December 6, 2024

Najot farishtasi

Jkning koʻzlari Asenaga tunni eslatib yubordi. Quyosh u yoqda tursin, oy ham yorita olmagan qorongʻu, zimiston tun. Jkning qoʻli qaltiramas, qizni otib tashlashi ham hech gap emasdi. U pistoletni Asenaning qorniga tirab turardi. Boshqalar koʻrib qolmasligi uchun berkityapti, xayoldan oʻtkazdi Asena ...

Yigitning shu darajada qoʻrqoq va pastkashligi uning kulgusini qistatdi. Ammo bir tomondan oʻz mehnati bir pul boʻlib havoga uchib ketgani uning xoʻrligini ham keltirdi.
Jk endi ogʻiz juftlagan edi telefoni jiringlab qoldi. U toʻpponchasini tushirmay telefoniga qaradi.
- Kimni oʻldirishni bilmay yurgan edim. Yaxshi boʻldi. - iljaydi jk kim qoʻngʻiroq qilganini koʻrib.
Asenaning ichi muzlab ketdi. Jkning tirjayishi quyonning inini topib olgan boʻrini eslatardi. Oppoq tishlari orasidan begunoh odamlarning qoni oqib turgandek edi goʻyo. Demak, unga yana ish topilgan. Bugun-erta u borib yana kimnidir gumdon qiladi.
- Qachon? - soʻradi jk goʻshakni koʻtargach.
- ...
- Yaxshi.
Jk darhol goʻshakni qoʻydi. Asenaga sovuq jilmayib pistoletni yana choʻntagiga soldi.
- Omading bor ekan. Endi boshqasini oʻldiraman.
- jk..... oʻtinaman bunday qilma! - yigʻlamsiradi Asena

- Yolvoraman jk boshqa odam oʻldirma! - dedi Asena tiz choʻkib yalinishdan oʻzini bazoʻr tiyib.
- Birovlarni ishiga burningni suqma. Aks holda undan ayrilib qolasan. -iljayib turaverdi jk.
- Sen Azroyil emassan!
- Odamlar oʻlish uchun tugʻiladi!
- Yoʻq... Odamlar yashash, oʻzidan yaxshi nom qoldirish... va u dunyoda oʻz oʻrnini topishda sinovdan oʻtish uchun tugʻilishadi. Ularga tiriklikni hadya etgan Allohdir! Jonni olish ham Uning ishi!
- Menga koʻp vaysama! Oʻzing ham farishta emassan!
- Men bunday deb daʼvo qilmadim. Beayb Parvardigor!
- Bor-e sen bilan pachakilashib oʻtiramanmi?!
Jk ortiga oʻgirilib ketib qoldi. Asena oʻrindiqda uzoq oʻtirdi. Quyosh oʻz iniga kirguniga qadar oʻzining turli xayollari bilan oʻz olamida sayr qildi.
Kechki payt kimdir kelib uni hayvonot bogʻidan chiqarib yubordi. Amakining gaplari, savollari Asenaning u qulogʻidan kirib, bunisidan chiqib ketdi. U faqat jkni oʻylar, uni bu yoʻldan qaytarish uchun boshqa choralar oʻylab topardi. Ammo oʻylab oʻyiga yeta olmas... oʻzi ham kurashish uchun holdan toyganini his qilardi.
- Qayoqdan kelyapsan?! - qiz uyga kelishi bilan soʻroqni boshlab yubordi xolasi. - Soat nechchi boʻlganini bilasanmi?SENI OʻZBEKISTONGA KETQAZIB YUBORAYMI o'dag'ayladi Iroda xola

Jk aniq biladi, xayoldan oʻtkazdi Asena. Ammo bu gapni tiliga chiqarmadi.

- Nega buncha kech qaytyapsan? Sendan soʻrayapman Asena! - Iroda xola Asenani Koreaga kelgach oʻzgarib qoldi deb takidladi
- Uzr xola, boshqa qaytarilmaydi.
- Oʻsha bola bilan yurganmiding? - koʻzlarini qisib dedi Iroda xola.
- Ha. Lekin havotir olmang, u bilan barcha aloqalarni uzaman. - juda past ovozda shivirladi Asena
Asena keskin qaror qabul qilganidan oʻzi ham ajablandi. Xayollar toʻfonida qolganidan xolasining "Shundoq ham uchrashmaysan" deganini eshitmadi.

