December 6, 2024

Najot farishtasi

𝓂𝓊𝒽𝒶𝒷𝒶𝓉𝒾𝓂 ℴ𝓁𝓉𝒾𝓃𝒸𝒽𝒾 𝒷ℴ𝒷

6 qism « xato

- Yetib keldik. - dedi jk mashinani yoʻldan ancha ichkariga olib kirib toʻxtar ekan.
- Voy oʻrmon qani?
- Bu oʻrmon boʻlmay nima, Asena? - atrofga koʻz yugurtirdi jk
- Men umuman boshqacha tasavvur qilardim. Chirmovuqlar, botqoqlikka aylangan joylar va yana nimalardir boʻlishi kerak edi xayolimda.
- Oʻzim shunchaki... Asena sen aytgan chirmovuqlar changalzorda boʻladi. Junglida. Biz esa oʻrmonga keldik.
- Shunaqa de? - Asena hayrat bilan atrofga temurldi.
Koʻkka yetgudek baland bu daraxtlar oʻrmon ichidagilarni quyoshdan pana qilib turardi. Daraxtlarda qushlar in qurgandi. Yer esa baʼzi qadimiy daraxtlarning tomirlari boʻrtib chiqqani yoki daraxti kesilib, toʻnkasi qolgan joylarni inobatga olmaganda tekis edi.
Asena ichkariroqqa qadam qoʻyib atrofni jonli ekanligini his qilib bordi.
Goʻyo barglar orasidan kimdir uni kuzatayotgandek, jonivorlar undan qoʻrqib chekka-chekkadan poylayotgandek. Atrof sir-sinoatlarga toʻla-yu, uni begona odamdan maxfiy saqlamoqchidek goʻyo.
- ASENA! - jkning baqirgani eshitildi.
- Labbay? - Asena ortiga oʻgirildi. Mashinadan juda uzoqlab ketibdi.
Qachon bu yerlarga kelib qoldi?
- Esingni yedingmi? - jk yugurib kelib uni mashina tomonga olib ketdi.
- Kutib tursang hozir kiramiz ichkariga.
-jk kechirasan, men bilmay qoldim.
Yigit indamadi. Asena tabiatga mahliyo boʻlib ichkari ketib qolgan vaqtda jk yukxonadagi muzlatgichdan Nyutni olib tushibdi. Qizning yuragi uvishib, eti jimirlab ketdi.
- Mana buni koʻtarchi, ogʻir emasmi? - jkAsenaning qoʻliga ulkan sumkani tutqazdi.
- Yoʻq. - sir boy bermay dedi Asena sumkani koʻtarib beli bukilib
ketmasligi uchun muvozanatni bir amallab saqlab qolgan boʻlsa-da.
- Bir joy bor. Oʻsha yerda ov qilaman. Yetib borgunimizcha shu sumka senda tursin.
- Yaxshi.
Jk yana bir dunyo narsa solingan yuk xaltasini yelkasiga ortdida mashinani qulfladi. Soʻng yerda uzala tushib yotgan Nyutning jasadini koʻtardi. Jkning tizzalari bukilib ketganini koʻrgan Asena havotir ola boshladi. Qoʻlidagi sumka oʻziga patdek yengil tuyilib ketdi.
Jungkook ichkari kirganimizdan soʻng qabir qazib Nyutni daft eti uni koʻrib yuragim ezildi soʻng qoʻlimdan sumkani olgach boshqa tomon ketik u qushlarni ovlab tushirarkan men yerga qon boʻlib tushgan qushlarni koʻrib yuragim orqaga tortib keti
- Iltimos ketaylik. Qushlarni ovlashing shartmi? - pala-partish gapira boshladi qiz sochlarini changallab. - Jonivorlarga boshqa yegulik bersa ham boʻladi-ku!
- Hayvonlarni oʻldirishni bas qil deyapman. Bu gunoh, jk Tiriklikni Alloh hadya etgan. Ularning jonini olish ham Yaratganning izmida. Sen ularni oʻldirmasliging kerak.
Jk xoʻrsinib, ensasini qotirib turardi. Asena miltiq ushlagan qoʻllaridan nafratlanib ketdi.
- Men oʻz yoʻlimdan qaytmayman. Setga yetarli zahira olgach uyga qaytaman. Senga yoqmasa qaytib ketishing mumkin. Istasang mashinada kut, qoʻlingdan kelsa minib ket.
- jk, sen ham ketishing kerak!
- KETMAYMAN! Oʻzing yayov ketaver uyingga. Darvoqe xizmatkorsan-ku, sening uying yoʻq. Qayoqqa borsang boraver! Mendan nari tursang boʻldi!
Asenaning xoʻrligi kelib yigʻlab yubordi. Ha, u xizmatkor. Ota-onasi erta vafot etgan, xolasi ham kambagʻal. Oʻzi hali mustaqil emas. Ammo bu uning qalbi yoʻq degani emas-ku!
Jk narsalarini yigʻishtirib uzoqlasha boshladi. Asena uni fikridan qaytara olmasligini bilib katta yoʻl tomonga yurib ketdi. Adashib qolish, shuncha yoʻlni yayov bosib oʻtish haqidagi qoʻrquvlar Asenaga begona edi.
Uning xayolida bir soʻz tinmay aylanardi. "Xizmatkorsan!"

