Tushunarsiz sevgi
1-bob: Virtual dunyoning yolgʻiz suhbatdoshlari
Hammasi oddiy bir chatdan boshlandi. Tungi soat 22:00 dan tonggi 06:00 gacha davom etadigan, dunyodan uzilgan muloqotlar makoni. Men va V... Avvaliga guruhda odam koʻp edi, hamma oʻzicha hazillashar, hayotdan gaplashardi. Ammo vaqt oʻtishi bilan guruh suhbatlari soʻndi, hamma gʻoyib boʻldi. Chatda faqat ikki kishi qoldik — goʻyo butun koinotda faqat biz ikkimizgina tirik qolgandek.
Biz oʻz real hayotimizni bu virtual olamga aralashtirmaslikka kelishgandik. Ammo yolgʻizlik va tun odamni samimiylikka majburlar ekan. Qizim bilan ogʻriqli ajrashishimdan keyin ichimdagilarni birinchi marta V ga toʻkib soldim. U meni tingladi, dalda berdi. U ham oʻz siri bilan boʻlishdi: uzoq vaqtdan beri bir qizni yaxshi koʻrishini, lekin unga ayta olmayotganini aytdi.
— "Borib ayt, kechikma," — dedim unga maslahat berib.
Lekin bu maslahatim hamma narsani barbod qildi. Oʻsha qizning yigiti bor ekan va u V bilan munosabatlarini butunlay uzibdi. Oʻshanda oʻzimni shunchalik aybladimki, agar tilingni tiyganingda, u bilan oldingidek doʻst boʻlib qolardi, deb oʻzimni yedim. V meni ovutishga urinar, "Sening aybing yoʻq," derdi. Lekin bu uning hayotidagi yagona ogʻriq emasdi.
Bir kuni u menga oilasi haqida gapirib berdi. Ota-onasi yoshligida ajrashib ketgan, otasini umuman koʻrmagan ekan. Eng dahshatlisi, uning butun tanasi chandiqlardan iborat edi — onasi va uning qarindoshlari oʻtmishda unga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlishgan ekan. Men ekranning narigi tomonida turib, unga qanday yordam berishni bilmay, chorasizlikdan ezilardim. Aynan oʻsha tushkun pallada u menga kutilmagan iqrorini aytdi:
— "Men seni sevaman..."
Men ham oʻylab oʻtirmay, xuddi shu soʻzlarni qaytardim. Chunki u mening hayotimdagi yagona suyanchimga aylangandi. Ammo aynan shu lahzadan boshlab, hayotim men nazorat qila olmaydigan qoʻrqinchli burilishlar qila boshladi. Sevgidan qoʻrqib qolgan edim
V ning onasi Amerikada oʻgay otasi bilan yashardi. U oʻzini yolgʻiz his qilar va yagona najotni menda koʻrayotgandi.
— "Haligi... ota-onangdan soʻrab koʻr, agar ruxsat berishsa, Seulda birga oʻqiymiz, oʻsha yerda yashaymiz. Men hayotimda hech kim bilan senchalik yaqin boʻlmaganman. Birga yashasak, men ham kimgadir gʻamxoʻrlik qilsam, kimnidir bagʻrimga bossam..." — uning bu soʻzlarida cheksiz mehr va umid bor edi.
Mening ota-onam oʻsha paytda boshqa davlatga ish yuzasidan ketishgandi. Men ularga qoʻngʻiroq qilib, vaziyatni tushuntirdim. Javob esa qatʼiy va sovuq edi: "Yoʻq!"
Buni V ga aytishga shunchalik qoʻrqdimki... Uni xafa qilish, soʻnggi umidini sindirish men uchun oʻlim bilan teng edi. Baribir aytishga majbur boʻldim.
— "Nega doim shunday boʻladi? Goʻyo butun dunyo bizga qarshi chiqqandek... Iltimos, yana bir marta soʻrab koʻr," — deb yigʻlagudek boʻldi u.
— "Axir ular ruxsat berishmaydi, hozir qayta soʻrasam, meni soʻkib berishadi," — dedim chorasiz.
— "Ha, mayli..." — uning ovozi soʻndi.
Shundan keyin munosabatlarimiz sovuqlasha boshladi. V mendan shubhalana boshladi:
— "Sen meni sevmaysan. Umuman eʼtibor bermayapsan."
