April 8

Nemis filologiyasi bo`limi talabalari "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" fanidan sayyor darsda ishtirok etishdi

Joriy yilning 1-aprel sanasida Nemis filologiyasi bo`limi 11-1Nem-21-guruh talabalari fan o`qituvchisi, dotsent D.H. Karimova rahbarligida "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" fanini sayyor tarzda tashkil qildilar.

"Kitoblar olami" kitob do`konida tashkil qilingan sayyor darsda talabalar darsda o`rgangan nazariy bilimlarini amaliyotda qo`llab, tarjimada yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan kamchiliklar bilan tanishdilar.