Najot farishtasi
Qayerdandir qizning yeg'lagan ovozi yangradi
O'sha tomonga qarab yurgan yigit tuman ichra bir hona paydo bo’ldi. Oq eshik ostida qonga bo’yalib yotgan sevgilisini darrov tanidi. To’zg’ib yotgan sochlari aro yuzi zo’rg’a ko’zga tashlanar edi. U shokka tushgani uchun mayda qadamlar bilan qizning yoniga yaqin keldi va cho’kallab o’tirib, unga yaxshilab razm soldi. U ko’zlariga ishonishni istamasdi, ammo ongi bu ro’yo emasligini isbotlab turibdi. Tanasining ko’p qismida pichoqdan olingan jarohatlar, yuzida esa ko’kimtir tusga kirib ketgan izlar va qotib qolgan qon. Nafaqat yuzida, balki bilaklari hamda oyoqlarining ochiq joyida ham bor. Yigit endi tiz cho’kib yaqin kelgan edi.......
Yigit bor ovozi bilan baqirib yuborgancha turgan edi yonida hali uhlab yotgan qizni ko'rib biroz tinchlandi ustida kiyimi yo'q ekani uchun biroz tanasi titrab qolgan qizni payqab ustini yopib qo'ygach yana o'rniga yotdi
— Jk Phengyanda ekanimizni hech kim bilmaydi to'g'rimi? - Asenani savolidan jk yotoqdan boshini ko'tarib qizga qaradi
— havitir olishni keragi yo'q Asena ! Men seni xatoki o'zimdan ham himoya qilolaman endi uhlagin hali turishga erta-ku kecha nahotki charchamagan bo'lsang ? - yigitni bu so'zidan qizni ikki yuzi qizil bo'lib yerga qarab oldi .
Jk bu so'zidan uyalgan qizni ko'rib mamnun tabasumm qilgancha ikki misra so'z aytdi
— yuragim otashida ,yonib kul bo'ldim janon!
_ hayotim mazmunini baxsh et menga shu on!
_- siz shoir bo'lsangiz bo'lar ekan jk chindan ham mahoratlisiz shunday emasmi ?
Jk kulib qizni peshonasiga labini bosgancha boshini silab o'rnidan turdi
kiyimlarini tartibga solgach sevgilisi uchun finjondan suv quyib uzatdi
—sizni ilk ko'rganimda bir bor kulishizga ham umid qilmasam ham bo'ladi deb o'ylagan edim
— Asena sen kirishuvchan qiz eding yodingdami? Meni oq ko'ngil farishtamsan
—endi nima qilasiz!? Yani siz do'konda ishlaysiz men esa uyda o'tiramanmi jk men ham sizni yoningizda bo'lmoqchiman
— yaxshi u holda do'kon uchun balkiqlar kerak bo'ladi yakshanba kunlari birgalikda baliq ovlaymiz
Yigitni bu gaplaridan kayfiati ko'tarilgan qiz tabasummi kengraydi tashqariga qarab yana jkga qaradi
- bugun havo berk bo'ladigan ko'rinadi
Jk javoban bosh irg'ab qo'ydi o'rnidan turishi bilan hushyor tortdi uni bo'ri kabi harakati avaldan biror hodisani aniqlash uchun qo'l kelgan jk yaqin orada begona sharpani sezgach qiz yotgan honadan chiqib keti
Uy eshigi jiringlamasidan ochilishiga ajablanmagan erkak jkga qarab mamnun yigitni yelkasidan tutdida bir ikki qoqib qo'ydi
— hush ko'rdik jk - sigareta tutatib turgan erkak jkga g'olibona jilmaydi
Jk biroz o'ylangancha eshikdan chiqib ortidagi eshikni sekin yopib qo'ydi Asena uchun bu hafli deb sanagani uchun hozirgi vaziat u tavakal qilishi to'g'ri bo'lgan yo'l emasligini sezdi
*
Uyda ancha vaqtdan beri jk yo'q bo'lib qolganini sezgan qiz uni qayerga ketgani haqida o'ylab o'yiga yetolmasdi vaqt ham alamahal bo'lgan jkdan esa darak yo'q ....! Qiz ohiri ustiga kiyim ildida erini qayerda ekanini bilish uchun uydan chiqishga qaror qildi telefoni o'chiqligi sabab jk qayerga ketgan degan havotir qizda yanada kuchli qo'rquv aks etirdi
23:07- soat millari bugungi kuni ham tugab borayotganini ko'rsatar ekan qiz uydan chiqmasidan kirib kelgan erkak oyoqda zo'rg'a turgancha qizni boshidan oyoq kuzatdida pisand qilmay cheklab otdi....