Asfalt boʻlishiga qaramay mashinalar kam qatnaydigan yoʻl chetida Asena ketib borardi. U hech narsani his etmas, hech narsa haqida oʻylamasdi. Baʼzi mashinalar signal chalib oʻtsa ham, borgan sayin kech tushib, quyosh oʻz iniga kirishga taraddudlanayotgan boʻlsa ham qiz eʼtibor bermas edi. Ochlik va tashnalik ham uni qiynamas, jonsiz qoʻgʻirchoqdek yurardi.
Yoʻldan yuk mashinasi katta tezlikda kelib uning oldida toʻxtadi va Jungkook Asenaning yoʻlini toʻsib oldi.
- Nega mashinada kutmading?!
- ...
- ...
Asena javob bermay, jkning qarshisidan boshqa yoʻl qidirib odimlayverdi. Qiz hatto uning yuziga qarashni ham oʻziga ep koʻrmadi.
- Asena! Meni kechir. Boʻldimi? Endi mashinaga oʻtir. - jk qizni qoʻlidan ushlamoqchi edi Asena qoʻlini siltab tortib oldi va yoʻlida davom etdi.
- Arazingni yigʻishtirsangchi! Hozir kech tushadi boʻrilarga yem boʻlmiqchimisan?!
Asena boshini quyi egkancha ketaverdi. Mashina juda orqada qolib ketgani uchun jk jigʻibiyron boʻlib ortiga qaytdi va mashinani qizning oldida haydab bordi.
- ASENA dedim! - baqirdi JK oynadan. Javob esa yoʻq. - Menga qara, jaxlim chiqsa ketib qolaman. Bir oʻzing qolib ketasan shu yerlarda.
Sekin ketayotgan yuk mashinasini yengil mashina aylanib oʻtdi-yu Asenani koʻrib tezlikni pasaytirgancha gap ota boshladi.

