July 26, 2019

DroneSchool 3-dars: Ekspertlar bilan ishlash.

U Khasanov

<<Oldingi darsga o`tish

Ushbu mavzu, onlayn maktablar super qahramonlari, yani, ekspertlar (mutahassislar) to`g`risida.

Ekspertlar bilan ishlash, ularni qanday jalb qilish, ularga qancha to`lash va umuman ekspertlar haqida.

Ulug`bek Hasanov

Ekspertlar - sizning o`rningizga dars berish vakolatiga ega bo`lganlar, ya'ni siz onlayn maktab qilmoqchi bo`lsangiz, lekin o`zingizda aynan bir soha bo`yicha bilim berish ko`nikmalari va tajribangiz yetarli bo`lmasa u holda siz ekspertlarni yollashingiz mumkin.

Ekspertlar ikki turga bo`linadi:

  1. Auditoriyasi bor ekspertlar;
  2. Auditoriyasi yo`q ekspertlar.

Auditoriyasi yo`q ekspertlarni biroz minus tamonlari bor, ya'ni siz ularga auditoriya yeg`ishingiz kerak va ularni biroz tanitishingiz kerak.

Agar onlayn maktabingizni ekspertlar bilan birga qiladigan bo`lsangiz siz ekspert(lar)ingizga prdyuser rolida ishtirok etishingiz mumkin. Ya'ni tayyor bilimli mutahassisni olib unga prodyuser bo`lasiz va uni nomi ostida onlayn maktab yaratasiz. Agarda ekspertning o`z auditoriyasi bo`lsa, ijtimoiy tarmoqlardami yoki offlaynda, ba'zi bir guruhlarda, o`quv markazlarida qandaydir obro'si yoki loyal auditoriyasiga ega bo`lsa bu siz uchun judayam yaxshi xabar. Chunki siz reklama byudjetini 50% dan 30% gacha ekonom qilishingiz mumkin.

Judayam ko`p ekspertlar bor, ular qandaydir bir soha bo`yicha yetuk mutahassis bo`lishadi lekin onlayn maktabni tehnik tamondan yo`lga qo`yishni bilishmaydi. Mana shu paytda siz katta saxnaga chiqasiz, katta vazifani o`z zimmangizga olgan holda ular bilan bog`lanishingiz mumkin. Ya'ni siz o`zingiz tanlagan yo`nalishingiz bo`yicha ekspertni topishingiz kerak bo`ladi. Agar o`zingiz tayyor bo`lmasangiz bilim berish bo`yicha (tanlagan sohangiz bo`yicha), manashu bilimni beroladigan ekspertni tanlashingiz mumkin. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda faol bo`lsangiz, u yerdan siz mutahassislarni topsangiz bo`ladi. Judayam ko`p ekspertlar ijtimoiy tarmoqlarda o`z sahifalariga ega, facebook, instagram, telegramda o`z guruhlar, accountlar, kanallariga ega. Aynan o`sha yerdan topib, ular bilan murojaat qilib, uchrashuv belgilab, o`z oferingizni ya'ni taklifingizni berishingiz mumkin. Taklifingiz ham maksimal professional darajada bo`lishi kerak, ya'ni prezentatsiya qilishingiz mumkin, yoki chiroyli bir pdf fayl berishingiz mumkin. Hech qachon og`zaki taklif bermang, faqatgina uchrashuv og`zaki shaklda kechadi, ya'ni ekspert bilan bo`lgan muloqot va o`sha uchrashuvni umumlashtirish uchun, uni yodida qoldirish uchun albatta unga taklif, fizicheskiy ofer berish kerak.

Ekspertlar bilan shunchaki og`zaki gaplashmang, birinchi uchrashuvda sizning professional ekanligingizni ular bilishlari kerak.

Yana bir mavzu bor, judayam muhim mavzu. Tanlagan ekspertingizning auditoriyasi unga qanchalik loyal bo`lishiga qarab ekspertlarni olish kerak. Ya'ni siz tanlamoqchi bo`lgan ekspertning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida auditoriya tamonidan yozilgan izohlar nazarda tutilmoqda. Misol uchun 10 000 ta auditoriyaga ega ekspertning sahifasidagi izohlar 400-500 ta bo`lsa demak unday ekspertni qo`ldan chiqarmasligingiz kerak. Agar izohlar unchalik ham ko`p yozilmagan bo`lsa, izohlar mazmuniga qarab va ekspertni yozgan javoblariga qarab, umuman olganda ekspert ijtimoiy tarmoqlarni tartib bilan yuritishini kuzatib hulosa chiqarasiz. Ijtimoiy tarmoqlarda tartibli bo`lgan ekspertlar o`z ishigayam befarq bo`lmaydi.

Ekspert bilan daromadni bo`lishish.

Oyning so`ngida sotuvlarni hisoblab, olingan daromaddan 30% gacha ekspertga berasiz.

Ekspertlar bilan har doim og`zaki emas yozma tarzda shartnoma qilishingiz kerak bo`ladi. Qanday shartnoma qilishni quyidagi rasmlarda keltirilgan:

prodyuserskiy_dogovor01
prodyuserskiy_dogovor02
Yozma ravishda tuzilgan shartnomalar ekspert va prodyuser o`rtasida statistika bo`yicha judayam uzoq davom etadi, og`zaki kelishuvlarga nisbatan. Keyinchalik kelishmovchilklar bo`lishini istamasangiz, albatta og`zaki ravishda ekspert bilan bitim tuzmang.

O`z ekspertingizni topganingizdan so`ng ishni nimadan boshlayman degan savol tug`ilishi tabiiy hol. Ekspert bilan shartnoma tuzilganidan so`ng sizga ekspert tamonidan o`quv dasturi kerak bo`ladi. Siz o`z kurslaringizni sifat tamonlama kafolatlash uchun, faqat yaxshi pul topishimiz kerak emas degan maqsadda ekspertingizdan o`quv dasturini demo versiyasini so`raysiz. Demo versiyada 10 ta modul bo`ladimi, 20 ta modul bo`ladimi aynan ekspertni tasavvurida bu kurs qanday ekanligini bilib olishingiz kerak bo`ladi va demo kursni sizga ekspertingiz taqdim etishi kerak bo`ladi. Keyinchalik siz syomka jarayonlariga kirishishingiz kerak. Bu jarayon ham alohida mavzu, buni keyingi bloklarda o`rganib olasiz. Lekin bir narsani aytib o`tishim kerakki, odamlar videoning sifati yomon bo`lsa ko`rishlari mumkin, lekin hech qachon ovozi sifatsiz bo`lgan darslarni ko`rishmaydi. Agarda sizda yaxshi mikrofon bo`lsa buning uchun xarajat qilshingiz kerak.

Sizga topshiriq: Bir hafta ichida tanlagan yo`nalishingiz bo`yicha ekspertlarni topib ular bilan shartnoma imzolang. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ham shartnomani imzolasa bo`ladi. Printer+Skaner usulida ya'ni, shartnoma tuzib printerdan chiqarib avval o`zingiz imzolaysiz, imzolangan shartnomani skanerlab elektron ko`rinishiga o`tkazib olasiz hamda uni ekspertga jo`natasiz. Ekspert ham huddi siz qilgan ishni takrorlab shartnomani o`qib chiqib, imzolangan shartnomani sizga qayta jo`natadi. Bundan avval siz ekspertga loyihangiz haqidagi ko`rgazmali taqdimotni yuboring, rozi bo`lsa omad sizniki.

Keyingi darsga o`tish>>