilgach daraxt to’nkasi ustida u uchun ham band qilib qo’ygan joyini ko’rsatdi. Bangchan og’ir qadamlar bilan qizning yoniga o’tirgan zahoti Sihyeon uning qo’lidan mahkam ushlab oldi. Barchaning e’tibori ancha yillar avval yo’q bo’lib ketgan musiqachida. Odamlarning shivir-shiviri shuncha paytdan buyon daragi bo’lmagan musiqachi qanday sabab bilan aynan mana shu kamping uchun mo’ljallangan sun’iy o’rmonga kelganini aytib kuchaymoqda. Ba’zilar esa u ham oddiy inson sifatida dam olishga kelgani haqidagi tahminlarni ilgari surishdi. Barchaning ikki ko’zi Gotyeda. Hatto Sihyeon ham yigitning unga tikilib turganini sezmay butun vujudi bilan musiqachini tinglayapdi. Musiqa unga yod bo’lib ketganini esa so’zlarni tengma-teng aytishidan bilsa bo’ladi. Chan unga tikilgancha butun olam esidan chiqdi. Avvaliga uning lirikani aytib qimirlayotgan mayin lablarida qadalgan nigohlari sekinlik bilan yuzi va ko’ziga ko’chdi. Iyagiga tirangan holda qo’lini cho’zib qizning bir tutam sochini qulog’i ortiga oldi.
- Senga yoqdimi? - past ovozda gapirsada qiz unga yalt etib qaradi.
- Judayam. Ishonaver menga, - qayta musiqachiga o’girilgan Sihyeon shodlik bilan gapirishda davom etdi, - bilasanmi bu kim? Bu Gotye. Aytayotgan musiqasi esa “Somebody”. O’zi faqat shu musiqasi bor. Aytishlaricha ilk musiqasi bo’lishiga qaramay juda mashxur bo’lib ketgan va bir kuni do’konga chiqqanida odamlar uni tanib dasxat so’ragan. Bu esa Gotyega yoqmagan. Ya’ni odamlar uni dasxat so’rab bezovta qilishi. U oddiy odamlar kabi hayot kechirishni afzal ko’radi. Shuning uchun ham o’sha lahzadan so’ng u musiqachilikni to’xtatgan va hech qayerda ko’rinish bermagan.
Sihyeon shunchalar hursandchilik bilan gapirganidan qo’llari yigitning qo’lini mahkam qisib olganidan habari yo’q. Yuzidagi tabassum esa tobora yoyilmoqda.
- Aslida esa aynan sen meni kampingga olib kelganingda uni uchratib qolishimiz hayotimdagi eng ajoyib tasodif. Menga ishonaver. Qara bu zo’r emasmi? - qayta yigitga yuz tutdi, - aynan biz kelganimizda u ham shu yerda ekanligi.
Sihyeon so’zlarini tugatishi bilan yana qayta musiqachining ovoziga jo’r bo’ldi. Naqoratga kelganda esa atrofdagi hamma (hamma ham emas chunki musiqa ham musiqachi ham noyob. Uni hamma ham taniyvermaydi) unga qo’shilib kuyladi.
“ I don’t even need your love
But you treat me like a stranger feels so rough. “
- Judayam soddasan, - bor vujudi qizga tikilgan yigit mayin ovozda shivirladi.
Qorong’u sabab atrof ancha vahimali ko’rinadi. Bu yerda ham gulxan. Lekin faqat Jungkook va Vanessa. Uchinchi shaxs esa oradagi yoqimsiz jimlik. Nozik va sovuqdan titragan qo’llarini olovga tutgan Vanessa oyoq kiyimlarining uchiga qaradi. Shu payt qo’lidan tutgan Jungkook ularni isitish maqsadida bir-biriga ishqalay boshladi.
- Endi arazingni yig’ishtir, - qizga qaramay gapirgancha uning qo’llarini isitishda davom etdi.
- Sen huddi mendan o’yinchog’immi olib qo’yib hafa qilgandek gapiryapsan.