— "Unday emas, seni yaxshi koʻraman," — derdim-u, lekin ichimdagi qoʻrquv meni uzoqlashtirardi.
U paytda men uyda mutlaqo yolgʻiz, pulsiz va och edim. Krandan oqadigan suv ham loyqa, iflos edi. Oʻzimni xuddi tirik murdadek his qilardim. V mendan xavotir olib, holimni soʻraganida, mening asablarim dosh berolmadi. Gʻururim oʻzimni bechora qilib koʻrsatishga yoʻl qoʻymasdi.
— "Hoy, mendan xavotir olma! Men bechora emasman, menga rahming kelmasin!" — deb baqirdim unga. Bu ahmoqlik edi, lekin ojizligimni tan olgim kelmasdi.
Aynan oʻsha qiyin kunlarda kutilmagan voqea yuz berdi. Kimdir uyimga nomaʼlum guldasta yubordi. Men uni kimligini bilmay, suratga olib V ga koʻrsatdim. V buni koʻrib gʻazabdan yonib ketdi:
— "Bor, oʻsha bilan yuraver unda!" — deb janjal koʻtardi.
Gʻazabga mingan holda gulni qoʻlimga olib, uning egasini topish va hammasiga nuqta qoʻyish uchun koʻchaga chiqdim. U insonning ismi Yamasaki edi. U bilan urushishga asabim ham, ochlikdan holdan toygan tanamda kuchim ham qolmagandi. U meni osongina burchakka qisib qoʻydi, qarshilik koʻrsatishga urindim, ammo hushimdan ketdim...
Uyga qanday qaytganimni bilmayman. Boshim portlab ketgudek ogʻrir, oʻsha kuni tuz totmagandim. V ga arang "boshim ogʻriyapti" deb yozdim-u, yana hushsiz yiqildim. Yamasaki shunchalik kuchli va shafqatsiz ediki, unga bas kelolmasdim.
Munosabatlarimiz V bilan battar yomonlashdi. U meni ayblay boshladi:
— "Meni shirin gaplar bilan oʻyinchoq qilyapsan!"
Men unga yordam berishni, taskin boʻlishni istardim, lekin buni yuziga aytsam, "minnat qilyapti" deb oʻylashidan qoʻrqib, ichimga yutardim.
Kunlarning birida Yamasaki menga qoʻngʻiroq qildi. Unda oʻsha men hushimdan ketgan tunda olingan, nomusimni toptaydigan video va rasmlar bor edi... Keyingi uchrashuvga chaqirganida, V menga "Borma!" deb baqirdi. Yana urushdik. Lekin u videolar tarqalsa, hayotim butunlay tugashini bilardim. Choramsiz edim.
Oʻsha kecha osmonni yorib shiddatli yomgʻir yogʻardi. Men aytilgan joyga bordim. Yamasaki va uning bir nechta sheriklari meni kutib turishgandi. Oʻsha tunda ular mening borligʻimni, jismimni va ruhimni oyoqosti qilishdi. Bu hayotimdagi eng daxshatli va ogʻriqli tun edi. Yamasaki oʻz istaklarini majburlab bajartirayotgan paytda, choʻntagimda telefonim tinmay tebranar — V qoʻngʻiroq qilayotgan edi. Amallab telefonni oldim va taksiga oʻtirib qochdim. Qoʻllarim qaltirar, koʻz yoshlarim yomgʻirga aralashib ketgandi.
Qarindoshim Sakuraning uyiga bordim. U meni qonga belangan, titrayotgan holda koʻrib, davolashga tushdi. Isitma ichida ikki kun hushsiz uxlabman. Koʻzimni ochganimda ham vujudimdagi titroq bosilmagandi. Koʻz oldimdan oʻsha qora tun va shafqatsiz zarbalar ketmasdi.
V bilan qayta gaplasha boshlaganimizda, goʻyo hammasi iziga tushgandek edi. Men hayotimni tiklash uchun bozorga chiqib ish qidira boshladim. Ammo qaytishda qarshimda yana Yamasaki paydo boʻldi. Bu safar qarshilik ham koʻrsatmadim — ruhan singan edim.
Kechasi V soʻradi:
— "Kun boʻyi qayerda eding?"
