𝘾𝙃𝙄𝘼𝙍𝘼
Har bir ona farzandidan uzoqda yashashga chidolmaydi. Huddi yuragini yulib olgandek his qiladi o’zini. U hoh yosh ona bo’lsin hoh yoshi katta. Yegan ichgani tomog’idan o’tmaydi, farzandini sog’inadi, qumsaydi. Bu har bir ona uchun yozilmagan qonun kabidir.
Tattalyalar oilasida bo’layotgan ishlar va oila a’zolariga, ayniqsa kuchsizlariga havf solishi mumkin bo’lgan sabablar tufayli Akira ham o’z qizini cherkovga joylashtirgan edi. Tattalyalar bilan yashagandan keyin shuda ahvol. Notinch, doim havotir bilan yashaysan kishi. Tinch va baxtli bir onda soniyalar ichida o’q yomg’iri yog’ilsa ham bu odatiy hol. Boshqalar uchun bu odatiy bo’lmasa oila ichiga kirgach bunga o’rganishi joiz. Lekin Jiyoonchi? U hali juda kichkina. Shuning uchun ham Akira Yoongining qizchani o’ziga o’xshab dinparast qilib qo’yishi haqidagi dakkilariga qaramay baribir o’z fikrida turib, uni cherkovga joylashtirdi. Yoongi doim singlisining cherkovga bog’liq har qanday fikriga qarshi chiqqan. Albatta buni u yahudiy oilada o’sganiga yo’yish mumkin.
Qo’rg’ondan chiqqandan beri bir so’z demagan Akira vanihoyat majburan gapirishga qaror qildi. Chunki qizining aynan qaysi xonaga joylashganini u bilmaydi. U faqat qizchani cherkovga joylash haqidagi qarorni qabul qilgan. Joylashtirish ishlari bilan esa albatta Yoongi shug’ullangan.
- Cherkov o’quvchi qizlaridan uzoqroq xonaga joylashtirdik, - yo’lak bo’ylab qizning ortidan ketayotgan Yoongi jiddiy ohangda gapirdi.
- Bechorani odamovi qilib qo’yasanlar.
- Aslida esa odamovilik unga onasining qonidan o’tgan bilsang agar, - sovuq havo sabab paltosiga o’ranar ekan so’zida davom etdi, - qizni ham o’zinga o’xshab dinparast qilib qo’yasanda.
- Senga o’xshagandan ko’ra shunisi yaxshiroq.
Oraga sukut cho’kdi. Cherkov hududi anchagina katta bo’lgani bois yotoqxonalarga yetib olish uchun ham vaqt ketadi. Shu alfozda akasiga qaytib og’iz ham ochmagan qiz yo’lida shahdam qadamlar bilan ketar ekan Yoongiga bu holat yoqmadi.
- Hafamisan mendan? - so’zladi yigit unga ergasha turib.
Lekin qizdan ovoz ham chiqmadi. Savolga javob bergisi kelmadi. Bu holatdan betoqatlikka yo’liqqan yigit esa uning bilagidan ushlab o’ziga tortganda qizning sochlari havoda uchdi. Tezlik bilan yurib ketayotgani uchun esa o’tkir nigohi akasining sovuq ko’zlari bilan to’qnashdi.
- Senga savol berganimda javob berishni o’rgan Akira! - qizning ismiga urg’u berib gapirgani bois ovozi biroz ko’tarildi.
- Unda nima erkinligimning cheki qilib yana bitta qo’riqchi yollaysanmi?
- Bu seni havfsizliging uchun, - singlisining ikkinchi bilagidan ham ushlar ekan bu safar uni to’liq o’ziga qaratdi, - seningcha men seni yomon ko’ramanmi?
- Agar yana bir daqiqa sen bilan tortishsam asablarim tamom bo’ladi. Endi esa buyuk go’shangda shovqin solmada borib ibodatingni qil. Jiyoonni o’zim olib kelaman xonasidan.
