Taqiqlagan Farzand
V erta tongdan oʻrnidan uygʻondi. Soat tonggi 4:00 edi. U ustiga kiyimlarini kiydi, yuz-qoʻlini yuvib, koʻchaga yugurishga chiqdi. Qulogʻiga quloqchinlarini (naushnik) taqdi-yu, uyidan chiqib ketdi.
Atrof tinch, qulogʻida esa musiqa taralardi. Ammo u kutilmaganda toʻxtab qoldi — uni kuchli "deja vu" hissi qamrab olgandi.
🔮 Deja vu (Kechmish xotira):
Atrof taxminan 16-asr koʻrinishida. Vning yonida bir erkak turibdi. U Vni bagʻriga bosib quchoqlab olgan, ammo oʻzining ortiga pichoq sanchilgan edi. U jon achchigʻida: "Tae, iltimos, qoch, ket! Yoʻqol bu yerdan!" deb baqirib yigʻlab yubordi. V qoʻrqqanidan ortiga ham qaramasdan qochib ketdi. Haligi kishining ortidagi uy esa olov ichida yonar va V uzoqlashishi bilan dahshatli portlab ketdi...
Hozirgi payt:
V oʻziga kelib, dengiz boʻyiga bordi. Bir oz suv ichib, quyosh chiqishini tomosha qilib oʻtirdi. Soʻng uyiga qaytib, nonushta qildi. Baribir kayfiyati yoʻq edi, xayolidan oʻsha deja vu dagi dahshatli voqea hech ketmasdi.
Maktabga kelganida ham u juda jim edi. Hech narsaga eʼtibor bermasdan, maʼyus qiyofada oynaga qarab oʻtirardi. Shu payt uning yoniga Jin keldi:
— V, nima boʻldi? Xafasan?
V ichidagilarni yashira olmay, boyagi koʻrgan voqealarining hammasini Jinga aytib berdi. Jin uni chalgʻitishga urinib, jilmydi:
— Hoy, mayli, siqilma. Yur, ovqatlanamiz. Oʻzim senga ramyon olib beraman!
— Ahmoq, oʻchir ovozingni, — deb toʻngʻilladi V.
— Mayli, mayli, hazillashdim, — deb kuldi Jin.
Ular birga maktab oshxonasiga tushishdi. Jin ishtaha bilan ramyon yeyishni boshladi.
— Hoy, sal sekinroq yesangchi, darsga hali ancha vaqt bor-ku, — dedi V unga qarab.
— V, bilasanmi, bu juda mazzali! Undan koʻra menga kimchini uzatib yubor, — dedi Jin ogʻzi toʻla ovqat bilan.
— Mana, ol, — V unga kimchini olib berdi.
Shu payt ularning stoliga maktab bezorilari yaqinlashib keldi. Ulardan biri Jinning tepasiga kelib, tahdidli ohangda buyurdi:
— Hoy ahmoq, tezda maktabning orqasiga oʻt!
Jin esa pinagini ham buzmay, ovqatlanishda davom etdi:
— Hozir, ovqatimni yeb olay...
V bezorilarga qarab: — Hoy, uni tinch qoʻyinglar! — deb gapga aralashdi.
Lakin Jin Vni toʻxtatdi:
— V, jim. Oʻzim hal qilaman. Sen undan koʻra mening ramyonimni oxirigacha yeb qoʻy.
V maktab yoʻlagida hayron boʻlib borarkan, kutilmaganda qarshisida oʻsha erkakni koʻrib qoldi. Deja vu dagi oʻsha inson... Undan sovuq aura taralar, qora sochlari, qiyiq koʻzlari va oppoq terisi uni gʻayritabiiy koʻrsatardi.
— Siz kimsiz? — deb soʻradi V pichirlab.
— Bu yerdan ketishimiz kerak, — deb qisqa javob berdi JK (Jungkook) uning qoʻlidan tutib.
Shu payt maktab ortida Jin bezorilar roʻparasida turardi.
— Bizga oʻsha V degan bolani kechroq olib kelib berishing kerak, tushundingmi? — dedi bezorilar boshligʻi.
— Xoʻp, — Jin xotirjamgina bosh silkidi va u yerdan ketdi.
Jin oshxonaga qaytib kelganida V u yerda yoʻq edi. Birdan uning burniga JKning oʻziga xos hidi urildi. Jin havotirlanib, oʻsha hid kelgan tomon yugura boshladi.
Biroz narida V qarshilik koʻrsatishga urinardi:
— Hoy, meni qoʻyib yuboring, iltimos!
— Oʻchir ovozingni! — JK uni sudrab ketishda davom etdi.
Kutilmaganda Jin ularning yoʻlini toʻsib chiqdi.
— V ni nima qilmoqchisan?! — baqirdi Jin.
— Uni himoya qilishim kerak! — JK shunday dedi-yu, suv sehrini ishga solib zarba berdi.
Jin ham boʻsh kelmay, oʻzining olov nafasi bilan bu hujumni toʻsib qoldi. Ularning toʻqnashuvidan atrofga bugʻ koʻtarildi. V koʻzlariga ishonmay, hayratda qolgandi: "Bular buni qanday qilyapti? Bu tushmi?!"
— Sen... Maridonmisan?! (Suv sehrgari) — soʻradi Jin hayratini yashirolmay.
— Demak, sen Ignarok ekansan-da, (Olov sehrgari) — JK piching qildi. — Bu yerdan tezroq ketishimiz kerak!
— V ni oʻldirmoqchimisan?! — Jin unga yaqinlashdi.
— Buni keyinroq gaplashamiz.
Shu payt qayerdandir Jimin paydo boʻldi. U oʻzining ayyorona tabassumi bilan JKga qaradi:
— JK, jonginam, ketaver. Bu bolakani menga qoʻyib ber.
JK fursatdan foydalanib, Vni majburlab olib ketdi. V ortiga qarab: — Jiiinnn! — deb baqirganicha qolaverdi.
Jimin Jinning qarshisida toʻxtadi:
— Hoy, toʻxta. Mening urushish niyatim yoʻq. Kel, oʻyin oʻynaymiz?
Jin jahli chiqqanidan bor kuchi bilan olov zarbasini yoʻlladi. Biroq Jimin yerdagi toshlarni qalqon qilib, olovni osongina toʻsib qoldi.
— Demak, sen Kraatossan! (Tosh sehrgari) V ni nima qilasizlar?! — deb baqirdi Jin va toʻxtovsiz olovli zarbalar bera boshladi.
Jimin hatto joyidan siljimas, Jinning olovi uning tosh qalqonlariga zarracha taʼsir qilmasdi. U asta-sekin Jinga yaqinlasha boshladi. Jin bor kuchini sarflab boʻlgan, charchagan edi. Eng oxirida Jimin toshlarni juda katta tezlikda yuborib, Jinni devorga tirab qoʻydi. Ogʻir toshlar zarbidan Jinning ahvoli juda qattiq yomonlashdi, u hatto koʻzlarini ochishga ham darmoni qolmay, yerga yiqildi.
Jimin uning tepasiga kelib, past nazarda qaradi:
— Bizning ishimizga aralashma. Hali yosh ekansan, oʻlib ketishni xohlamasang kerak?
Jimin ortiga oʻgirilib, u yerdan uzoqlashdi.