T
@tangrieva_dilovar
174 posts

Nemis filologiyasi kafedrasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida “Ma’rifat soati” tashkil etildi

2025 yilning 26 avgust kuni Nemis filologiyasi kafedrasida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida “Ma’rifat soati” tashkil etildi.

Talabalar malakaviy amaliyotda o’z nazariy bilimlarini namoyish etmoqda

Buxoro davlat universiteti rektorining 2025 yil 3 iyundagi 937-T sonli buyrug‘iga muvofiq Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o`qitish ta’lim yo’nalishi 11-1Nem-23 guruhi talabalari 4 haftalik malakaviy amaliyot o’tishi belgilangan hamda guruh talabalari o’z ustozlari- Nemis filologiyasi kafedrasi dotsentlari Karimova D.H. hamda Maxmudova M.M. boshchiligida malakaviy amaliyotning boshlashgan. Malakaviy amaliyotning nazariy qismida talabalar berilgan mavzular doirasida tayyorlab kelgan taqdimotlarini namoyish etishdi.

Nemis filologiyasi kafedrasida "Dolzarb 90 kun" loyihasi amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan e’lon qilingan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ta’lim muassasalarida ijtimoiy faollikni oshirish, pedagogik jamoaning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Dolzarb 90 kun loyihasi amalda

Joriy yilning 26-iyun kuni Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilayotgan #dolzarb_90_kun tadbirlari loyihasi asosida BuxDU bosh binosida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi va to'garaklar, jumladan "Deutschand kennenlernen" to'garagi qiziquvchilarga tanishtirildi. Ushbu tadbirda Nemis filologiyasi professor-o'qituvchilari va talabalar faol ishtirok etishdi.

BO’LAJAK GID-TARJIMONLAR AMALIYOTDA

Joriy yilning 24- iyun sanasida malakaviy amaliyot rejasi asosida 2-bosqich Nemis filologiyasi kafedrasi "Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati" yo’nalishi talabalari hamda amaliyot rahbari O.A.Babayev bilan Buxoro viloyati miqiyosidagi tarixiy-turistik manzillarda amaliyot jarayonini o’tashdi.

Bitiruv malakaviy ishi himoyasi samarali o’tkazilmoqda

Nemis filologiyasi kafedrasida Buxoro davlat universiteti rektorining 2025 yil 29 apreldadi 270-U sonli buyrug’iga asosan Filologiya va tillarni o’qitish (nemis tili), Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili) va Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (nemis tili) ta’lim yo’nalishlarida jami 40 nafar talaba bitiruv malakaviy ishini himoya qilishdi.

BO‘LAJAK TARJIMONLAR AMALIYOTDA: NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI

2025-yil 9-iyun kuni Buxoro davlat universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili) ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 11-6TNA-23 guruh talabalari malakaviy amaliyot doirasida Buxoro shahri tarixiy qismida amaliy mashg‘ulotlar olib bordilar. Mazkur mashg‘ulotlarga guruh amaliyot rahbarlari katta o'qituvchilar D.Z. Hayotova va R.Sh. Bozorova boshchilik qildilar.

Talabalar malakaviy amaliyotda o’z nazariy bilimlarini namoyish etmoqda

Buxoro davlat universiteti rektorining 2025 yil 3 iyundagi 937-T sonli buyrug‘iga muvofiq Xorijiy tillar fakulteti Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati ta’lim yo’nalishi 11-3GHTF-22 guruhi talabalari 2025 yilning 2 iyunidan 28 iyunigacha (4 haftalik) malakaviy amaliyot o’tishi belgilangan. 2025 yilning 2 iyunidan 11-3GHTF-22 guruhi talabalari o’z ustozlari- Nemis filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Babayev Maxmud Tashpulatovich boshchiligida malakaviy amaliyotning nazariy qismini boshlashgan edi. Malakaviy amaliyotning nazariy qismida talabalar berilgan mavzular doirasida tayyorlab kelgan taqdimotlarini namoyish etishmoqda.

BuxDU, Nemis filologiyasi bo`limi 3-bosqich talabalari malakaviy amaliyotda

Nemis filologiyasi kafedrasi Filologiya va tillarni o`qitish ta`lim yo`nalishida malakaviy amaliyot jarayonlari qizg'in davom etmoqda. Joriy yilning 3 iyun sanasida 3-bosqich 11-1Nem22 hamda 11-2Nem- 22 guruh talabalari amaliyot rahbarlari S.S.Xudoyev hamda D.P.Abdulxayrovlar boshchiligida Buxoro eski shahrida amaliyot mashg'ulotlarini o'tadi. Amaliyotda talabalar tomonidan tayyorlangan ma'lumotlar eshitildi. Har bir manzilda amaliyot rahbarlari tomonidan ham qo'shimcha ma'lumotlar berib borildi.

Bo’lajak gidlarda malakaviy amaliyotning nazariy qismi boshlandi

Buxoro davlat universiteti rektorining tegishli buyrug‘iga muvofiq Xorijiy tillar fakulteti Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati ta’lim yo’nalishi 11-3GHTF-22 guruhi talabalari 2025 yilning 2 iyunidan 28 iyunigacha (4 haftalik) malakaviy amaliyot o’tishi belgilangan. 2025 yilning 2 iyunidan 11-3GHTF-22 guruhi talabalari o’z ustozlari- Nemis filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Babayev Maxmud Tashpulatovich boshchiligida malakaviy amaliyotning nazariy qismini boshlashdi.