June 30

Haqiqiy yolg'on

2-qism

V va JK endi urush boshlagan paytda, Jimin ularga g‘azab bilan qaradi:
— Hoy axmoqlar! Dars qilishimga xalaqit beryapsizlar! — deb baqirdi u.
V gapga quloq solish o‘rniga Jiminning yoniga borib, unga zarba bermoqchi bo‘ldi. Ammo Jimin chaqqonlik bilan chap berdi va V ning burniga bor kuchi bilan musht tushirdi. Zarbadan V ning burni qonab ketdi.
— Voy lanati, sen meni... — V gapini tugatishga ulgurmay, Jimin uning qorniga ketma-ket ura boshladi.
Shu payt janjalga JK ham qo‘shildi. U Jimin bilan V ni ajratmoqchi bo‘lgan edi, biroq V vaziyatdan foydalanib, JKning qorniga tepib yubordi. Janjal butunlay qizib ketdi. Buni ko‘rgan Felix qattiq qo‘rqib ketganidan, nima qilishni bilmay direktor xonasi tomon yugurdi.
Ko‘p o‘tmay direktor janjal joyiga yetib keldi. U uchalasini ham zo‘rg‘a ajratib, jazo sifatida darsdan keyin qolib, butun maktabni tozalashni buyurdi.
Kunlarning birida, Felix maktabdan uyiga qaytayotgan edi. To‘satdan uning yo‘lini V to‘sdi va uni kuch bilan devorga tiradi.
— Hoy V, nima qilyapsan?! — Felix sarosimaga tushib qoldi.
V uning gaplariga parvo qilmay, Felixning kiyimlarini yulqib, unga zo‘ravonlik qilmoqchi bo‘ldi. Aynan shu qaltis vaziyatda ortdan sovuq va tanish ovoz eshitildi:
— Burninga yegan mushting yetmadimi deyman?
V ortiga o‘girildi. Bu — Jimin edi. V vaziyat yomonligini tushunib, Felixni qo‘yib yubordi-da, tezda u yerdan uzoqlashdi. Jimin Felixga yaqinlashib, uning yirtilgan va to‘zg‘igan kiyimlarini to‘g‘rilashga yordam bera boshladi.
— Nima, unga qarshilik ko‘rsatishga kuching yetmaydimi? Maktabning eng chiroylisi bo‘lganing bilan, qo‘lingdan hech narsa kelmas ekan-da, — dedi Jimin biroz piching bilan.
Felix esa indamay, yerga qaradi...
Afsuski, uzoqdan kelayotgan JK vaziyatni butunlay noto‘g‘ri tushundi. U Felixning devorga tiralganini, Jimin esa uning kiyimlarini tugmalayotganini ko‘rib, xayolida ular birga jinsiy aloqa qilishgan deb o‘yladi.
G‘azab otiga mingan JK yugurib kelib, Jiminning yoqasidan oldi:
— Nega Felixga tegajoqlik qilyapsan?! — deb baqirdi u.
— Oho... nima, uni sevasanmi? — Jimin istehzo bilan kuldi.
— Yigitlar, iltimos, urushmanglar! — deb yolvordi Felix.
Jimin va JK o‘rtasida shafqatsiz janjal boshlandi. JKning gavdasi ancha baquvvat bo‘lsa-da, Jimin undan ustun keldi. Gap shundagi, JK 80 kg, Jimin esa 60 kg edi — JKdan ancha yengil bo‘lgani uchun Jimin maydonda juda tez harakat qilardi. Buning ustiga, u muntazam ravishda yoga bilan shug‘ullangani sababli tanasi juda elastik va chaqqon edi.
Oxiri JK yerga quladi. Felix bu shafqatsiz to‘qnashuvni ko‘rib, yana dahshatga tushdi. Shu lahzada uning ongida bolalikdagi og‘ir travmasi qayta uyg‘ondi. U qo‘rquvdan baqirib, yig‘lab yubordi. Jimin buni ko‘rib, janjalni to‘xtatdi va Felixni bag‘riga bosib, uni tinchlantirishga urina boshladi...
Flashback (O'tmishga qaytish)
Felix va uning sevgilisi Sakura birga sayr qilib yurishgan edi.
— Felix, mayli, yaxshi dam ol, — dedi Sakura tabassum bilan.
— Balki uyinggacha kuzatib qo‘yarman?
— Qo‘ysang-chi, sevgilim, o‘zim keta olaman.
Felix uni xuddi oxirgi marta ko‘rayotgandek qattiq bag‘riga bosdi.
— Nima qilyapsan? Axir men o‘layotganim yo‘q-ku! Ha mayli, kel... — dedi Sakura kulib.
Ular shirin bo‘sa olishdi. Felix Sakuraga mehr bilan qarab turardi. Qiz yo‘lning narigi betiga o‘tish uchun qadam tashladi. Shu payt katta tezlikda kelayotgan mashina Sakurani urib ketdi!
Felix dahshat ichida qizning yoniga yugurib bordi:
— Sakura! Sakura, ko‘zingni yumma, iltimos!
Atrofdagilar tezlik bilan tez yordamga qo‘ng‘iroq qilishdi. Shu payt Sakura o‘zining titrayotgan qo‘li bilan Felixning yuzini asta siladi:
— Sakura... bahor gullaydi va to‘kiladi... Ha, hayot qisqa va juda go‘zal. Sen bilan o‘tkazgan har bir damim... men uchun eng baxtlisi bo‘lgan... — dedi-yu, ko‘zlarini abadiyga yumdi.

⌬ 𝙈𝙞𝙡𝙚𝙨𝙁𝙞𝙘𝙘 ⌬