December 21

𝘾𝙃𝙄𝘼𝙍𝘼

Uni topmay turib yo’qotishdan qo’rqib yashadim…

14-𝙚𝙥𝙞𝙯𝙤𝙙.

Qishloqdagi sokin tun. Osmondagi oy ham bugun nurini boshqacha sochmoqda. Huddi tabriklaganday. Baxtdan sarmast bo’lgan dil. Quvonchga to’la ko’zlar va undan yashash uchun kuch topayotgan yigit.

- Bilasanmi, - Jungkook quchog’idagi qizning bir tutam sochini qulog’i ortiga olib dedi, - har kulganingda ko’zlaringda yulduzlar charaqlaydi. Osmonnikida ham bunday yulduzlar yo’q. Aynan shu yulduzlarni ko’rish uchun ham seni doim kuldirishga o’zimga o’zim qasam ichganman.

- Havotir olma bu qasamingni doim ortig’i bilan bajarasan.

Saewon qayta uning pinjiga kirganda Jungkookning qo’li uning sochlaridan qayta siladi. O’z ko’ksi ustida namlikni his qilgan yigit qizni o’zidan birozgina uzoq tutib yuzlaridan siladi.

- Bu baxt ko’z yoshlari deb umid qilaman, - mayin pichirlashi ketidan qizning ko’zlari ustiga mayin o’pich joylandi.

Qiz bolada nima qilsin. Ko’ngli bo’sh. Qalbi to’ridan o’pirilib tushayotgan qandaydir his sabab ho’ngrab yig’lab yuborgan qiz yigitga talpindi. Kichik jussasini uning bag’riga ko’mganda esa undan ham javob tariqasida iliq quchoq. Yig’lama demadi. Balki, ovutgandek qilib qizning sochlari va bo’yniga yuzini ko’mib iforini tuydi.

- Bilasanmi, - yig’i ovozi aralash so’zladi Saewon, - sen menga bolaligimni qaytarib berding.

So’zlarini tugatmay turib qayta ho’ngrab yuborgan qiz yuzini qo’li bilan yopdi. Uni tushunsa bo’ladi. Yolg’iz va madadsiz o’sgan farzandlar, ayniqsa otasiz o’sgan qizlar uni juda yaxshi tushunadi. Ortingda suyanish uchun hech kimi bo’lmaganda hayot uni ertaklardagi kabi sevgi bilan siylaganlar tushunadi.
Jungkook uning qo’llaridan tutib yuzidan tushirgach yuzini ikki kafti orasiga oldi. Bosh barmoqlari qizning yoshlarini artgan.

- Agar doim oldimda turishga, men bilan bo’lishga vada bersang men ham vada beramanki sen uchun butun dunyoga o’t qo’yaman. Unda kim yonishi menga qiziq emas. Menga sen qiziqsan!

*
*
*

Tematik parkning odamlar gavjum qismidan ancha uzoq bo’lgan ko’l bo’yi. G’oz va shunga o’xshash suzuvchi parrandalar suvda suzayotganini, tinchlikni sevuvchi va undan quvonch oluvchi bir gurux insonlar tomosha qilishayotgan edi. Oralarida sahiylari ham yo’q emaski ularga ora-sira don berib turibdi.

- Bir tomondan ular meni oila ishlaridan uzowlashtirishgani juda yaxshi bo’ldi, - qo’lidagi sendvichdan qizlarga hos bo’lmagan tarzda katta bo’lak tishlagan Akira qarshisida so’ppayib o’tirgan yigitga so’z qotdi, - o’zimga dam berdim. Nima ular shunchaki oilaning ichki ishlaridan yiroqlashtirishi meni to’xtatib qolaoladi deb o’ylaysanmi?

- O’zinga juda katta baho beryapsan. Sensiz ishlari bitmaydi deb o’ylaysanmi?

Qizning qarshisidagi qog’ozchaga tushirilgan bu so’zlar uning g’azabini qaynatdi.

- Semga meni shunday hurmat qilishingni aytishdimi yoki menga qilayotgan muomilalaridan uni yerga urishim joiz deb bildingmi sen chuvrindi?

Akiraning qarshisidagi o’rindiqda o’tirgan Hyunsik unga shunchaki tikilib o’tirar, ustidagi kostyumi sabab kuzning boshlang’ich sovug’i unga ta’sir qilmas edi. Lekin qizning holati bundan mustasno. Yigitning sukuti negadir uni tinchlantirgandek bo’ldi.