Yoongi qizni bir siltab yo’lida davom etdi. Doimgidek tortishuvga taxt bo’lib turuvchi Akira endi og’zini juftlaganda akasining tez-tez qadamlar bilan ketayotganini ko’rdi-yu, gapirishdan hech naf yo’qligini sezib ibodat hududi tomon yo’l oldi. U doim jaxli chiqsa ibodat qiladi. Bu qandaydir uni tinchlantiradigandek tuyiladi go’yo va tinchlantiradi ham.
Ibodatni ato qiluvchi maxsus hududning atrofi turli anvoyi gullar bilan bezatilgan. Chiroy va hushbo’y hidni ta’minlab turuvchi bu gullar odamning dilini ochadi. Bugun payshanba bo’lgani bois cherkovda cherkov ishchilari, o’quvchi qizlar va rohib-rohibalardan bo’lak hech zoq yo’q. Odatda xristianlar yakshanba va paxsa bayramida cherkovni to’ldirishadi. Boshqa kunlari esa bu joy deyarli bo’sh holatda bo’ladi.
- Ey hudoyim gunohlarimni o’zing mag’firat ayla, - ketma-ketlikda joylashgan o’rindiqlardan joy olgan qiz pichirlagancha ibodat qila boshladi, - qizim Jiyoon, otam va akalarimni o’z panohingda asra.
- O’zinga ham sog’lik va havfsizlikni so’ramaysanmi?
Akiraning yumiq ko’zlari tezlikda ochildi. Ammo tanasi bir millimetrga ham siljigani yo’q. Yuragi birdan tez ura ketdi.
Havf ostida ekanligini instiktlari bilan sezarkan o’zini bosishga urinib ko’zlarini qayta yumdi va pichilrab ibodat qilishda davom etdi.
- Barzinining ovozini tanidingmi deyman, - qizning orqa qismidagi o’rindiqda o’tirgan erkakning past ovozda kulgani eshitildi. Lekin bo’sh va katta ibodatxonada bu kulgu aks sado berdi, - seni sekinlik bilan chekkaga siqib chiqarayotgan “o’gay” akalaring va otang uchun ibodat qilyapsanmi?
Qiz erkakka ahamiyat bermaslikka chirandi. Pichirlab ibodatida davom etsada, lekin Barzining har bir so’zini vujudi bilan eshitib turardi.
- Eh, - og’ir ho’rsinish ketidan ort tomondan qiz o’tirgan o’rindiqqa ikki qo’lini suyadi, - qanday oqko’ngil qizsan. Lekin buni Tattalyalar bilarmikin? Yo’q? Shuncha yil ular bilan yashab asli qandayligini anglay olmadingmi shumshuk qiz?
- Meni qandaydir siyqasi chiqqan so’zlaring bilan aldayolmaysan, - ibodatdan to’xtagan qiz axiyri erkakka javob berdi. Lekin ko’zlari hali ham yumilgan holatda.
- Aldash? Seni aldayapman deb o’ylaysanmi? Axir bu rostligini o’zing ham ko’rib turibsan, - kishining bo’g’iq ovozi bu safar qizning naq quloqlari ostida jarangladi, - sizlar endi kichik emassizlar! Oldinlari mayli endi, yosh edingiz. Raqobat ham o’yinga yo’yilgan paytlar edi. Lekin hozir siz yosh bola emassiz. Raqobat ham o’yin deb topilmaydi. O’zing o’ylab ko’r! Agar hozir Tattalyaga merosxo’r Jungkook emas o’zing bo’lishingni xohlashingni aytsang tirik qolasanmi? - Barzini so’zlarida biroz to’xtalib qizdan javob kutayotganligini bildirdi.
Akiraninv ko’zlari astalik bilan yana ochildi. Ibodat davrida bir-biriga birlashgan qo’llari qattiq qisilgan ko’yi erkakning bir tomondan to’g’ri gapirayotgani haqida o’yladi. Lekin u bunchalar nonko’r emaski tuz yegan joyiga tupursa.
