Yesterday

Songi yillar

4-qism

Besh kunlik muddat shafqatsiz bir tezlikda, qum soatidagi qum zarrachalari kabi oqib o‘tayotgan edi. Taehyung uchun har bir soniya xuddi tanasiga sanchilayotgan tikan kabi og‘riqli edi. U tinimsiz ravishda boshqa yo‘llarni qidirdi: banklarga bordi, ammo uning na kafillik beradigan mulki, na barqaror katta daromadi borligi sababli barcha eshiklar yuziga tarsillab yopildi. U tanish-bilishlaridan, kafe xo‘jayinidan pul so‘rab ko‘rdi, biroq hech kim bunday katta miqdordagi pulni oddiy bir afitsiantga berishni xohlamasdi. Dunyo u uchun butunlay yopilgan qorong‘u qutiga aylangandi.
To‘rtinchi kuni kechasi shifoxonadan mudhish qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Taehyung qo‘rquvdan titrab, telefon tugmasini bosdi.
— Kim Taehyung janoblari, zudlik bilan shifoxonaga yetib keling. Onangizning ahvoli o‘ta og‘irlashdi, apparatlar uni zo‘rg‘a ushlab turibdi, — dedi navbatchi hamshiraning sovuq ovozi.
Taehyung ko‘chaga otilib chiqdi. Yomg‘ir chelaklab yog‘ar, Seul ko‘chalari sovuq zulmatga burkangan edi. U shifoxonaga yetib kelganda, onasining palatasi atrofida shifokorlar yugurib yurishganini ko‘rdi. Onasining yurak urishini ko‘rsatuvchi monitor tez-tez va uzuq-uzuq signal berardi. Shifokor Taehyungni chetga tortdi:
— Ertaga ertalabgacha operatsiya boshlanishi shart. Pul to‘lanmasa, biz apparatni o‘chirishga majburmiz. Bu shafqatsiz eshitilishi mumkin, lekin qoida shunday. Senda bor-yo‘g‘i bir necha soat qoldi, Taehyung.
Taehyung yo‘lakdagi sovuq devorga suyanib sekingina polga sirg‘alib tushdi. Uning ko‘zidan yosh ham chiqmay qolgandi, faqat ich-ichidan nimadir uzilayotgandek edi. G‘urur... g‘urur nima o‘zi? Onasining jon berayotgan tanasi oldida uning nomusi, erkinligi shunchalik qimmatlimi? Yo‘q. U onasiz bu dunyoda baribir yashay olmasligini his qildi. U o‘zini sotishga, Jungkook degan o‘sha qora va qudratli soyaga taslim bo‘lishga ruhiy jihatdan o‘zini majburladi.
U titrayotgan barmoqlari bilan cho‘ntagidan Jungkook tashlab ketgan o‘sha oltin suvi yuritilgan vizitkani chiqardi. Vizitkadagi raqamlarga qarab, chuqur nafas oldi va qo‘ng‘iroq qildi. Telefon go‘shagi uzoq kutishlarsiz ko‘tarildi. Undan o‘sha tanish, og‘ir va xotirjam ovoz eshitildi:
— Eshityapman, Kim Taehyung.
— M-men... men roziman, — pichirladi Taehyung, ovozi butunlay sinib. — Iltimos... onamni qutqaring. Pulni o‘tkazing... Men hamma shartingizga roziman.
Telefondan Jungkookning past, g‘olibona va shafqatsiz kulgisi eshitildi. Bu kulgi Taehyungning yuragini muzlatib yubordi.
— To‘g‘ri qaror, Taehyung. Mashina shifoxona eshigi oldida turibdi. Kelib seni olib ketadi. Pul esa allaqachon klinika hisobiga o‘tdi. Onang operatsiyaga tayyorlanyapti. Endi esa... sen butunlay meniki bo‘lish vaqting keldi.
Taehyung telefonni o‘chirdi va palata oynasidan onasiga qaradi. Haqiqatdan ham, shifokorlar shoshgancha operatsiya xonasini tayyorlay boshlashgandi. U oxirgi marta erkin inson sifatida nafas oldi-da, shifoxonadan chiqib, uni kutib turgan qora qimmatbaho mashinaga o‘tirdi. U o‘z xohishi bilan oltin qafasga qarab ketayotgan edi.