- Eh, - ho’rsindi qiz og’zi to’la non bilan zaxrini socharkan, - berganga yarasha mundoq til zabonligidan bermaydimi. Nima sening ham gaplaringni o’z miyyamda o’ylab topib o’zim bilan gaplashib o’tiraveramanmi? - Akira qayta chaynashga tushgan zahoti qayta yigitga qosh chimirdi, - hech bo’lmasa bosh qimirlatib tur.

Qizning anchagina qo’rs muomilasi halittan joniga tekkan yigit atrofga nazar tashladi. Har holda fikri chalg’ib o’ynayotgan asablari tinchlanadi deb o’ylagandi. Yo’q! Channing ko’zlari oldida shiqqillagan barmog’i uning e’tiborini yana qizga qaratdi.

- Men savol beraman sen ha yoki yo’q deb bosh qimirlatasan, - sendvichni o’rindiq ustiga qo’ygach lab ustidagi ushoqlarini dastro’mol bilan artdi, - seni aynan kim tanladi. Jungkook yoki Yoongi. Yoongi? - Akiraning qoshlari savol sifatida chimirilarkan qarshisidagi “Quruq xoda” dan javob kelmagach yana tilga kirdi, - Jungkook? - yigit tomoq qirgach boshini ha degandek qimirlatdi. Qizning ko’zlari birdan chaqnab ketarkan chala qolgan og’zidagi non bo’lagini yutgach yana gapirdi, - hudoga shukurey har tugul sendan ovoz chiqarganku! Demak seni Jungkook tanlagan, - qizning gaplarini pisanda ham qilmagan Hyunsik Akirani ko’ziga negadir o’zboshimchadek ko’rinib ketdi-yu uni qo’lidan chimchilab oldi, - senga savol berganimda darrov javob berishni o’rgan tagi past.

Qiz jahl bilan unga nigohini boqqanda “Fe’li o’sha o’sha” deb hayolidan o’tqizdi yigit. Qizni jizzakiligi va imkon tug’ilishi bilanoq jini suymaydiganlarni yerga urishga karakat qilishini yigitni uncha ham hayron qoldirmadi. Huddi azaldan uni biladigandek. Bu narsaga o’rganib ketgan kabi e’tibor bermadi.

- Lekin bilasanmi nima? - it fe’li g’irt o’gay bo’lishiga qaramay akasi Jungkooknikidek soniya sari o’zgaruvchan bo’lgan qiz qayta bidirlay boshladi, - Saewonni qayerdadir ko’rganman. Afti menga juda tanish. Lekin biz tanish bo’lmaganmiz. Suhbat ham qurmaganmiz, - qiz ko’ldan uzgan nigohini yigitga qaratdi, - lekin uni bilaman. Hatto sen ham ko’zimga tanishdek ko’rinyapsan. Mana bu yerdan yangi kavlab olingan kartoshka misol burning menga kimnidir eslatyapdi.

Qizning bu so’zlari yigitninh nigohida qo’rquv uyg’otdi. Bu hisni yashirish uchun ancha hotirjamlik bilan ko’lga qaradi. Bir necha soniyadan so’ng qayta qizga qaradi-yu boshini “Yo’q” ma’nosida qimirlatdi.

- Demak sen ham meni aqldan ozgan deb bilyapsan? - qizning doimiy jilovlab bo’lmas jizzakiligi, - qanday sharmandalik. Oddiy bir qo’riqchi meni jinni deb bilsa. Odamga qaysidir o’rinda ta’sir qiladi.

Akiraning adabiy tildagi oddiy odamlar uchun tushunishi biroz vaqt talab qiladigan so’zlari Hyunsikninv tabassumiga sabab bo’ldi. “O’sha o’sha jig’ibiyronlik va bidir-bidiri” deya hayolidan o’tqizdi yigit. U soqov bo’lgani uchun faqatgina hayolidan o’tqzishni biladi holos. Kimdir undan hayollarini olib qo’ysa bechorahol bo’lib qolishini o’zi ham juda yaxshi biladi.