- Bu so’zlaring bilan meni o’z oilamga qarshi qilaolman deb o’ylasang qattiq adashasan, - qizning yuragida kechayotgan qattiq hayajon va qo’rquvdan farqli o’laroq ovozi anchagina hotirjam chiqdi.
- Oilang? - qayta kuldi Barzini, - seningcha ular nega senga qo’riqchi yollashdi? Yosh bolaga o’xshab havfsizligim uchun dema faqat iltimos. Balki ular senga ishonmas a? Balki sendan gumondadir? Ajabmaski u asli qo’riqchi emas senga atalgan ajal bo’lib chiqsa. Yo nima, sen bunday ishlarni Tattalyalardan kutmaysanmi? Yana kelib-kelib soqov odamni senga ravo ko’rishibdi. Shundan keyin ham Tattalyaning sevimli farzandi bo’lmasangda, hech bo’lmaganda u seni qizi sifatida ko’rishiga ishonasanmi?
Barzini bu so’zlari bilan oilaning ichki ishlaridan boxabarligini qistirib ketdi. Yana nutq galini qizga bergandek jimib qoldi. Bu vaqtda esa qizning miyyasi yorug’lik tezligida ishlar, har bir detalni, erkakning har bir so’zini tahlil qilardi. Ba’zi hayollari uning so’zlarini tasdiqlasa yana ba’zilari unga mutlaqo qarshi.
- Juda ko’p o’ylading, - erkak o’rnidan turishga shaylanganda Akira ham qo’llarini bo’shatdi, - agar men tomonga o’tsang Tattalyalar bilan ishlagandan ham ko’proq e’tibor tegadi senga. Huddi o’zing xohlagandek. Vaholanki ularning oldida barcha ishni boshqarsang ham so’ngida eng burchakda qolgani o’zing bo’layotganingni faqat menmas, barcha biladi. O’zinga ham bu og’ir botsa kerak. Agar mehnatinga yarashasini olishni xohlasang men sen uchun shayman qizaloq! - erkak endigina ketayotgan payt joyida to’xtab qayta so’zladi, - aytgancha, doimimiy niqob ortida bunday go’zla yuz bor deb hech o’ylamagan edim.
Hammasi tushunarsiz va g’alati. Nega Jungkook so’ngi paytlarda kamnamo bo’lib qolgan? Akiraning so’zlaridan nimani tushunish mumkin? Saewonning boshi qotgan. Qo’ng’iroq qilishning foydasi yo’qligiga allaqachon amin bo’ldi. Bari javobsiz qoladi baribir. Akasi bir bor bir yo’q bo’lib turgan payt singlisining do’q-po’pisa hidi anqiydigan gaplari yetishmayotgan edi o’zi. Lekin bir tomonda olib qaraganda u po’pisaga ham o’xshamasdi. Qandaydir ogohlantiruv edi uning so’zlari. Lekin Saewonni ogohlantirishning nima zaruriyati bor? Hali anchagina gap-so’zlardan ortda bo’lgan qizning miyyasi arining ini kabi g’uvillayotgandi ayni payt.
Hayollarini bir joyga jamlash uchun ertalabdan-kechga qadar kompyuterdan ko’z uzmayotgan qizning toliqqani anchagina sezilarli darajada. Ko’z atroflari qoraygan, lablari qurugan va yuzidan rangi o’chgan. Bu alomatlar charchoqning eng sezilarli darajasiga chiqqan edi. Bir qaragan odam yo bu kunlab bir tomonda tursin, haftalab uxlamagan deydi. Yoki qandaydir giyohvand moddaga o’rganib qolgan deydi. Shumi sevgini ta’siri? Shumi kuyib-pishib sevgan insoningni senda qoldirgan asorati? Yo’q bo’lib ketishidan havotir olsang, kelib singlisi senga gapirishga ham navbat bermay bir nimalar deb bidirlab ketsa, kamiga bo’yninga olgan kasbingni ham ado etishing kerak. Lekin u kuchli qizki barini eplayapdi. Balki otasining yuzini ko’rish uchun ham chidayotgandir? Saewon hatto uning yuzini ham eslayolmaydi. Hatto maktabga ham otasining emas balki tog’asining qo’lidan tutib borgan. Kichiklikdagi sog’inch mayli, o’rnini o’yin-kulgu yuvib ketar. Lekin ulg’aygandagi qumsash hissichi? Miyyang ulg’ayadi, hayollaring ham. Fikrlashing bilan umringda bir marta ham yuzini ko’rmagan otanga nisbatan sog’inching ham ulg’ayadi. Ichingni ezadi. Qani edi bir bor ko’rsam, quchsam deysan. Yana biroz o’tirib nega tengqurlarim otasining davrida yashagan payt men bunday yashashim kerak degan savol miyyangni bir chetidan yemiradi. Nima ayb ish qilganing haqida o’ylanasan. Vaholanki senda hech qanday ayb bo’lmaydi. Shunchaki taqdiring shunday yozilgan bo’ladi va sen bunga ko’nikishga majbursan. Hohlamasang ham!
