March 11

Buxoro davlat universiteti axborot resurs markazida “Audiovizual tarjima” fanidan navbatdagi sayyor dars uyushtirildi

Joriy yilning 10-mart sanasida Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim yo’nalishi 11-6 TNA-23 guruhi talabalari o’z ustozlari- Nemis filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Babayev Maxmud Tashpulatovich boshchiligida Buxoro davlat universiteti axborot resurs markazida “Audiovizual tarjima” fanidan navbatdagi sayyor dars uyushtirishdi. Universitet rektorining tegishli buyrug‘iga muvofiq Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari har oyda ikki marta “ARMga tashrif kuni” o‘tkazib kelmoqda.

“Audiovizual tarjima”fanidan amaliy mashg’ulot doirasida tashkil etilgan ushbu “Sayyor dars” davomida talabalar tarjimaga oid zaruriy maʼlumotlar bilan tanishdilar, hikoyani tarjima qilish jarayonida grammatik birliklarning sintaktik funktsiyalarining o'zgarishlari mavzusida fikr almashdilar.