*
*
*

Kuzning zaxi sabab mog’or bosishga ulgurgan pol. Ko’rinishidan juda bir haroba bino. Odam qadami yillardan buyon tegmagani eski devorlar va changlardan ham shundoqqina ayon. Insonda unchalik ham yaxshi tasurot qoldirmaydi. Qorong’ulik va sukut yutgan bu bino Tattalyalarning o’lik xonasi deb aytsa ham noto’g’ri bo’lmaydi. Qanchadan qancha jon o’lgan bu yerda axir. Bugungi kunda ham yana bir qurbon o’z o’limini kutib ko’zi to’rt bo’lgan. Chunki hamma biladi Tattalyalarning qo’lidan hech kim chiqaolmasligini. “ Tattalyalarga hiyonat qilganning taqdiri o’lim”. Oilaning odatiy shiori olchoqlarning anchagina qo’rquviga sazovor bo’lgan. Bo’m-bo’sh, faqatgina vahimaga to’lgan nafas ovozi bilan bezalib turgan xona ichiga qadam tovushlari kirib keldi. Jungkook. Qo’l-oyog’i bog’langan erkak yigitni ko’rishi bilan stul ustida tipirchilagani sabab yerga guppillab yiqildi. Yigitning ortidan kirib kelgan Yoongi esa erkakni battar talvasa ichiga oldi. Bittasidan qo’rqish kerak. Ikkitasidan esa qo’rqishning hojati yo’q. Tinchgina kalimangni qaytaraver.
Jungkook ustidagi plashini yechganda ortidan otryadidagi yigitlardan biri kelib uni o’z qo’liga oldi. Saewonning oldida gavdalanadigan shaxsdan ancha farqli o’laroq ancha vahimali va daxshatli. Qo’rqmasdan iloji yo’q. Nigohi o’tkir. Faqat qarshisidagi o’ljaga qaratilgan. Yuzida esa insoniylik alomatlari butun umrga o’chgandek go’yo.

- Nima desam ekan, - stulga bog’langan erkak oldiga egilar ekan uning sochlaridan asta changalladi, - seni kim yollaganini aytsanmi?

- Yoki o’lmoqchimisan? - o’rtancha Tattalya ham uning oldiga tovon uchida o’tirdi, - baxtlisan. Senga imkon beryapmiz.

- Yo o’lishni tanlaysan, yo o’zimiz seni o’ldiramiz. Qani tanla.

*
*
*

Tematik parkning odamlar gavjum qismidan ancha uzoq bo’lgan ko’l bo’yi. G’oz va shunga o’xshash suzuvchi parrandalar suvda suzayotganini, tinchlikni sevuvchi va undan quvonch oluvchi bir gurux insonlar tomosha qilishayotgan edi. Oralarida sahiylari ham yo’q emaski ularga ora-sira don berib turibdi.

- Bir tomondan ular meni oila ishlaridan uzowlashtirishgani juda yaxshi bo’ldi, - qo’lidagi sendvichdan qizlarga hos bo’lmagan tarzda katta bo’lak tishlagan Akira qarshisida so’ppayib o’tirgan yigitga so’z qotdi, - o’zimga dam berdim. Nima ular shunchaki oilaning ichki ishlaridan yiroqlashtirishi meni to’xtatib qolaoladi deb o’ylaysanmi?

- O’zinga juda katta baho beryapsan. Sensiz ishlari bitmaydi deb o’ylaysanmi?

Qizning qarshisidagi qog’ozchaga tushirilgan bu so’zlar uning g’azabini qaynatdi.

- Semga meni shunday hurmat qilishingni aytishdimi yoki menga qilayotgan muomilalaridan uni yerga urishim joiz deb bildingmi sen chuvrindi?

Akiraning qarshisidagi o’rindiqda o’tirgan Hyunsik unga shunchaki tikilib o’tirar, ustidagi kostyumi sabab kuzning boshlang’ich sovug’i unga ta’sir qilmas edi. Lekin qizning holati bundan mustasno. Yigitning sukuti negadir uni tinchlantirgandek bo’ldi.

- Eh, - ho’rsindi qiz og’zi to’la non bilan zaxrini socharkan, - berganga yarasha mundoq til zabonligidan bermaydimi. Nima sening ham gaplaringni o’z miyyamda o’ylab topib o’zim bilan gaplashib o’tiraveramanmi? - Akira qayta chaynashga tushgan zahoti qayta yigitga qosh chimirdi, - hech bo’lmasa bosh qimirlatib tur.

Qizning anchagina qo’rs muomilasi halittan joniga tekkan yigit atrofga nazar tashladi. Har holda fikri chalg’ib o’ynayotgan asablari tinchlanadi deb o’ylagandi. Yo’q! Channing ko’zlari oldida shiqqillagan barmog’i uning e’tiborini yana qizga qaratdi.

