April 8
Nemis filologiyasi bo`limi talabalari xorijiy OTM professorlari ma`ruzalarini tingladilar
Germaniyaning Johannes Gutenberg nomidagi Mainz universiteti Turkologiya bo'limi professorlari Julian Retzsch va Petr Kucera Nemis filologiyasi bo'limiga tashrifi davomida bo`lim talabalariga "Fe'l grammatik shakllarining modallik ma'nolari (turkiy tillar misolida)" hamda "Adabiyot va tarix: tarixiy romanlar (turk adabiyoti misolida)" mavzularida ma'ruza qilishdi.
Nemis professorlari tomonidan tayyorlangan ma'ruzalar tilni o`rganayotgan talabalar tomonidan qiziqish bilan tinglandi, ma`ruza qiziqarli savol-javob, bahs-munozara shaklida bo'lib o'tdi.