— "Bozorda, ish qidirib yuribman," — deb yolgʻon gapirdim. Lekin Yamasaki allaqachon V ga hamma narsani aytib, videolarni tashlab bergan ekan. V meni eng ogʻir soʻz bilan — "fahişa" deb atadi. Munosabatlarimiz butunlay dars ketdi.
Aynan oʻshanda men mudhish oʻtmish sirini bildim. Mening otam oʻtmishda Yamasakining onasi bilan birga boʻlgan ekan. Yamasakining otasi rashk ustida xotinini oʻldirib, oʻzi qamoqqa ketgan. Yamasaki oilasining vayron boʻlgani uchun qasosni mendan — mening tana va pulimdan olayotgan edi.
U menga shart qoʻydi: "Bir haftada 200-300$ topasan, boʻlmasa oʻlasan." Pul topish uchun sarson boʻldim, topolmadim. Muddat tugashiga 3 kun qolganida u menga oxirgi chorani aytdi: "Fahişalik qilasan." Chorashizlikdan, qoʻrquvdan oʻsha ishni qildim va bir kunda pullarni topib berdim. Tanam ham, qalbim ham chil-chil boʻlgandi.
V oxiri chiday olmay:
— "Men sening shahringga boraman," — dedi.
— "Yoʻq, kelma! Iltimos, kelma. Bu mening muammom, oʻzim hal qilaman," — dedim yigʻlab.
— "Demak, meni sevmaysanmi? Birga boʻlishni xohlamaysanmi? Hammasi oʻyinmidi?!"
— "Iltimos, kechir... Men haqiqiy sevgidan qoʻrqaman. Kechir meni, sevgilim..."
Oʻsha kecha V qattiq ichgan edi. Men uni alam ustida soʻksam ham, u menga biror marta qattiq gapirmasdi. U meni chindan sevardi
Oxir-oqibat Yamasaki ham hammasi xato boʻlganini, adashganini tan olib, mendan olgan pullarini ikki barobar qilib qaytarmoqchi boʻldi. Lekin men u iflos pullarga tegmadim.
Hammasi tugadi. Men va V... yoʻq, men va JK (meni tushungan yagona inson) ajrashdik. Men juda kech tushundim — hayotda suyana oladigan yagona insonim V edi. Men uni sevardim, lekin bu juda gʻalati, oʻzini azoblaydigan sevgi edi. Uni seva turib, oʻzimdan itarardim. Unga suyangim, hech boʻlmasa bir kecha uning bagʻrida osuda uxlagim kelardi. Buning uchun oʻlimga ham rozi edim.
Yoshligimdan yolgʻiz edim, doʻstim yoʻq edi. Balki shuning uchun ham V mening butun dunyimga aylangandi. Biz u bilan koʻrishishni, birga vaqt oʻtkazishni, bitta yotoqda uning taftini his qilishni orzu qilgandik. Lekin bu ushalmas armon boʻlib qoldi.
Oradan bir oy oʻtdi. Uni shunchalik sogʻindimki... Qoʻrquvim uni yoʻqotish qorquvidan ustun keldi. Va men unga hayotimdagi eng oxirgi maktubni yozdim:
"V, yaxshimisan? Balki bu gaplarim senga g'alati tuyular, lekin seni juda sog'indim. Xohlasang javob berma, xohlasang bloklab yubor — shunchaki ichimdagilarni aytgim keldi. Seni hayotimda paydo bo'lishing, menga g'amxo'rlik qilishing va o'sha 'alfa'dek himoyang menga juda yoqardi...
Lekin men haqiqatdan ham munosabatlardan qo'rqaman. Sen juda yaxshi insonsan, men esa hayotingga umuman kirmasligim kerak edi. Meni deb ko'p azob chekding. Bilasanmi, ba'zida seni quchoqlab, bag'ringda uxlab qolgim keladi. Shundan keyin qayta uyg'onmasam ham mayli edi...
Atrofimdagilar ham meni o'zgarganimni, kamgap va e'tiborsiz bo'lib qolganimni aytishmoqda. Eski quvnoqligimdan asar ham qolmadi. Seni aldash niyatim yo'q, shunchaki buni oqisang bo'ldi, javob berishing shart emas... 🫠"
Xatni joʻnatdim. Telefonni yerga qoʻydim. Xonadagi sukunat meni oʻz domiga tortdi. Men bu tushunarsiz va ogʻriqli dunyodagi hayotimga oʻz qoʻllarim bilan yakun yasadim...