- Men savol beraman sen ha yoki yo’q deb bosh qimirlatasan, - sendvichni o’rindiq ustiga qo’ygach lab ustidagi ushoqlarini dastro’mol bilan artdi, - seni aynan kim tanladi. Jungkook yoki Yoongi. Yoongi? - Akiraning qoshlari savol sifatida chimirilarkan qarshisidagi “Quruq xoda” dan javob kelmagach yana tilga kirdi, - Jungkook? - yigit tomoq qirgach boshini ha degandek qimirlatdi. Qizning ko’zlari birdan chaqnab ketarkan chala qolgan og’zidagi non bo’lagini yutgach yana gapirdi, - hudoga shukurey har tugul sendan ovoz chiqarganku! Demak seni Jungkook tanlagan, - qizning gaplarini pisanda ham qilmagan Hyunsik Akirani ko’ziga negadir o’zboshimchadek ko’rinib ketdi-yu uni qo’lidan chimchilab oldi, - senga savol berganimda darrov javob berishni o’rgan tagi past.

Qiz jahl bilan unga nigohini boqqanda “Fe’li o’sha o’sha” deb hayolidan o’tqizdi yigit. Qizni jizzakiligi va imkon tug’ilishi bilanoq jini suymaydiganlarni yerga urishga karakat qilishini yigitni uncha ham hayron qoldirmadi. Huddi azaldan uni biladigandek. Bu narsaga o’rganib ketgan kabi e’tibor bermadi.

- Lekin bilasanmi nima? - it fe’li g’irt o’gay bo’lishiga qaramay akasi Jungkooknikidek soniya sari o’zgaruvchan bo’lgan qiz qayta bidirlay boshladi, - Saewonni qayerdadir ko’rganman. Afti menga juda tanish. Lekin biz tanish bo’lmaganmiz. Suhbat ham qurmaganmiz, - qiz ko’ldan uzgan nigohini yigitga qaratdi, - lekin uni bilaman. Hatto sen ham ko’zimga tanishdek ko’rinyapsan. Mana bu yerdan yangi kavlab olingan kartoshka misol burning menga kimnidir eslatyapdi.

Qizning bu so’zlari yigitninh nigohida qo’rquv uyg’otdi. Bu hisni yashirish uchun ancha hotirjamlik bilan ko’lga qaradi. Bir necha soniyadan so’ng qayta qizga qaradi-yu boshini “Yo’q” ma’nosida qimirlatdi.

- Demak sen ham meni aqldan ozgan deb bilyapsan? - qizning doimiy jilovlab bo’lmas jizzakiligi, - qanday sharmandalik. Oddiy bir qo’riqchi meni jinni deb bilsa. Odamga qaysidir o’rinda ta’sir qiladi.

Akiraning adabiy tildagi oddiy odamlar uchun tushunishi biroz vaqt talab qiladigan so’zlari Hyunsikninv tabassumiga sabab bo’ldi. “O’sha o’sha jig’ibiyronlik va bidir-bidiri” deya hayolidan o’tqizdi yigit. U soqov bo’lgani uchun faqatgina hayolidan o’tqzishni biladi holos. Kimdir undan hayollarini olib qo’ysa bechorahol bo’lib qolishini o’zi ham juda yaxshi biladi.

*
*
*

Kuzning zaxi sabab mog’or bosishga ulgurgan pol. Ko’rinishidan juda bir haroba bino. Odam qadami yillardan buyon tegmagani eski devorlar va changlardan ham shundoqqina ayon. Insonda unchalik ham yaxshi tasurot qoldirmaydi. Qorong’ulik va sukut yutgan bu binoni Tattalyalarning o’lik xonasi deb aytsa ham noto’g’ri bo’lmaydi. Qanchadan qancha jon o’lgan bu yerda axir. Bugungi kunda ham yana bir qurbon o’z o’limini kutib ko’zi to’rt bo’lgan. Chunki hamma biladi Tattalyalarning qo’lidan hech kim chiqaolmasligini. “ Tattalyalarga hiyonat qilganning taqdiri o’lim”. Oilaning odatiy shiori olchoqlarning anchagina qo’rquviga sazovor bo’lgan. Bo’m-bo’sh, faqatgina vahimaga to’lgan nafas ovozi bilan bezalib turgan xona ichiga qadam tovushlari kirib keldi. Jungkook. Qo’l-oyog’i bog’langan erkak yigitni ko’rishi bilan stul ustida tipirchilagani sabab yerga guppillab yiqildi. Yigitning ortidan kirib kelgan Yoongi esa erkakni battar talvasa ichiga oldi. Bittasidan qo’rqish kerak. Ikkitasidan esa qo’rqishning hojati yo’q. Tinchgina tavbangni qilaver.
Jungkook ustidagi plashini yechganda ortidan otryadidagi yigitlardan biri kelib uni o’z qo’liga oldi. Saewonning oldida gavdalanadigan shaxsdan farqli o’laroq ancha vahimali va daxshatli. Qo’rqmasdan iloji yo’q. Nigohi o’tkir. Faqat qarshisidagi o’ljaga qaratilgan. Yuzida esa insoniylik alomatlari butun umrga o’chgandek go’yo.