— jk ..qayerdan kelyabsiz ..nima uchun ichdingiz ahir jk ..
Qiz gapini tugatmasidan yuziga tushgan tarsakidan yerga yeqildi harakati birdan to'xtab hech qachon kutmagan odamimdan bunday holatga keltirishi kutilmagan ish bo'ldi zaracha..! Afsus chekmagan yigit shunchaki yerda yotgan qizga nazar tashladi-yu honasiga kirishi bilan shkafdan chamadon chiqarib o'z kiyimlarini joylay boshladi
— jk nimalar qilyabsiz- o'ziga arang kelgan qiz jkni bu ishini ko'rib u tomon bir qadam tashlagan edi hamki jkni achiq so'zlari uning oyoqlarini qadam tashlashdan chekladi .
— ketishni istayman o'z hayotimga agarda g'ururing bo'lsa indamay shu uyda qol meni to'xtatma Asena!
Qiz bir so'z aytgani tili kelishmay qoldi yonidan uni turtib o'tib ketgan eriga na bir so'z aytoldi na bir ortga qarab uni ko'ziga boqoldi...
Muzlab qolgandekman ey yaratgan egam o'zing Najot san o'zing mehribonsan ayt! Men nima qilay? Ahir uni o'zidan ham yaxshi bilar edim-ku uni majbur qilishgan shunday emasmi....meni yuragim og'rimoqda ...mening umir yo'ldoshim osonlikcha vos kechib javobimni berishi ichimni tirnamoqda nima uchun bunday bo'ldi ...bu qanday sinov
qo'lim harakati to'xtagan qaltirash ichimdagi qandaydur chuqur bo'shliq o'z domiga meni tortmoqda hozir uni topsam va bu yo'lidan qaytarsam deyman lekin qanday? Uni qanday qaytaraman
Uyning bejo sjuti ichida qolgan qizning marjon yoshi uni yuzini yuvib tushar qiz esa ko'zlarini namlangani uchun ularni artib o'rnidan turdi ..hademay tong otadi .qizni yagona najot farishtasi qarshisidagi namoz uchun tasbih va jaynomoz bo'ldi korea havosi ancha salqin bo'lgani tufayli ham quyosh asta sekin..kech vaqtda chiqadi
qizni salqin qo'llari tasbihni ushladi
*
Ulkan uy qarshisida 100 lab qora kiyim kiygan yigitlar o'zlariga tanish bo'lgan chexrani ko'rishlari bn tazim qilgancha uy tomon yo'l boshladilar
Qorong'ulik uyni yarmini chulg'ab olgani uchun tashqi tomondan odiy bir insoni cho'chitishi mumkin tosh bag'ir insonlar uchun qurilgandek qad rostlab turgan uy ichiga kirgan jk markazda sigareta chekish odati tufayli chekib o'tirgan erkak yoniga bordi
Jk o'rindiqdan joy olishi bn erkak unga qaradi
— o'z uyinga hush kelibsan jeon jungkook Zhang ! -sohta mulozamat qildi erkak
— boss qaytganiz bilan !- ortdan yana bir ovoz keldi......
