𝘾𝙃𝙄𝘼𝙍𝘼
Bir insonga oshiq bo’lish qanday baxt. Agar huddi o’sha inson seni ham sevsayu va sen bu haqida bilsang baxtdan hech qayerga sig’maysan. Har kun, har soat va soniyada u senga o’z sevgisi ko’rsatishi qanday yaxshi. Shunday emasmi? Yana u ko’pgina qizlarni orzusidagisi bo’lsa. Axir bu zo’r emasmi? Boshqalar yotvolib orzu qiladigan narsaning o’sha chiroyli ko’zchalari sendan boshqasini ko’rmasa? Hayotda yashash uchun arzirli sabablardan biridir bu. Baxt bu!
Incheonning tongi quyosh nuridan ko’zlarini ochgan Saewon biroz oshib ketgan tungi “baxt” dan so’ng Jungkookni oldida ko’rmagach, o’z sevgisini yigitga shunday izhor qilgisi keldiki, shu sevgidan baxtga to’lib bo’g’ilib o’lib qolsin. Ikkisining ham bir-biridan qolishmaydigan g’azab leveli hozir Saewonda cho’qqiga chiqqan edi. Issiq va shahardagi qimmat mehmonxonalardan birining qimmat yotog’i ham hatto sovuqdek tuyildi. Ko’rpa ostidagi yalang tanasiga bir qarab qo’ygach his-tuyg’uga boy tunni esladi. Yuziga biroz tabassum yugursada bir so’z demay ketib qolganidan jaxl qilib darrov o’rnidan turdi. Ko’rpani ustini yopish uchun yelkasi osha tashlab yotoqdan tushgan ham ediki qarshisidagi stol ustidagi gulni ko’rib bahri dili yoyilib ketdi. Sevimlisi bo’lmish liliyalar dastasini quchog’iga olar ekan uning yonidagi kichik xatchaga endi e’tibori tushdi.
“Hayrli tong malikam. Muhim ishlar sabab ketishim kerak edi. Peshinda mashina kelib seni korxonaga olib boradi. Kechga qizil sochli bilan tanishib ol”
Qizil sochlining nomini eshitgan zahoti Saewonning qoni battar qaynadi. Jaxl alomati sifatida yuzi darrov qizarar ekan quchog’idagi guldastani olib polga qarata shunday ottiki natijada go’zallik belgisi bo’lmish liliyalar hashamdor gilam ustida har yoqqa yoyildi.
- Isqirt. O’zingayam qizil sochliyingayam…
Qo’rg’ondan doim qandaydir sovuqlik isi taralib turgan. Yana qandaydir hammaga ham yoqavermaydigan qonun-qoidalarmiyey. Hato qilsang yoki qayergadir surgun qilinasan yoki uy qamog’i.
- U shunchaki, - yoshi ancha katta bo’lgan erkak gapida to’xtalar ekan o’ychanlik bilan davom etdi, - negadir u shu kunlarda o’smir paytiga qaytgan. Unga e’tiborliroq bo’ling.
- Akira hiyonat qiladi deb o’ylamayman ota, - qo’shimcha qildi Yoongi.
Jungkook ham ularga qo’shilib ketarkan, uy bog’ining yo’lagi bo’ylab burilishganda oraga qo’shilishga qaror qildi.
- To’g’ri uning g’azabi uncha muncha odamda yo’q. Juda jizzaki va tez, - Jungkook asta, lekin izg’irin esayotgan shamol sabab qo’llarini cho’ntagiga tiqdi, - lekin bu uning zakovatini yuvib ketmaydi. Tan olishim kerak u aynan bu ishimizdagi deyarli barcha vazifani bajaradi.
- Barzini ancha pishshiq. U hohlagan odamini o’z domiga torta oladi. Hatto seni ham, - Jungkookga ko’rsatgich barmog’ini nixtarkan keyingi nishon Yoongi bo’ldi, - hatto seni ham. Akiraning jizzakiligi va o’ta darajada adolatparastligi uni qarmoqqa osongina ilinishiga sabab bo’ladi.
