Najot farishtasi
" Sen uxlayabsan, derazadan tushgan oy nuri Sudralib, sudralib koʻrpangga yetar Dunyodagi eng goʻzal ayol Oyning nurlariga oʻranib uxla, Oyning nurlarini quchoqlab uxla!
Meni sogʻingan lablaringni oyning lablariga bosib uxlagin.
Men bora olmayman, yurak toʻla tosh Ayt qachon vaznsiz boʻlmoqlik mumkin?
Qanday oy nuriga aylansa boʻlar?
Dunyodagi eng goʻzal ayol, nahot bir umr kerak boʻlsa oy nuriga aylanmoq uchun?
Dunyodagi eng goʻzal ayol, nahot bir umr kerak boʻlsa oy nuriga aylanmoq uchun?
Jk musiqani choʻzib, meʼyoriga yetkazib kuyladi. Ovozining yoqimli va tiniqligidan oʻzi ham ajablandi. Bir kami qoʻshiqchi boʻlishim qolgandi, xayoldan oʻtkazdi jk jilmayib. Asena biroz gʻinshib qoʻygan edi. Jungkook u uygʻongach uni koʻrib hijolat boʻlmasin deb honani tark edi
oʻz xayollariga berilgancha baliqlarni kuzatib oʻtirdi. Kech tushgan boʻlsa ham Asena uygʻonmas, jk esa fikrlarining poyoniga yeta olmasdi.
Atrofga qorongʻulik choʻka boshlagach jk havotirga tushdi. Shunchalik koʻp uxlash mumkinmi? Umuman olganda uch oydan beri uxlamay, tuni bilan yigʻlab chiqqan... va bu tabiiy hol.
- Uygʻondi. - beixtiyor dilidagini tiliga chiqardi jk qizning eshik ochganini eshitib.
- Nega vaqtliroq uygʻotmading? - oʻpkalandi Asena yuz-qoʻlini yuvib xonaga kirar ekan.
- Shirin uyquga ketibsan, buzgim kelmadi.
- Yettidan oshdi. Tiniqib uxlading.
- Sharmanda. - yuzini qoʻllari bilan toʻsdi Asena divanga oʻtirib.
Jk uning qarshisiga kelib tomoq qirib oldi.
- Asena! Senga aytadigan gaplarim bor.
- Eshitaman?
- Haligi... Oʻzi yozib olgandim, topa olmayapman. Hozir oʻzidek chiqadimi, yoʻqmi bilmadim. Menimcha...
- Nima gap jk - ajablandi Asena Jkning qiyofasini koʻrib. U nimadandir bezovta.
Jk chuqur nafas olib chiqardi. Keyin qoʻlini Asenaga uzatdi. Asena biroz ikkilanib unga qoʻlini choʻzdi va oʻrnidan turdi. Jk uni qoʻlidan yetaklab deraza yoniga olib keldi.
- Asena... - gap boshladi jk yana tomoq qirib. - Shu oʻtgan oy davomida juda koʻp narsa oʻzgardi. Men ham oʻzgardim, payqagan boʻlsang kerak.
- Ha, soqol qoʻyibsan. - beixtiyor kulib yubordi Asena. Keyin jkning esankirab qolganini koʻrib qoʻshimcha qildi. - Kechirasan, hazillashdim.
- Toʻgʻri aytasan, soqolim oʻsib ketdi. Ammo buni nazarda tutmadim...
Xullas... Senga bir dunyo gap aytmoqchi edim ammo topolmayapman.
- jk. tinchlikmi?
Yigit bir necha soniya sukut saqlab, chuqur nafas oldi.
- ...Seni sevaman!... Men seni sevaman Asena ! Dunyolarcha sevaman.
Hatto-ki itim Reksdan ham qizgʻonib sevaman. - ikkovlon ham kulib yubordi.
- Seni sevaman... Bilaman, senga mutlaqo munosib emasman. Sen mendan yuz chandon yaxshi, mehribon odamga loyiqsan. Oʻzimdagi qusurlarni sanasam, adogʻi yoʻq. Lekin baribir seni sevaveraman.
Kechirasan, ammo oʻzimga seni sevishni taʼqiqlay olmadim.
