June 28

Taqiqlangan nafas

2-qism

Yangi xonadondagi birinchi tun barcha uchun turlicha oʻtdi. Tong otay degan edi, soat tungi 6:00. I.N xonadagi ogʻir va maftunkor muhitdan koʻzini ochdi. U hali ham Jenniening xonasida boʻlib, qiz uning quchogʻida xotirjam orom olardi. I.N sekingina uning ustini yopdi-da, hech kimga bildirmasdan xonadan chiqib ketdi.
Ertasi kuni ertalab hamma nonushta stoliga yigʻildi. Ammo uydagi eng katta nufuzga ega boʻlgan Jkning ota-onasi allaqachon ish yuzasidan chiqib ketishgandi. Yoshlar yolgʻiz qolgach, uydagi sovuq muhitni Jkning piching toʻla ovozi buzdi:
— Jennie, Faye, Suno... Endi bu uyda xizmatkorlar yoʻq. Uyning barcha ishlari va xizmati sizlarning zimmangizda boʻladi.

Buni eshitgan Faye birdan istehzoli kulib yubordi. Suno asabiylashib qoshlarini chimirdi. Jenniega esa goʻyo dunyo qulab tushsa ham farqi yoʻqdek, xotirjam ovqatlanishda davom etdi.
— Oʻzingni kim deb oʻylayapsan, Jk? — dedi Faye nigohini unga qadab.
— Hoy, hammang yuzingni toʻgʻirla, tushundinglarmi?! — Jk oʻrnidan turib baqirdi. — Biz boʻlmaganimizda hammang koʻchada xarob boʻlarding!
— Aka, nimalar deyapsiz? — Liz chiday olmay gapga aralashdi. — Ular biz bilan teng darajada-ku, bu nohaqlik!
— Singlim, sen hali yoshsan, iltimos, biroz jim boʻl, — toʻngʻilladi Jk.
I.N esa bu janjalga umuman eʼtibor bermas, uning ikki koʻzi kechasi oʻzi bilan boʻlgan Jennieda edi.
— Sizni tushunolmayapman, aka... — pichirladi Liz xafa boʻlib.
— Hammasi joyida, Liz, bizdan xavotir olma, — dedi Faye oʻziga ishonch bilan. — Oʻzimiz turgan joyni tozalash bizga muammo emas. Suno, Jennie, nima deysizlar?
— Aqlli qizlar... — Jk zaharxanda qildi. — Ota-onangiz oʻlib ketgan boʻlsa ham, ularning shanini oʻylayotganingiz juda aqlli qaror.

Bu gap Fayening sabr kosasini toʻldirdi. U sekin oʻrnidan turdi-da, Jkning yoniga borib, uning yoqasidan boʻgʻib oʻrnidan turgʻazdi va yuziga kuchli musht tushirdi!
— Senga oldin ham aytgandem va yana aytaman! — baqirdi Faye, nafasini yutib. — Oila aʼzolarimga nisbatan hurmatsizlik qila olmaysan! Bunga men yoʻl qoʻymayman! Agar boyman deb kerilayotgan boʻlsang, bu boylik otangniki, seniki emas!
Vaziyat portlash darajasiga kelganda, Liz birdan Fayening oyogʻi ostiga tiz choʻkdi:
— Iltimos, akamni kechir, Faye! Iltimos qilaman, u adashib gapirib yubordi!
— Hoy haromi! Oilamizning shanini yerga urma, oʻrningdan tur! — Jk tiz choʻkkan singlisiga qarab baqirdi.
— Jeyki, oshirib yuboryapsan, — deb nihoyat gapga aralashdi I.N. — Nima boʻlsa ham u singlimiz, uni bu ahvolda haqorat qilma!
Faye Lizning qoʻlidan tutib, oʻrnidan turishiga yordam berdi:
— Kichkintoy, jiddiy olma. Yaqin orada u bilan kelishib ketamiz, toʻgʻrimi, Jk? — u lab chetida zaharli jilmangancha Jkga tikildi. Ularning bu holatini koʻrib, hatto Jennie ham hayron qolgandi.

Liz yigʻlamsirab Fayeni quchoqlab oldi:
— Tushunganing uchun rahmat, Faye...
— Aslida senga rahmat, azizam, — Faye sekin Lizning belidan quchoqladi. U haliyam Jkga qarab turardi, uning nigohi "endi singling mening qoʻlimda" degandek gʻolibona edi (GL Liniyasi boshlanishi). Suno esa qattiq asabiylashib ulgurgandi, u vaziyat buralib ketishini bilgandek edi. Jennie esa koʻzini I.N dan uzolmay, unga yashirincha koʻz qisib qoʻydi (Natural Liniyasi).
Jk gʻazab bilan ularga yaqinlashdi, Liz va Fayeni bir-biridan ajratib, singlisining qoʻlidan qattiq siqqancha xonadan olib chiqib ketdi.
— Qani, endi ovqatlanaylik, bolalar, bugunga yetar, — dedi Faye xotirjamlik bilan.
I.N ovqatini ham yemay, Lizning ortidan yugurib ketdi. Oshxonada faqat Faye, Jennie va Suno qoldi.
— Opa... — Suno tashvishli nigoh bilan Fayega qaradi. — Endi nima boʻladi? Men qoʻrqyapman.
— Men bor ekanman, senga va Jenniega hech kim hech nima qilolmaydi. Ozgina sabr qil, vaqti kelib boshqa uyga koʻchib oʻtamiz. Ungacha shu yerda turishga majburmiz. Jennie, ahvoling yaxshimi?

Jennie labida sirli kulgu bilan pichoq-sanchqisini qoʻydi:
— Bilasanmi, men I.N ni oʻzimniki qildim. Sizlar bilan ishim yoʻq. Agar undan pul undira olsam, albatta alohida uyga chiqib ketamiz. Faqat bu hozircha sir boʻlib qolsin, tushundinglarmi?
Faye shunchaki jilmayib qoʻydi, Suno esa hech nimaga tushunmay, koʻzlarini jovdiratib turardi.
Jk Lizni shafqatsizlarcha oʻz xonasiga sudrab kirdi va yuziga tarsaki tushirdi. Liz polga yiqilib, yigʻlab yubordi.
— Sen ichimizdagi eng yomonisan! Nega ularning yonini olding?! — baqirdi Jk.
— Akajon... Men... Nega uryapsiz, nimani notoʻgʻri qildim? Axir ularning oʻrnida oʻzimiz boʻlganimizdachi?

⌬ 𝙈𝙞𝙡𝙚𝙨𝙁𝙞𝙘𝙘 ⌬