Uch ota o’g’il bog’dan uyning darvozasi tomon yo’l olishdi. Ustilarida qalin bo’lmasada hozirgi havodan saqlanishga yetajak qalinlikdagi ustki kiyimlar. Yoongi va Tattalya qora rangni o’ziga tanlagan bo’lsa Jungkook aksincha, ikkisidan ham ajralib turgan holda och qahvarangni tanlagan.
- Uning qo’riqchisi bugun keladi, - Yoongi huddi esiga kelib qolgandek o’ylanib gapirdi, - Aki bunga norozi bo’lishi mumkunkuya, lekin tez ko’nikib ketadi degan umiddaman.
- U hech qachon bunaqa qonun-qoida va chegaralarga ko’nmagan, - qo’llarini bir-biriga ishqalagancha dedi Jungkook, - qo’riqchini ham zimdan kuzatsin, ayt odamlarga. Nima qilsa ham singlimiz.
- Uni qo’ya turing. U shunchaki e’tibor talab.
Otalarining gapi aka-ukaga yoqmadi shekilli bir-biri bilan tezda ko’z urishtirib olishdi. Tattalyaning ayollarga bo’lgan chidamsizligi va bepisandligi uni ulardan ajratib turardi. Aslida bu hislat o’g’illarida ham bor. Lekin gap singillari haqida ketganda har qanday aka singari ular ham jim turishmaydi.
- Meni Italyadan bu yerga kelishimning asl sababi, - davom etdi Tattalya, - Jungkookni yillar oldingi va Akirani yaqindagi aybini to’g’irlash demakdir. Kuzatuv tizimi va himoyani kuchaytirish uchun yana bir qancha yigitlar qabul qilamiz. Jiyoon ham hozircha cherkovda turatursin. Sizlar shu kunlarda juda band bo’lasiz o’g’illarim, - Tattalya ikki o’g’lining yelkasiga qo’lini qo’yarkan Jungkookga yuzini burdi, - sen ham anavi jononingdan biroz chalg’ib tur. Har holda bu safar ishni deyarli barchasi seni bo’yningda.
Otalari gapini tugatgach oldinlab ketarkan Yoongi beixtiyor kulib yubordi. Lekin darhol og’zini qo’li bilan yopgani bois shukurki buni otasi eshitmadi. Jungkookning yuzi esa birdan qizarib ketdi. Chunki aslida otasini bilmaydi deb o’ylagandi.
Qo’rg’on vanihoyat tinch. Chunki shu kunlarda qiz kelishaolmayotgan va uni jig’ibiyronligiga sabab bo’layotgan odamlar uni tark etdi. Albatta vaqtinchalikka, lekin hech bo’lmasa Akira biroz bo’lsada hech qanday ayblovlarsiz yengil nafas oladi. Lekin shunga qaramay sochlarining rangi o’zgargan. Albatta otasining siquvga olishi sababi bilan sochlaridagi sevimli qizil rangi o’ziga yoqmagan qoraga almashgan. Havodagi o’zgarish sabab ustiga yengil plashini kiydi. Bog’ichlarini bog’lash barobarida pillapoyadan tushib kelarkan uyning ichki qismi va tashqi qismini ajratib turuvchi katta eshik oldidagi yigitga ko’zi tushdi. Plash bog’ichini mahkam bog’lagach boshini tik tutdi. Bu huddi uning yangi qo’riqchiga ko’rsatadigan fe’l-atvori va unga yengilmasligidan dalolat bergandek edi.
Qizning ovozini eshitgan yigit darrov ortiga o’girildi. Qora soch, keng yelkalar, kostyum ostidan ham bilinib turuvchi mushakdor tana, hullas qizlarning orzusidagi erkak tanasi. Oqtanli bo’lgan bu yigitning ko’zlari allanechuk boshqacha rangda.
- Nega gapirmayapsan? Soqovmisan? - Akira dadil gapirar ekan yigitda qandaydir boshqarish oson emasdek his uyg’otishga urindi.
Yigit javoban boshini qimirlatdi.