— hm yaxshi .. - jk biroz sukut qildi va yana qarshisidagi erkakga qaradi — sen aytganingdek 2-yil! Sujon shu 2 yil sen aytganingdek bo'ladi lekin undan so'ng meni bir umirga tinch qo'yasan
Jk javobni kutmasidan yuqoriga chiqib keti ..u o'tkir aqli bn ko'plab mafialarni vaqtida qo'rqirib qo'ygani uchun uni kelishi juda ko'plar uchun falokat bn tengdir
Tong yaqin hona oylari esa nam havoni deb yomg'ir orqali yuzila boshladi
— sevgilim yeg'lamoqdasanmi? Meni kechir-jk oynalarga qarar ekan ular namlanib bulutli osmoni aks etirayotgani uchun horg'in va azoblangandek tusga kirgandi
— Seni sevaman Asena kechir meni) bu safar so'zini arang yakunlagan jk biroz turdida o'z tanasini ko'tarolmay tashlab yubordi ojizli qildi qiyinchilik va ayriliq azobi uni ojiz qildi
#Jungkook
Agar seni asray olganimda edi sevgilim hozir o'zingni yolg'iz tashlab ketmas edim...majbur etishdi sendan ketishimga majbur qilishdi seni o'zim bilan olib ketishim haqiqiy haf edi sevgilim kechir
— jeon jungkook seni topish qiyin bo'ldi-yaaa? nega keting ?nahotki mendan ketolaman deb o'ylading jk!
— men bu ishlarni tashlaganman qolaversa Choo boss edi men emas yordamchi bo'lganman
— endi esa boss bu sen! -gapni bo'lib javob berdi
— hayvon! -jk g'azab otiga minib mashina eshigiga musht urdi
— ayoling yo'q qilolmaymanmi? Nahotki ? Yerni yakson qilib bo'lsa ham bo'ysunmaganlarni bo'ysundiraman jk buni yaxshi bilasan shunday ekan 2 yil ichida bir necha guruhlarni kasod qilamiz va sen ishing bitsa ayoling yoniga qaytasan...
So'ngi gaplardan so'ng jk ilk kechasining ertasi kuniyoq ayolidan ajralishi hayoliga ham kelmagan edi hatoki
— faqat men uchun sabr qil men sen uchun chidayman
So'ngi o'tgan 2 oyim Jungkook bn edi biz turmush qurganimizdan so'ng 1 kecha o'tgan meni tashlab keti bu bo'lishi mumkin emas u biror kim majbur qilgan bo'lsachi biz o'tqazgan damlar samimiy edi ....
Jk asr namozini oʻqib oʻtirgan Asenani uzoq tomosha qildi. Qiz duo qilib, oʻrnidan turgandan soʻnggin jkni payqadi.
- Assalomu aleykum.
- Va alayakum assalom. - bazoʻr oʻrgangan odatiga koʻra alik oldi jk
- Nima qilib turibsiz?
- Seni tomosha qilyapman. Ilk bor namoz oʻqishingni kuzatib oʻtirganim esingdami? - Asena bosh irgʻab qoʻydi. - Oʻsha vaqtda bir ahvolda edim. Hozir shu darajada hotirjamman-ki!
- U vaqtlarni eslamaylik. - jilmaydi Asena. - Ortda qolgan kunlarni eslashdan mani yoʻq.
Ular odatga koʻra koʻchaga sayrga chiqishdi. Yoz boʻlgani uchun tunlar qisqa, kunlar uzun edi. Koʻchada odamlar hamon gavjum. Jk Asenani Phengyanni chetidagi tepalikka boshladi.
— Charchadingmi? - Sadiyaning biroz hansirashini eshitib dedi jk . -Istasang koʻtarib olaman.
- Yoʻq, oʻzim. - kuldi Asena.
Ular tepaga chiqib maysalar ustiga oʻtirishdi. Havo ochiq, mayin shabada esmoqda. Asena yer isidan toʻyib nafas oldi. Ularning etagida butun qishloq yastanib yotardi.
- Asena bilasanmi...
- Bilmayman. - jkning eski gapini oʻziga qaytardi qiz. Ikkovlon kulib yubordi.
- Sendan uzr soʻramoqchiman. - dedi jk
- Nega?