- Nima desam ekan, - stulga bog’langan erkak oldiga egilar ekan uning sochlaridan asta changalladi, - seni kim yollaganini aytsanmi?

- Yoki o’lmoqchimisan? - o’rtancha Tattalya ham uning oldiga tovon uchida o’tirdi, - baxtlisan. Senga imkon beryapmiz.

- Yo o’lishni tanlaysan, yo o’zimiz seni o’ldiramiz. Qani tanla.

Aka-ukaning “hazilomuz” so’zlari erkakning yanada vahima iskanjasiga tushishiga sabab bo’ldi. Mahkam arqon bilan bog’langan qo’l va oyoqlarini battar harakatga keltirgan ko’yi tipirchilarkan, bari besamar.

- Kamroq pul to’lovi sendaqa sifatsiz itvachchalarga olib keladi, - erkakni bir urinishda yerdan ko’targan Jungkookning yuzi bu safar jiddiy tus oldi. Tishlari orasidan vishshillagan ko’yi uni yoqasidan tortib o’ziga yaqinlashtirdi, - qani ayt. Seni Barzini yolladimi?

- Aytaolmayman, - erkak gapirganda qandaydir alam jaranglab chiqarkan aka-uka bir-biriga qarab qo’ydi.

- Hammasi ayon, - oraga qo’shildi Yoongi, - turgan gapki uni oilasini ushlab turibdi.

- Bari ravshan, - erkakdan asta uzoqlasharkan unga achinish hissi bilan bir qarab qo’ydi, - Akiraga iti o’lganini aytmay qo’yaqoling. Bilsa hafa bo’ladi. Uni boshwa bir qishloqdagi uyga jo’natganmiz deb qo’yaqolishsin.

Yigitlar mutlaqo faysiz binoni tark etarkan ortdan o’q ovozi jaranglab butun o’rmonda aks-sado berdi. Daraxtlardan qo’nim topgan qarg’alar beo’xshov ovoz sabab har tomonga tutday sochilib uchib ketisharkan Jungkook mashinaga chiqishdan oldin ortiga, binoga umidsiz nigoh tashlab qo’ydi. Huddi chorasizlardek.

- Muhim bir hujjatlardan biri yo’qolgan, - ikkisi ham mashina ichiga joylashgach gap boshladi Yoongi.

- Hujjatni bu olmagan.

Mashina ichidagi sovuq va jiddiy atmasfera ufurib turgan bir paytda Yoongining savolomuz nigohi Jungkookga qaratildi. Qoshlari beixtiyor chimirilarkan kostyumini noqulaylik sabab biroz to’g’irlagandek bo’ldi.

- Ichki sezgim dema faqat, - qayta akasiga qarab dedi Yoongi.

- Ichki sezgimga o’zim ham ishonmayman. Agar hujjatni u olganda…

- Joyiga qaytarib qo’ymagan bo’lardi, - yigitning gapini bo’lgan ovozida jiddiylik yangradi.

- Hujjatni olish ham oson emas. Kim olgan bo’lsa ham ichimizdan.

- Barzini ichimizdan kimnidir o’z tomoniga og’diraolishi haqida gap ketganda jiddiy qabul qilish kerak edi, - Yoongi boshini charchoq va ilojsizlikdan o’rindiqqa suyagan holda og’ir ho’rsindi.

- Bo’lari bo’ldi. Endi ehtiyot bo’lish kerak.

