December 6, 2024

Najot farishtasi

12 qism « Baxt

Jk uyni yana bir marta toʻliq kuzatib shubhali tuyilishi mumkin boʻlgan narsani topmadi. Yaxshiyam Nyutning xonasini boʻm-boʻsh qilib tozalab qoʻygan. Set esa ozodlikda, u yerda kaptar boqaman desa ham ishonib ketaverishadi. Delfin esa ularni ajablantirishi mumkin. Ammo, bu Asena yoki qurol-yarogʻ degani emas. Ehtimol bu toʻnka qorovullar hech narsaning farqiga ham bormas.
- Kelishdi. - kompyuterni yopib oʻrnidan sakrab turdi jk - Vahima qilib, sezdirib qoʻymaslik kerak.
Eshik qoʻngʻirogʻi bir necha bor jiringlab, eshik gursillab urilaverganidan keyingina jk hovliga uyqusiragan qiyofa bilan tushib bordi.
- Hozir, hoooozir. - baqirdi jk esnash barobarida. - Kim?
- Och eshikni!
Jk paysalga solmay eshikni ochdi. Le uy ichki kiyimda chiqibdi. Shotirlari uyga bostirib kirmoqchi edi jk ularni bir itarishda uydan nari qildi.
- Nima gap?! - zarda ila baqirdi yigit.
- Asena senikidaligini bilamiz JUNGKOOK! Yoʻldan qoch.
- Oʻzingni goʻllikka solma! Uni sen olib qochding!
- Qayoqqa olib qochaman?! Uni boshimga uramanmi? Tushuntirib gapiring.
- Jigʻimga tegma bola! - Lee jigʻibiyron boʻldi. - Qiz mening uyimda edi! Kechasi sen kameralarni oʻchirib, yigitlarni xushidan ketkazib, uni olib qochgansan! Uyingda yashirib oʻtiribsan! Lekin homtama boʻlasan, u senga emas oʻgʻlim TAEHYUNGNIKI BOʻLADI unga turmushga chiqadi!

- Nima? - xoxolab yubordi jk. - Shunday demaysizmi. U menikida emas. Bunday yengiltak menga xotin boʻlolmaydi. Oʻgʻlingizga buyursin!
- JUNGKOOK! Men bilan hazillashma.
- Jiddiy aytyapman! - oʻqraydi JK Lee biroz hovuridan tushdi.
- Yigitlar uyingni koʻzdan kechirsin. Shunda ishonchim komil boʻladi.
- Yaxshi. Agar shu bilan koʻnglingiz toʻlsa, marhamat. - dedi jk eshikdan nari turib.
Barzangilar uyga kirib turli tomonlarga ikki kishilashib tarqab ketdi.
Lee oxirida kirib jkning oldida qoldi. Jk eshikni yopib sekin uy tomonga odimladi. Qoʻshni ham beixtiyor unga ergashdi.
- Qochib ketibdimi? - hotirjam soʻradi jk qiziqqan kishi boʻlib.
- Ehtimol. Lekin bir oʻzining qoʻlidan kelishiga ishonmayman.
- U shayton-ku. - chetga tupurdi.. jk - Yaramas meni tunab oʻzi qochib qoldi deb oʻylabman. Siznikida ekanda.
- Tunab?
- Ha, pullarimni oʻmarib qochdi yaramas! Mayli, sadaqa boʻlsin shunga deb qidirmay qoʻydim.
- Hali qoʻli egrimi bu qizni... - oʻylanib qoldi Lee
Jk gaplari nishonga tekkanini bilib uyga kirib ketdi. Yigitlardan biri yertoʻladan yuqoridagi yoʻlakka chiqib boshini sarak-sarak qildi. Birinchi qavatdan ular hech kimni topa olmay ikkinchi qavatga chiqishdi. Jk va uyga keyinroq kirgan Lee ham ularga ergashdi.
- Uyim toʻzib yotibdi, eʼtibor bermang. - jilmaydi jk Leega
- Yigitchilik. Boʻlib turadi. Sen ham oʻzingga xotin top.
- Toparman.
Barzangilar tomdan ham hech narsa topa olmay qaytib tushishdi. Bu orada hovlini tekshirib kelganlar ham qaytib keldi.Ovvoragarchilik natija bermaganinidan Leeni hafsalasi pir boʻldi.
- Erta tongda bezovta qilganimiz uchun uzr, . Bu qizni topmasam oʻgʻlim hammayoqni boshiga koʻtaradi. - qoshlarini chimirdi Lee
- Topilib qolar. Oʻqish joyidan soʻrab koʻring.
- Ha, shunday qilamiz. Mayli, yaxshi dam ol.
- Xoʻp ishlaringizga omad.- dedi jk ularni eshikdan kuzatib qoʻyar ekan. - Tez orada Asenani topib qolarsiz. - ayyorona jilmaydi jk eshikni qulflab boʻlgach.
Yigit xonasiga borib eshikni besh marta taqillatdi, soʻng eshikni ochdi.
- Ketishdimi? - soʻradi Asena oʻrnidan turib.
- Hayriyat.
- Darvoqe... Asena ularni ishontirish uchun seni biroz haqorat qildim.
- qizargancha dedi jk
- Hechqisi yoʻq.
- Seni... oʻgʻriga ham chiqardim. - peshonasiga urdi jk
- Hafa boʻladi deb oʻylayapsanmi? - kuldi Asena. - Rolingni mahorat bilan oʻynagan boʻlsang kifoya. Nima deganlaring men uchun ahamiyatsiz.
- Rahmat... Yur endi bir suhbatlashamiz.
- Uzoqmi? - jilmaydi Asena mehmonxonadagi divanga qulay joylashib olib.

