Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadagi ishtirok
Termiz davlat pedagogika institutida “Globallashuv sharoitida tilshunoslik va xorijiy tillarni o'qitishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida 11-12-aprel kunlari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.
Unda institut rektori, soha prorektorlari, respublikamizdagi yetakchi professorlar hamda Afg'oniston, Hindiston, Qozog'iston, Rossiya, Germaniya singari mamlakatlardan 100 dan ortiq olimlar va tadqiqotchi onlayn hamda oflayn tarzda ishtirok etishdi.
Xalqaro ilmi-amaliy konferensiyada BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi mudiri fil.f.d., dotsent Yarash Ro`ziyev hamda katta o`qituvchi Samandar Xudoyevlar ilmiy ma`ruzalari bilan qatnashdilar. Ilmiy konferensiya doirasida mahalliy hamda xorijiy olim va tadqiqotchilar bilan istiqbolli hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha maslahatlashuv o`tkazdilar.