- U oddiy hujjat emasdi tushunyapsanmi? - birdan qiziqishib akasi tomon egildi, - unda Tattalyalarning boshidan beri qilgan ishlari va hatto jinoyatlari to’plangan. Narkotika haqidagi ma’lumotlar havfsizlik hizmatining qo’liga tushsa nima bo’lishini bilasanmi? 6 yil qamoqda o’tirganing kamlik qildimi?

- Qizishma. Sen qay ahvolda bo’lsang men ham shundayman. Keyin, umuman aytganda barcha qilmishlarni bir qog’ozga to’plash kimni miyyasiga kelgan?

Ikkisi ham javobni bilgan holda bir-biriga ko’z tashladi. Javob esa aniq. Tattalyaning o’zi.

*
*
*

Tun ham o’z yoping’ichini yoymoqda. Quyosh vazifasini bajargach iniga kirishga shaylangan. Dunyoning qilig’liklariga chidolmaydi ortiq… So’ngi paytlarda korxonaning bari yumushini o’z zimmasiga olgan Saewon javondagi hujjatlarni taxlar ekan yerga bir parcha qog’oz uchib tushdi. Unchalik keraksizga o’xshamaydi. Chetlari tilla suvi yugurtirilgan kabi yaltiramoqda. Qiziqishdan qoshlari hiyol chimirligan qiz qo’lidagi qatlam hujjatlarni stol ustiga qo’yish ketidan qog’ozcha tomon egildi.

- Nima bo’ldi bu, - qog’ozni uyoq-buyog’ini o’girib ko’rar ekan ustida tilla rangda yarqirab turgan yozuvni shivirlab o’qidi, - “Qasos olovda yondiriladi. Birinchi qurbon qarmoqda”

Bu so’zlar qizni anchagina o’ylantirib qo’ydi. So’zlarni qayta uchinchi marotaba o’qisa ham mag’zini chaqaolmadi. Axiyri taslim bo’lgan qiz qog’ozchani cho’ntagiga solib qo’ygach qayta hujjatlarga e’tiborini qaratdi. Bir-ikkitasini saranjonlash kerak. Qo’shimchasiga uni javonga taxlash unchalik og’ir ish bo’lmasada anchagina vaqt oladi.

Korxonadagi ishlar tugagach doimgidek hammadan kech ketadigan Saewon narsalarini shoshilmasdan hirgoya qilgancha yig'ishtirardi. Har qakay bugun boshqa kunlarga qaraganda otasi sabab barvaqt uyiga shoshilgan. Quyosh allaqachon botgan. Lekin bunga ko'p bo'lmadi. Undan qolgan qizil shafaq odamning e'tiborini o'ziga tortardi.

Eshikka suyangancha qizni kuzatayotgan Jungkook qizning yuzini har bir dyumini o'rganishdan zavqlanardi. Uning stoli deraza oldida joylashgan. Eshik esa unga qarama-qarshi tomonda. Qizning ortidagi shafaq uning gavdasini huddi soyadek ko'rsatyapdi. Bu esa ayni muddao. Yigit nigohlarini biroz keng bo'lgan peshonalardan tekis va o'ta nafis bo'lgan burunga o'tkazdi. So'ng esa usha hislarni jumbushga keltiradigan lablar.... Jungkook yarim ochiq holatda hirgoya qilayotgan lablarda to'xtab qoldi. Go'yoki uning so'ngi manzili qizning lablari...

- Qachon kelding, - yigit tomon bosh ko’targan qiz ancha horg’in so’zladi. Ammo yuzida mayin tabassum.

Uning jarangdor ovozidan e’yiborini jamlagan yigit ham eshik hatlab ichkari kirdi-yu qiz tomon astalik bilan yaqinlasha boshladi. Ikki qo’li ham shimining cho’ntagiga suqilgan holda.

- Hozirgina Seuldan keldim, - unga tikilib turgan qizning qarshisida bino misol qad ko’tararkan qizga teoadan pastga qarab biroz turib qoldi, - sog’inmadingmi?

- Sog’indim, - Saewonning ovozi ancha titroq ila chiqdi, - so’ngi paytlar bir borsan bir yo’q.

- Senga bugun ishga kelishing shart emasligini aytgandim, - barmoqlari qizning yuzini silay boshladi, - otangni oldida bo’l degandim.

- Otam endi doim men bilan.

- Uygami? - qizning qo’lidan tutgancha gapirdi Jungkook.

- Uyga.