- Butun umr... - tomoq qirdi jk oraga sukunat tushgach. – Oradan uch oy oʻtdi, Asena Nimalarni boshingdan oʻtkazding? Birma-bir gapirib berchi.
- Nimadan boshlashni bilmaysan kishi... Oʻsh kuni uyga kech qaytdim.juda ham kech qaytdim. Keyin xolam meni urushib, bir nimalar dedi. Gapni aylantirib meni Taehyungga toʻgʻirlab qoʻydi. "U seni yaxshi koʻrib qolibdi, baribir
shunga tegasan"miyey... Taeni oʻzi ham shu yerda edi. Men bilan gaplashib koʻndira olaman deb oʻylagan ekan. Ish bermagach meni qochib ketmasin deb qamab qoʻyishdi. Taehyung esa ish yuzasidan ketgan emish.
- Uch oy qamoqda oʻtirdingmi?! - baqirib yubordi jk
- Qamoq dema, juda xunuk eshitildi... Ha, oʻsha xonada uch oydan beri oʻtiribman.
- Elektron vositalar yoʻq?
- Yoʻq. Telefonimni oʻsha kuniyoq olib qoʻyishdi. Qolganidan umid ham qilmay qoʻydim.
- Shuning uchun qoʻngʻiroq qilsam oʻchiq chiqibdida?
- Ehtimol. Shukr-ki, oʻchiq ekan. Aks holda yoʻqolishimda sening qoʻling borligini aniq payqab qolishardi.
- Xoʻsh oʻzing nimalar bilan band boʻlding? - qiziqdi Asena
- Aytishga arzimas ishlar.
- Toʻrt devor orasida oʻtirishdan koʻra yaxshiroqdir? - kuldi Asena
- Kim bilsin. Bekorchilik bilan mashgʻul boʻldim...
- H-ha.
- Esingdami mashinaga chiqib olgan kuning DAN xodimi meni toʻxtatib, yukxonani tekshirdi. Shunda seni koʻtarib pastga olib tushgandim.
- Yo tavba! Qanday qilib?! Axir u vaqtda sen... bir odamni oʻldirib qaytayotgan eding. Bundan tashqari militsiya tekshiruvi ostida eding. Haligi iskovuch it istalgan daqiqada sendagi... barmoqdan qon hidini sezib qolishi mumkin edi. Va shunga qaramay sen bir necha soniya ichida mening ogʻirligimni oʻlchab koʻrding?
- Bu sen aytganchalik vahima emas. - kuldi jk. - Militsiya borligini bilardim. Shuning uchun hotirjam edim. It nimanidir payqagandek boʻldi-yu, ammo barmoq ishonchli berkitilgan edi... Bir vaqtning oʻzida miyani aniqrogʻi, eʼtiborni uch-toʻrt narsaga qaratish unchalik qiyin emas.
- Men uchun qiyin.
Ikkovlon oshxonaga tushdi. U yerning ham ahvoliga qarab boʻlmasdi.
Jk Asenani qoʻyarda-qoʻymay stolga oʻtkazib oʻzi nonushta tayyorladi.
Asenaning oldi bir talay noz-nematlarga toʻlib ketdi.
- jk, meni boʻkib qolishimni istayapsanmi?
- Yoʻq. Sen shoshmasdan, dam olib yegin.
- Oʻzing ham oʻtir. Oldin shularni yeylikchi.
- Nonushtadan keyin uxlaysan! - dedi jk oʻrindiqqa joylashib.
-Eʼtirozga oʻrin yoʻq. Koʻzlaring qizarib, qovuqlaring ishib ketgan. Toʻyib uxlab olishing kerak. Istasang uyqu dori bor.
- jk. kerakmas. Erkinlikdan biroz toʻyib olay. - jilmaydi Asena -Jonivorlar bilan vaqtimni oʻtkazmoqchiman. Shuncha yeganlarimni hazm ham qilish kerak-ku.
- Yaxshi, unda keyinroq uxlaysan.
- Xoʻp.
Ikkovlon turli mavzularda suhbatlashib nonushta qilishdi. Asena oshxonani yigʻishtirib olaman deganiga qaramay jk uni urushib-urushib Reksning oldiga joʻnatib yubordi. Oʻzi u yer, bu yerni tozalagan kishi boʻlib tashqariga chiqdi.
- Nega yana pichirlayapsan? - soʻradi jk qizning gaplarini ilgʻab ololmay.
- Eshitsa eshitar. Nima endi oʻgʻrilarga oʻxshab birovni uyidek pichirlashimiz kerakmi?
- Xoʻp-xoʻp. Baqirmasang boʻldi.
- Reks ham seni juda sogʻinib qolgandi. - jilmaydi jk Asenaning yuzini yalashga urinayotgan itini koʻrib.
- Ha, koʻrinib turibdi.Oskar yaxshimi?
Delfin hovuzning u chetidan bu chetiga qadar ohista suzib borib kelardi. Asena yerga bazoʻr choʻkkalab uni tomosha qilib oʻtirdi. Egnida keng va uzun koʻylak boʻlgani uchun biroz noqulay holatda qolib ketdi.
Kiyimimni almashtirish kerak, xayoldan oʻtkazdi qiz. Koʻchaga chiqib boʻlmaydi. Jkni ham joʻnatib boʻlmaydi. Demak, chidash kerak.
- Charchamadingmi? - soʻradi jk
- Yoʻq. Ish qilganim yoʻq-ku nega charchayman?
- Shunchaki. Oshxonaga yur.
Jk uyga kirib ketdi. Asena ham uning ortidan ergashdi.
- Nima gap?
- Mana bu yerga oʻtir. - stulni koʻrsatdi jk.- Koʻzingni tagi shishib, qorayib qolibdi. Bu uyqusizlikdan. Hozir uni yoʻq qilamiz.

