December 6, 2024

Najot farishtasi

- Koʻzingni yum. - pichirladi jk..
Asena gapirishga ulgurmasidan bola allaqayerga ikki marta oyogʻini qoʻyib devor ustiga chiqib oldi. Bir sakradi-yu oʻz hovlisiga tushdi.
- Tuzukmisan? - soʻradi jk Asenaning yerga oʻtirib olganini koʻrib.
- Boʻladi. - dedi qiz oyoq-qoʻli qaltirab.
Asena oʻrnidan turib jkning ketidan uyga kirdi. Ikkovlon mehmonxonaga koʻtarildi.
- Sen oʻtirib tur. Men yeyishga ul-bul olib kelaman. - dedi jk...
Asena bir ogʻiz soʻz aytishga ulgurmasidan yigit pastki qavatga tushib boʻldi. Birozdan soʻng u bir patnis toʻla yegulik koʻtarib keldi.
- Meni ochlikda saqlashmadi. - kulib yubordi Asena
- Pichirlama uydamiz-ku! - jilmaydi jk
Asena past ovozda gapirishga oʻrganib qolganiga eʼtibor berdi.
Chindan ham... kulsa ham shovqinsiz kulishni odat qilgan edi.
-jk, chindan ham qornim toʻq.
- Undayga oʻxshamayapti. Ozib ketgansan. Rangingda rang qolmagan.
Qoning kamayib ketibdi, labing ham oqarib qolgan. Koʻzlaringni tagi qorayib ketgan. Bu ketishda ahvol ogʻirlashadi. Hoziroq ovqatlan!

- Lekin chindan ham meni och qoldirishmadi...
- Sening esa koʻngligga ovqat sigʻmadi. - uning gapini yakunladi jk...
Qiz jilmayib qoʻydi.
- Ozib ketibsan deysanmi? Nima oldin baqaloqmidim?
- Ha mendan ham semiz eding-ku!
Asena kulib yubordi. Ammo keyin jiddiylashdi. Bir-biridan daxshatli fikrlar xayoliga kelib ovqat ham tomogʻidan oʻtmay qoldi.
- jk, endi nima qilaman?
- Hozir ovqatlanasan. Keyin seni maxfiy xonamda qoldiraman. Ertalab xolang vahima qilib uyni boshiga koʻtaradi. Keyin Taehyungni
shotirlari bilan menikiga chiqadi. Ruxsat bersang ularni hammasini... - jk koʻrsatkich barmogʻi bn boʻgʻzidan yurgazdi qoʻlini