Jkning jiddiy nigohlari Asenani ham oʻylantirib qoʻydi. Yigit gapini qanday qilib aytishni bilmay oʻngʻaysizlandi. Asenaning qarshisiga oʻtirib olib, chuqur nafas oldi-yu gapira ketdi.
- Senga... bogʻda... oʻqtal... -jk gapini davom ettira olmadi. Ammo Asena ham yon-atrofni kuzatgancha qolaverdi. Jk yana bir xoʻrsinib gapini yakunladi. - Toʻpponcha oʻqtalganim... Meni kechir, oʻtinaman... Kechira olsang, meni kechir.
Asenaning koʻzidan bir tomchi yosh yuzini yuvib yumalab ketganini koʻrgan jk ichida oʻzini battar koʻyib ketdi. Shu gaplarni qoʻzgʻab, uni yana hafa qilish shartmidi?! Ammo uzr soʻrashi ham shart edi!
- Asena ...
- Hmm? - dimogʻida gʻoʻngʻilladi qiz hoʻngrab yubormaslik uchun.
- Oʻsha vaqtda oʻzimda emasdim. Keyinchalik emas, uyga qaytgan zahotim bu ishimdan afsuslandim. Shu qadar pastkashligimdan...
Asena jkning labiga qoʻlini bosib gapirishga qoʻymadi. Birozdan soʻng yutinib uning gapini yakunladi.
- Hayot manbaini oʻldirmoqchi boʻldingiz? - achchiq jilmaydi Asena .
- Ha, hayot man... Shoshma, sen buni qayerdan bilasan? - ajablandi jk.
- Senga aytmagandim, ayta olmagandim-ku. Yoki...
Asena kulib yubordi. Jk esa esankirab na kulishini, va na asabiylashishni bilardi.
- Hozir... - kissasini titkilay boshladi . - Uyda qolib ketmagan boʻlsa.
Asena choʻntagidan sakkiz buklangan qogʻozni chiqardi. Jkning yuragi taka-puka boʻlib ketdi. Qiz oʻrnidan turib oy yorugʻiga qogʻozni tutib asta oʻqiy boshladi. Jk uning ortidan quchoqlab jimgina quloq soldi.
Bugun ishga ham, koʻchaga ham chiqmay, uyda oʻtkazgan yigirma bir yoki yigirma ikkinchi kunim. Kecha ichish foyda bermasligini bilib barcha shishalarni sindirib tashladim. Kayfim tarqab, ertalab uygʻonganimda oyogʻimga ikkita shisha kirib ketganini koʻrib ularni yigʻishtirib olishga majbur boʻldim. Oynaga qaramaganimga necha kun boʻldi, bilmayman.
Ehtimol bir oydan beri bitta kiyimda yurgandirman. Buni ham bilmayman.
Qisqasi, harob boʻlyapman. Asena, bunga sen sababchisan! Qaytib kel. Sen menga kerak ekansan, Asena
Asena bir nafas tin olib oradagi qisqa boʻshliqdan soʻng yozilgan satrlarni oʻqidi.
Devorga kunlarni sanab chiziq tortib qoʻyish haqida astoydil oʻylay boshladim. "Asenasiz oʻtgan kunlarim" deb nomlayman. Shu kunlarda sen hayotimga kirib kelguningga qadar qanday yashaganim haqida koʻp oʻylayapman, Asena Fikrlarim "men robot boʻlganman"ga taqalguncha oʻylanib chiqyapman... Oq-qora hayotimga sen kamalak ranglarini olib kelding, Asena. Qara, oʻxshatishlar yoza boshladim. Oʻxshayaptimi?
Asena boshini qogʻozdan koʻtarib jkga kulgancha "Ha" deb qoʻydi va yana satrlarga koʻz tikdi.