Jungkook qizning qo’lidan tutgach zinalardan ehtiyotkorlik bilan tusha boshladi. Korxona zinalarining tik teksturada bo’lgani odamni undan foydalanayotganda boshini biroz aylantirar edi. Ikkisi ham korxona eshiklaridan chiqib mashina tomon yura boshladi. Qiz uchun eshik ochgan yigit uni old o’rindiqqa joylashishini kutish asnosida atrofga havotirli nazar tashladi. Qiz ham unga tushunmay turibdi. Bugungi, umuman olganda oxirgi paytlardagi kayfiyati boshqacha. Ikkisining tanishuvi boshlaridagi yigitdan asar ham yo’q. Shu kungacha bu holatni uning ishlari ko’pligiga yo’yib kelayotgan edi. Mashina kuz yomg’iridan loylangan widhloq ko’chalaridan yurib borar ekan oraga jimlik cho’kkan. Ora-sira to’qnashuvchi nigohlar esa dildagi bor hissiyotlarni oshiq oydin so’zlardi.

- So’ngi paytlar sen bilan hatto odamdek gaplashib olishga ham vaqtim bo’lmadi, - sukut noqulaylik tug’dirgan yigit jiddiy so’z boshladi, - shuning uchun bugun ishlarimdan so’ng seni ko’rgani kelgandim.

- Seni tushunaman Jungkook. Hafa emasman.

- Unda o’zingdan hafadek tutishni bas qil.

Yigitning so’zlari biroz qo’pol eshitildi. Tezlikda unga qaragan Saewon so’zlarning mag’zini chaqishga harakat qilarkan qoshlari norozi ohangda chimirildi.

- Iloji boricha seni tushunishga harakat qilyapman. Lekin bu qo’pollik ortiqcha Jeon!

Qizning so’zlari tugar tugamas mashina keskin to’xtatdi. Qizning nimjon jussasi mashina ichida qattiq silkinarkan boshi oldinga borib kelgani bois sochlari to’zib ketdi. Bo’ynini biroz ko’targan Saewon oyna ortidagi o’z uyiga qararkan qarshisida olov ichida qolgan yog’ochlar gavdalandi. Uyning tomi gulxanda yonarkan atrofda tanish notanishlar yig’ilgan. Ba’zi odamlar chelaklarda olovga qarata suv sepish bilan ovora edi.

- Ota, - qizning lablari orasidan beixtiyor dona so’z shivirlab chiqdi.

Zum o’tmay tezlikda mashinadan otilib chiqqan qiz olob ichida qolgan uyi tomon yugurib ketdi.

- Saewon, - qizning ortidan Jungkook ham mashinadan tushib ortidan ergashdi.

Uy qizning hayoliga kelmayotgan ham edi. Bor e’tiborini otasiga nima bo’lgani haqidagi o’y qurshab olgan. Mashina uydan biroz uzoqlikda to’xtagani bois uy oldiga yugurib kelgincha qizning yo’lini o’t o’chiruvchilar to’sin qoldi.

- Honim o’zingizni bosing. Mumkin emas.

- Ichida otam bor edi. U tirikmi? - ko’zlarida yoshlari shaylangan qiz vahima bilan erkakka savol berarkan nigohi uydan uzilmadi.

- Biz ham yaqinda yetib keldik. Ichkaridan hali hech kimni olib chiqishga ulgurganimiz yo’q.

- Nima bo’ldi, - qizning ortidan yugurib kelgan Jungkook erkakdan qizni uzoqlashyirgach o’z quchog’iga oldi, - yong’in nimadan chiqqan?

- Hali aniq emas.

Havotir va savollar iskanjasida qolgan yigit qizni bag’riga mahkam bosdi. Tun qorong’usida olovga butkul burkangan uyga qarar ekan bag’rida ho’ngrab yig’layotgan qizga yuzlandi.

- Havotir olma kimligini topaman.

- Otam, - ne qilarini bilmagan qiz ho’ngaragancha yigitning quchog’idan chiqishga urinardi, - otam ichkarida qolib ketdi.

Ikki ko’zidan yoshlari shashqator bo’lgan qiz uy ichiga talpinarkan Jungkookning baquvvat qo’llari uning yo’lini to’sgan.

• 14-𝙚𝙥𝙞𝙯𝙤𝙙 𝙩𝙪𝙜𝙖𝙙𝙞 •
• #𝙄𝙨𝙝𝙞𝙠𝙖𝙬𝙖_𝘼𝙠𝙞𝙧𝙖 •