Yigit oʻzining ruhi tetiklashgani, hazillar qilayotganiga ahamiyat berdi.
Miyasi ham meʼyorida ishlab, tiniq fikrlay boshlagandi. Ayni vaqtda esa Asenaning shu ahvolga tushishiga sababchi boʻlganlarni bitta qoʻymay qirib tashlagisi kelardi. Asena esa tabiiyki bunga koʻnmaydi. Ularning hozirgi holati onasidan muzqaymoqqa qoʻshib shokolad ham olishga koʻndirayotgan, onasini turli gaplar bilan avrashga urinayotgan bolaga oʻxshab ketardi.
- Yaxshi, yaxshi. Ular kelishgach biroz gap talashamiz. Keyin uyimni tintib chiqishni istaydi. Men ruxsat beraman. Ular hech narsa topa olmay qaytib chiqib ketadi. Uyogʻiga bir nima oʻylab topamiz.
- Shunday silliq kechadi deb oʻylaysanmi?
- Oʻylamayman, ishonchim komil. Sen menga ishon.
- Xoʻp. Faqat jk, iltimos jahlingni nazorat qil.
- Harakat qilaman. Endi ovqatlan. Xonada oʻtirganingda qorning quldirab qolsa, seni payqab qolishlari mumkin.
Asena ancha hotirjam boʻldi. Ehtimol shuning uchundir qorni ochgani, sogʻligi yomonlasha boshlaganini his qildi.
- Sen oʻtirib tur. Men tong otgunicha bir-ikki ishlarni koʻzdan kechirib kelay.
Asena bosh irgʻib qoʻydi. Jk chiqib ketdi. Qiz qoʻliga kosadagi shoʻrvani olib baliqlar yoniga kelib oldi.
- Ishlar yaxshimi? - soʻradi Sadiya turib ovqatlanar ekan. Oʻzining yana pichirlab gapirganidan gʻijinib balandroq ovozda davom etdi. - Xoʻsh, mensiz nimalar bilan mashgʻul boʻldingiz? Oʻziga ham eʼtibor bermay qoʻygan jk sizlarni boqdimi?
Asena javondagi baliqlar ovqatidan bir chimdim olib akvariumga tashladi. Baliqlar dumini pirillatib ovqatni talasha ketishdi.Asena qoʻlidagi
kosani chetga qoʻyib baliqlarni ovqatlantirdi.
- Set, Oskar va Reksga nima boʻldi ekan? - qoshlarini chimirdi Asena
Qiz baliqlarni ovqatlantirib boʻlgach shoʻrvadagi kattagina suyakni olib Reksni oldiga tushdi. It hamon uxlamagan ekan. Asena hovlida gapirsa kimdir eshitib qolishidan havotir olib jimgina suyakni itning oldiga tashladi.
Reks suyakka och qolgan boʻridek tashlanishini kutgan edi, ammo jk uni boqib yurgan koʻrinadi.
Hovlining orqa tomonidan jk chiqib keldi.
- Nima gap? - soʻradi qiz.
- Sen bu yerda nima qilyapsan? Ovqatlan degandim-ku!
- Men yeb boʻldim. Nega jonivorlarni qarovsiz qoldirding?
- Tepaga chiqaylik.
Jk mehmonxonaga chiqar ekan tinmay qoʻlini ishqalab ketdi. Asena buni beeʼtibor qoldirmadi.
- Xoʻsh?
- Hamma ish joyida. - hisobot bergan boʻldi jk - Jonivorlar esa...
baʼzan esimdan chiqib qoladi. Lekin oʻlar holatda qolib ketishmagan. Sen ovqatlan, men ularning oldiga chiqib kelaman.
- Asena, toʻyib olishing kerak. - gapni kesdi jk.
Qiz yana stol oldiga keldi. Jk esa pastga tushib ketdi. Birozdan soʻng qaytib kelib qizning qarshisiga oʻtirdi.
- Darvoqe, Taehyung kelmaydi. - yodiga tushdi Asenaning.
- Nega?
- U xorijga ish bilan ketgan. Aks holda allaqachon toʻy boʻlgan boʻlardi.
- Unda Lee chiqadimi?
- Balki chiqmas ham.
- Yoʻq keladi. Oʻgʻli uchun bitta qizni asrab oʻtira olmagani uchun ham oʻzi chiqadi. - tishlarini gʻijirlatdi jk.
- jk,vaʼdang esdan chiqmasin.
- Yaxshi. Senga qachon nonushta olib kelishardi?
- Asosan oltida. Baʼzan besh yoki yettiga ham qolib ketadi. Soat nechchi boʻldi?
- Oʻnta kam besh. - dedi jk qoʻl soatiga koʻz tashlab.
- Soniya sanashni bas qilibsanda! - chinakamiga quvondi Asena.
- Koʻp odatlarni tashladim. - jilmaydi jk. - Ana endi ishga kirishish kerak. Hademay suyukli xolajoning yoʻqligingni payqab qoladi.
- Ha-ya xolam... Jk, u buni avvaldan rejalashtirgan ekan. Meni shu sababli uyga...
- Asena boʻldi. Hozirmas. Bularni oʻylama, keyinroq bafurja gaplashamiz.
- Xoʻp.
Asenaning koʻngli gʻash boʻlib patnisni oshxonaga olib tushdi.
- Idishlarni yuvma. Bu ahvolimda uyni ozoda saqlashimga ishonishmaydi. Men garajni koʻzdan kechirib qaytaman.
Jk uyning mashinalari turadigan qismiga oʻtdi. Bu yerda u hech qachon qurol qoldirmagan. Ammo, bir karra tekshirib chiqish ziyon qilmaydi.