Uning keskin savollariga nisbatan qo’riqchi shunchaki boshdan oyoq nazar tashladi. Yana o’sha ko’zlar! Qizga tikilganda negadir yumshar, keyin esa huddi buni sezdirmaslik uchun qayta hissizlanardi. Ikkisining bo’yi o’rtasidagi tafovut sabab qiz tepaga, yigitga qarab turaverdi. Undan javob bo’lavermagach yigit tomon keskin bir qadam tashladi. Kutilmagan vaziyat sabab anavi hissiz ko’zlar egasi birdan shoshib qoldi.
- Hyunsik, - qiz yigitning kostyumi ustidagi belgisini o’qir ekan nigohini qayta unga ko’tardi, - nega isming bunaqa hunuk? Basharti bunaqa hunugini ko’rmaganman.
Qizning begonalarga nisbatan qo’rs fe’l-atvori yetarli darajada ko’rsatildi. Aslini olib gapirsa Akira bu uchun og’iz ham ochishi shart emas. Uning yuz tuzilishi va sovuq nigohlari bundan dalolat. Qiz uning bejikini qo’yib yuborgach qo’llarini qoqib tashladi va eshik tomon odimladi.
- Sen faqat meni oldimda yurasan. Menga ho’jayinchilik qilishni o’ylab ham o’tirma.
Akira endigina eshikka qo’lini cho’zgan ham ediki Hyunsikning baquvvat qo’llari undan oldin tutqichni ushlab u uchun ochib berdi.
- Jentlmenman degin hali. Bilasanmi menga bir tanishimni eslatib yubording, - yigitning qoshlari savol nazari bilan ko’tarildi, - g’irt isqirt odam edi ishonaver.
Gaplarini tugatishga ulgurmagan qizning yelkasidan tutgan qo’llar uni eshikdan tashqariga asta itardi. Bu shunchaki uning injiqligiga va odamovoligiga chidamsizlikdan darak berdi. Ko’zlarini kosasi atrofida aylantirishiku buni yaqqol ochib beradi.
Atrof juda ham sokin. Odam nafas olishga ham qo’rqadi. Yangi ochilgan “rastacha” ligi bilinib turibdi har holda.
- Nega bu yer bunaqa haroba ahvolda? - Yoongi uzun zinalardan chiqa turib halloslagancha gapirdi.
- Eskisini Barzini ilib ketgach honim yangi rasta ochdilar. Hozirchalik hech kim bilmaydi. Birinchi tashrif buyurgan odam ham sizsiz, - Yukining yordamchisi tushuntirgan bo’ldi.
- Havfsizlik uchun deng, - biroz to’xtalib kostyumining tugmalarini yecharkan og’ir nafas olgan ko’yi qayta zinalardan hatladi, - bunaqa zina bilan butun boshli havfsizlikni qo’lga olasiz.
Vanihoyat tugamas bo’lib ko’ringan zinalardan so’ng yo’lakka yuz tutgan yigit biroz yengillashdi. Bu yer rostakasimiga harobaga o’xshardi. Zax devorlardan chakki o’tgan, hamma yoq qorong’u. Hatto oyoq ostidan kalamush chiqib qolishini ham faraz qilsa bo’ladi. Balki chiqar ham.
Ayol kishining ovozini eshitgan yigitning tanasi o’zgacha qaltirab ketdi. Axir u Akiradan boshqa ayolga hatto yaqin ham yo’lamagan. Uni feminizm faqat erkakni yomonlashdan iborat deb biluvchi feministni erkak varianti desa ham bo’lardi.
Tashqi ko’rinishdan farqli o’laroq binoning ichki qismi ancha yaxshi va did bilan ta’mirlangandi. Yukining xonasidagi o’rindiq va devordagi katta sur’at uning e’tiborini ilk tortgan narsa bo’ldi desa ham bo’ladi.
- Menga iloji bo’lsa qahva va qandaydir shirinlik olib kelaolasizmi? - Yoongi qiz taklif qilgan o’rindiqqa joylasha turib yordamchiga yuzlandi.
- Qaytishingda tayyor qurollarni ham olib kel, - qiz ham hotirjamlik bilan yordamchisiga qo’shimcha qildi.
Erkak xonani tark etar ekan Yoongining o’tkir nigohlari xonani skaner qila boshladi. Hammasi shunchaki qizga ko’p muddat tikilib qolishdan o’zini asrash.
