July 26, 2019

DroneSchool 2-dars: Yo`nalishni analiz qilish.

U Khasanov

<<Oldingi darsga o`tish

Birinchi blokda tanlangan yo`nalishingizni analiz qilish to`g`risida so`z yuritamiz. Ushbu blokda siz yo`nalish analizining:

  • Boshlayotgan onlayn maktab egalarining eng katta xatosi;
  • Ayollar uchun mo`ljallangan onlayn maktablar;
  • Trendlar yo`nalishlari;
  • Sifatli neymingning kuchi va punktlari bo`yicha ma'lumot olasiz.
Ulug`bek Hasanov

20 yoshdan 40 yoshgacha bo`lgan odamlar asosiy mijozlar hisoblanadi. Misol uchun yurtimizda 33 mln aholi istiqomad qilsa, ulardan 10 mln nafari 20 yoshdan 40 yoshgacha bo`lishi mumkin. Demak 10 mln tadan nechadir nafari sizning mijozingiz bo`lishi mumkin. Bu analiz qilishning bir usuli.

Sizdan faqat yaxshi reklama va kurslaringizni sifatini oshirish qoladi xalos.

Siz faqat O`zbekistonda emas balki butun jahon miqyosida ham onlayn maktab qilsangiz bo`ladi. Shunda sizning auditoriyangiz yuqori ko`rsatkichga ko`tariladi.

Onlayn maktabni analiz qilishni bir necha punktlari bor:

Raqobatsiz punkt. Ko`pchilik raqobatsiz tanlashadi. Hech qanaqa konkurent yo`q, raqiblarim bo`lmaydi deya o`zlarini birinchi hisoblab adashishadi. Bu judayam xato! Chunki agar konkurent bor rinok yo`nalishga kirsangiz bu sizga judayam katta foyda bo`lishi mumkin. Agar konkurentlaringizni va roqobatchilaringizni to`g`ri ishlata olsangiz. Chunki onlayn maktablar O`zbekistonda yangi tushuncha. Shunday bo`lgani uchun ko`plab odamlar tushunmaydi. Raqobat bor yo`nalishga harakat qilib kirsangiz, o`sha yo`nalishda o`z maktabingizni ochsangiz, sizdan oldingi raqobatdoshlaringiz mijozlarga onlayn maktab tushunchasini sizdan oldin singdirib bo`lishgan, siz ularga bu haqda tushintirib o`tirishingiz shart bo`lmaydi. Raqobat yo`q yo`nalishda siz judaym ko`p etaplardan biridan o`tishingiz kerak. Eng qiyinidan bittasi bu birinchisi. Odamlarga, mijozlarga, bo`lajak o`quvchilaringizga Onlayn maktabni nimlaigini tushuntirishdir.

Ayollar uchun punkt. Ayollar aql bilan emas balki yurak bilan xarid qilishadi. Statistika bo`yicha ayollar ko`pincha o`zlarini pulini sarflashmaydilar. Asosan turmush o`rtog`ini va yoki ota-onasini pullarini sarflashadi. O`z-o`zidan ular bu pullarni o`zlari ishlab topmaganliklari uchun ularga sotib olish jarayonlari judayam oson kechishadi. Erkaklarga nisbatan ular kamroq savol berishadi. Bu aynan sotuvlarga judayam yaxshi ta'sir ko`rsatadi. Onlayn maktab ochmoqchi bo`lsangiz va ayollar mavzusida yo`nalish tanlagan bo`lsangiz, bu judayam yaxshi. Agar to`g`ri yo`lga qo`ya olsangiz boshqa yo`nalishlarga nisbatan 3-4 barobar ko`proq daromad olib keladi.

Trendlar punkti. Trendlar uchun ochilgan onlayn maktablarning juda katta plusi shundaki, siz o`sha mavzu trend bo`lgan paytda ko`p muhokam bo`lgan mavzular aynan qandaydir vaqt ichida katta daromad olib kelishi mumkin. Misol uchun Pokemon Go o`yinini hamma bilsa kerak, bu o`yin judayam tez ommalashib ketgan. Trend bo`lgan paytida u o`yin ishlab chiqaruvchilarga 1 oyda 18 mln daromad keltirgan. Lekin trendlarni yana bitta minu tarafi bor, plus tarafi bo`lgani kabi trendlar tezda odamlar medasiga tegib ulguradi. Ya'ni 2-3 yil trendda bo`ladi va keyinchalik trenddan bu narsa tushib ketadi. Huddi mo`daga o`xshagan narsa. Agar uzoq muddatga onlayn maktab qilishni xohlasangiz trendlarga kirishni maslahat bermagan bo`lardim. Agar sizni rejalaringizda judayam tez va qisqa muddatda daromad olish bo`lsa trendlarga kirishingiz mumkin.

Neyming (shior) punkti. Neyming nima? Neyming bu nom. Onlayn maktabga yaxshi nom bilan yaxshi shior tanlasangiz bu sizni reklama byudjetingizdagi pulni 30-40% gacha tejashi mumkin. Misol uchun Coca Cola, Sineakers, BMW, Mersades Benz kabi brendlarni shiorlarini biz judayam yaxshi bilamiz. Shiorini eshitganimizda bu BMW ekanligini tushunib yetamiz. BMW markasi haqida gap ketmasa ham aynan shiorini o`zi bizga yetarli. Ya'ni brend haqida gap ketayotganligini bilish uchun. O`zingizning onlayn maktabingizga shunaqangi nom tanlangki, shunaqangi shior tanglangki, bu jarangdor bo`lsin, bu esda qolsin, insonlar ongiga singib ketsin.

1, 2, 3 bloklar sizning bilmingizni analiz qilishingiz uchun kerak. Keyingi bloklardan yuklamalar oshiriladi. Shoshmasdan o`qib o`rganishingizni iltimos qilardim.

Keyingi darsga o`tish>>