Bugun seni qidirib o'qishga bordim, "Asena kelmay qo'ydi deyishti "
Keyin uyga qanday qaytib kelganim esimda yoʻq.Xayolimdan qoʻrqinchli fikrlarni haydab chiqdim. Sen oʻlmagansan, bunga ishonchim komil. Lekin nega shuncha vaqtdan beri yoʻqsan? Mendan arazlaganingni tushunaman, ammo bir ogʻiz xabar bersang boʻladi-ku! Bir bora "tirikman, shunchaki seni koʻrgim kelmayapti" desang boʻladi-ku! Bir bora meni yoʻqlab kel, Asena Seni hafa qilsam mayli, meni oʻldir... Zero, shu kunlarda murdadan farqim ham qolmayapti...
Bilaman gaplarim kulgili eshitilyapti. Oʻzim ham yaxshi tushunmayapman.
Bir necha kundan beri soʻnggi uchrashuvimiz yodimdan ketmayapti
Asena. Bir odamni uzoq vaqt koʻrmasang, oxirgi bor koʻrganingdagi xotiralar miyada saqlanib qolishi olimlar tomonidan tasdiqlangan ekan.
Men ham hayvonot bogʻidagi gaplarni... yigʻlashingni... nigohingni... va...
qilgan ishlarimni unuta olmayapman. Ammo unutish niyatim ham yoʻq.
Butun umr yodimda qolsin shu qilmishim. Har doim "taqillatib" tursin, zero boshqa bu xatoni takrorlamay. Asena! Meni kechir. Barcha-barchasi uchun kechir. Bilaman senga koʻp azob berdim, bularning badalini toʻlab boʻlmaydi.
Ammo yaxshi bilaman, sen juda bagʻrikengsan. Qoʻlingdan kelsa, meni kechir. Necha martalab seni yigʻlatdim. Meni deb toʻkkan koʻz yoshlaringda choʻkib oʻlsam ham mayli edi. Senga toʻpponcha oʻqtalguncha qoʻllarimni kesib tashlasam boʻlmasmidi?! Kechir... Har kimning oʻz hayot manbai boʻlarkan. Men qanday qilib oʻz hayot manbaimni... oʻldirmoqchi boʻldim?!
Aqlimga ham sigʻdira olmayapman.Ha,Asena ,sen mening hayot manbaimsan... Hamma yanglish fikrda yurar ekan, odamlarning tirikligi sababchisi kislorod deb. Sen mening tirikligim sababchisisan, Asena! Sen mening kislorodimsan. Hozir xuddi havosiz qolib boʻgʻilayotgandekman...
Qayerdasan Asena? Iltimos bir bora xabar ber. Qoʻngʻiroqlarim va xabarlarim javobsiz qolganiga ikki oy boʻlyapti. Hech qayerdan topa olmayapman. Oxiri oʻsha kashandaning uyiga bostirib kiradigan koʻrinaman.
Sabrim toʻlyapti... toshsa, aniq uyiga kiraman. Mayli, meni koʻrging xatto-ki gaplashging kelmasin,ammo,tirikliging va salomatligingni bilay.
Salomatlik... men uchun umuman ahamiyatsiz tushuncha edi bir vaqtlar.
Sadiya,hozir sening salomatliging meni tashvishga solyapti.Umid qilamanki, sen qayerda boʻlsang ham oʻzingni hafa qildirib qoʻymaysan...
Gʻurur... Naqadar yomon illat ekan-a! Gʻururni ustun qoʻyib ertasi kuniyoq sening oldingga chiqqanimda shuncha koʻrgulik yoʻqmidi...
Koʻrgulik... Azob... Iztirob... Nega bunchalar qiynalayotganimni dastlab oʻzim ham tushunmadim. Umrimda hech kimsaga bogʻlanib qolgan emasman. Senga ham bogʻlanib qolgan boʻlishim mumkin emasdi... Oʻylay-oʻylay bir narsani oʻzim uchun kashf etdim:
Seni yana bir bor koʻrish uchun borimni berishga tayyorman, Asena!