Jk paketchali choylardan ikkitasini olib bir marta qaynoq suv solingan piyolaga botirdi. Keyin Asenaga yuzlandi.
- Nima qilmoqchisan? - qoshlarini koʻtardi Asena
- Hozir koʻrasan. Unchalik issiq emas, kuydirmaydi.
Asena hadiksirab tursa-da qarshilik bildirmadi. Jk paketchaning birini qizning oʻng koʻzi ostiga - qovogʻiga bosib turdi.
- Buni ushlab tur. - dedi jk paketchadan qoʻlini sekin olib.
Keyin yigit ikkinchi paketchani ham uning chap koʻziga qoʻydi. Tekis joylashgach, Asena uni ham ushlab oʻtirdi.
- Uzoq tursinmi? - dedi Asena yuzi hoʻl boʻlib ketgach.
- Yana biroz. Ishon, foyda beradi.
- Farqi yoʻq. Jk, bu ketishda boʻkib qolmasam boʻlgani. Axir hozirgina choy ichdik-ku.
- Xoʻp, men ham hozir yeysan demadim. Tushlikka?

- Mayli. Bir nima oʻylab topamiz. Lekin bilib qoʻy, tushdan keyin uxlaysan. Hech qanday qarshilik inobatga olinmaydi. Toʻyib uxlashing shart.
- Xoʻp-xoʻp.
Birozdan soʻng Asena choy paketlarini axlatga tashlab yuzini yuvib oldi. Oʻzini bir chetdagi oynaga solar ekan, anchayin oʻzgarib ketganini koʻrdi. Ikki oy davomida koʻzguga qaramagan edi. Oynadagi insonni koʻrib taniy olmadi. Nahot tushkunlik Asenani shu darajada ezib tashlagan boʻlsa?
- Istasang jonivorlarni birga ovqatlantiramiz. - dedi jk
Asena bosh irgʻab qoʻydi. Ular tahminan bir soat bu ish bilan mashgʻul boʻlishdi.
- Film koʻramizmi? - soʻradi jk tushga qadarbiror foydali yumush xayoliga kelmay. - Ancha boʻldi-ku koʻrmaganingga.
- Mayli. Eh, mening sevimli seriallarim! Mensiz zerikib qolishgandir.
Asena televizor qarshisiga oʻtirib u kanaldan bunisiga olib oʻtirdi. Jk ham biroz tomosha qilar, keyin "Hozir kelaman" deb ketib, yana qaytib kelar, nimadandir tund boʻlib qolardi.
- Tinchlikmi? - soʻradi Asena xonaga qaytgan jkdan.
- Tinchlik. Bir narsa qidirayotgandim. Topa olmayapman.
- Qidirishga yordam beraymi?
- Yoʻq. Boʻldi shartmas, kino koʻramiz.
- Hind kinosi. - televizorga ishora qildi Asena tushuntirgan boʻlib. -"Muhabbat va nafrat".
- Yaxshi kinomi?
- Judayam.
Film tugaguniga qadar jk boshqa qoʻzgʻalmadi. Ammo ora-orada soatga koʻz tashlab turardi. Tushga yaqin eshik jiringladi. Qoʻngʻiroq ovozi jkning qoʻl soatidan ham eshitilgach bola yugurib pastga tushib ketdi.