Jk yana oʻzining normal hayotiga qaytdi. U asosiy vaqtini jonivorlar bilan oʻtkazar, boshqa vaqtda jangovar tayyorgarlikni oshirardi. Asenadan esa darak yoʻq.
- Men uni haydamadim. Oʻzi kelmay qoʻydi. - Reksning boshini silab turib dedi jk uning hushtaksimon ovozidan nimanidir tushungandek.
Jk ishsiz qolib koʻp vaqtini uyda oʻtkaza boshladi. Hayvonlari bilan koʻproq gaplshadigan odat chiqardi. Bir kuni u baliqlari oldiga kelib uzoq vaqt tikilib qoldi va nimalarnidir gʻoʻldirab turdi.
- Laʼnati men oʻzimga-oʻzim gapiryapman! Endi ovsar boʻlishim qolgandi. Hammasiga oʻsha qiz sababchi. Meni vaysaqi qilib qoʻydi.
Jkning ich-ichidan eʼtirozli fikrlar joʻsh urdi. "Asena meni gapir deb majburlamadi... Tan olishni istamasam ham men usiz zerikdim!"
Yigit uh tortib yana kitobini oʻqishga tushdi oʻzini turli yoʻllar bn vaqtini oʻtkazish uchun harakat qilsada bular be samar.

Yarim kechasi toʻlin oy oʻzining sovuq hukmronligini oʻtkazib atrofni nuri ila yoritib turardi. Katta hovlining u yer bu yerida allaqanday sharpalar turardi. Bahaybat it oʻz inida zanjiriga oʻralib qolgancha uxlab yotardi. Devor tepasida turgan jk uyni kuzatib boʻlgach belidagi toʻpponchani olib uyni qorovullayotgan soqchilarga qarata oʻq uzdi. Ammo shovqin unchalik baland yangramadi. Sababi yigitlarga haqiqiy oʻq emas, vaqtincha hushsiz qilib qoʻyadigan dori otilgan edi. Jk chuqur nafas oldi-yu yerga sakradi.

"Doʻp" etgan past tovush itni ham uygʻota olmadi. Jk bezovta boʻlgancha uyning orqa eshigini qidira ketdi. Topgach sekin ochdi-da uzun va qorongʻu yoʻlakka tushdi. Biroz atrofni koʻzdan kechirib turdi va uydan chiqayotgan
biror shovqinni ilgʻab olishga urindi. Hammasi joyida, oʻyladi jk. Uy egalari dong qotib uxlayapti.
Yoʻlakdagi narsalarni farqlay boshlagan jk ohista qadamlar bilan oʻziga kerakli xonani qidira boshladi. Ikki-uchtagina eshik bor ekan. Asena qaysi birida? Yuqori qavatlarda emasligi aniq. Shu xonalardan birida. Jkning eʼtiborini bir eshik oʻziga tortdi. Bir qarashda boshqalaridan farq qilmasa-da, negadir eshik oldiga kalit osib qoʻyilgan edi. Jkning yuragi hapqirib ketdi.
Asena ichkarida. Eshikni uning ustidan qulflab qoʻyishgan.
Jk eshikni asta tortib koʻrdi. Ochilmadi. Keyin kalitni olib iloji boricha shovqin solmay qulfini ochdi. Endi eshikni tortish kerak. Jkning qoʻli qaltiray boshladi. Birdaniga beshta odamni narigi dunyoga ravona qilganida ham qoʻli bunday titramagan edi. Agar Asena ichkarida boʻlmasachi? Lash-lushlar saqlanadigan xona boʻlsachi bu? Yoʻq, Asena shu yerda, oʻziga-oʻzi taʼkidladi jk
Eshikni ochgan Jk yerda oʻtirgan allaqanday sharpaga koʻzi tushdi.
Xonada boshqa odam yoʻq. Jk uning Asena ekaniga amin boʻlib xonaga kirdi va eshikni yopib, chiroqni yoqdi. Jk oʻzi koʻrgan manzaradan ajablanib bir necha soniya karaxt ahvolga tushib qoldi. Kichik bir xonaga bir kishilik karavot, stol va stul oʻrnatilgan. Televizor yoki kompyuterdan asar ham yoʻq.
Asenani tutqunlikda asrayotgandek edi goʻyo. Asena esa panjarali derazadan yulduzlarga yigʻlab boqib turgan edi oʻsha onda Jungkookning yuragi ortga tortib keti.u nega yeg'lardi .! Uning bo'zdek oqarib ketgan yuzi hato kiyimlarini ham hoʻl qilib yuborgandi ....

Asena uhlamagan , ajablandi jk. Va nega u yigʻlayapti? Uning boʻzdek oqarib ketgan yuzini koʻz yoshlari yuvgan, hatto kiyimlari ham hoʻl qilib yuborgandi . Jk bundan biroz hayratlandi. Uning oyoqlari polga yopishib qolgan, ming xil fikrlarni miyasidan quvib bir ogʻiz gapirishga jurʼati yetmay turardi. Birozdan soʻng Asena boshini eshik tomonga asta burdi. U hamon yigʻlar edi.
- jk....? - bazoʻr shivirladi qiz.
- Asena!