Saewon berilib ekran qarshisida ishlab o’tirgan bir paytda telefoni jiringlab tanish raqam qalqib chiqdi. Jungkook!
- Hozir emas, - ekranga biroz tikilib turgach undan arazda ekanligi esiga tushdi-yu qizil tugmani bosib qo’ydi.
Lekin telefon jiringlashgan to’xtamadi. Ahiyri sabri to’lgan qiz to’rtinchi qo’ng’iroqdan so’ng go’shakni ko’tarar ekan gapirgisi kelmay jim turdi.
- Qayerdasan? - Jungkookning jiddiy ovozi do’rilladi.
- Ofisda, - qisqa qildi Saewon.
- Yarim soatdan so’ng oldingda bo’laman hamma ishingni yig’ishtirib tayyor bo’lib tur! - yigit biroz tin olgach qayta qo’shib qo’ydi, - bu iltimos emas, bu buyruq!
Ovozida bor jiddiylik va be e’tiborlikni jam qilgan qiz go’shakni shart qo’ygach yana ishiga qaytdi. U bu ishidan qandaydir g’ururlandi. O’zicha g’oyib bo’lishning aybi shu deb bildi.
Ish ham tugadi. Yolg’izlik va hech tugamas bu ish bilan kun ham o’tdi. Axiyri barcha chiroqlarini tekshirib chiqqan Saewon korxonaning eshigidan hatlab tashqari chiqdi.
- Uyinga yaxshi yetib ol qizim, - darvoza oldidagi qorovul amaki qizga mayin tabassum bilan so’zladi.
- Sizga ham behatar tun tilayman amakijon, - bunday muloyim niyatga huddi ana shunday muloyimlik bilan javob qaytargach korxonadan uzoqlasha boshladi.
Atrof qorong’u. Hech zoq ko’rinmaydi. Yoshlikdan qishloqning bu ko’rinishiga o’rgangan qiz uchun esa unchalik ham vahimali emas. Quloqlarida yangrayotgan musiqa va oy nuri uning diliga hush yoqmoqda. Katta tuproq ko’chadan ketar ekan oyning nurida oldida paydo bo’lgan soyadan biroz sergaklandi. Sezdirmaygina musiqani pastlatarkan nigohlari soyadan uzilmadi.
- Jin ursin, - faqat o’ziga eshitilarli qilib pichirlagan qiz qadamlarini tezlatdi.
Ortidagi soyaning ham qadamlari tezlashganda yugurishga shaylandi. Ammo baquvvat qo’llar uning belidan o’ralib bir deganda yelkasiga ortdi.
- Sendan vaqting bormi yoki yo’q so’ramagandim Mi Amor! - Jungkookning ovozi qorong’u ko’chada yanada vahimali eshitildi, - kel dedimmi demak kelishing kerak!
Aslida soya o’zining sevgilisi ekanligidan qizning biroz ko’ngli joyiga tushdi. Butun tanasi Jungkookning yelkalari ustida osilib ketarkan nozik qo’llari bilan uni ura ketdi.
- Betayin oddiy kelsang o’lib qolasanmi? - baqirdi qiz.