Asena "Nima gap" deyishga ham ulgurmay qoldi.
- Tushlik vaqti. - jk patnis koʻtarib mehmonxonaga chiqdi.
- Oz boʻlsa ham yeb ol. Keyin uxlashing kerak.
Jk qoʻyarda-qoʻymay Asenani buyurtma qilingan ovqatlar bilan mehmon qildi. Qiz oxiri yorilib ketishini bahona qilgancha undan qutulib qoldi.
- jk, chin soʻzim. - dedi Asena idishlarni oshxonaga olib tushayotib. -Agar boʻkib oʻlib qolsam, sen javobgar boʻlib qolasan.
- Qoʻrqma, boʻkmaysan... Yoʻq-yoʻq idishlarga tegma!
- Axir qachongacha yuvuqsiz yotishi mumkin?! - jigʻibiyron boʻldi - Men uchun uyat bu jk Sen bunday narsalarni baribir tushunmaysan. Hozir besh daqiqada yuvib boʻlaman.

- Kuch ishlatishga majbur qilma! - dedi jk Asena bilan rakovina orasiga turib olib. - Hozir uxla. Mayli, uygʻonganingdan soʻng nima istasang shuni qilasan.
-jk...
- Asena, xoʻp degin!
- Xoʻp! Boʻldimi? Koʻngling joyiga tushdimi?
- Deyarli. Endi yuqoriga chiq. Vayron qilinmagan xonalardan biri hamon ozoda turibdi. Oʻsha yerda dam ol. Istasang uyqu dori beraman.
- Yoʻq dedim-ku.
- Mayli oʻzing bilasan.
Jk qizni xonasiga qadar kuzatib qoʻydi. Keyin oʻz xonasiga yoʻl olib yoʻqotgan narsasini qidira ketdi. Asena toʻyib qolgani, xona ham iliqqina boʻlgani uchun koʻrpaga bosh qoʻydi-yu, birozdan soʻng uyquga ketdi.
Jkqizning uxlaganidan foydalanib hammayoqni chinni-chiroy qilishga tutindi. Xonalarni tartibga keltirdi, xatto supurib, chang-polini artdi.
Oshxonani yigʻishtirishga juda koʻp vaqt sarfladi. Ammo vaqt oʻtib kerakli natijaga erishildi. Uy yogʻ tushsa yalagudek boʻldi.
Jk Asenaning xonasini sekingina ochib ichkariga moʻraladi. Asena koʻrpani boshiga qadar tortgancha dong qotib uxlardi. Jk sekin ichkari kirib qizning qarshisiga oʻtirib oldi. Soniyalar daqiqalarga, daqiqalar soatga

ulanib ketdi. Yigit bu mashgʻulotdan sira zerikmas, qimir etmay uni kuzatib oʻtiraverardi. Asena uzoq muddatli charchoqlardan soʻng ilk bor tiniqib uxlar, xatto qimirlab ham qoʻymasdi. Jk uni tomosha qila turib beixtiyor past va yoqimli ovozda hirgoyi qila boshladi.

12 Tugadi

davomi nima bo'ladi deb o'ylaysiz