Qizga pastdan qaragan yigit nimadir demoqchi bo’ldi. Lekin fikridan qaytib qizning qo’lini olovga yaqinroq keltirdi.
- Meni shunchalik sevdingki hech nimaga qaramay sevdim. Hayotimdagi eng shirin yolg’on bo’lding Jeon Jungkook, - nigohi gulxanga tikilsada gapirishdan to’xtamadi. Ovozi horg’in, - sendan ketishni xohladim ketaolmadim. Xohlayman va ketaolmayman.
- To’g’ri aytasan bari uringaning bekor. Ketaolmaysan mendan.
Shu on olovga o’tin tashlash uchun egilgan yigitning kurtkasi ichida yarq etib qurol ko’rindi. Shimining kamariga qadalgan bu qurol bir deganda qizning e’tiborini tortar ekan yigit qayta qaddini tiklaganda o’zini hech nimani ko’rmagandek tutib so’zlarida davom etdi.
- Men bunga loyiq emasdim. Sen meni g’ururimni toptading.
- Yetar endi, - ovozida biroz jaxl aks etishiga qaramay qizning qo’lidan qayta tutdi, - ortiqcha hayollarni yig’ishtir. Bari urinishing bekorligini o’zing ham juda yaxshi tushunasan.
Keyingi soniyada tezlik bilan Jungkookning quroliga yopishgan qizning harakatlari yigit tomonidan cheklandi. Qizning ikki qo’lini bir qo’li bilan qisgan yigit ikkinchi qo’li bilan uning iyagidan siqdi.
- Senga buni qabul qil dedim! - uning g’azab sabab ko’tarilgan ovozi butun o’rmonga yoyildi.
Shunga qaramay hech qanday qo’rquvsiz tipirchilayotgan qizning yuziga tarsaki tushirdi. Jungkookning kafti yuzi bilan ko’rishganda Vanessa yerga o’tirib qolar ekan to’zigan sochlari yuzini qopladi. Tarsaki ovozi ham eshitish uchun yetarlicha baland ovozda chiqdi. Vanessa boshini u tomon ko’tarayotgan bir paytda gulxan cho’g’idan changalladi va yigit tomon sochib yubordi. Qo’li kuyganiga ahamiyatsiz holda yigitdan qurolni yulib olgach tezlikda o’rnidan turdi va u tomon qurolni o’qtaldi.
- Ancha aqlli ekansan, - lab uchida tirjaygan yigit aqldan ozgan kabi qiz tomon yaqinlashdi, - shu qurol meni qo’rqitaoladi deb o’ylayapsanmi? Shu qurol seni ushlab turishimdan qutqaraoladi deb o’ylayapsanmi? - uning ovozi battar ko’tarildi, - aslida aqling past ekan.
Vanessaning ovozi yigitnikiga hamohang holda jaranaglab chiqdi.
- Uzoq tur mendan. Yaqinlashsang shu bilan seni o’ldiraman, - qiz qo’lidagi to’pponchani yigitga o’qtalgancha ortga tisarildi.
Jungkook qizdan o’tkir nigohlarini uzmagan ko’yi yaqinlashib boraverdi. Qiz esa ortga tisarilgan holda to’pponchani bir lahza ham tushirmadi.
- Qani bo’l kutyapman. O’qni yuragimga joyla! Nimani kutyapsan? Boshqa qulay fursat bo’lmayfi! - u qizning qo’lini tutgancha yuragiga to’girlar ekan uni masxaralagandek jilmaydi.
- Sen hayotimdagi eng katta hatoyimsan! Isqirt, iflos odamsan! Ablax! - qizning ko’z yoshlari yuzini yuvdi, - sendan nafratlanaman!
Atrofdagi o’lik sukunatni kesgan ko’yi o’q ovozi jarangladi. Yigitning o’ng yelkasiga sanchilgan o’q tufayli Vanessaning qorachiqlari kattalashar ekan to’pponcha zumda qo’lidan tushdi. Og’ir olingan nafas, qonga bo’yalgan oq fudbolka va yerga guppillab yiqilgan Jungkook.