Oraga qisqa sukunat choʻkdi. Jk Asenaning qoʻli qaltirayotganini qoʻllari bilan his qilar, bundan negadir quvonar edi. Asena boshini quyi egib turaverdi. Bir soʻz, bir ishora bermadi. Jk birdan havotirga tusha boshladi.
Agar Asena uni sevmasa-chi? Asena uni tashlab ketsa-chi?
Asena jkning qoʻlini bilinar-bilinmas qisdi. Oʻzi boshini astagina koʻtarib jkga tabassum hadya etdi. Shu birgina maʼsum tabassum jkning ruhini yettinchi osmonga olib ketdi. Sevadi! Uyalganidan gapira olmayapti.
Ammo sevadi!
Jk beixtiyor qoʻlini Asenaning belidan oʻtkazdi. Bir qoʻli bilan qizning iyagini yuqori koʻtarib oʻzi yaqinlashdi. Nafaslar qovushib, orada zarradek masofa qolganida Asena yuzini chetga burib qoʻlini jkning labiga bosdi.
- jk.. Iltimos... Hamma narsaning oʻz oʻrni, oʻz mavridi boʻladi.
Jk qoʻlini tortib oʻzi bir qadam ortga chekindi. Qarshisidagi koʻziga farishtadek koʻrinayotgan Asenaga pichirladi.
- Iffatingni sevgingdan ustun qoʻyganing uchun ham rahmat! - jk Asenaning peshonasidan oʻpib qoʻydi.
Jkning soqoli Asenaning yuz-koʻziga tegib gʻashini keltirdi va qiz kulib yubordi. Jk ajablandi.
- Seni sevaman deb kim aytdi? - koʻzlarini suzdi Asena soxta hayrat qiyofasini yasab.
- Iya sevmaysanmi hali?! - yolgʻondan oʻdagʻayladi jk ham hazillashib.
- Hozir soch-soqolimni olib kelaman, sevib qolasan.
Jk chindan ham xonadan chiqib ketdi. Asena esa ham shirin tuygʻular,
ham qoʻrqinchli oʻylar iskanjasida qolib ketdi. Jk va nihoyat sevgisini izhor qila olganidan cheksiz mamnun edi. Ikki yosh sarxush xayollar ichra yettinchi osmonda parvoz etardi.
Oradan 1 hafta oʻti!
FXDYO xodimi jkning Asenani qoʻliga uzuk taqishini zavq bilan tomosha qildi. Asena ham jkga uzuk taqib jilmayib qoʻydi. Oradan atiga biroy oʻtgan boʻlsa-da Asenaning qiyofasida toliqish, sogʻlikning yomonlashishidan asar ham qolmagan edi. Bugun u oppoq koʻylakda boʻlajak turmush oʻrtogʻining qoʻlini ushlab turar ekan, dunyoda undan baxtiyor odam yoʻq edi. Jkning quvonchi esa ichiga sigʻmas, etidan sakrab chiqqudek boʻlib quvonardi.
- Bugundan boshlab sizlarni Zhang Jeonlar oilasi deb e’lon qilaman.
Muborak boʻlsin!
Kichkinagina xonani qiy-chuv egalladi. Jk va Asena koʻchib oʻtgan Phenyan shahridan uy oldi ish toldi va tanish doʻstlar ortirdilar
odamlari orasidan kelin-kuyovning oʻrtoqlari ham topila qolgandi.
Ular yangi doʻstlarining baxti butun boʻlganidan sevinib qichqirar edi.
- Endi menikisan! - Asenani ohista bagʻriga bosdi jk. - Ham qonunan, ham shaʼran!sening talabning boʻyicha
Kuyov-dostk Felix jkga shipshib bazmga kech qolishayotganini aytdi.
Ular mashina tomon odimlar ekan, jk Asenaning yiqilib tushmasligi uchun tirsagidan ushlab oldi. Asenani boʻyi oz boʻlsa-da jkga yetishi uchun juda baland poshnali tufli kiygan edi.
- jk ,bemalol yura olaman. - kulib yubordi Asena
- Yiqilib tushsang, Nara xoladan gap eshitmay deymanda. -ishora qildi yigit.
Jk dastlab Asenani mashinaga oʻtkazib, soʻng oʻzi ham joylashdi.