- Voy hudoyim rostan o’lib qolardim, - o’zida biroz drama hosil qilgan yigit qo’lini peshonasiga qo’yib hushdan ketayotgandek rol o’ynadi.
Qandaydir mashina oldiga kelishgach Saewonni yerga tushirdi-yu mashina eshigini u uchun ochdi.
- Kechirim so’ra isqirt! - qiz jaxl ifodasi bilan yigitning ko’ksidan itardi.
- Nima uchun? - Jungkook ham u bilan o’ynashgandek qilib mashinaning ochiq eshigiga qo’llarini yoyib suyandi. Natijada esa qiz uning tanasi va mashina o’rtasida asirda qoldi.
Endilikda ikkisining o’rtasida nigohlar to’qnashuvi boshlanar ekan Saewon bo’y jihatidan katta farqga ega bo’lgan yigitga tik qaradi.
- Tepaga qarayman deb mana bu chiroyli bo’yning og’rib qolmasin! - biroz egilganda ikkisining yuzi bir-biriga tegay holga keldi.
- Kechirim so’rmaguningcha hech qayerga ketmayman!
Saewon qaysarlik ifodasi bilan ko’rsatgich barmog’ini uning ko’ksiga urganda yigitning tomir yugurgan qo’li uni joyida qotirdi. Soniyalar ichida qizni o’ziga yaqinlashtirar ekan o’z labini unikiga bosdi. Saewon ham qarshilik sifatida uni itarib urishga kirishdi. Lekin Jungkook buni oldini olgandek qilib uning qo’llarini birlashtirgach boshi uzra mashinaga tiradi. Qiz lablarni bir-biridan uzishga harakat qilib boshini qimirlata boshladi. Lekin yigitda bunga ham yechim bor. Beldan ko’chgan qo’l uning tomog’idan mayin qisdi. Endi qizda hech qanday imkon yo’q. Doimgidek uning boshqaruvi ostida. O’zi ham negaligini bilmaydi lekin yigitning bunday harakatlariga u hech qachon qarshilik qilaolmagan. Agar yigit unga yaqinlashsa u ham yaqinlashadi. Faqatgina qaysarligi tutib uni o’zidan itarishi, huddi xohlamayotgandek ko’rinishi mumkin. Lekin ich-ichidan aslo bunday emas.
Jungkook qizdan nafas olayotgan kabi extiros va dunyodagi bor tuyg’ular bilan o’parkan bo’yin qismini qisgan qo’l bo’shab uni yuzini silay boshladi. Lablar esa…oh bu lablar… Odamlar giyohvandlikdan, qotillik qurboni bo’lib va shunga o’xshash turli yo’llar bilan o’lishi mumkin. Bu lablar esa o’limning yangi turi. Lekin hayotdan ko’z yumishdan avval yaxshilab zavq ol va o’sha zavqqa tiqilib o’l degandek.
- Shu qisqa vaqt ichida seni qanchalik sog’inganimni bilmaysan, - bo’sani uzgan yogit o’z peshonasini qizning peshonasi ustiga qo’ndirdi. Bosh barmog’i uning yuzlarini silagan payt ko’zlari yumilgan holatda, - nima qildim bilmadimkuya, lekin meni kechir, hopmi malikam?
- Ishon sendan shunaqa nafratlanaman, - Saewon nafrat to’lgan so’zlariga qarshi holda yigit tomon talpindi, - sen meni doim shunday harakatlaring ostida asirga olasan. Keyin esa yana seni sog’inishimni bilib zavq olish uchun yo’q bo’lib qolasan. Sen dunyodagi eng isqirt odamsan Jeon!
- Men ham seni sevaman malikam, - qizning yuzi va ko’zida mayin o’pich qoldirgan Jungkook qaddini tikladi, - endi esa mashinaga, tez!