- Van gogh? - devordagi sur’atga ishora qilarkan qizga tikildi, - yulduzli tun?
- Nusxasi, - qisqa qildi Yuki.
- Albatta nusxasi, unda muzeydagisi nima bo’lardi.
Yoongining bu so’zlaridan qizning boyadan buyon hujjatlarga qadalgan nigohi bir muddatga ko’tarildi. Huddi uning gapi yoqmagandek yoki ortiqcha gap gapirgandek.
- To’g’risini aytsam so’ngi bo’lgan ishlardan afsusdaman, siz uchun.
- Barzini bilan bo’lgan ish, - Yoongi oyoqlarini chalishtirish barobarida ustki kiyimini ham to’g’irlagandek bo’ldi.
- O’zi ham afsusda bo’lib qolar.
- Bu bilan nima demoqchisiz? - qosh chimirdi yigit.
- Aytmoqchimanki, - Yuki qo’lidagi hujjatlarni stolga asta urib taxt qilgach yigitga uzatdi, - bu qurollarning hujjati. Hozir o’zi ham kelib qoladi. Tattalya aytganidek 5ta gulishatel, 6ta avtomat va 3ta kichik pistoletlar. Sizlar faqat doimiy Tattalyaning menga bo’lgan yaqinligi sabab yangi joydagi ilk mijozlarim bo’ldingiz.
- Sizdan minnatdorman, - minnatdorchilik tarzida boshiga qo’nib turgan shlyapasini yechib yana qayta kiydi.
- Asosiylari shulardan iborat. Qolganlari qo’riqchilar uchun.
Qizning o’zini tutishi uning kayfiyatini sotib qo’yayotgan edi. Kamiga ko’z ostidagi qora halqalar va yuzdagi rang ketishi uni g’irt kasal qilib ko’rsatib turardi. Yigit hujjatlarni qizning qo’lidan olib ko’zdan kechirar ekan ayni shu paytda yordamchisi qo’lidagi patnisda qahva va yangi pishgan bulochkalar bilan xonaga kirib qoldi.
- Qahvangiz va shirinligingiz jan…
Erkak patnisni stol ustiga qo’yar ekan so’zlarini tugatmasidan oshqozonida ko’ngilsizlik ag’darilgan qiz stulidan turdi. Ammo sal o’tmay chiday olmagani sabab cho’kkalab o’tirgancha qusa boshladi.
Yoongining ham ko’zlari havotirdan kattalashib ketdi. Tezlikda uning oldiga borar ekan yelkalaridan tushib turgan sochlarini olib tutam holatiga keltirdi. Kimnidir bu ahvolda ko’rish, to’g’risi juda jirkanchli. Lekin homilador ayolga mumkin, unda ayb yo’q desa ham bo’ladi. Yangi pishgan shirmoylarning hidi aybdordir balki bariga. Yoki hizmatchining e’tiborsizligi.
- Honim yaxshimisiz, - Yoongi kostyumining cho’ntagidan dastro’mol olib qizning yuzini artar ekan havotirli so’radi.
- Yaxshiman rahmat, - uning qo’lidam dastro’molni olib og’zi atrofini arta boshladi, - nimadir yoqmagan narsa yedim shekilli.
- Xohlasangiz tashqarida mashinam bor. Shifoxonaga boramiz, - hali ham qizning sochlarini yig’ilgan holda ushlab turgan Yoongi dedi.
- Raxmat, lekin kerak emas. Bu yerni yig’ishtirib oling, - dedi qiz sal oldin yuzaga kelgan ko’ngilsizlikka ishora qilib, - keyin meni oldimga boshqa hidli narsalarni yaqinlashtirmang.
Uning yuzida rangi o’chgan. Holsizlikdan hatto bazo’r gapirar edi.
Saewon hozir juda asabiy. Axir yer yuzida qaysi qiz borki o’z sevganini boshqa bir qiz bilan ko’rsa, yana o’sha sevganining so’zi bilan u qizga yuz tutsa va hech qanday rashk va g’azab tuyg’ularining chatishmasini his etmasa? Tongi xatcha tufayli ham u kun bo’yi tinch bo’la olmadi. Ikki ko’zi eshikda. Goh u xonaga kiradi, goh bunisiga. Yana o’zini bosich uchun ishchilarni ham ko’zdan kechirdi. Foyda berdimi? Albatta yo’q.