Kelin-kuyovning oʻrtoqlari boshqa mashinaga oʻtirdi. Ular gʻizillab bazm uchun atalgan restaran tomon uchib borar ekan, videochi ikki yoshni tasvirga tushirib ketdi.
- Hadeb Asenani olaverma! - oʻshqirib berdi jk Asenaning ikkinchi qavatdagi fatasini ham tushirib.
- Aka, bir oʻzingizni olmayman-ku! Kelini olmasam, odamlar bu bola kimga uylangan ekan deb hayron qolishmaydimi?
- Videoni baribir hech kimga koʻrsatmaymiz. Olma, tamom.
- jk! - Asena uning qulogʻiga labini olib kelib pichirladi. - Videoni uyiga olib ketmayapti-ku, bizga tayyorlab bermoqchi.
- Oʻziga nusxa koʻchirib olsa-chi? - asabiylashdi jj
- Tavba! Bular nechtalab toʻylarni videoga olishgan boʻlsa. Men ham unchalik chiroyli boʻlmasam.
- Nima?! - jk qoʻlining uchi bilan Asenaning ogʻziga yengil urib qoʻydi.
- Yana bir marta shunday deganingni eshitsam, mendan yaxshilik kutma.
Sen dunyolar goʻzalisan.
Kichkina qishloqda hamma binolar bir-biriga yaqin joylashgan. Zum oʻtmay ular Restaranga yetib kelishdi. Atrof toʻla odam. Asenaning qoʻli qaltiray boshladi. Jk mashinadan tushib Asena oʻtirgan tomonga bordi. Shu bir-ikki qadamgina yurar ekan, oyoqlari negadir oldingidan katta va besoʻnaqaydek tuyulib ketdi. Oʻzini yurishni endi oʻrganayotgan noʻnoq boladek his etdi.
Jk eshikni ochib Asenaga jilmaydi. Qiz bir oyogʻini sekingina yerga tushirdi. Jk Asenaga ozor bermay deya ohista bosib qoʻydi. Asena oyoqlari qaltirab yiqilib ketmaslikka uringancha jkning qoʻlidan mahkam ushlab borardi. Nara uning atrofida parvona boʻlib goh etagini, goh fatasini toʻgʻirlab qoʻyardi.
Jk odamlarning oʻzaro gap-soʻzlarini eshitib zavqlanar edi. Ulardan biri "Kelinning chiroyi fatasidan ham koʻrinib turibdi" desa, yana biri "Kuyov juda kelishgan ekan. Mushaklariga qarang kostyumidan ham bilinyapti" derdi.
Ular Pxenyanda anchagina yaqinlar ortirgan edilar ayniqsa Asena!. .... Bazm ham ohirlar ekan Jungkook Asenani qoʻlidan ushlab markazga olib chiqdi va ular vals tushishni boshlashdi yigit qizning koʻzlarga sevgi bn boqib turardi
- Seni sevaman - tixirlik qilib qizni belidan silab chimdib oldi - bu kecha meni sevgim qanchalar kuchli ekanini koʻrasan bugunga goʻzalligingni rashq qildim shu bn birgalikda endi faqat seni men koʻraman hech bir erkak hato yuzini ham koʻrmaydi sevgilim
- jk oyogʻingizni bosib olaman kam gap boʻling
Ular vaqti tez o'ti kech ham tushgach ketishga tayyorgarlik koʻrayotgan jkni koʻrgan Nara va Felix ularni toʻsib yana koʻngil hushli qilishni aytib iltimos qilishdi ammo Jungkook fikrida qatʼiy turib olib barchani yonida Asenani koʻtarib mashina tomon keti
- endi uyga boramiz - yigit mashinaga oʻtirgach qizga kulib gap boshladi - bilasanmi endi bizni alohidali koʻngil hushligimiz boshlanadi sevgilim
- yoʻl davomida gʻazal aytib ket yoki sher sevgi haqida! Qizga qarab gapirdi Jk
- Hayhot, birorta bizga hamdam yoʻq, Koʻngil yigʻlaydi-yu koʻzlarda nam yoʻq.
Essiz, taqdir ekan, qaydan bilibmiz, Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz.
Ular manzilariga kelishgach Jungkook mashinadan tushib qiz tomon keti va eshikni ochgancha uni qolidan ushlab uy tomon olib kirdi
- Jungkook - qiz gapini tugatmasidan erining labalarini labida his eti