Bu safar yigitning so’zlari sal oldingi muloyimlikdan farqli o’laroq anchagina jiddiy yangradi. Saewon ham uning bag’ridan chiqishni hohlamaygina mashinaga o’tirarkan yigit uning eshigini yopgach o’zi ham rul tomon odimladi. Eshikni ochishdan avval atrofga nazar tashlar ekan pastki labini barmog’i bilan artdi.
Aeroport. Kecha-yu kunduz ishlaydigan joy. Umuman yopilmaydi. Kimlardir oila a’zolari va sevgan insonlaridan ajralayotganidan hafa holda ketsa yana kimlardir qaytayotganidan hursand. Hammada ham bunday holat deb aniq aytaolmaydi odam yanayam. Chunki doim ham tug’ilgan joy vatan bo’lavermaydi!
- Nega aeroport? Uyga ketyapmiz deb o’ylagandim? - mashina to’xtab dvigateli o’charkan hayron bo’lgan qiz havfsizlik kamarini yechish barobarida dedi.
- Esingda bo’lsa shu kunlarda senga syurprizim bor degandim. Bunga ancha bo’ldi. Lekin hursand bo’lishing aniq.
Qizga mayin tabassum bilan boqqan Jungkook mashinadan tushib uning qo’lidan tutdi. Bu vaqtda doim odamlar bilan to’lgan aeroport negadir bugun sal bo’shroq. Odam bor, yo’q emas. Lekin doimgidan kam. Qiz nima qilishini bilmay yigitning qo’lidan quchoqlagancha u qayerga yursa shu tomonga yuraverdi. Oldin aeroportga hech kelmaganligini yaqqol sezilib turardi.
Ikkisi kutish zaliga kirgach tashqaridan farqli o’laroq anchagina issiqni sezdi. Qizning qo’lini qo’yib yuborgan Jungkook qayta uning yelkasidan quchdi.
Saewon esa hamma yoqqa qarar, nega aynan bu yerga kelishganini hali ham tushinmas edi.
- Nima qayergadir olib ketasanmi meni? - hazil qildi qiz.
- Yo’q! Faqat iltimos yig’lamagin.
- Nima shunchalik menga yoqadigan nimadir topdingmi yoki meni shunchalar ko’ngli bo’sh qiz deb o’ylayap…
Jungkook uning gaplari tugamasidan yelkasida ushlab ortga o’girgan chog’ Saewon qarshisidagi odamni ko’rib qotib qoldi. Naq to’g’risida jamadonlarni sudrab kelayotgan inson allanechuk uning yoshlariga sabab bo’ldi. Qiz joyida qotib qoldi. Dunyo u uchun to’xtadi misol! Sal avval jilmayib turgan ko’zlar endilikda sog’inch bilan porlamoqd. Yuragi tez urarkan qarshisidagi inson uning tushi emasligiga ishonaolmayotgan edi.
- Dada, - Saewon asta pichirlaganda ovozi titrab ketdi, - Dada, - bu safar yoshlarini tiyaolmagan qiz bolaligidan buyon hayotda ko’rishmagan ammo ko’rishishni juda xohlagan otasi tomon yugurib ketdi.
- Qizalog’im, - ota ham quvonch va sog’inch sabab ko’ziga darrov yosh olarkan jamadonlarini ham tashlab qizi tomon bag’rini keng yozdi.
U nima deyishni bilmay qoldi. Tilidan esa faqatgina “Dada” degan so’z tushmayapdi. Otasi tomon yugurib borarkan hatto shu vaqt ham unga uzayib ketgandek tuyildi. Vanihoyat ikkisi bir-biriga yetganda achchiq ko’z yoshlar quyilishi ketidan bir-birini mahkam quchoqlashishdi. Yillar davomida tuyilmagan taft va ota mehrini ilk marotaba his etayotgan qiz.
- Dada, - yana qayta shu so’zni aytarkan bu safar ho’ngrab yig’lab yubordi.
Qalbida necha yillik sog’inch hissi. Vanihoyat ko’rishgani sabab shukronalik hissi va bu hammasi hayoli emasligiga ishonaolmayotgani, bari jam bo’lib yuragida o’zgacha og’irlik tug’dirdi.