- Qizil sochingni bittalab yulaman, - huddi hirgoyadek hotirjamlik bilan aytgan so’zlari bo’sh xonada biroz sado berdi.
Jungkookning xonasi doim shunday bo’lgan. Ko’p hollarda unga faqat Yoongi kirardi. Bir marta farrosh ayol adashib kirib qolganida uni ishdan bo’shatib yuborgan edi. Huddi o’sha voqea ham Saewon Jungkookning g’azab leveliga guvoh bo’lgan kunlardan biri. Yoongi aytganidek “Qarshingda och sher va g’azablangan Jungkook turgan bo’lsa, o’ylab o’tirmay o’zingni sherning og’ziga tashla.” Shaxsan o’zining aytishicha bu yerda muhim hujjatlar saqlanarmish. Aynan shu sabab qizning ham kirishi man qilingan. Lekin nima qilibdi bir safar qoidalar buzilsa? Osmon uzilib yerga tusharmidi?
- Saewon qizil sochlik keldi, - eshik oldida to’xtagan Seon avvaliga xonaga kirishga urindi. Lekin ishdan bo’shagisi kelmadi shekilli joyida tosh qotdi, - lekin sochi bu safar qora.
- Bo’yab yursa kerakda alvasti, - katta shkafning tokchalarining biridan olgan fayl hujjatini varaqlarkan hotirjam javob berdi.
- Menimcha chiqqaning ma’qul. Ishdan bo’shamoqchimisan?
- Meni bo’shatadi deb o’ylaysanmi? - qosh chimirdi qiz xona burchagidagi kameraga qayrilib, - menimcha yo’q. Shunchaki bir hujjat kerak edi.
Qo’lidagi hujjatlar to’plamini tanlagach boshqalarini qayta joyiga taxladi. Xonadan chiqishda esa eshikni ham qulflashni unutmadi.
Vanihoyat kun bo’yi kutilgan daqiqalar. Endi qiz o’zini bosishi kerak. Ayollik instiktlari sabab sochini yulish noto’g’ri variant hisoblanat edi har holda.
- Salom, - Saewonning boshliq xonasiga kirib kelayotganini ko’rgan Akira unga mayin tabassum qildi, - senmi meni o’z akamdan rashk qilgan?
Qizning gapirishiga ham yo’l qo’ymagan Akira bor haqiqatni bir deganda aytib qo’yaqoldi. Yuzida albatta tabassum. Busiz gaplari ancha qo’pol eshitilar edi.
- N..nima? - qiz tutilgancha javob berdi.
- Menga singli haqida aytmagandi.
- Menimcha senga Yoongi haqida ham aytmagan ko’rinadi? - Akira qo’lidagi qahvasini stol ustiga qo’ygach mayin, ammo qandaydir achchiq tabassum bilan davom etdi, - unda senga yangilik sifatida aytib o’tay: biz oilada ikki o’g’il va bir qizmiz.
- Ha Yoongi, - Akira o’rnidan turib hozirgina eshitgan yangiligidan hayrat ichida qolgan qiz tomon yaqinlashdi, - Jungkookni bilsang kerak. U juda g’azabnok va shu bilan birga o’ta darajada mehribon. Buni ba’zi paytlarda laqmalikka ham yo’yaman. Lekin sen bundan hafa bo’lma. Bu hislatini senga ziyoni tegmaydi. Yoongiga keladigan bo’lsak u oramizda eng sokini va jiddiyi. Xuddi go‘yo unga chiroyli tashqi ko‘rinishdan ortiqcha ulush berishgan-u, insoniy his-tuyg‘ularni umuman berishmagan.
Akiraning dangal va ilk ko’rishuvdan bunchalik ko’p bo’lgan gaplari Saewonni hayrat ichiga uloqtirdi. Ayniqsa akani singildan rashk qilganidan shunday uyaldiki, yer yorilib yerga kirib ketishni tilardi o’ziga-o’zi ayni paytda. Qo’shimchasiga buni kichik yoki qisqa muddatlik shok desa ham bo’ladi.