Jk oʻz ishini oshkor qiladigan birorta ham belgi yoʻqligiga ishonch hosil qilgach yuqoriga chiqdi. Asena bir nuqtaga tikilgancha uzoq-uzoqlarni koʻrar, turli xayollar ogʻushida oʻtirardi.
- Yur, seni xonaga olib borishim kerak.
Asena jkning ortidan yuqori qavatga - yigitning yotoqxonasiga qadar ergashib chiqdi. Bu xonaning kepatasiga qarab boʻlmasdi. Hamma narsa ostin-ustun boʻlib ketgan.
- Eʼtibor berma. - hijolat boʻldi jk. - Kayfiyatim yoʻgʻida doim shu ahvol.
Mana bu esa, seni qiziqtirib qoʻyishi aniq.
Jk divan ustidagi antiqa rasm qarshisiga turib, uning ostidagi ikkita knopkani bosdi. Shu tobda devorning bir qismi sal ichkariga kirib yon tomonga burildi. Asena maxfiy eshikni koʻrib chindan ham lol qoldi.
- Ajoyib! Bu yerdan berkinish uchun foydalanasanmi? - Asenaning soʻnggi soʻzlarini jkning qah-qahasi yutib yubordi.
- Yoʻq albatta. Bu mening sevimli xonam. - dedi jk ichkari kirar ekan.
- Nega qorongʻu? Chiroq yoʻqmi?
- Yoʻq. Shunisi bilan ham ajralib turadi.
Jk qoʻl chirogʻini yoqib Asenaga berdi. Oʻzi esa kichik xonaning oʻrtasiga borib oyoqlarini chalkashtirgancha ikki qoʻlini oyogʻi uchiga qoʻyib oʻtirib oldi. Koʻrsatkich va bosh barmoqlarini birlashtirib olgan edi, Asena uning maqsadini tushunib yetdi.
- Qirol sher multfilmidagi maymunning oʻzi boʻlding, qolding. - kulib yubordi qiz. - Ayniqsa soqoling bilan juda oʻxshayapsan.
- Ha shu ahvolga kelib qoldim. - kuldi jk. - Sen shu yerda oʻtirib turasan. Yana bir xonam bor lekin u yer senga yoqmasligi aniq.
Sadiyaning turfa qurollar saqlanadigan xonada oʻtirishini tasavvur qila olmagan jk boshini chayqatib bu fikrlardan chalgʻishga urindi.
- Bemalol nafas olaver. Tashqariga tovush deyarli eshitilmaydi.
Gapirmasang boʻldi. Fonar yoniq tursin, bilinmaydi. Qaytgach oʻzim devorni besh marta ketma-ket taqillatib keyin eshikni ochaman. Shunda havotirlanishingga hojat qolmaydi.
- Rahmat,jk! - Asena undan naqadar minnatdor ekanligini soʻz bilan ifodalay olmagani uchun afsuslandi.
- Arzimaydi. Hozircha bu xonada oʻtirib turaver, ichkariga keyin kirasan. Men hozir qaytaman.
Asena xona chetidagi stolga oʻtirdi.jk xonani tark etdi. Qiz shu stolda bir vaqtlar oʻtirgani, harob boʻlib qolgan jkni uxlashini kuzatib oʻtirganini esladi. Jk hozir ham bir ahvolga kelib qolibdi. Ammo bu safar kayfiyati ancha yaxshi, ruhi tetik. Oʻzi haqida esa unday deb boʻlmaydi.
- Hammasi joyida. - qaytib keldi jk - Hammasi yaxshi boʻladi.
Oraga sukunat choʻkdi. Jk karavotga oʻtirib xayollari osmonda uchib yurgan Asenaga tikilib qoldi. Juda oʻychan boʻlib qolibdi, xayoldan oʻtkazdi jk
- Menimcha xonaga kirishim kerak. - oʻrnidan turdi Asena oradan maʼlum vaqt oʻtgach. - Ular yoʻqligimni payqagan boʻlsa kerak.
- Ishonching komil? - ajablandi jk Asenaning ohangidan.
- Koʻnglim sezyapti.
- Yaxshi.
Asena chiroq bilan ichkariga kirib ketdi. Jk xona eshigini yopsa Asena zulmatdan qoʻrqib yuragi yoriladigandek, yoki kislorod tugab qiz nafas ola olmay qoladigandek eshikni avaylab, sekingina yopib qoʻydi. Oʻzi devorga boshini tirab koʻzlarini yumdi. Asena ichkarida nima qilishni bilmay atrofga alangladi. Qop-qorongʻu, toʻrtburchak xona. Polga gilam toʻshalmagan, ammo yetarlicha Asena devor tomonga yurib bir parcha qogʻozni boʻsib oldi-yu oʻtakasi yorilib ketdi.

11 qism tugadi muallif Asena Sakamaki