- Yaxshi qiz, bu yerlarda bir oʻzingiz nima qilib yuribsiz? Oʻtiring, aytgan manzilingizga olib borib qoʻyaman. Yoʻl haqqi kerakmas, bitta oʻpich kifoya.
Jk mashinadan sakrab tushdi. Yengil mashina haydovchisi ham tushib qizning yoʻlini toʻsmoqchi boʻlganida allaqayerdan yuziga bir musht tushib uni gandiraklatib yubordi. Asena bularga mutlaqo parvo qilmas, ularning gaplari-yu soʻkinishlari qulogʻiga kirmas edi. Jk begona yigitni oʻlas qilib kaltakladi. Bor alamini undan chiqarib oldi. Nyutning halokatidan tortib eng yaqin odamiga aylangan Asenaning araziga qadar. Ha, Asena uning eng yaqin odami edi. Ammo, nachora... Jk oʻz yaqinlariga ozor beradigan bir xudbin
Asena mushtlashuvdan ancha oldinlab ketdi. Jk yerda bukchayib, chala jon boʻlib qolgan yigitni yana bir tepib mashinasiga oʻtirdi. Asenaning oldiga yetganda toʻxtab bir ogʻiz soʻz demay uni mashinaga oʻtqizib qoʻymoqchi boʻldi.

- Menga tegma! - baqirdi Asena oʻzini jkdan uzoq tutib. - Men xizmatkorman-ku! Kambagʻalligim senga ham yuqmasin, mendan nari yur!
Jk qizning gaplariga eʼtibor bermay dast koʻtardi-yu mashinaga oʻtqizib kamarini taqdi va eshikni qulflab qoʻydi. Asena asta-sekin oʻziga kela boshladi. Atrofni qorongʻulik egallab borayotgandi. Asenaning ichini vahima egallab oldi. Yaxshiyam jk bor, koʻnglidan oʻtkazdi qiz. Ammo buni sezdirmadi.Xayollari daturli fikrlar charx ursa ham tashqi qiyofasi oʻzgarmas, goʻyo jonsizdek qolaverdi.
Jk bolani uraverganidan yorilib, qonab ketgan qoʻli bilan rulga ham urib-urib qoʻyar, gohida gʻoʻngʻillagancha soʻkinar yo nimalardir deb borardi.
Oxiri Asenaga ham oʻshqirib berdi.
- Men ketib qolganimda nima boʻlishi tasavvur qilyapsanmi?! - baqirdi jk
- Asena, bilib qoʻy: bu dunyoda yaxshi odamlar juda kam. Sendeklar qolmagan. Hammani ham oʻzingga oʻxshataverma! Gʻaliz niyatli odamlar juda ham koʻp!
- Senga oʻxshaganmi? - hissiz nigohi ila jkni teshib yuboray dedi Asena.
- Ha! Menga oʻxshagan.
Asena ich-ichidan jkning ketib qolmagani va uni himoya qilgani uchun minnatdor boʻlsa-da buni aytgisi kelmasdi. Uning haqoratlari hamon yodidan koʻtarilmagan edi.
Qolgan yoʻlda ikkovlon sukut saqlab ketishdi. Manzilga yetib kelgach Asena mashinadan tushib bir ogʻiz soʻz demay uyiga kirib ketdi. Jk ham oʻz uyiga ketdi.
Asenaning xolasi Asenani koʻrib tin olishga ulgurmasidan xoʻjayinning oʻgʻlini xonasini yigʻishtirgani joʻnatib yubordi. Asena yuqoriga koʻtarilib xonaga kirdi. Janob Lening oʻgʻli Taehyung kompyuterda ishlab oʻtirgan ekan.
- Kechirasiz. Xonani yigʻishtirgani kelgan edim. - hijolat boʻldi Asena.
Axir bu xonada odatda hech kim boʻlmas edi.
- Yigʻishtiravering. Kunduzi ishni chala qilibsiz. - dedi bola yuzini

Asena eʼtiroz bildirmadi. Indamay xonani tozaladi. Ishini tugatgach tezroq pastga tushib ul-bul yeb olgisi kelardi.
Yigit kompyuterdan bosh koʻtarib xonaga alangladi. Uning quyosh koʻrmagan oppoq terisi qizlarnikiga oʻxshar edi. Koʻzoynak taqib olganini koʻrgan Asena beixtiyor xayolan "botanik" dedi. Taehyung xonani koʻzdan kechirib soʻng Asenaga qaradi va bir necha soniya tikilib qoldi

6 qism tugadi mualif Asena sakamaki