𝘴𝘸𝘬 𝘢𝘴𝘦𝘯𝘢'𝘴
@swkasen
35 posts

My step uncle

Jungkook adashib qoldi, Asenani hech qayerdan topa olmadi. U uning xonasini, sevimli kafelarini, odatda birga boradigan hamma joyda tekshirdi. Vahima boshlandi, u nimadir dahshatli ekanligini bilardi. Uning telefoniga habar kelgach darxol qaradi ammo hafsalasi pir bo'ldi.

Najot farishtasi

" Sen uxlayabsan, derazadan tushgan oy nuri Sudralib, sudralib koʻrpangga yetar Dunyodagi eng goʻzal ayol Oyning nurlariga oʻranib uxla, Oyning nurlarini quchoqlab uxla! Meni sogʻingan lablaringni oyning lablariga bosib uxlagin. Men bora olmayman, yurak toʻla tosh Ayt qachon vaznsiz boʻlmoqlik mumkin? Qanday oy nuriga aylansa boʻlar? Dunyodagi eng goʻzal ayol, nahot bir umr kerak boʻlsa oy nuriga aylanmoq uchun? Dunyodagi eng goʻzal ayol, nahot bir umr kerak boʻlsa oy nuriga aylanmoq uchun? Jk musiqani choʻzib, meʼyoriga yetkazib kuyladi. Ovozining yoqimli va tiniqligidan oʻzi ham ajablandi. Bir kami qoʻshiqchi boʻlishim qolgandi, xayoldan oʻtkazdi jk jilmayib. Asena biroz gʻinshib qoʻygan edi. Jungkook u uygʻongach uni koʻrib hijolat...

Najot farishtasi

- Koʻzingni yum. - pichirladi jk.. Asena gapirishga ulgurmasidan bola allaqayerga ikki marta oyogʻini qoʻyib devor ustiga chiqib oldi. Bir sakradi-yu oʻz hovlisiga tushdi. - Tuzukmisan? - soʻradi jk Asenaning yerga oʻtirib olganini koʻrib. - Boʻladi. - dedi qiz oyoq-qoʻli qaltirab. Asena oʻrnidan turib jkning ketidan uyga kirdi. Ikkovlon mehmonxonaga koʻtarildi. - Sen oʻtirib tur. Men yeyishga ul-bul olib kelaman. - dedi jk... Asena bir ogʻiz soʻz aytishga ulgurmasidan yigit pastki qavatga tushib boʻldi. Birozdan soʻng u bir patnis toʻla yegulik koʻtarib keldi. - Meni ochlikda saqlashmadi. - kulib yubordi Asena - Pichirlama uydamiz-ku! - jilmaydi jk Asena past ovozda gapirishga oʻrganib qolganiga eʼtibor berdi. Chindan ham... kulsa ham...

Najot farishtasi

Jkning koʻzlari Asenaga tunni eslatib yubordi. Quyosh u yoqda tursin, oy ham yorita olmagan qorongʻu, zimiston tun. Jkning qoʻli qaltiramas, qizni otib tashlashi ham hech gap emasdi. U pistoletni Asenaning qorniga tirab turardi. Boshqalar koʻrib qolmasligi uchun berkityapti, xayoldan oʻtkazdi Asena ...