Moviy koʻzlaring ummoniga gʻarq boʻlay, mayli. Uzun kipriklaringga meni osib oʻldirsang ham roziman. Ammo meni shu holimda tashlab ketma, Asena! Qaytib kel, seni koʻrgim... jarangdor kulgungni eshitgim... koʻzingni suzib, jilmayishlaringni koʻrgim kelyapti. Esingdami, bir vaqtlar "nimadan qoʻrqasan"deb savol bergan eding.Oʻshanda men hech narsadan qoʻrqmasligimni aytgan edim. Qoʻrquvni yengsa boʻlishini, aslida bu tushuncha nisbiyligi, inson hayotida esa mutlaqo ahamiyatsiz narsaligini aytgan edim. Naqadar katta xato! Asena, men hozir qoʻrqyapman. Juda-juda qoʻrqyapman! Seni butunlayga yoʻqotdim deb qoʻrqyapman. Seni boshqa koʻra olmayman deb qoʻrqyapman. Kulgung sadolari uyimda boshqa yangramasligidan qoʻrqyapman.Menga araz qilib,eshigimni boshqa qarsillatib ketmasligingdan qoʻrqyapman. Harob boʻlayotganimda oldimga kelib meni yana qutqarmasligingdan... qutqara olmasligingdan qoʻrqyapman. Menga keraksan, Asena Farishta misol qanot qoqib, najotkorim boʻlib kel! Meni bu zulmatdan qutqar Aseshim!
Orada yana boʻshliq boʻlgani uchun Asena bir zum oʻqishdan toʻxtab koʻzidagi yoshini artib oldi.
Mavzudan ham chalgʻib ketdim. Qoʻrquv haqida gapirayotgan edim.
Qoʻrquv... Qoʻrquvni yengib boʻlmas ekan. Men nimalar qilishga urinmadim!
Bari befoyda. Ehtimol sening qaytishing bu qoʻrquvni butunlay tarqatib yuborar...? Oʻylab-oʻylab... Oʻzi-ku shu kunlarda xonamga biqinib oʻtirish, baʼzan shu qogʻozga nimalarnidir yozishdan boshqaga yaramayapman.
Koʻchalardan seni qidirish befoyda ketdi. Xayolimda ikki-uchta tahmin bor.
Birinchisi, sen shunchaki meni koʻrging kelmayapti va uzoq-uzoqlarga ketib qolgansan. Ehtimol mendan qochib ketgandirsan. Ikkinchisi, seni "jonajon" qoʻshnilarim biror sababga koʻra tashqariga chiqarmayapti. Uchinchisi...
buni oʻylashga ham qoʻrqaman. Ishonsang, shu fikr xayolimga kelishi bilan boshimni devorga uraman. Ogʻriq sal boʻlsa-da bu xayoldan chalgʻishimga yordam beradi... Uchinchisi, sen vafot etgansan... Yodingda boʻlsa, "agar men oʻlsam nima boʻladi" degan eding. Men bir dunyo bemani gaplarni vaysagan edim. Hozir esa boshqa fikrdaman. Sen oʻlsang... Aqlimga ham sigʻdira olmayapman...
- jk! - mutolaadan boshini koʻtarib ortida turgan jkga yuzini burdi qiz.
- Hmm? - mahzun jilmaygancha gʻoʻngʻilladi yigit.
- Har bir odamni sevgan insoni boʻladi. Jonidan ortiq koʻradigan yori boʻladi. Ana shu juftlardan biri vafot etsa, ikkinchisi naqadar azob chekishini tasavvur qilasizmi?
Jk uzoq sukut saqladi. Yigit Asenaning aslida nima demoqchiligini tahlil qildi. "Sen oʻldirgan odamlar ham kimgadir er, kimgadir oʻgʻil boʻlgan" demoqchi, xayoldan oʻtkazdi jk . Ammo yurak yutib ayta olmayapti.
- Hmm. - yana dimogʻida tovush chiqardi jk nima deyishni bilmay.
Uzoq o'tmish kabi bo'lib qoldi bari endi bizni yo'limiz tutasharmikan nahotki bari yolg'on lekin ishonchim komil jeon Jungkook meni sevasan! .
— Asena nega mayusan nega? Yigit hichoq bn rasmni silan o'ziga gapirardi - hech kim.hech bir qiz,ayol sen bergam ishqni berolmaydi