April 4

NEMIS FILOLOGIYASI KAFEDRASIDA SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI TASHKIL ETILDI

2025 yilning 4 aprel kuni Nemis filologiyasi kafedrasida O’zbekiston va jahonda hafta davomida sodir bo’lgan yangiliklargabag’ishlangan siyosiy – ma’rifat soati tashkil etildi.

Siyosiy – ma’rifat soati dastlab kafedra mudiri Y.B.Ro’ziyevning kirish so’zi bilan boshlandi. Y.B.Ro’ziyev kafedra professor-o’qituvchilariga hafta davomida O’zbekiston va jahonda ruy bergan so’nggi yangiliklar aks ettirilgan videorolikni namiyish etdi. Videorolikda jumladan 31 mart kuni Respublikamiz rahbari Sh.Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi rahbari E.Rahmonning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Xo’jand shahriga tashrif buyurdi. Presidentimiz Xo’jand shahrida Tojikiston Respublikasi rahbari E.Rahmon bilan uchrashuv o’tkazdi. Presidentlar huzurida tashqi siyosat idoralari rahbarlari ittifoqchilik munosabatlari to’g’risidagi shartnomalarning kuchga kirishi to’g’risidagi bayonnomani imzoladilar va ratsifikatsiya yorliqlarini almashdilar. Shuningdek, uchrashuvlarning eng asosiy nuqtasi bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Presidenti Sh.Mirziyoyev, Tojikiston Respublikasi rahbari E.Rahmon va Qizg’iziston Presidenti S.Japarov bilan uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etdi. Unda O’zbekiston, Tojikiston va Qirg’iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to’g’risidagi tarixiy shartnoma imzolandi, hamda uch davlat rahbarlarining qo’shma dekloratsiyasi imzolandi. Videorolikda muloqotning to’liq tavsilotlari haqida fikr yuritilgan.

Shuningdek 1 aprel kuni Presidentimiz Xitoy xalq Respublikasi kommunistik partiyasi markaziy qo’mitasi tashqi aloqalar bo’limi mudiri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilganligi, ushbu uchrashuvda ikki mamlakat o’rtasidagi mafaatli kelishuvlar imzolanganligi haqida gapirildi.

Shundan so’ng Respublikamiz hayotida hafta davomida ruy bergan siyosiy voqealar aks ettirilgan film namoyish etildi. Filmda Presidentimizning hafta davomida xalq manfaati yo’lida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan.

Siyosiy-ma’rifiy soat yakunida mavzu professor-o’qituvchilar tomonidan muhokama qilindi va fikr-mulohazalar bildirildi.