- To’g’risi nima deyishni ham bilmay qoldim, - duduqlangancha so’zlarini bazo’r topib gapirdi, - meni ma’zur tuting.
- Sizlama qo’y. Rasmiyatchilik yoqmaydi. Kamiga sendan kichik bo’lishim turgan gap.
Uning o’ziga hos va qog’ozga o’ralgan masxaromuz gaplaridan biri. Qizlarni tashqi ko’rinishdan asl yoshiga nisbatan katta deb bilishlari yoqmaydi tabiiyki.
- Ismim Saewon, - vaziyatga be’tiborlik bilan qaragancha javoban tabassum ila qo’l cho’zdi.
- Bilaman, - qizning qo’lini havoda qoldirgancha qayta o’rindiq tomon odimladi, - menga o’zing haqingda aytib ber. Keyin o’tirsang ham yaxshi bo’lardi.
Saewon qizning qarshisidan tortinibgina joy olgach so’zlari dadilroq chiqishi uchun qaddini tik tutdi.
- Ismim Saewon. Park Saewon. Yoshim 29 da.
- Meniki 27da, - gapni bo’ldi Akira, - ko’pchilik lekin menga ancha yosh beradi. Hatto asl yoshimdan 10 yosh kichik deb tahmin qilishadi.
Akiraning bu qilig’i Saewon tomonidan bir tomondan tarbiyasizlikka yo’yilsa yana bir tomondan injiqlik, qo’rslik va qo’pollikka yo’yildi. Yoki bu hislatlar ham tarbiyasizlikmi aslida?
- Asli qayerliksan? - Akira Saewonga nisbatan ancha hotirjamlik bilan gapirdi.
Qizning bu so’zlari Saewonning hayratini ikki karra oshirdi.
- Ho’sh nima qilibdi shunga? - bezlik bilan yelka qisdi qiz.
- Ahh jonginam. Hozir senga gapirsam yigitingni oldiga borib “Men bilmagan yana qanday sirlaring bor?” deyishing tayin, - kichik kulgudan so’ng qayta so’zladi, - biz bir-birimizga begonamiz.
- Aniq gapirsangiz juda hurand bo’lardim. Meni jumboq ichida qoldiryapsiz.
Xonada yana Akiraning zavqqa boy kulgusi yangradi.
- Aytdimku meni sensirayver deb. Keyin biz yetimxonadan termamiz. Aslida bir-birimizning qonimizga g’irt begonamiz.
- Koreyalik. Jungkook esa Koreyada tug’ilgan. Lekin Italiyada o’sgan. Men Xitoyda tug’ilib Koreyada o’sganman. Lekin uchchalamiz ham umrimizning bir qismini Sitsiliyada o’tkazganmiz. Hullasi kalom insoniyatning Birlashgan Millatlar Tashkilotimiz.
- Men bu haqda bilmagandim to’g’risi.
- Bilmaysanda sevganing aytmagandan keyin.
Akiraning bu so’zlari Jungkook va Saewonning o’rtasidagi yangi tortishuvga oltin kalit bo’ldi.
- Sen Jungkookni kotibasimisan?
- U, - qizning dadil va ketma-ket savollaridan biroz shoshilgandek gapirdi, - 30 yosh. Tikuv korxonasining boshlig’i. Aytishicha bu uning otasidan qolganmish.
Akira bexosdan yana qattiq kulib yubordi.
- Uzur bexosdan, chin so’zim, - kaftini lablari ustiga qo’yish orqali kulgusini tiyishga urindi, - judayam ko’p ma’lumot bilarkansan.
- Albatta! U haqida hech nima bilmaysan desa ham bo’larkan.
- Masalan? - Saewon hayratini yashirmagan holda yelka qisdi.
- Sen uni kotibasisan va sevgilisi. Bu kasbda va uning hayotidagi aynan shu obrazda seni o’ldirishga shay bo’lgan odamlar har qadamda topiladi. Hozircha shuni o’zi ham sen uchun katta informatsiya.