May 12

Chashmai Ayyub va Somoniylar maqbarasida sayyor dars

Nemis filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Babayev O.A. 10 may kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo’nalishi 2-bosqich talabalari bilan Buxoroning tarixiy yodgorliklarida sayyor dars tashkillashtirdi. Buxoro shahrining shimoliy-gʻarbiy qismida joylashgan maqbara (mazorot). XII asr boshlari qoraxoniylar davrida qurilgan. Amir Temur davrida XIV asrda qayta taʼmirlanib, hozirgi shaklga keltirilgan[2]. Hozirgi kunda Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Somoniylar maqbarasi — Buxoro shahar madaniyat va istirohat bogʻi hududida joylashgan koʻhna meʼmoriy yodgorlik, Somoniylar davlatining asoschisi Ismoil Somoniy va uning avlodlari maqbarasi (taxminan 892—907). Maqbara Oʻrta Osiyo meʼmorligi va sanʼati tarixidagi dastlabki maqbaralardan boʻlib, uning tuzilishida qadimiy soʻgʻd meʼmorligining anʼanalari saqlanib qolgan buyuk meʼmoriy asardir.

Ushbu sayyor dars bo’lajak tarjimonlarning kelajakdagi faoliyatlari uchun amaliy bilimlarini boyitishda xizmat qildi.