BO‘LAJAK TARJIMONLAR AMALIYOTDA: NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI
2025-yil 9-iyun kuni Buxoro davlat universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili) ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 11-6TNA-23 guruh talabalari malakaviy amaliyot doirasida Buxoro shahri tarixiy qismida amaliy mashg‘ulotlar olib bordilar. Mazkur mashg‘ulotlarga guruh amaliyot rahbarlari katta o'qituvchilar D.Z. Hayotova va R.Sh. Bozorova boshchilik qildilar.
Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlab kelingan materiallar taqdim etilib, Buxoroning muhim tarixiy ob’yektlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Har bir manzilda amaliyot rahbarlari tomonidan mazkur ob’yektlar bo‘yicha ilmiy va tarixiy ma’lumotlar taqdim etildi. Bu esa talabalar bilimlarini yanada chuqurlashtirish va amaliyotda qo‘llashda muhim o‘rin tutdi.
Amaliy mashg‘ulotlar, bir tomondan, nazariy bilimlarni mustahkamlashga xizmat qilgan bo‘lsa, boshqa tomondan, talabalar malakasini oshirish va tarjimonlik faoliyatiga tayyorlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.
Buxoro davlat universiteti Nemis filologiyasi kafedrasi huzuridagi ushbu ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan olib borilayotgan malakaviy amaliyot jarayonlari hozirda faol va samarali davom etmoqda.