Mashina Seulning eng nufuzli va boy odamlari yashaydigan hududdagi ulkan, zamonaviy qasrga o‘xshash villaning darvozasidan ichkariga kirdi. Atrof baland devorlar va qattiq qo‘riqchilar bilan o‘ralgan edi. Bu joy xuddi tashqi dunyodan uzilgan boshqa bir sayyoraga o‘xshardi.
Eshik ochilib, Taehyungni hashamatli, ammo sovuq qora-oq ranglarda bezatilgan ulkan mehmonxonaga taklif qilishdi. Mehmonxonaning to‘ridagi charm divanda, ustiga qora shoyi xalat kiygan Jungkook o‘tirardi. Uning qo‘lida yana o‘sha viski stakani bor edi. U mashina kirib kelganini ko‘rgan bo‘lsa-da, joyidan jilmadi.
Taehyung sekin qadamlar bilan uning qarshisiga kelib to‘xtadi. U yomg‘irda biroz ho‘l bo‘lgan, ust-boshi va ko‘rinishi juda nozik va horg‘in edi. U boshini quyi solib, erga tikilib turardi. Undagi o‘sha kafedagi asovlik va g‘ururdan asar ham qolmagandi. U hozir mutlaqo bo‘ysungan omega kabi edi.
Jungkook o‘rnidan turdi. Uning baland va baquvvat qomati Taehyungning ustiga ulkan soya kabi yopirildi. U Taehyungga yaqinlashib, uning iyangidan tutdi va boshini tepaga ko‘tardi. Taehyungning ko‘zlarida hamon qo‘rquv va xo‘rlik yoshlari yiltirardi.
— Mening dunyimga xush kelibsiz, mening shaxsiy o‘yinchog‘im, — dedi Jungkook past va qat’iy ovozda. Uning barmoqlari Taehyungning yuzini qo‘pol ravishda siladi. — Bu yerdan mening ruxsatimsiz chiqib ketish haqida o‘ylama ham. Sen o‘z tanangni va hayotingni onangning joni evaziga menga sotding. Endi sening g‘ururing ham, sening "yo‘q" degan so‘zing ham mavjud emas. Faqat mening buyruqlarim bor.
Taehyung labini tishlab, jimgina bosh irg‘adi.
— M-men tushundim... janob Chon, — pichirladi u.
— Janob Chon emas, — Jungkook uning jag‘ini yanada qattiqroq siqdi, ko‘zlari xavfli tarzda porladi. — Menga "Egam" yoki "Master" deb murojaat qilasan. Buni hoziroq o‘rgan, Taehyung.
Taehyungning tanasi bu so‘zdan titrab ketdi. Bu shunchalik xo‘rlovchi edi-ki, uning butun vujudi isyon qilmoqchi bo‘ldi, ammo shifoxonadagi onasining siymosi ko‘z oldiga kelib, u hamma narsaga chidashga majburligini eslatdi.
— Tushundim... Master, — dedi Taehyung ko‘zlarini yumib, o‘z nafsoniyatini butunlay erga ko‘mib.
Jungkook uning bu bo‘ysunishidan cheksiz zavq oldi. Uning dominant alfasi nihoyat o‘zi xohlagan, eng asov va go‘zal omegani butunlay bo‘ysundirgandi. U Taehyungning qo‘lidan ushlab, uni yuqori qavatdagi ulkan va qorong‘u yotoqxona tomon boshlab ketdi. Bu kecha Taehyung uchun yangi, qora va shafqatsiz hayotning ilk sahifasi ochilayotgan edi.