Ular bir-biriga uzoq tikilib qoldi. Asena koʻzlariga ishonmas, qarshisidagi odam jk boʻlishi mumkinligini aqliga sigʻdira olmasdi. Qiz oradagi noqulay sukunatni bartaraf etish uchun oʻrnidan turib jkga yuzlandi.
Nima boʻlibdi?
- Yovvoyilashib ketibsan. - kulib yubordi Asena

Jk ham beixtiyor kuldi. Asena koʻzidagi yoshlar bilan kulsa naqadar goʻzal koʻrinar ekan!
- Ha, endi shunaqa boʻlib qoldi. - hijolat tortdi jk oʻz koʻrinishini eslab.
Bir necha oydan beri soch-soqoliga eʼtibor bermay Robinzon Kruzoga oʻxshab qolgan boʻlsa ajabmas.
- Ahvoling yaxshimi? Kel oʻtir. - Asena jkga stulni koʻrsatib oʻzi karavot chetiga oʻtirdi.
- Meniki yaxshi. Lekin sen haqingda unday deb boʻlmaydi? - qoshlarini chimirdi jk
- jk... - Asena chaynalmay muddaoga koʻchishni afzal bildi. - Meni erga berishyapti. Taehyungga..
Jkning oyogʻi ostidagi pol oʻpirilib oʻzi mangu boʻshliqqa qulab tushgandek boʻldi. Qoʻl-oyogʻi qaltirab yiqilib tushmaslikdan oʻzini bazoʻr tiydi. Tili aylanmay kappa-kappa havo yutar, ongidagi bir-biridan daxshatli fikrlar qurshovida qolib ketgandi.

Jk oʻzini qoʻlga olishga, sogʻlom fikrlab mushohada qilishga urindi.
Asena Taehyungni yaxshi koʻrmaydi! "Erga berishyapti" dedi. Demak, majburlashgan. Oʻzi xohlab tegmoqchi boʻlsa "turmushga chiqyapman" derdi. Va xursand koʻrinar edi. U esa yigʻlayapti... Koʻz yoshlari daryo boʻlib yigʻlayapti...
- Taehyungni yoqtirasanmi? - soʻradi jk rad javobi eshitishga ishonchi komil boʻlsa ham.
- Yoʻq albatta! - Asenaning jahli chiqdi.
- Men bilan ket. Yur, seni olib ketay!
Asena bu taklifdan esankirab qoldi. Nechchi oydan beri Xudoga iltijo qilar, uni qutqarishini, bu tutqunlikdan ozod qilib uzoq-uzoqlarga olib ketishini istardi. Mana, Alloh unga jkni joʻnatdi. Lekin endi Asena ikkilanyapti. Birinchidan Asena yoʻq boʻlib qolsa xolasi toʻgʻri jkning uyidan qidiradi. Ikkinchidan jk bilan ketish...?

- Istamasang, majburlamayman. - oʻngʻaysizlandi jk qizning sukunatini notoʻgʻri anglab.
-jk,buyerdan.. Taehyungdan qutulish uchun borimni berishga tayyorman. Lekin qoʻrqyapman. Meni sening uyingdan topishsa nima boʻlishini oʻylab koʻr.
- Qoʻrqma. Topa olishmaydi. Istasang seni berkitib qoʻyishim mumkin.
Xohlasang seni uzoqlarga joʻnatib masalani tinch hal qilishim ham mumkin.
- Kamera bor-ku?
- Ularni oʻchirganman. Soqchilar ham tinchigan. Bu masalani menga qoʻyib beraver.
- Qanday soqchilar?
- Uyni qoʻriqlayotgan. Ularga eʼtibor berma... Ketamizmi?
- Bilmadim. Ochigʻi qoʻrqyapman.
- Qoʻrqma men borman-ku! Seni bu narkomanning uyida qoldirib ketolmayman,
- Hali narkomanmi?!
- Bilmasmiding? Mayli bu gaplarni keyin ham gaplashaveramiz. Hozir ketish kerak.
Jk oʻrnidan turdi. Asena ham istar-istamas oʻrnidan turdi.
- Olib ketadigan narsalaring bormi? - soʻradi jk
- Faqat shu. - dedi Asena qoʻliga qalin kundalik olib. - Qanday chiqib ketamiz?
- Oshib oʻtamiz. Seni opichlab olaman.
- Asena hademay kun yorishadi. Keyin kech boʻlishi mumkin.
Oʻtinaman menga ishon.
Asena bosh irgʻib qoʻydi. Ikkovlon xonadan chiqib eshikni qulflashdi va kalitni yana oʻz joyiga osib qoʻyishdi. Tashqariga chiqib devor oldiga kelgach Asena endi ogʻiz juftlagan edi jk choʻkkalab uni bir urinishda opichlab oldi..

10 qism tugadi